Ona tili va bolalar adabiyoti moduli shaxsda nutqiy ta'lim jarayonida maktabgacha ta'limpedagogikasi kasbiga doir bilim, koʻnikma, malakalarni, ulardagi majvud tushuncha, tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi. Ushbu oʻquv qoʻllanmada "Ona tili va bolalar adabiyoti" modulining ona tili boʻlimining muammolari, predmeti, maqsadi va vazifalari va tadqiqot metodlari va maktabgacha ta'limda ona tili va bolalar adabiyoti nazariyasi va tarixi shakllantirilgan. Maktabgacha taʼlimning asosiy
vazifasi bolalarni maktabda sifatli taʼlim olishga tayyorlashdan iboratdir. Bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash koʻnikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko'rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali toʻgʻri ifodalashi o'zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega boʻlishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tili va bolalar adabiyoti fanining o'rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning oʻzaro aloqa vositasi boʻlib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat taraqqiyotidagi oʻzgarishlar, yangilanishlar tilda oʻz aksini topadi va fan rivojiga doir masalalar "Ona tili va bolalar adabiyoti" darsligida o'z aksini topgan.