-
-
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
Tilshunoslik,
-
Adabiy tekstlar, badiiy havaskorlikning repertuar nashrlari,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
HINDIY TILI
B.R.Rahmatov, M.Q.Sodiqova, S.S.Nurmatov, M.M.Suleymanova,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy o'quv yurtlarida hindiy tili bo'yicha tahsil oluvchi 1-kurs talabalari uchun mo'ljallangan. Darslik mazkur institutning Janubiy Osiyo tillari kafedrasi o'quv dasturiga binoan tuzilgan bo'lib, ushbu oliy o'quv yurtida hindiy tilini o'qitish bo'yicha orttirilgan tajribaga tayanilgan holda yaratilgan.
-
Materialshunoslik
E.O.Umarov,O'quv qo'llanmada laboratoriya va amaliyot ishlarni bajarish uslubları texnologiyasi berilgan. Qo'llanma 300 000 "Ishlab chiqarish texnika soha", 600 000-"Xizmatlar sohasi bilim sohasi yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan. Boshqa bilim sohalari talabalari ham foydalanishi mumkin. O'quv qo'llanmani asosiy maqsadi talabalarni ma'ruzada va mustaqil ishda olgan bilimlarini mustahkamlash. Shuning uchun har bir ish yakunida o'z-o'zini tekshirish savollari bor
-
Sportchilarni tayyorlash texnologiyalari
Qosimov O`.R., Daminov I.A.,Ushbu o'quv qo'llanma mamlakatimizdagi oliy o'quv yurtlarining Jismoniy madaniyat yo'nalishi talabalariga va xalq ta'limiga qarashli bolalar va o'smirlar sport maktablari trenerlariga mo'ljallangan bo'lib, ular quyida keltirilgan bilimlami o'z ichiga olgan. -Mashg'ulot jarayonining tsiklik xususiyatini, rejalashtirishdan bajarishga, undan xulosaga va qayta rejalashtirishga takroriy o'tishni tushunish
-
Абдулла Қодирий
Матёқуб Қўшжонов,Нима учун баъзи китобларни севиб ўқиймиз-у, айрим асарларнинг тўрт-беш саҳифасини ўқиб улгурмасданоқ эсноқ босади ва бу китобни қайта қўлга олгимиз кел-майди? Бунинг боиси нимада? А. Қодирийнинг «Утган кунлар» романига, унинг ба-диий маҳоратига бағишланган ушбу китобчани ўқиб бу саволларга волларга жавоб жавоб топиш мумкин. Китобча олий ўқув юртларининг студент ва аспи-рантларига, адабиёт ўқитувчиларига ва, умуман, ада-биёт мухлисларига мўлжалланган.
-
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Dadbayev H. A., Xolmanova Z. T.,Mazkur qo`llanma "Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi" fanining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida tuzilgan bo`lib, turkiy tillarning grammatik tizimi, umumturkiy taraqqiyot davri va hozirgi rivojlanish bosqichidagi fonetik-fonologik, leksik-semantik. struktur- grammatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlami o‘zida jamlagan. Qo‘llanma o‘zbek tili, qardosh turkiy tillar va rus tilidagi mavjud adabiyotlar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning asosiy masalalarini qamrab oladi.
-
INJENERLIK GEODEZIYASI
A.N.Inamov, J.O.Lapasov, S.I.Xikmatullayev,Mazkur o`quv qo`llanmada injenerlik geodezik ishlarning quyidagi asosiy turlari: topografik-geodezik qidiruv, chiziqli inshootlarni trassalash, inshootlar deformastiyasini kuzatish, gidrotexnik, yerosti hamda noyob inshootlarni loyihalash va qurishdagi geodezik ishlarning nazariyasi va amaliyoti bayon etilgan. Oliy o`quv yurtidagi 5111000-Kasbiy ta'lim:(5450200-Suv xo'jaligi melioratsiyasi), 5111000-Kasbiy ta'lim: (5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish), 5141100-Gidrologiya (suv oborlarida), 5340700-Gidrotexnika qurilishi (suv xo'jaligida), 5450100-Irrigatsiya tizimlari va suv energiyasidan foydalanish, 5450200-Suv xo'jaligi va melioratsiya, 5450300-Suv xo'jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish, 5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish bakalavriat ta`lim yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Ўзбекистоннинг янги тарихи Биринчи китоб
Содиқов Ҳ , Шамсиддинов Р,«Ўзбекистоннинг янги тарихи» ҳалқимиз ва мамлакатимизнинг кўҳна ва бой тарихини чуқур ўрганиш ҳамда ҳаққоний таҳлил қилиш йўлида қўйилган дастлабки қадамдир. Бу китобнинг ёзилишида Юртбошимиз Ислом Каримовнинг: «Тарихга мурожаат қилар эканмиз, бу ҳалқ хотираси эканлигини назарда тутишимиз керак
-
ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЯ ТЕРМИНЛАРИНИНГ ҚИСҚАЧА ИЗОҲЛИ ЛУҒАТИ
Дурдона ХУДОЙБЕРГАНОВА,Мазкур луғатда лингвокультурологияга оид асосий тер- минларнинг маъноси изоҳлаб берилган. Ундан ушбу соҳа бўйича тадқиқот олиб бораётган тилшунослар, шунингдек, филология йўналишида таълим олаётган талабалар, умуман филолог мутахассислар фойдаланишлари мумкин.
-
Ижод масьуляти
Матёлуб Кошжонов,Адабий-танкидий маколалар уларни окувчилар учун махсус йозилган китоб
-
Muloqot psixologiyasi.
M . Maxsudova,Ushbu o‘quv qo‘llanma Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari asosida pedagogika-psixologiya bo'limi talabalari uchun, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining o ‘quvchilari, pedagog, psixologlar, ota-onalar uchun mo'ljallangan. Unda muloqot shakllari, vositalari, turli yoshdagi bolalarning boshqa kishilar bilan qanday muloqotda bo‘lishlari lozimligi bo'yicha amaliy maslahatlar bayon etilib, pedagogik muloqotni to‘g‘ri amalga oshirish usullari, ijtimoiy-psixologik trening orqali muloqot sifatlarini shakllantirish omillari haqida fikr yuritilgan.
-
Тупроқшунослик
Махсудов Х.М., Раупова Н.Б., Камилов Б.С., Намозов Х.Қ.,Дарслик қишлоқ хўжалик олий ўқув юртларида бакалавр таълим йўналишида ўқиётган талабалар учун мўлжалланган. Ўшбу дарслик тупроқшунослик фанининг мақсад ва вазифалари тупроқшунослик фан сифатида ривожланиши фан сифатида ривожланиши бунда рус ва ўзбек тупроқшунослик олимларнинг тарихий кашфиётлари, умумий тупроқшуносликнинг асослари тупроқ пайдо бўлиш жараёнларининг умумий схемаси, тупроқнинг таркиби ва хоссалари, унинг беосферадаги, шунингдек, қишлоқ хўжалигидагироли ва функцияларикаби масалалар батафсил баён этилган.
-
O'ZBEK TILI TARIXI
B.B.Abdushukurov,''O'zbek tili tarixi'' darsligi 5120100-filologiya va tillarini o'qitish (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishi bo'yicha tashkil oloyotgan talabalarga mo'ljallangan.Unda qadimgi turkiy tiling fonetik leksik morfologik va sintatik xususiyatlari haqida so'z boradi .Shuninhgdek ko'hma davrlardan XX asr boshlarigacha yaratilgan badiiy tarixiy ilmiy leksikografik asarlar tiliga xos kitoblardagi materiallardan foydalanadi.
-
Ҳуқуқий маданият назарияси
У.Таджиханов, А.Саидов,Дарсликнинг умумий қисмида ҳуқуқий маданият назарияси фанининг предмети, методлари, асосий тушунчалари ва тузилиши баён этилади. Шунингдек унда ўзбек миллий давлатчилиги ва ҳуқуқий-тарихий тажрибалари, ҳуқуқий маданият ривожланишининг асосий тамойиллари, Ўзбекистон Конституциясининг ҳуқуқий маданият таянчи эканлиги республика ташқи сиёсати маданияти асослари ёритиб берилади.
-
Yer monitoringi
R.A.Turayev,Ushbu kitob orqali o`quvchilar mamalakatimizda yer fondidan foydalanishni tashkil etishda yer tuzish, yer kadastri va yer monitoringi ma`lumotlaridan foydalanish orqali yangi ilmiy-texnikaviy yangiliklardan xabardor bo`ladilar.
-
Gistologiya
E/Qodirov,Malumki, shu vaqtgacha «Gistologiya» kursidan dastur asosida darslik yozilgan emas. Shuni nazarda tutib, ushbu darslikda umurtqalilardan amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar to‘qimalarining gistologik tuzilishiga oid ma’lumotlar zamonaviy usullardan foydalanib, hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada yoritilgan. Darslik universitetlar va pedagogika institutlarining biologiya fakultetlari talabalariga mo‘ljallangan.
-
Turk tilining nazariy grammatikasi
Xudayberganova Z.,Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari "Filologiya va tillarni o'qitish (turk tili)" ta'lim yonalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, turk tilida morfologik va sintaktik sathiga oid nazariy ma'lumotlarni qamrab olgan. Qo'llanmadagi ma'lumotlar "Lingvistika (turk tili)' magistratura mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar, shu yo'nalishda ish olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar uchun nazariy ko'mak beradi.
-
Umumiy tilshunoslik
Turobov.A.M,Mazkur o'quv qo'llanmada jahon tilshunosligi tarixining bosib o'tgan taraqqiyot bosqichlari, tilshunoslik maktablari, til va nutq birliklari, tilshunoslik metodlari haqida fikr yuritildi. Umumiy tilshunoslik fanining nazariy asoslari va mehanizmlari yoritilgan bo'lib, u 5120100 filologiya va tillarni o'qitish bakalavriat ta'lim yo'nalishining "Umumiy tilshunoslik" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
Ҳуқуқий маданият назарияси 2 том
Таджиханов У., А.Саидов,Дарсликнинг маҳсус қисмида ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларининг ҳуқуқий маданияти, қонунга итоаткорлик ва ҳуқуқий тарбия, судлов ҳуқуқий маданияти ҳамда ёшлар ҳуқуқий маданияти ва тарбиясига оид муаммолар таҳлил этилади.
-
Дийдорнома
Матёлуб Кошжонов,Азал-азалда бўлганидек, ХХ асрда ўзбек диёрида ҳам қатор улуғ сиймолар дунёга келди. Мазкур китобда шундай давлат арбоблар, адибу алломаларнинг ҳаёти, ижодий-илмий фаолияти, айрим хислатлари хусусидаги лавҳалардан иборатдир. Зотан, бу улуғ сиймоларнинг ҳаётига тегишли лавҳалар келажак авлод учун сабоқдир. Китоб кенг ўқувчилар оммасига мўлжалланган.
-
Psixologik maslahat
Zamira Nishanova, Shodiya Asomuddinova,O'quv qo'llanmada psixologik maslahatni tashkil etish texnikasi, bosqichlari, texnologiyasi kabi maslahatning qiziqarli jarayonlari aks etgan. Mazkur faoliyat psixolog mutaxassisdan maxsus, juda chuqur bilim hamda kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. O'quv qo'llanmada psixolog-maslahatchi uchun juda muhim masalalar ustida kengroq to'xtalib o'tilgan. Qo'llanmadan oliy o'quv yurtlari pedagogika-psixologiya yo'nalishi (5140800) bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, umuman, shu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.