-
-
-
Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari
S.S.Gulyamov, R.H.Ayupov, O.M.Abdullayev, G.R.Baltabayeva,Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil, -
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
Geometriya,
-
-
-
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
R.Yo'ldoshev, A.Primov, Sh.Yo'ldoshev,Tilshunoslik, -
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
-
Huquqshunoslik
O. Karimova,Ushbu qo'llanma talabalarga davlat va huquqning kelib chiqishi, jamiyat taraqqiyotida ularning o'rni, davlat, huquq, davlat shakllari, Konstitutsiya huquqi, boshqa huquq sohalari, ularning inson hayotidagi o'rni to'g'risidagi bilim asoslarini berishni nazarda tutadi.
-
Ўзбек адабиётшунослиги тарихи
Б.Валихўжаев,Қўлланмада Октябрь инқилобигача ўзбек адабиётшунослиги ва адабий танқид тарихи изчил баён этилган. У кириш, тўрт боб ва хулосадан иборат. Кириш қисмида мавзунинг ўрганилиши тарихи, аҳамияти, асосий бобларида эса ўзбек адабиётшунослиги ва адабий танқиднинг турлари, шаклланиши ва ривожланиш босқичлари батафсил баён қилинган.
-
Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari
S.S.Gulyamov, R.H.Ayupov, O.M.Abdullayev, G.R.Baltabayeva,Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu o‘quv qollanma hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyot sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag`ishlangan. Unda raqamli iqtisodiyotning asosi bo`lgan muammolar bilan bog liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o`tish mexanizmi, kriptografiyaning muhim elementi bo‘lgan xeshlashtirish funksiyalari haqida bir qancha ma’lumotlar berilgan.
-
-
Bozor infratuzilmasi nazariyasi
Amonboyev M,O'quv qo'llanma infratuzilma, shu jumladan, bozor infratuzilmasini tadqiq etishga qaratilgan. O'quv qo'llanmada infratuzilmalarning turli jihatlarini ochib berish bilan birga, ushbu sohada O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning umumiy jihatlarini yoritishga alohida e'tibor qaratilgan. Qo'llanmada bozor infratuzilmasining turlari, vazifalari, tamoyillari va turkumlanishiga alohida yondashuvlar keltirilgan.
-
An'anaviy xonandalik 1-kitob
Samandar Xudayberganov,Oliy ta'limda musiqa ta'limi yoʻnalishi talabalarining xalq qo'shiqchiligiga xos o'quv malakalarini yuzaga chiqarish, ularga xalq qo'shiqlarini jamoa bo'lib va yakka holda kuylay olish va maqom guruhlarini tashkil qila olish boʻyicha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini shakllantirish an'anaviy xonandalik fani orqali amalga oshiriladi. Talabalarning an'anaviy xonandalikda guruh va yakka holda kuylashning tabiati, didaktik tamoyillari va boshqa qonuniyatlarni bilib olishiga, xalq qo'shiqchiligi va maqom repertuarlari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo'yicha yuksak badiiy didga ega boʻlishiga, jamoada kuylash va bilan ishlash jarayonida inson organizmida yuz beradigan ruhiy-fiziologik o'zgarishlarni his qilish va unga ko'nikma hosil qilishiga, maqom qo'shiqchisiga va maqomchilar dastasi rahbarligiga qo'yiladigan talabalarni bilishiga va unga oʻrgata borishi fanning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. - "An'anaviy xonandalik" fanidan o'quv qo'llanmasi - so'z boshi, ikki bob: birinchi bob An'anaviy xonandalik kuylash maktabi shakllari, mumtoz ashula, katta ashula, Xorazm maqomlari, suvora yoʻllari, ikkinchi bob Xorazm — - ashulachilik maktabi namoyondalaridan O'zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ortiq Otajonovning ijodlariga xos eng sara ashulalaridan namunalar - (sibelius dasturidan notalari va soʻzlari) hamda rasmlar taqdim etilgan.
-
Shaxmat
Muhiddinov M.,Mamajon Muhiddinovning «Shaxmat» qo'llanmasi maktablarning shaxmatni endi okrgana boshlagan o'quvchilari va кадп malakali shaxmatchilar uchun mo'ljal-langan bolib, unda shaxmat tarixi, nazariyasi va o'yin qoidalari yoritiladi hamda mashhur shaxmatchilarning o'ynagan partiyalaridan namunalar va shaxmatga oid ba'zi bir yumoristik hikoyalar keltiriladi.
-
Чизма геометриядан масалалар ечишга доир методик қўлланма
К.Жўрабоев, З.Мамажонова,Ушбу методик қўлланма педагогика институтлари учун чизма геометрия курси программаси асосида ёзилган бўлиб, унда график ишларини бажаришга доир мисол ва масалалар ечиб кўрсатилган ҳамда методик тавсиялар берилган.
-
Чизма геометриядан масалалар тўплами
Абдуллаев У.,Мазкур масалалар тўплами «Чизма геометрия» дарсликлари ва ўқув дастурига мувофиқ тузилган. Берилган масала ва чизмалар ҳар томонлама сараланган бўлиб, чизиш ва ўқишда қулайлик томонлари ҳисобга олинган. Масалаларни ечиш осон бўлиши учун ҳар бир мавзуга тегишли қисқача назарий тушунчалар, айрим масалаларнинг ечиш усуллари, ечимлари ва такрорлаш учун саволлар берилган. Тўпламнинг асосий қисми, ўқувчиларнинг мустақил ва амалий машғулотларда ўқитувчи ёрдамида масала, шунингдек, уйга берилган график ишларни ечишлари учун мўлжалланган.
-
Чизма геометрия қисқача курси
Э.Собитов,Қўлланмада проексиялаш усуллари,нуқта ва тўгри чизиқнинг ортогонал проексиялари,текислик,текислик ва тўгри чизиқ,икки текислик,проексияларни қайта тузиш усуллари баён қилинган.
-
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi
R.Yo'ldoshev, A.Primov, Sh.Yo'ldoshev,Ushbu o'quv qo'llanma universitetlarning filologiya fakultetlari o'qituvchilari va talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda "Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi" fani bo'yicha o'tkaziladigan ma'ruzalar va ularda qo'llanilgan metodlari o'rin olgan
-
Tabiiy geografiyadan amaliy mashg`ulotlar
Mirakmalov M. T.,Mazkur o ‘quv-uslubiy qoMlanma geografiya fanining eng asosiy tushuncha va qonuniyatlarini o'z ichiga oluvchi 21 mavzuga doir 460 dan ortiq mashq va masalalami, amaliy topshiriqlarni o'zida jamlagan. Mazkur qoMlanma o'quvchilarning geografiya faniga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlaydi hamda ularning fanga boMgan qiziqishlarini yanada oshiradi. QoMlanmadan geografiya darslarida, shu bilan birgalikda datsdan tashqari fakultativ kurslar hamda fan to‘garaklarini tashkil etishda ham foydalanish mumkin.
-
Ekonometrika
Nasritdinov G,O`quv qo`llanma "Ekonometrika. 1" deb nomlangan. Unda o`rganiladigan iqtisodiy jarayonlar tasodifiy emas, aniq deb qaraladi. Tasodifiy jarayonlar "Ekonometrika. 2" da o`rganiladi. "Ekonometrika. 1" 13 bobdan iborat bo`lib, har bir bob misol va masalalar bilan ta`minlangan hamda nazorat savollari ham keltirilgan. Unda determinatsiyalangan jarayonlar uchun korrelatsion-regression tahlil asoslari, iqtisodiy-matematik modellar va ularni o`rganish usullari bayon etilgan. Qo`llanmadan ekonometrikani o`rganmoqchi bo`lgan yosh o`qituvchilar, magistrantlar hamda aspirantlar foydalanishlari mumkin.
-
Чизма геометрия
Ж.Ёдгоров,Мазкур қўлланма қуйидаги мавзуларни қамраб олган. Нуқта, тўғри чизиқ ва текисликнинг ортогонал проекциялари, тасвирларни алмаштириш усуллари, кўпёқлилар, кўпёқлиларнинг текислик ва тўғри чизиқ ҳамда ўзаро кесишуви, сиртларнинг текислик ва тўғри чизиқ билан ҳамда ўзаро кесишуви сирт ёйилмасини ясаш, аксонометрик проекциялар.
-
Qurilish kimyosi
Abduraximov A.A, Jalilov A.,Darslikda qurilish kimyosi fanidan nazariy qonun-qoidalar, ma 'ruzalarda beriladigan materiallarga oid savollar, testlar, masala-misollar va mustaqil o'rganish uchun ma 'lumotlar keltirilgan.
-
Chiziqli algebra va analitik geometriya
J.O.Aslonov,Ushbu o'quv qo'llanma "Chiziqli algebra va analitik geometriya" fanining 1-qismi hisoblanadi. Kurs davomida vektorlar ustida qo'shish va songa ko'paytirish amallari va ularning xossalari, bazis tushunchasi chiziqli erkli hamda chiziqli bog'liq vektorlarga ta'rif berilgan.
-
Ekonometrikaga kirish
A.Ishnazarov, SH.Nurullayeva,O‘quv qo‘llanma “Ekonometrikaga kirish” fani o‘quv dasturiga muvofiq yozilgan. Unda ekonometrik modellashtirish asoslari, ekonometrik modellarning axborot ta’minoti, juft va ko‘p omilli ekonometrik tahlil, ekonometrik modellarni baholash, vaqtli qatorlar, tenglamalar tizimi ko‘rinishidagi ekonometrik model, amaliy ekonometrik modellar, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish mazmun-mohiyati yoritib berilgan.
-
O'qituvchi nutqi madaniyati
M.X.Jumaniyozova,"O'qituvchi nutqi madaniyati" fanidan oʻquv qo'llanmasi 5111700- Boshlang'ich ta'lim yo'nalishining o'quv rejasiga va O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Urganch davlat universiteti tomonidan 2022-yil 4-iyulda tasdiqlangan oʻquv dasturiga muvofiq tayyorlangan. O'quv qo'llanmada oʻqituvchi nutqi madaniyatining nazariy va amaliy masalalari fandagi so'nggi yutuqlar asosida aks ettirilgan. Shuningdek, unda fanga oid bilimlarni o'zlashtirishga doir tayanch tushunchalar izohi, bu bilimlarni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar, test hamda mustaqil ta'lim mavzulari berilgan. O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlarining Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi ta'lim oluvchilari bilan birgalikda boshlang'ich sinf o'qituvchilari hamda o'rta-maxsus professional ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
Qo'llanma uzluksiz ta'lim tizimida 1999-yilning 16-avgustida tasdiqlanib umumiy o'rta ta'limda joriy etilgan ''ona tili ''Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'limstandarti vao'quv dasturi ta'lim taraqqiyoti tomonidan bildirilgan tegishli taklif- mulohazalar ushbu nashirda inobatga olindi.
-
Ўзбек мумтоз ва миллий уйғониш адабиёти
Дилнавоз Юсупова,Мазкур ўқув қўлланма республика олий ўқув юртлари ўзбек филологияси ва журналистика факультетлари бакалавриат ихтисослиги талабалари учун мўлжалланган бўлиб, унда Алишер Навоий ҳаёти ва ижоди билан боғлиқ энг муҳим маълумотлар қамраб олинган, буюк мутафаккир ижодига доир янгича талқинлар берилган. Қўлланма навоийшуносликда қўлга киритилган энг сўнгги ютуқларни ўзида акс эттирганлиги билан алоҳида аҳамият касб этади.