-
Dunyo tillari. Xususiy tilshunoslik,
-
Pedagogika va metodikalar,
-
Ўзбекистон каштачилиги ва гиламлари хорижий тўпламларда
Абдухолиқов Ф., Ртвеладзе Э., Гул Э.,Amaliy madaniyatshunoslik, -
-
Siyosiy madaniyat. Madaniyat. Ma’naviyat va mafkura,
-
Muzey ishi. Muzeyshunoslik,
-
-
-
-
Pedagogika va metodikalar,
-
-
Солнома. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёев фаолияти хроникаси
Муаллифсиз,Siyosiy hokimiyat va davlat, -
-
-
-
-
Adabiyot,
-
Silikat materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari va qurilmalari
D.I.Alimdjanova, M.X.Aripova, B, R, Ro`ziboyev, Sh.M.abdusattorov,Mexanika, -
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi
N.N.Maxmudov, T.R.Yuldashev, B.Sh.Akramov, M.A.Tursunov,Konchilik ishining umumiy masalalari,
-
Forscha-o`zbekcha-ruscha frazeologizmlar lug'ati
Sultanxadjayeva S.,Ushbu lug'at YoA 1-13-"Sharq tillari ikki tilli lug'atlarining leksikografik tadqiqotlari" amaliy loyihasi doirasida tayyorlangan. Mazkur Forscha-o`zbekcha-ruscha frazeologizmlar lug'ati O`zbekiston Respublikasidagi barcha oliy va o`rta maxsuss ta'lim muassaslarining o`quvchi va talabalariga mo`ljallangan.
-
Mutaxasislik fanlarini o'qitish metodikasi
A.O.Ashirboyev,Ushbu o'quv qullanma oliy o'uv yurtlarining 5A 110802- Muxandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magstratura mutaxasisligi talabalari uchun bo'lib,unda mutazasislik fanlarininhg xususiyatlari o'uv uslubiy ta'minoti, o'qitish tamoyillari va metodlari batafsil bayon etilgan.
-
Ўзбекистон каштачилиги ва гиламлари хорижий тўпламларда
Абдухолиқов Ф., Ртвеладзе Э., Гул Э.,Нашр нафақат илмий-тадқиқот доираси вакиллари, балки мамлакатимизнинг бой маданий меросига қизиқувчи кўплаб маҳаллий ва хорижий китобхонлар аудиторияси, ёш авлод вакиллари учун ҳам мўжалланган.Жаҳонда ўхшаши йўқ ушбу лойиха Ўзбекистонда амалга оширилаётган кенг кўламдаги тарихий ислоҳотлар ва Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг ўзбек халқининг маданий, тарихий ва интеллектуал меросини асраб-авайлаш, бойитиш ҳамда янада кўпайтириш масалаларига бўлган шахсан эътибори туфайли амалга оширилмоқда
-
Pedagogika
Toxtaxodjayeva M. X.,Darslik pedagog kadr tayyorlashga qaratilgan ta'lim yo‘nalishlariga mo‘Ijallangan, unda pedagogika fanining asoslari, maqsad, vazifalari, tadqiqot metodlari, didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni (chunonchi, tamoyil, shakl, metod va vositalari, ijtimoiy tarbiya turlari, ularning о ‘ziga xos jihatlari, samarali tashkil etish omillari, О ‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimi, ta'lim muassasasi menejmenti, shuningdek, korreksion (maxsus) pedagogikaning mohiyatlari) xususida so‘z yuritiladi. Darslik Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan namunaviy dastur talablariga muvofiq yaratildi.
-
Milliy ma'naviyatimiz asoslari
Imomnazarov M.,Ushbu qo'llanma muallifning ko'p yillik amaliy ish tajribasi va ilmiy izlanishlari mahsuli bo'lib, unda milliy ma'naviyatimizning bugungi dolzarb masalalari va tarixiy takomil yo'li izchil bayon qilingan.Qo'llanma uch qisimdan iborat. Har bir qism o'z navbatida boblar va fasllarga taqsimlangan bo'lib, kitob oxirida bir qator jadval xulosalar, asosiy timsol-tushunchalarning izohli lug'ati,tavsiya etiluvchi va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ilova qilingan.
-
Шарқ давлат музейи тўплами
Ф.Ф.Абдухолиқов, Э.В.Ртвеладзе, Т.К.Мкртичев,Ўзбекистон - дунё тамаддуни тарихида ёрқин из қолдирган буюк давлатлар вориси. Асрлар давомида унинг заминида ажойиб меъморчилик, санъат ва адабиётга оид асарлар яратилган бўлиб, улар ҳанузга ча бутун дунёдаги Ўзбекистон халқлари маданияти ихлосмандларини хайратга солиб келмоқда. Ушбу меросни объектив ва ҳар томонлама ўрганиш нафақат Ўзбекистон, балки бутун жаҳоннинг муҳим вазифаси ҳисобланади, негаки мамлакатимиз маданияти бутун инсониятнинг бойлигидир
-
Хизр чашмаси
Нажмиддин Комилов,Алишер Навоий ижоди - маънолар уммони, бебаҳо хазина. Улуғ шоирнинг тафаккур гавҳарларини кашф этиш, улардан баҳраманд бўлиш дилга қунват, руҳга мадад бағишлайди, бизни комиллик сари етаклайди. Н. Комилов ўэ тадқиқотларида шоир ижодининг айнан шу томонларига эътиборни қаратиб, ўқувчиларга мутлақо янгилик бўлган жиҳатларни очади, Навоий эътиқодининг жавҳари — тасаввуф ғоялари ва инсон қалби,.шоҳу гадо ҳикмати, инсоннинг маънавий камолоти, Кўнгул ва ғайб олами, ахлоқий покланиш ва Илоҳ ишқи сирри хусусида фикр юритади, ардоқли, нажиб туйғуларнинг абадияти ва бугунги ҳаётимизга таъсири ҳақида сўзлайди.
-
Turk tili omonimlari lug‘ati
Abdurahmanova M.,Turk tilidagi omonimlar izohlangan ushbu lug‘at 1988- va 2019-yillarda nashr etilgan turkcha izohli lug‘atlar hamda internet materiallari asosida tuzildi. Mazkur lug‘at leksikologiya, omonimiya, qiyosiy tilshunoslik yuzasidan ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarga mo'ljallangan.
-
“АВЕСТО” - МАЪНАВИЯТИМИЗ САРЧАШМАСИ
Ҳ.Бобоев,Марказий осиё халкларининг энг кадимги зардуштийлик дини ва мукаддас китоби 'Авесто'нинг ижод килган жойи хакидаолимлар турлича фикрлар баён килиб келдилар. Ушбу рисолада муаллифлар “Авесто”нинг инсоният тараққиётидаги ўрни, унинг бутун жаҳон аҳли муштарак маънавий мероси эканлиги ҳақида, ундаги маънавий-ҳуқуқий ва таълим-тарбия масалалари, унинг тарихий-маърифий, фалсафий ва адабий қиммати ҳамда “Авесто” тили тўғрисида ўз фикр-мулоҳазаларини баён этишган.
-
Pedagogika
J. Hasanboyev, X. A. To`raqulov, I. Sh.Alqarov, N. O`. Usmanov,Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, turlari, ta'lim-tarbiya jarayonida milliy merosdan foydalanish yo'llari, shakllari va vositalari, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, ta'lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan. Darslik pedagogika oliy o'quv yurtlarining mutaxassis fakultetlari talabalari, pedagogika kollejlarining o'quvchilari uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishlari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrlar va aspirantlar, shuningdek, pedagog-mutaxassislarga mo'ljallab tayyorlandi. Ushbu darslik "Oliy ta'lim muassasalarida ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishning pedagogik texnologiyalari"ni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish mavzusiga oid fundamental hamda "Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining kasbiy, pedagogik va ma'naviy-ma'rifiy sohalar bo'yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish" mavzusidagi amaliy tadqiqot doirasida ishlab chiqildi.
-
-
Солнома. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёев фаолияти хроникаси
Муаллифсиз,Ташқи сиёсат Марказий Осиё минтақаси мамлакатлари билан яхши қўшничилик, дўстлик ва ҳамкорлик асосида фаол муносабатлар ўрнатиш ҳамда уларни янги маъно мазмун билан бойитиш устувор тамойил.
-
O‘zbek dialektologiyasi
Ubaydullayev A., Mirsoatova M.,Ushbu o'quv qo'llanma Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlanib, 5120100-Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) ta'lim yo'nalishining DTS hamda “O'zbek dialektologiyasi” fani dasturi asosida ishlab chiqildi.
-
Адабиёт ва ҳуқуқ
Саидов А,Жаҳон адабиётида ёрқин из қолдирган Ғарб муаллифларининг кўпчилиги ихтисослиги бўйича юрист бўлган юксак истеъдод соҳибларидир. Мисол учун, буюк немис шоири ва қомусий илм соҳиби - Йоҳанн Вольфганг Гёте Лейпциг ва Страсбург университетларининг юридик фвкультетларида таҳсил олган. Гёте ва бошқа шу каби Ғарб юрист-адибларининг насрий асарларида судьялар, адвокатлар, нотариуслар ҳамда ҳуқуқшуносликка доир бошқа кўплаб соҳалар мутахассисларининг фаолияти маҳорат билан тасвирланган.
-
Таҳлил — адабиётни англаш йўли
Қ Хасанбоева,Она тили ва адабиёт ўқитувчилари, филологик йуналишдаги олий укув юртлари талабалари ҳамда адабиёт ўқитиш масалалари билан шуғулланувчи тадқиқотчилар учун
-
Зубдату-т-таворих тарихлар сараси
Муҳаммад Ризо Огаҳий, Жабборов Н.,Ушбу нашр адабиёт, тарих, манбашунослик ва матншунослик соҳаси мутахассислари, филология ва тарих факультетларининг бакалавриат ҳамда магистратура босқичлари талабаларига, шунингдек кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Атоқли шоир, тарихнавис, таржимон (Огаҳий ҳақида мақолалар)
Абдуғафуров А.,Китоб огаҳийшунос олимларга, олий ўқув юртларн талабаларига ҳамда тарихимизга қизиққан барча китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Silikat materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari va qurilmalari
D.I.Alimdjanova, M.X.Aripova, B, R, Ro`ziboyev, Sh.M.abdusattorov,Ushbu darslikda keng turdagi silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar ishlab chiqarish texnologiyasida material va buyumlarga issiqlik ishlovi berish jarayoni bilan bogTiq bo'lgan muammolar o‘z aksini topgan.Unda issiqlik texnikasi va texnik termodinamikaning asosiy qonuniyatiari, silikat materiallar ishlab chiqarishda qo'llaniladigan quritkich va pechlaming turlari, tuzilishi, ishiash tartibi, ularda kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar, issiqlik qurilmalarini hisoblash va nazorat qilish masalalariga oid ma’lumotlar to'liq holda berilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi asosida pech va quritgichlami tanlash va mahsulotga issiqlik berish tartibini ishlab chiqish, issiqlik qurilmalari ishini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor berilgan.Ushbu darslikdan texnika oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, professor-o'qituvchilar, kimyo texnoiogiya yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari harnda shu sohaning mutaxassislari foydalanishi mumkin.
-
Tikuv-trikotaj buyumlari texnologiyasi
Madjidova Sh. G., Ulkanbayeva G. D.,O'quv qo'llanmada trikotaj polotnolarga xomashyo va ulardan to'qiladigan polotno turlari to'g'risida umumiy ma'lumotlar, trikotaj polot-nolardan buyum tikishda materiallarni konfeksionlash, tikuv - trikotaj buyumlari assortimenti, trikotaj polotno xususiyatlarining bu-yum konstruksiyasiga ta'sir etuvchi omillari, trikotaj polotrodan kiyim konstruksiyasining o'ziga xos xususiyatlari, trikotaj polotnolarni bichishga tayyorlash va ularni bichishga qo'yiladigan talablar, tikuv - trikotaj buyum detallarini bichish usullari, buyum detallarini birikti-rishda qo'llaniladigan chok turlari va ularni kodlanishi, tikuv - trikotaj buyumning asosiy va mayda detallariga ishlov berish tomologiyasi mavzulari yoritilgan. "Tikuv - trikotaj buyumtari texnologiyasi" o'quv qo'llanmasi oliy o'quv yurtlarining bakalavriatura talabalari uchun mo'ljallangan. Bu o'quv qo'llanmadan "Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi" mutaxassisligidagi magistratu-ra talabalari xam foydalanishi mumkin.
-
Konlarda neft va gazni tayyorlash texnologiyasi
N.N.Maxmudov, T.R.Yuldashev, B.Sh.Akramov, M.A.Tursunov,Darslikda netf va gazni fizik va kirayoviy xossalari va ularni tayyorlashning zaruratlari, qatlam va yer usti sharoitida fizik xossalarini o‘zgarish holatlari, tabiiy gazning tarkibi va fizik xossalari, konlarda neft, gazni va suvni yig‘ish va tayyorlashning texnologiyasi, kon sharoitida yo'ldosh gazlarni tayyorlash, past bosimli neft konlari yo`ldosh gazlarini utilizatsiya qilish va ulardan suyuq uglevodorodlarni ishlab chiqarish texnologiyasi, neftni barqarorlashtirish, suvsizlantirish, tuzsizlantirish, neftni saqlash rezervuarlari, gaz va kondensatlarni yig‘ish va tayyorlash, suyultirilgan gazlarni tashish, yer ostida saqlash va iste'molchilarga yetkazib berish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.