CONSECUTIVE INTERPRETATION

Kitob mualliflari Raximova G.Y., Nazarov M.M., Polvannazirova S.X., Azatova N. A., Ruzmetova M.,

“Ketma-ket tarjima” (Consecutive interpretation) oʻquv qoʻllanmasi 70230201– Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili), 60230200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) va 61010500 - Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) ta’lim yoʻnalishi talabalariga tavsiya qilingan oʻquv dasturi asоsida tuzilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma Xorijiy filologiya fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, unda hozirgi kunda tarjimonlik faoliyatida muayyan sohada qo‘llaniladigan matnlarni ketma- ket tarjima qilish jarayonidagi zaruriy dastlabki bilimlarni berish, shuningdek tarjimonlik sohasining jamiyatdagi oʻrni, uning funksional tasniflari kabi tushunchalarni talabalar ongiga singdirish maqsad qilib qoʻyilgan. O‘quv qo‘llanmani yozishda respublikamiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining tajribalaridan foydalanilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma 45 ta mashg‘ulotni o‘z ichiga oladi va ularning har biri alohida mavzudan, shuningdek unga oid matnlar va ular asosida tuzilgan mashqlar va topshiriqlardan iboratdir. Talabalar har bir dars so‘nggida mavzuga oid yangi so‘zlar lug‘atini yodlashlari va o‘z bilimlarini sinash uchun turlicha topshiriqlarni bajarishlari mumkin. Mazkur o‘quv qo‘llanmadan tarjimonlik faoliyatini oʻrganuvchi barcha qiziquvchilar, jumladan, magistrantlar, oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda tarjimashunoslik ilmi bilan qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin.

Bilimlar sohasi: | Tilshunoslik |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: Khwarezm publication
Kitob nashr qilingan shahar: Urgench
ISBN: 978-9910-565-30-4
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 232
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 6.44 MB
Hujjat turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr tili: O‘zb&Rus&Ing
Kataloglashtirish manbai: Inglizcha
Hujjat tipi: Elektron shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar