Mikroprotsessor
Kitob mualliflari
X.Yu.Abasxonova,
M.B.Mirzayeva,
S.S.Parsiyev,
Telekommunikatsiya sohasi uchun yuqori mutaxassislarni tayyorlash uchun mikroprotsessorlarni bilish, dasturiy boshqariladigan mikroprotsessorli tizimlarni yaratish, tahlil etish bo‘yicha bilimlar zarurdir. Mavjud davrda hisoblash tizimlari
juda tez odimlar bilan rivojlanib kelmoqda. Shuning uchun “Mikroprotsessor” fani boshqa fanlarga qaraganda o‘zining tezkor o‘zgarishi bilan farqlanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada mikrokontroller va uning arxitekturasi, tuzilishi, turlari, tashqi
qurilmalar bilan ma’lumot almashishi, dasturlash asoslari, dasturiy va apparat vositalarini yaratishni o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan. Mazkur fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda, keyinchalik ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarini o‘rgatadi. O‘quv qo‘llanmada “Mikroprotsessor” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar tomonidan o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan bilimlar: mikrokontroller arxitekturasi va protsessorli yadrosi, buyruqlar tizimi, mikrokontrollerlarni tashqi muhit bilan aloqasini tashkillashtirish; o‘zlashtirgan bilimlarni mikrokontrollerlarni
tanlash va dasturiy muhitga moslashtirish, dasturlash, dasturni qurilmaga yuklash, ularni parametrlarini kiritish, tadqiq etish va dasturiy boshqariladigan qurilmalarni ishlatishni; olingan natijalarni sohaga tadbiq etish haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma 5311300 - “Telekommunikasiya texnologiyalari” (Telekommunikasiya, teleradioeshittirish, mobil tizimlar) yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari talabalari, hamda kredit ta’lim tizimi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning “Operatsion tizimlar”, “O‘rnatilgan tizimlar” v.b. fanlarini tayanch fani hisoblanadi va shu fanlar bilan mantiqan bog‘langan.
O‘quv qo‘llanma Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy kengashining qarori bilan chop etishga tavsiya etildi.
| Bilimlar sohasi: |
| Ilmiy axborot faoliyati. Informatika |
|
| UDK |
004.3(075.8) |
| Kitob nashriyoti nomi: |
Nihol print |
| Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
| ISBN: |
978–9943–7343-0-2 |
| Kitob nashr qilingan yili: |
2021 Yil |
| Betlar Soni: |
200 |