-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Personalni boshqarish
F.H. Nazarova, Z.Ya. Xudayberdiyev, A.X. Nazirov, K.M. Xurramov, O.A. Saydaxmedov,Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Akramning sarguzashtlari
P. Qodirov,Aksar taniqli yozuvchilarning ijodi o'zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular turli janrlarda, zamonaviy va tarixiy mavzularda, bolalar va kattalar uchun, turli xil uslublarda (izchil realistik, romantik, fantastik, sarguzasht va boshqalar) ijod etadilar. Pirimqul Qodirov asarlari ham mana shu yo'nalishdan mustasno emas. U uzoq yillar davomida izchil realistik uslubda ijod etdi va asosan, kattalar uchun asarlar yozdi. Taxminan, so'nggi o'n yillikda uning ijodida yangi qirralar ko'rinish bera boshladi. U kichik yoshdagi bolalarga bag'ishlangan bir qator asarlar e'lon qildi, sarguzashtlar yo'nalishidagi kitoblari bosilib chiqdi, hatto qissalaridan birini "Akramning sarguzashtlari" deb atadi. Bu qissani o'qir ekasnsiz, beixtiyor bolalik davringizga sayohat qilasiz. Shuningdek, ushbu kitobdan adibning yana bir necha qissa va hikoyalri o'rin olgan.
-
Sehrli tulpor
M. Abduvahobova, Y. Qosimov,Ozarbayjon xalqi - qadimiy og'zaki adabiyotga ega bo‘lgan, boy ma’naviy merosni avaylab-e’zozlab kelayotgan xalq. Xususan, ularning ertaklaridagi ko‘pgina syujetlar, qahramonlar o‘zbek xalq ertaklariga hamohangdir. Bu ertaklarda ezgulik va yovuzlik kurashi, adolat, haqiqat tantanasi haqidagi xalqning orzu-umidlari, muhabbat, vafo, sadoqat tuyg‘ularining tarannumi o‘z aksini topgan.
-
Қани менинг юлдузим
О.Хайит,Ушбу ктоб буржлар дунёсидаги узаро мутаносиблик муносабатларнииг мувофиқлиги ёки акс жараёнлар ҳақида маълумот беради. Сиз, аввало, маълум бурж вакили ҳақида умумий таъриф билан танишасиз. Ушбу бурж эгасииинг бошқа бурж вакилларига қанчалик муносиблиги эса турли жабҳаларда очиб берилади.
-
Баҳорнинг ўн етти лаҳзаси
Юлиан Семёнов,Ушбу китобда фаришталар империасининг охирги кунлари тасвирланган. Фаришталар ўзларининг ёзув ниятларини амалга ошира олмадилар. Лекин сўзсиз таслим бўлишга ҳам рози эмаслар. Бундай вазиятда жосуслар фаол харакат қиладилар. Рус жосуси Штирлиц (Максим Максимович Исаев) бундай холатда қандай ишларни амалга оширилганлигини ушбу китобни ўқиш давомида билиб оласиз.
-
Тирик қолиш буюрилган
Юлиан Семёнов,"Тирик қолиш буюрилган"деб номланувчи асарида гитлерчилар рейхининг ўлим олдидаги талвасасини, фашизм пешволарининг ўз ҳаётларини сақлаб қолиш йўлида ҳар қандай қабиҳликдан ҳам тоймай қилган беҳуда уринишларини тасвирлайди.
-
Magnit ayol
Nargiza Erkaboyeva,Mazkur kitobda ilk marta ayollik energiyalari va ularni uyg'otuvchi, oshiruvchi amaliyotlar berilgan.Kitob trening-kitob tarzida yozilgan bo'lib, nazariya bilan birga ko'plab amaliy mashg'ulotlardan tashkil topgan.
-
Bolalik xotiralarim
Oybek,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi <<<Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqa-rashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. O'zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad O'g'li Oybekning «Bolalik xotirlarim» qissa mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha boʻladi. Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so'z hamda iboralar yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
-
Mehrobdan chayon
A. Qodiriy,Milliy tariximizda Abdulla Qodiriy siymosi haqiqat va jaso-rat timsoli sifatida tilga olinadi. Uning muhtasham asarlari esa badiiy didimizni, milliy o'zligimizni anglashda beqiyos xizmatlar qildi. Zero, Abdulla Qodiriy yaratgan Otabek, Anvar, Kumush va Ra'no kabi obrazlar sof milliy xarakterimizni tarannum etgan.
-
Меҳробдан чаён
Қодирий Абдулла,Туркистон феодалларининг кейинги вакили бўлган Худоёрнинг ўз хоҳиши йулида деҳқон оммаси ва майда хунарманд - косиб синфини қурбон қилиши, мамлакат хотин-қизларини истаганча тасарруф этиши, бунга қарши келгучилар тиласа ким бўлмасин, расмсиз жазо бериши румоннинг мавзуидир. Худоёрнинг бу йулдаги биринчи истинодгоҳи бўлган уламолар, уларнинг ички-ташқи аҳволи, ахлоқи, Мадраса ва оила ҳаёти, уламода инсоний ҳис битканлиги ва қолгани ҳам хабосат пардаси остида сезилмас даражага етканлини мундарижа сирдирран қаадар баён қилинадир.
-
O'zbek bobo
Sh.Xolmirzayev,O'zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzayev o'zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo'shgan adiblarimizdan biridir.
-
Кимё тарихи
Э.У.Эшчанов,Ушбу Кимё тарихи курси бўлимидан маърузалар матни кимё мутахассислиги бўйича таълим олаётган талабалар учун мўлжалланган бўлиб маърузалари енгил тилда қисқача баён қилинган
-
Бобур сайёҳ ва табиатшунослик
Ҳ.Ҳасанов,Ҳамидулла Ҳасановнинг “Бобур — сайёҳ ва табиатшунос” асарида Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг кўп қиррали фаолияти, айниқса унинг сайёҳлик ва табиатшунослик жиҳатлари ёритилади. Муаллиф Бобурнинг саёҳатлари давомида турли ҳудудлар географияси, иқлими, ўсимлик ва ҳайвонот дунёси ҳақида берган маълумотларини таҳлил қилади.
-
Халқаро ҳуқуқ
Д.Мусаев, Д.Саттаров, А.Мўминов,Ушбу китоб халқаро ҳуқуқ фани бўйича ўқув қўлланма сифатида тавсия этилмоқда. Унда ҳозирги замон халқаро ҳуқуқининг келиб чиқиши ва ривожланиши, унинг асосий тушунча ва принциплари, институтлари ва соҳаларининг тараққиёт қонунлари ўз аксини топган. Ўқув қўлланмани ўқитишдан асосий мaқcaд курсантларга, тингловчиларга ва амалиётчи ходимларга ҳозирги замон xaлқapo ҳуқуқнинг қоидалари, ташкилотлари ва соҳаларини ўрганишда ёрдам кўрсатишдан иборат. Мазкур ўқув қўлланма халқаро ҳуқуқнинг асосий институтлари ва тармоқларига доир маълумотлар бериб, халқаро ҳуқуқнинг амалдаги нормалари ва давлатларнинг халқаро ҳамкорлик тажрибаларига баҳо бериш кабиларни ўзида мужассамлаштирган. Ўқув қўлланма институт курсантлари, тингловчилари, ўқитувчилари ва халқаро муносабатлар соҳасига ихтисослашган бошқа идора ва ташкилотлар ходимлари учун ҳамда халқаро ҳуқуқ муаммолари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Maugli
Jozef Redyard Kipling,Bolalik dunyomiz bilan bog‘liq shirin xotiralarni yodga olganda, beixtiyor qalbimiz sevinchga, yuragimiz haroratga to‘ladi. Uning har bir dami, har bir lahzasi shu qadar yodimizga muhrlanganki, o‘sha quvonchli fursatlarni farzandimiz yuz-ko‘zida ko‘rgimiz keladi. Bizning sevimli ertak qahramonimiz bugun bolamiz quvonchiga sabab. Maugli haqida hikoya qiluvchi mazkur kitobni ham aynan yosh kitobxonlarimiz qalbiga sevinch ulashish, suyumli multqahramonlari bilan satrlar orqali hamsuhbat bo‘lsinlar, degan niyat bilan nashrga tayyorladik. Unutmang, Maugli – o‘zgarmagan, uning boshdan kechirganlari, o‘rmondagi hayoti, sarguzashtlari ham o‘sha-o‘sha. Ammo u qalban sizga qanchalik yaqin? Uning yuragida nimalar pinhon? Bu savollarga aynan kitobdan javob topasiz.
-
Одам физиологияси
ҒСатипов,Ушбу ўқув -услубий қўлланмада Одам физиологияси фани бўйича асаб юрак-кон томирлари тизими ички секреция безлари нафас олиш аъзолари ва анализаторлар тўғрисида маьлумотлар берилган
-
Уч юз олтмиш тўрт кун
Султон Х.,Ушбу тўпламдан ўрин олган асарларда тасвирланган одамлар ниҳоятда аниқ, мукаммал образ даражасига етган бадиий қиёфалардир. Бу қиёфалар гўё моҳир рассом томонидан аслига қараб чизилган гўзал сувратлар каби таассурот қолдиради.
-
Komissar Megre
Jorj Simenon,Chunki ular shu tobda o'zlarini qiziqtirayotgan savolga baribir javob topa olmasliklarini biladilar. Xo'sh, Jorj Simenonning ushbu kitobini, aytaylik, Megre va vinofurush» romanini mutolaa qilgan o'quvchini birinchi navbatda nima qiziqtiradi? Sezib turibmiz, hozir siz: «Jilber Piguning keyingi taqdiri nima bo'ldiykin?» deb o'zingizcha bosh qotirmoqdasiz. Mabodo: «Bu savolga javob berishdan ojizmiz» desak, «Ana, aytmaganmidim!» deya chuqur uf tortasiz.
-
Бевалар
Зулҳумор Солиева,Ғарб мутафаккирларидан бири «менга бир аёлни изммига солишдан кўра, бутун Европани бўйсундириш осонроқ кечган бўларди», деб ёзганди. Дарҳақиқат, аёл, унинг табиати, дарди, қарашлари, мyҳaббaти, қуйингки, дунёни ушлаб турган гўзаллигининг сири нимада эканлиги ҳамон жумбоқлигича қолмоқда.
-
Ekologiya huquqi
J.T.Xolmo`minov,Ushbu darslikda 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrirdagi) talablari asosida ekologiya huquqi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarning huquqiy holati, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlarda va chiqindilardan foydalanish jarayonida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy tartibi va O'zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi masalalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Personalni boshqarish
F.H. Nazarova, Z.Ya. Xudayberdiyev, A.X. Nazirov, K.M. Xurramov, O.A. Saydaxmedov,O‘quv qo‘llanmada «Personalni boshqarish» kursi bo‘yicha asosiy mavzular matni berilgan bo‘lib, unda jahon oliyaviyiqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari va uning oldini olish choratadbirlari to‘g‘risidagi malumotlar o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, korxona va tashkilotlarni shakllantirishda inson omili, inson resurslarini boshqarish funksiyasining rivojlanishi, korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish strategiyasi, personal bilan ishlashni boshqarish, personalni rivojlantirish, personalning xizmatkasbi bo‘yicha ko‘tarilishi va xizmat martabasini boshqarish kabi mavzular ochib berilgan.