Fizikadan masalalar yechish usullari masalalar to'plami
Kitob mualliflari
M.A Zoxidova,
R.M Abdullayev,
D.A Begmatova,
Z.R Giyasova,
Fizikadan masalalar yechish metodikasi kursininig asosiy maqsadi talabalarni masalalar yechishga o'rgatish emas, balki ularga masalalar yechish metodikasini o'rgatishdan iboratdir. Ushbu o'quv qo'llanma universitetning tabiiy fakultetlarida talabalarga ta'lim jarayonini modul-kredit tizimiga o'tishi sababli mustaqil ishlarni bajarishda foydalanishlari uchun mo'ljallangan. Unda fizikaning har bir bo'limiga oid masala yechish, oliygohlar dasturi doirasidagi uslublar asosida, aniq misollar yordamida ko'rib chiqilgan. Qo'llanmaning asosiy maqsadi talabalarni masalalar yechishga o'rgatish emas, balki ularga masalalar yechish metodikasini o'rgatishdan iboratdir. Unda mualliflar soddadan murakkabgacha bolgan masalalarni tanlashga harakat qilganlar. Qo'llanmada eng soda masalalardan boshlab, umumiy fizika kursini chuqur bilgan holdagina yechish mumkin bolgan ilmiy-tadqiqotlar darajasidagi masalalar ham o'rin olgan. Bunday tanlov mustaqil ishlarni tashkil etish o'qituvchiga talabalarning bilim darajasini e'tiborga olgan holda vazifalarni tanlashga imkon beradi. Ushbu
o'quv qo'llanma bakalavriaturaning fizika-astronomiya yo'nalishlari bo`yicha tahsil olayotgan talabalar uchun, fizika o`qituvchilari va bu fan bilan mustaqil shug'ullanayotganlar uchun mo'ljallangan.
Fan yoʻnalishi: |
| Fizika |
|
UDK |
517.1 |
Kitob nashriyoti nomi: |
Innovatsiya-Ziyo |
Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
ISBN: |
978-9943-7258-4-3 |
Kitob nashr qilingan yili: |
2021 Yil |
Betlar Soni: |
160 |