Moliyaviy savodxonlik asoslari

Kitob mualliflari V.M.Kadirov, N.B.Fayzullayev, M.R.Madraimova,

Oliy o‘quv yurtlari noiqtisodiy yo‘nalishlari talabalari uchun “Moliyaviy savodxonlik asoslari” fanidan o‘quv qo‘llanmada moliyaviy savodxonlikning barcha asosiy tarkibiy qismlari qamrab olingan. Jumladan, o‘quv qo‘llanma pul, uni topish va pulni samarali boshqarish yo‘llari, shaxsiy moliya va shaxsiy moliyaviy rejalashtirish, uy buxgalteriyasi, jamg‘armalar, kredit, hisob-kitob-kassa operatsiyalari, investitsiyalar, moliyaviy firibgarliklar va ularga qarshi choralarga doir ma’ruzalarni, turli xil qiyinlik darajasidagi 87 ta masala va 110 ta testlarni qamrab olgan. Asosan to‘plamdagi ma’ruzalar, masala va testlar “Moliyaviy savodxonlik asoslari” fanining oʻquv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, talabalarga amaliy bilim va ko‘nikmalar olishga, axborotning turli manbalari bilan ishlashga, tahlil qilish, umumlashtirish koʻnikmalarini oshirishga va olingan ma’lumotlarni tizimlashtirishga, ularni shaxsiy tajribaga integratsiya qilishga yaqindan yordam beradi.

Fan yoʻnalishi: | Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil |
UDK 336.02(075.8)
Kitob nashriyoti nomi: Khwarezm publication
Kitob nashr qilingan shahar: Urganch
ISBN: 978-9910-565-42-7
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 212
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 2.85 MB
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH