-
-
Pedagogika va metodikalar,
-
-
-
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi,
-
-
-
Tabiatshunoslikni o'qitish maxsus metodikasi
X.M.Po'latova, D.M.Sultanova, Z.N.Mamarajabova,Pedagogika va metodikalar, -
Ёш даврлари ва педагогик психология
Дўстмуҳамедова Ш., Нишанова З., Жалилова С., Каримова Ш., Алимбаева Ш.,Bolalar psixologiyasi, -
-
-
-
Umumiy va anorganik kimyo,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
Siyosat va uning hamjamiyat taraqqyotidagi roli,
-
Madaniyat taraqqiyotida vorislik. Madaniy meros tushunchasi,
-
Jihozlar va loyihalash asoslari
Otaqo`ziyev T. A., Iskandarova M., Rahimov R., Otaqo`ziyev E.,Qurilishning nazariy asoslari, -
-
-
Kinotasvir texnologiyasi.
KAMOLA HIDIROVA, MUZAPPAR AZIMOV,“Kinotasvir texnologiyasi” fanidan tuzilgan ushbu o’quv qо‘llanma san’at va madaniyat oliy о‘quv yurtlari uchun mо‘ljallandi. Unda kinotasvirning yoritilish uslub va tamoyillari, kinotasvirga olishning ekspozitsion usuli, kinotasvirga olishda yoritishning eksponometrik nazorati, kinotasvirga olish jarayonida ranglarni uzatishda kul rang shkala yordamida nazorat qilish va raqamli texnologiya kabilarga tо‘xtalindi. О‘quv qо‘llanmada kinooperatorlik san’atida qо‘llaniladigan ma’lumotlar bо‘lib talabalarga “Kinotasvir texnologiyalarini” yetkazish imkonini beruvchi bо‘limlaridan iborat. О‘quv qо‘llanmadan barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
Sport va harakatli o'yinlarni o'qitish metodikasi
Maxmudov Maqsud Kamolovich,Mazkur o'quv adabiyotida voleybol o'yinining paydo bo'lish tarixi, o'yin qoidalari, o'yin texnikasi va taktikasi hamda ularni o'rgatish usuliyatlari,xorij voleybol tajribalari, hakamlik asoslari, musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish usullari kabi masalalar yoritilgan bo'lib, undan jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi talabalari, magistrantlari, MOF tinglovchilari, umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari jismoniy tarbiya o'qituvchilari foydalanishlari mumkin.
-
Umumiy va anorganik kimyo
Ahmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R,Mazkur darslik oliy texnika o‘quv yurtlarining kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha), oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha bilim oladigan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda umumiy va anorganik kimyo fanidan nazariy qonun-qoidalar, ma'ruzalarda beriladigan materiallarga oid savollar, testlar, masala-misollar va mustaqil o‘rganish uchun ma'lumotlar keltirilgan.
-
Комиллик ўгитлари
М. Х. Саидов, З. Т. Тоҳиров,Ҳар ким илм-ҳикматни ўрганаман деса, уни ёшлигидан бошласин, саломатлиги яхши бўлсин, яхши аҳлоқ ва одобли бўлсин, сўзининг устидан чиқсин, ушбу рисола узлуксиз таълимнинг биринчи бўғини -мактабгача тарбия, ўрта мактаб, академик лицей, касб-ҳунар коллежлари, олий таълим муассасаларда тарбияланувчи ва таълим олувчилар, ҳамда кенг китобхон оммасига мўлжалланган.
-
Чорвачиликни механизациялаштириш ва автоматлаштириш
Б.М.Тожибоев,Ушбу дарсликда чорвачилик маҳсулотларини етиштиришда замонавий илғор технологиялар, машина ва жиҳозларларнинг тузилиши ва созланиши, улардан унумли фойдаланиш, чорвачилик иншооти ҳамда бинолар лойиҳаларини республикамиз шароитидан келиб чиқиб баҳолаш, озуқаларни механизациялашган ва автоматлаштирилган ҳолда зоотехник талаблари асосида тайёрлаш масалалари кенг ёритилган.
-
Tasviriy san`at o`qitish metodikasi
S.F.Abdirasilov,Darslik oliy o`quv pedagogika instituti va universitetining boshlang`ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish -5141600 bakalavr yo`nalishining talabalri uchun mo`ljallangan, shuningdek ,pedagokika kalleji talabalari ham foydalanishi mumkin.
-
Болалар нутқини ривожлантириш назарияси ва методикаси
Қодирова Ф. Р.,Ушбу дарсликда болаларга тил ўргатиш ва улар нутқини ривожлантириш тизимига ялпи ёндашув қўлланилган бўлиб, бу нутқий ривожланишнинг турли жихатлари — фонетик, лексик, грамматик хусусиятларини қамраб олади ва шу аснода бола нутқини устириш тизими очиб берилади.
-
Tabiatshunoslikni o'qitish maxsus metodikasi
X.M.Po'latova, D.M.Sultanova, Z.N.Mamarajabova,Ushbu o'quv qo'llanmada yordamchi va maxsus maktablarda tabiatshunoslikni o'qitish maxsus metodikasi fanining asosiy mazmuni bayon qilingan bo'lib, unda maxsus fanning nazariy asoslari, o'qitish metodlari va shakllari, nazariyasining amaliyot bilan bog'liqligi ko'rsatib berilgan.
-
Ёш даврлари ва педагогик психология
Дўстмуҳамедова Ш., Нишанова З., Жалилова С., Каримова Ш., Алимбаева Ш.,Дарсликда ёш ва педагогик психологиянинг предмети, методлари, бўлимлари, таълим, тарбия ва ўқитувчи психологияси ҳақида сўз юритилади.Унда чақалоқлик давридан ўспиринлик давригача боланинг психологик ривожланиш хусусиятлари акс эттрилган.
-
ZAMONAVIY JIHOZLASH VA INTERYER
Hidoyatov T.A,D arslik d ag i b a y o n e tilay o tg an m aterial k erak li m a ’lu m o tla r b ila n to ‘ld irilib , ta la b a la r b ilim in i b o y itish , a m a liy k o ‘n ik m a lam i h o sil q ilish , o so n la sh tirish g a y o ‘n altir ilg an va m alak av iy in tu itsiy a, b in o la r , in s h o o tla r in tery erlarin i b ezatish d a p a y d o b o ‘lad ig an e stetik to p s h ir iq la m i y e ch ish larid a y o r d a m b erad i. D arslik n in g m azm u n i ta la b a la r o ld id ag i fiin k sio n al tas h k il e tis h q o n u n iy atlar in i va ichki fazoviylikning maqsadli rangda bezatilishini h am d a zam onaviy estetik nuqtayi n a z a r d a n o c h is h n i tu s h u n tir ib b erad i
-
ЧОРВАЧИЛИКДА ВИТАМИНЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ
Р.СЕЛЯМЕТОВ,Малумки мамлакатимизда ривожлантиришга катта ахамият берилмокда. Чорвачиликнинг ривожланиши тайёрланга ем-хашак микдоригагина эмас ,балки унинг сифатига хам боғлиқ.
-
Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
M.M.Nishonova,Mexanika, gidromexanika,issiqlikva modda almashinish jarayonlarining nazariy amaliy tomonlari, texnologik jarayonnlarni zamonaviy usullar bilan tezlatish va muqobil boshqarishning yo'llari ham ko'rsatilgan.
-
vinochilik texnalogiyasi
Z.Sh. Sapayeva, B.A. Abdullayeva, D.X. Sapayev,O ‘quv qo`llanmada uzumchilik va sharobchilik tarixi, uzumchilikning iqtisodiy taraqqiyoti, xomashyoning tarkibi va tavsifi, uni qayta ishlash jarayon va uslublari, achitqilarda bijg‘itish uslublari, vinomaterial ishlab chiqarish, ularga ishlov berish hamda uzumdan tayyorlanadigan turli mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlarining tafsiloti, texnologik sxemalari, standart tushunchasi va turlari bayon etilgan.
-
Buxgalteriya hisobi nazariyasi
Abdullayev A., Qayumov I., Ergashev A.,Ushbu darslik „Buxgalteriya hisobi nazariyasi“ fanining namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda buxgalteriya hisobini namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda buxgalteriya hisobini uritish, tashkil qilish va soddalashtirish, buxgalteriya balansi, schotlar tizimi hamda xo‘jalik ish jarayonlarini hisobga olish, buxgalteriya hisobi schotlari, hujjatlashtirish, xo‘jalik mablag‘larini inventarizatsiya qilish, buxgalteriya hisoboti kabi dolzarb masalalar amaliy tajribalar asosida keng yoritilgan.
-
Noorganik kislotalar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari
Shamsitdinov I.T,Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining kimyoviy texnologiya mutaxassisligi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Jurnalistikaga kirish
T.Qozoqboyev, M.Xudoyqulov,Darslikda jurnalistikaning, xususan, o'zbek jurnalistikasining paydo bo'lishi, rivojlanishi, hozirgi zamon sharoitida uning tutgan o'rni, jurnalistika janrlari, uning erkinlashishi, ommaviy axborot vositalarining tasnifi va tarkibi, jurnalistikaning jamiyat hayotidagi faoliyati o'rganiladi. Darslik jurnalistika fakultetlari talabalari va shu sohaga qiziqqanlar uchun mo'ljallangan.
-
Xor va Xorshunoslik
I.B. Matyakubov,Ushbu o'quv qo'llanma Oliy ta'lim muassasalari " Musiqa ta'limi" kafedralarida o'tiladigan " Xor va xorshunoslik" fani uchun mo'ljallangan.
-
Jihozlar va loyihalash asoslari
Otaqo`ziyev T. A., Iskandarova M., Rahimov R., Otaqo`ziyev E.,Ushbu darslik 16 ta bobdan iborat bo‘lib, unda kimyo sanoati asbob-uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablar, noorganik moddalar ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladigan konstruksion materiallar, aralashtirgichli qurilmalar, kristall va suspenziyali aralashtirgichlar, termo va elektrotexnologik materiallar, tegishli korxonalarning transport vositalari, omborxona jihozlari kabi mavzular o‘z aksini topgan.
-
Нон биокимёси
Айходжаев Н. К., Джахангиров Г. З.,Ушбу дарсликда нон тайёрлашнинг ҳар бир босқичида кечувчи биокимёвий жараёнларни ифодаловчи маълумотлар келтирилган. Китобда крахмал бўлмаган полисахаридлар ва уларнинг оксидланиш маҳсулотларининг аҳамияти кўрсатиб ўтилган. Буғдой ва жавдар ярим фабрикатларида бижғишни келтириб чиқарувчи турли микроорганизмлар, уларнинг ҳаёт фаолияти маҳсулотлари, шунингдек улар таъсирида муҳит кислоталилигини ўзгариши батафсил баён этилган.
-
Xalq Hunarmandchiligi Va Amaliy Bezak San'ati
O'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining "Texnologik ta'lim" yo'nalishidagi "Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash" fanidan ta'lim jarayonlarini tashkil qilish uchun mo'ljallab tayyorlangan.Unda mashg'ulot mavzulariga oid nazariy ma'lumotlar, amaliy va grafik ishlarni bajarish bosqichlarining bayoni hamda ularning yoritish uchun zarur bo'lgan illyustrativ materiallar keltirilgan.Har bir mavzuga tegishli nazariy ma'lumotlar va amaliy ko'nikmalar rasmlantirishga bag'ishlangan materiallar o'rganilganidan keyin talabalarning shu mavzu bo'yicha bajarishlari tavsiya etiladigan amaliy va grafik topshiriqlari berilgan.