Inson resurslaridan foydalanish

Kitob mualliflari D.K.Xakimdjanova, Sh.M.Sadikov, J.M.Djalalov, S.G.Raximova,

«Inson resurslarini boshqarish» tushunchasi XX asrning o‘rtalarida yuzaga keldi va shu asr oxirlarida rivojlandi. Bu davrda yirik korxonalar kadrlarga ehtiyoj seza boshladi. Kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish harakati kuchaydi. Har bir xodimning qobiliyatini oshirish maqsadida kata mablag‘lar ajratila boshlandi. Ishchi kuchining tarkibi va unga qo‘yiladigan talablar oshib bordi. Ishchilarda yuqori egiluvchanlik, turli imtiyozlarga moyillik, kasbiy tayyorgarlik va kompyuterlashgan ishlab chiqarishda ishtirok etish ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Fan-texnika taraqqiyotining tezlashishi iqtisodiyotda ham tub burilishlar yasadi. Inson texnologik jarayonlarni nazorat qiluvchi va tartibga soluvchiga aylandi. Undan yangi bilimlarni egallash, kasbiy malakasini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faollik va tashabbuskorlik talab etila boshladi.

Bilimlar sohasi: | Iqtisodiy geografiya |
UDK 658
Kitob nashriyoti nomi: Aloqachi nashriyoti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN:
Kitob nashr qilingan yili: 2019 Yil
Betlar Soni: 171
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 1.31 MB
Hujjat turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH