Navoiyshunoslik. Alisher Navoiy g'azallarini sharhlab o'rganish

Kitob mualliflari Dilorom Salohiy,

Ushbu o'quv qo'llanma respublika oliy o'quv yurtlari o'zbek filologiyasi fakultetlari bakalavriat ixtisosligi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, navoiyshunoslik fanining Alisher Navoiy g'azallarini sharhlab o'rganish kursi mavzularini qamrab oladi. Unda Navoiy boy lirik merosining mavzu koʻlami, nasriy bayonlari va g'oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Tadqiqot ikki bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'limdan ulug' shoir lirik merosining o'rganilishi va tarkibi haqida umumiy ma'lumotlar, ikkinchi bo'limdan esa g'azallar sharhlari o'rin olgan. Qo'llanmada muallifning O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tavsiyasiga ko'ra 2013 yil "Zarafshon" nashriyotida chop etilgan "Navoiy nazmiyoti" nomli o'quv qo'llanmasi materiallaridan ham foydalanilgan. O'quv qo'llanma Samarqand davlat universiteti ilmiy kengashining 2019 yil 28 noyabrdagi 4-sonli yig'ilishi qarori bilan nashrga ruxsat berilgan.

Fan yoʻnalishi: |
UDK 821.512.133(092)
Kitob nashriyoti nomi: SamDU tahririy-nashriyot
Kitob nashr qilingan shahar: Samarqand
ISBN: 978-9943-6316-7-0
Kitob nashr qilingan yili: 2019 Yil
Betlar Soni: 236
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 12.54 MB
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH