Dasturlash tillari II fanidan

Kitob mualliflari M.O'. O‘ktamov,

M.O‘.O‘ktamov - Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Informatika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi. XXI asrda jadal rivojlanish va turli jarayonlami avtomatlashtirish hamda robotlashtirish davrida dasturlash tillarini bilish va uni o‘z ish jarayonida ishlata olish texnik va pedagogik ta'lim yo‘nalishda tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar uchun juda muhim deb hisoblanadi. Bu zamonaviy mutaxassislar uchun eng zaruriy talablardan biridir. Python dasturlash tili samarador yuqori darajadagi ma’lumotlar tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador boMgan obyektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, python dasturlash tili o‘rganish uchun oson va shu bilan birga imkoniyatlari juda yuqori boMgan kam sonli dasturlash tillari sirasiga kiradi va shu bilan birgalikda pythonda dasturlash jarayoni juda ham oddiy va qulay tarzda amalga oshiriladi. Ana shundan kelib chiqib, M.O‘.O‘ktamov tomonidan “Dasturlash tillari II” nomli o‘quv qoMlanma tayyorlandi. Ushbu o‘quv qoMlanma - Matematika va informatika ta’lim yo‘nalishlari uchun “Dasturlash tillari II” fanining o‘quv dasturi va ishchi dastur asosida tayyorlangan. Ushbu o‘quv qoMlanmada Python dasturlash tiliga kirish. dasturlashning asosiy tushunchalari, dasturlash tillarining tuzilmasi, tarmoqlanish va uzilishlami tashkil etish operatorlari, takrorlanish operatorlari, fiinksiyalar, ro‘yxatlar va kortejlar, lug‘at va to‘plamlar, satrlar va ulardan foydalanish, fayllar va fayllar bilan ishlash, grafiklar chizish va ularni qayta ishlash, diagrammalar va uch oichovli grafiklar mavzulari batafsil yoritilgan. O‘quv qoMlanmada Python dasturlash tilining barcha imkoniyatlari bo‘yicha nazariy tushunchalar hamda bu tushunchalami o‘zlashtirish uchun masalalar yechimlari keltirib o‘tilgan. Mar bir mavzu bo‘yicha mavzuni mustahkamlash uchun nazariy savollar hamda mustaqil ishlash uchun topshiriqlar ham keltirib o‘tilgan. O‘quv qoMlanma asosan talabalar va mustaqil o‘rganuvchilar uchun qulay vosita hisoblanadi, chunki har bir mavzu uchun nazariy tushunchalar hamda misollar yechimi keng ravishda yoritib o‘tilgan.

Fan yoʻnalishi: | Ilmiy axborot faoliyati. Informatika |
UDK 484.357:29.17:73
Kitob nashriyoti nomi: Grand Kondor Print
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-9763-4-6
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 188
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 4.95 MB
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH