-
Tilshunoslik,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Funksiyalar, integrallar va ularning tatbiqlari, chi'ziqli algebra
Ishida Yukio, Sh.T.Pirmatov, D.N.Shamsiyev, O'.S.Raxmonov, R.N.Shamsiyev,Matematika., -
-
Инглиз ва ўзбек тилларида ахборот технологиялари терминологиясининг лингвистик хусусиятлари
Кадирбекова Д.,Tilshunoslik, -
Axborot xavfsizligi. Kompyuter tarmoqlari xavfsizligi
Jo'rayev G.U., Alayev R.H, Muxamadiyev F.R,Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura, -
-
Inson va atrof muhit. Inson ekologiyasi tabiatni muhofaza qilish,
-
-
-
-
-
-
Inson va atrof muhit. Inson ekologiyasi tabiatni muhofaza qilish,
-
-
Matematika.,
-
Tilshunoslik,
-
-
Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura,
-
ЎЗБЕК ТИЛИ МОРФОЛОГИЯСИ,МОРФЕМИКАСИ ВА СЎЗ ЯСАЛИШИНИНГ НАЗАРИЙ МАСАЛАЛАРИ
АЗИМ ХОЖИЕВ,Ушбу монографияда ўзбек тили морфологияси, морфемикаси ва сўз ясалишининг долзарб назарий масалалари ёритилган. Ўзбек тилининг бево- сита ўз табиатидан келиб чиққан ҳолда, тил ва нуткни изчил фарклаш асо- сида морфема, лексема, сўз, сўз шакли ва сўз ясалиши каби ҳодисаларнинг моҳияти ҳамда ўзига хос жиҳатлари очиб берилган. Бу ҳодисаларнинг тил- шуносликдаги турлича талқинлари танқидий таҳлил килиниб, ўзбек тили морфемикаси, морфологияси, сўз ясалиши ва семантикаси учун қимматли янгича назарий қарашлар илгари сурилган. Китоб ўзбек тилшунослиги масалалари билан шуғулланиб келаётган олимлар, аспирантлар, докторантлар, тадқиқотчилар, олий ўкув юртларида филология йўналиши бўйича таълим олаётган талабалар, шунингдек, ўрта мактабларда она тили ва адабиёт фанидан дарс бераётган ўқитувчилар учун мўлжалланган.
-
Funksional analizdan masalalar to'plami. 2-qism
Abdullayev J, Ganixo'jayev R,Uslubiy qo'llanma funksional analizning asosiy tushunchalari va usullari bilan tanishtiradi. Funksional analizga doir masalalar yechishga o'rgatadi hamda ularda texnik darajada mahorat hosil qiladi.
-
Funksiyalar, integrallar va ularning tatbiqlari, chi'ziqli algebra
Ishida Yukio, Sh.T.Pirmatov, D.N.Shamsiyev, O'.S.Raxmonov, R.N.Shamsiyev,Ushbu o‘quv qo‘llanma Nagoya Universiteti tomonidan tayyorlangan Pre-kollej matematikasi videodarslarini tarjimasi asosida yozilgan. O‘quv qo'llanma matematikaning o'rta va o‘rta maxsus ta’lim (akademik litsey, kollej) dasturlariga asoslangan bo'lib, funksiyalar, integrallar va ulaming tadbiqlari, hamda chiziqli algebra bo‘limlarini qamrab olgan. Uning ba’zi bo‘limlaridan oily ta’limning texnika yo'nalishlari bo‘yicha birinchi bosqich talabalari foydalanishi ham mumkin. O‘quv qo‘llamadan litsey talabalari va o‘rta maktabning yuqori sinf 0‘quvchilari ham foydalanishi mumkin.
-
Амир Темурнинг Ўрта Осиё тарихида тутган ўрни ва роли
Мўминов И,Ушбу рисола 1968 йилда Ўзбекистон Фанлар академияси академиги, ўша йилларда академиянинг вице-президенти бўлиб ишлаган Иброҳим Мўминов томонидан ёзма манбалар асосида ёзилган эди. Унда буюк бобомиз Амир Темурнинг Ўрта Осиё тарихида тутган ўрни ва роли илмий ёритиб берилган.
-
Инглиз ва ўзбек тилларида ахборот технологиялари терминологиясининг лингвистик хусусиятлари
Кадирбекова Д.,«Инглизча-ўзбекча АТ терминологияси ва лексикографпк муаммолари» тадкикот ишининг натижалари асосида яратилган бўлиб, инглиз ва ўзбек тили илмий-техникавий тилшунослигининг такомиллашишида катта ахамият касб этади АТ терминологияси ва термпнографиясининг ривожланишига ёрдам беради.
-
Axborot xavfsizligi. Kompyuter tarmoqlari xavfsizligi
Jo'rayev G.U., Alayev R.H, Muxamadiyev F.R,Mazkur o'quv qo'llanma 60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha). O'quv qo'llanmada hisoblash tarmoqlarining rivojlanish tarixi. Fizik ulanishlar topologiyasi tarmoq uzellarinin adrreslash, tarmoq kampyuterlari funksional roli modeli
-
Математик анализдан мисол ва масалалар ечиш
Т.Шарифова, Э.Йўлдошев,Ушбу қўлланма педагогика институтлари ва университетларининг физика факультетида ўтиладиган математик анализ фани дастурига мослаб тузилган. Унда 1300 га яқин мисол ва масалалар берилган бўлиб, улардан 300 дан ортиғи ечиб кўрсатилган, қолганлари учун эса жавоблар келтирилган. Қўлланмадан асосан педагогика институтлари ва университетларининг физика факультетида таҳсил оладиган талабалар учун бағишланган
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
A.Qudratov T.G'aniyev O'.Yo'ldoshev G'.Yo'Yormatov,Bunda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli biln shug'ullanadi.
-
-
O'zbek adabiyoti
HAMIDJON HOMIDIY, O D IU O N NOSIROV, MAHMUD JO N MA’MUROV,Qo'lingizdagi m o‘jaz qo‘llanma yaqin ikki mingyillik o‘zbek adabiyoti tarixi haqida asosan akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilari hamda oliy o'quv yurtiga kirishga tayyorgarlik ko'rayotgan yigit-qizlarga muxtasar ma’lumot berishga mo'ljallangan. Shuning uchun ham litsey va kollej o‘quvchilari uchun tuzilgan adabiyot dasturlarida o'rganilishi ko‘zda tutilgan adabiy hodisalar, adiblar hayoti va ijodi bayoniga ko'proq e’tibor qaratilgan.
-
O'zbekiston madaniyati
U.Qoraboyev, G'.Soatov,O'quv qo'llanmada o'zbek madaniyatining nazariy asoslari, tarixi va mustaqillik davridagi yutuqlari o'z ifodasini topgan. Unda madaniyat tushunchasi va uning mohiyati, turlari, funksiyalari, ma'naviy meros, sivilizatsiya masalalari,tariximizning turli davrlarida yaratilgan madaniy boyliklar va ularning o'ziga xos xususiyatlari, tajribalari yangicha yondashuvlar asosida yoritilgan. Ayniqsa, mustaqillik davri madaniyatiga, jumladan, madaniy islohotlar, milliy g'oya, an'anaviy madaniyatning tiklanishi, O'zbekiston badiiy madaniyati yutuqlari, madaniy-marifiy muassasalar faoliyatiga alohida e'tibor berilgan. Kitob o'quv yurtlari talabalari, soha mutaxassislari va o'zbek madaniyati bilan qiziquvchi kitobxonlarga mo'ljallangan
-
Основы методики физической культуры
Юнусова Юлия Моисеевна,Учебное пособие представляет собой современный информационный источник получения теоретических знаний об организации и методике разнообразных форм физической культуры в общеобразовательных школах Республики Узбекистан.
-
O'zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi
Begali Qosimov,Marhum adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimovdan boy ilmiy, o'quv-metodik asarlar meros bo‘lib qoldi. Bu meros orasida olim hayotining so'nggi davrlarida tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma alohida o'rin tutadi.
-
Мамлакатимиз тараққиёти ва халқимизнинг ҳаёт даражасини юксалтириш - барча демократик янгиланиш ва иқтисодий ислоҳотларимизнинг пировард мақсадидир
Каримов И.,Ҳозирги шиддатли замоннинг реал ҳақиқати шундан иборатки, интеллектуал ва маънавий бойликка эга бўлган халқ ва миллат, ҳеч шубҳасиз, ҳақли равишда бугунги ва эртанги кунга эгалик қила олади. Биз ёш авлодимизни миллий қадриятларга садоқат руҳида тарбиялаш билан бирга, уларнинг умумбашарий тараққиёт ютуқлари, замонавийбилимларни ҳар томонлама чуқур ва пухта эгаллаши учун барча шарт-шароит яратиб беришимиз лозим. Ёшларимизни ўз мустақил фикрига эга бўлган, барча соҳаларда дунёдаги тенгдошлари билан беллаша оладиган, биз бошлаган ишларнинг муносиб давомчилари, мард ва жасур, комил инсонлар қилиб тарбиялашда ёрдам беришга ишонамиз.
-
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Avazov Sh M.,Ushbu darslikda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi haqida asosiy tushunchalar berilgan. O`quv adabiyoti nazariy va amaliy qismdan iborat bo`lib unda ekologiya atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning asosiy masalalari va muammolari qarab chiqilgan.
-
Темурийлар даври ёзма манбаларида марказий осиё
О.Бўриев,Ушбу китобда Темурийлар даври ёзма манбалари маълумотлари асосида Марказий Осиёнинг XIV— XV асрлардаги маъмурий-худудий бўлиниши, табиати, ҳўжалиги, халқаро алоқалари географияси ва топонимияси хақида сўз юритилади; манбалардан таржима-лавхалар хам илова этилган.
-
Matematik analizdan misol va masalalar
A.Gaziyev, I.Israilov, M.U.Yaxshiboyev,Qo'llanma matematik analizning to'plam, to'plamlar ustida amallar, haqiqiy sonlar, yig'indi, matematik induksiya usuli, funksiya tushunchasi haqida ma'lumotlar berilgan.
-
Инглиз ва ўзбек тилларида нутқий формулалар луғати (диалогик риторика асосида)
Самигова Х. Б.,Луғат инглиз ва ўзбек тилларида фаол ифода этувчи нутқий формулаларга оид тил бирликларининг ҳар икки тилда муқобил таржима вариантларини ёритиб беришга бағишланган. Ундан олий таълим муассасаларида таржимашунослик ва тилшунослик йўналишлари бўйича илмий тадқиқотлар олиб боришда, бакалаврият ва магистратура босқичларида "Чет тили (инглиз тили)", "Таржима назарияси ва амалиёти", "Нутқ маданияти асослари", "Ўзбек тили" каби фанлардан маъруза ва семинарлар олиб боришда, ўқув қўлланмалари, дарсликларни яратишда фойдаланиш мумкин.
-
Alvido,qurol
Ernst Miller Heminguey,Qo'lingizdagi ushbu kitob AQSHDda yashab ijod etgan adib Ernst Miller Heminguey (1899-1961) qalamiga mansub. Ushbu romanni o'zbek tiliga rus tili orqali Ibrohim G'afurov "Alvido, qurol" nomi ostida tarjima qilgan Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub bo'lmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni so'zlarni, jumlalarni yoki magol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, o'sha til egalari - xalqning turmush- tarzi, etnografiyasini, madaniyatini va tarixini mukammal bilish talab etiladi. Shuning uchun Ibrohim G'afurov ham doimo xalqimizning, ayniqsa, o'quvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor bo'lgan. Biz ham shular qatorida tarjimon Ibrohim G'afurovdan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz! Ushbu kitob ilk bor o'zbek tilida 1986-yilda chop etilgan. Bu nashrida ayrim so'z va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki nashriyot xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo'shimcha izok-u iqtiboslar kiritildi, ruscha yoki baynalmilal so'zlar, imkoni boricha, o'zbekchalashtirildi. Shuningdek, hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi. "Alvido, qurol" asarida birinchi jahon urushi tasvirlangan. Asar asosan avtobiografik xususiyatga ega, ya'ni adib ushbu asarda bevosita o'zi ko'rgan va ishtirok etgan voqealarni qalamga olgan. Demak, ushbu asarni hech bir mubolag'asiz realistik roman deyishimiz mumkin.
-
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi
Qodirova Buzuloyho Turg'unovna,Qo'llanmada bolalarni ijtimoiylashtirishning asosiy omillari va qonuniyatlari va ijtimoiy-pedagogik faoliyatning o'ziga xosliklari va gumanistik yo'nalganliklarini yoritilgan.