Java tilida obyektga yo'naltirilgan dasturlash.

Kitob mualliflari N.X.Tursunov, A.Q.Ergashev,

O'zbekiston Respublikasida innovatsion g'oyalarnng keng tatbiq etilishi mamlakatimiz iqtisodini rivojlantirishning muhim omillaridan hisoblanadi. Turli yo'nalishlarda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning amalda joriy etilishi, birinchidan, dasturiy mahsulotlarning iqtisoddagi ulushini oshiradi, ikkinchidan, ishlab chiqarish, boshqarish va boshqa sohalarni zamonaviylashgan xalqaro standartlar asosida yuritish imkonini beradi. Bu o'z navbatida AT sohasida faoliyat yuritishi kerak bo'ladigan mutaxassislarga eng ilg'or, zamonaviy dasturlash vositalarini egallash talabini qo'yadi. Hozirgi paytda eng samarali ishlayotgan dasturlash tillaridan biri bu Java dasturlash tilidir. Java dasturlash tilini chuqur o'zlashtirish va uning imkoniyatlarini turli sohalarga qo'llay bilish AT mutaxassislarning mehnat bozoridagi mavqiyini keskin oshiradi. Zamonga mos, raqobatbardosh mutaxassis bo'lib yetishish imkonini beradi. Ushbu o'quv qo'llanmada aynan shu masalalarga e'tibor berilgan. Qo'llanmada Java dasturlash tilining o'ziga xos xususiyatlari, yuqori darajadagi boshqa dasturlash tillaridan farqi va bu dasturlash tilining ma'lumotlar bazasi, tarmoqlar obyektlarini dasturlash, hamda zamonaviy mobil vositalar va planshetlar uchun milliy ta'lim resurslarini tayyorlashdagi imkoniyatlari yoritilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, talabalari va barcha boshqa qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

Bilimlar sohasi: | Ilmiy axborot faoliyati. Informatika |
UDK 004.4(075.8)
Kitob nashriyoti nomi: Aloqachi nashriyoti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-5487-4-9
Kitob nashr qilingan yili: 2018 Yil
Betlar Soni: 146
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 1.28 MB
Hujjat turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH