Struktur tilshunoslik: Ildizlari va yo'nalishi

Kitob mualliflari Abduhamid Nurmonov,

XX asrning oxirgi choragi va XXI asr boshlaridagi o‘zbek tilshunosligi ham ana shunday jarayonni o‘z boshidan kechira boshladi. Ayyub G‘ulom asos solgan o‘zbek ilmiy tilshunosligi yutuqlarini e’tirof etgan va unga tayangan holda, o'zbek tilining ichki struktur belgilarini yoritishga yordam beradigan yangi tadqiqot metodlarini qo‘llashga intilish kuchaydi. Bunga shu davrda ro‘y bergan sotsiolingvistik jarayon qulay imkoniyat yaratdi. Sobiq sovet imperiyasining kuchsizlanishi va bu imperiya tarkibiga zo‘rlik bilan birlashtirilgan respublikalarda milliy o‘z-o‘zini anglash hissining kuchayishi har bir respublikada davlat tili uchun kurashish harakatining boshlanishiga, ayni paytda, tilshunoslik fanida ham shu kungacha amalda bo‘lgan tadqiqot metodlariga shubha bilan qarash kayfiyatining tug‘ilishiga sababchi bo'ldi.

Fan yoʻnalishi: |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: Ta'lim
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-368-01-9
Kitob nashr qilingan yili: 2009 Yil
Betlar Soni: 160
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH