-
Kulrang shlyapali xakerlik I jild
Allen Xarper, Rayan Lin, Stiven Sims, Maykl Baukom, Daniel Fernandez, Uaskar Texeda, Mozes Frost,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
-
Qadoqlash mahsulotlari texnologiyasi: asoslari, materiallar va jarayonlar
Anne Emblem, Genri Emblem,Umumtexnikaviy fanlar, -
Tilshunoslik,
-
MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI fanidan laboratoriya ishlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
U.A.Ziyamuhamedova., Z.L. Alimbabayeva., G.B.Miradullayeva,Xom ashyo. Materiallar. Materialshunoslik, -
-
MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI
S.D.Nurmurodov, А.Х. Rasulov, K.G.Baxadirov,Xom ashyo. Materiallar. Materialshunoslik, -
Inklyuziv ta'lim barkamol avlod tarbiyasida 2 jild
Keti Kologon, Zinniya Mavavalla.,Pedagogika va metodikalar, -
-
Inklyuziv ta'lim barkamol avlod tarbiyasida 1 jild
Keti Kologon, Zinniya Mavavalla.,Pedagogika va metodikalar, -
-
-
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
N.Bozorboev, X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov, V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov,Arxitektura, -
Zаmonaviy shaharsozlik nazariyasi
ISAMUHAMEDOVA DILOROM UCHQUNOVNA , MIRZAYEV MURAT KUSHATOVICH,Arxitektura, -
-
Shаhar yo'l-transport tarmoqlarini rejalashtirish
I.S.SODIQOV, Sh.B.AXMEDOV, A.G‘.YUNUSOV,Transport asosiy masalalari, -
Avtomobil yo‘li transporti,
-
Kulrang shlyapali xakerlik I jild
Allen Xarper, Rayan Lin, Stiven Sims, Maykl Baukom, Daniel Fernandez, Uaskar Texeda, Mozes Frost,"Kulrang shlyapali xakerlik" (Axloqiy xakerlik qo'llanmasi) kitobida axloqiy xakerlik nima ekanligi, dasturlashning asosiy ko'nikmalari, muhandislik vosita lari haqida so'z boradi. Kitob mutaxassislar, ushbu soha bo'yicha tahsil olayotgan talabalar va axloqiy xakerlikka qiziqqanlar uchun mo'ljallangan.
-
Tilshunoslik: funksional kirish
K. Aaron Smit.,"Tilshunoslik: funksional kirish" - bu mazkur fanga endi kirib kelganlar uchun qisqa-cha til haqida boshlang'ich ma'lumotlarni o'zida jamlagan qo'llanma. Kitob tilshunoslik tushunchasini tanishtirish va fanga doir turli yondashuvlar bilan boshlanib, til birliklari-ning qurilishi haqida tushuncha beradigan fonetika, fonologiya, morfologiya, sintaksis va semantika boblariga ajratilgan. Shuningdek mavzular til o'zgarishi, yozuv tizimlari, sotsiolingvistika, psixolingvistika va tilni o'rganish usullari bilan boyitilgan. Har bir bob-da tilni o'rganishga yordam beradigan misollar keltirilgan. Mazkur o'quv qo'llanma tilga oid boshlang'ich bilimlarni egallashni istagan talabalar va turli dasturlar bilan ishlaydigan tilshunoslarga mo'ljallangan.
-
Qadoqlash mahsulotlari texnologiyasi: asoslari, materiallar va jarayonlar
Anne Emblem, Genri Emblem,Darslik 60710300-matbaa va qadoqlash muhandisligi ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'jallangan bo'lib, unda qadoqlash sanoatining nazariy asoslari va amaliy jihatlari qamrab olingan hamda zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida qadoqlashning ahamiyati, funksiyalari va rivojlanish tendensiyalari keng yoritib berilgan. Qadoqlarning himoya, logistika, marketing, ekologik va iste'mol xavfsizligi kabi ko'p qirrali vazifalari ilmiy yondashuv asosida tushuntirilgan. Kitobda qadoqlash tizimining barcha bosqichlari ishlab chiqarish, saqlash, transport, chakana savdo va iste'molchiga yetkazish jarayonlari bo'yicha texnologik talablarga chuqur e'tibor qaratilgan. Shuningdek, qadoqlash materiallarining xilma-xilligi (shisha, metall, alyumin, qog'oz-karton, gofrokarton va polimerlar) ularning fizik-mexanik xususiyatlari, afzalliklari va qo'llanish sohalari bilan birga tahlil etilgan.
-
O'zbek tilining izohli lug'ati. Uchinchi jild.
E.Begmatov, A. Xojiev, A.Madvaliyev.,Bu ko'p jildli O'zbek tilining izohli lug'ati lotin tiliga asoslangan o'zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi. Lug'at hozirgi o'zbek adabiy tilida keng iste'molda bo'lgan 80 mingdan ortiq so' va so'z birikmalarini, fan, texnika, san'at va madaniyat sohalariga oid terminlarni bir nacha shevada qo'llanadigan so'zlarni, ba'zi tarixiy va eskirgan atamalarni o'z ichiga oladi.
-
MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI fanidan laboratoriya ishlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma
U.A.Ziyamuhamedova., Z.L. Alimbabayeva., G.B.Miradullayeva,Mazkur uslubiy ko’rsatma 5321300 – «Neft va gazni qayta ishlash» yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan bo’lib, “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi” fanidan: konstruksion metallarning mexanik xossalarini aniqlash, materiallarning qattiqligini Brinell va Rokvell usulida, po’latlar va cho’yanlarning mikrostrukturasi kabi laboratoriya ishlarini o’z ichiga oladi. Har bir laboratoriya ishlarida maqsad, qisqa nazariy ma’lumot, ishni bajarishda foydalaniladigan asbob-uskuna jihozlar, sinovlarni o’tkazish tartibi, shuningdek, bajarilgan ishlarni topshirishda so’raladigan asosiy savollar keltirilgan.
-
Tut genetikasi
Belaghihalli N. Gnanesh, Kunjupillai Vijayan.,Ushbu kitob tut daraxti (Morus L.) haqidagi hozirgi bilimlarni o'z ichiga olgan birinchi keng qamrovli to'plamdir. Unda botanika, sitogenetika, biologik xilma-xillik, genetika va seleksiya, biotexnologiya va genetik transformatsiya, biotik va abiotik omillar, molekulyar xaritalash, QTL aniqlash, to'liq genom ketma-ketligi hamda faol genomikaga oid izohlar keltirilgan.
-
MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI
S.D.Nurmurodov, А.Х. Rasulov, K.G.Baxadirov,«Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi» nomli ushbu darstik oliy ta’lim muassasalarining «5311600 - Konchilik ishi», «5630100 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi», «5640100 - Hayotiy faoliyat xavfsizligi» vo'nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu darslikda ishlab chiqarish sohalarida qoilaniladigan konstruksion materiallar, metall va qotishmalaming tarkibi, strukturalari, xossalari, ularni rudadan ajratib olish usullari hamda tayyorlanma olish yomlari, shu bilan birga, aniq o‘lchamli detallar tayyorlash usullari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
-
Inklyuziv ta'lim barkamol avlod tarbiyasida 2 jild
Keti Kologon, Zinniya Mavavalla.,Keti Kologon va Zinniya Mavavalla muallifligidagi "Inklyuziv ta'lim barka-mol avlod tarbiyasida" kitobi nogironligi bo'lgan bolalarning ta'lim olish huquq-lari yo'lidagi global kurashda yo'l ko'rsatuvchi, amaliy ahamiyatga ega qimmatli asardir. Bu kitob nafaqat mutolaa, balki tafakkur qilish va amaliyotga tatbiq etish uchun ham yozilgan. Asar sodda va tushunarli tilda yozilgan boʻlib, keng kitob-xonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'l-jallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
Yuqori molekulyar birikmalar kimyosi
M.M.Baltayeva,Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma “Kimyo” kafedrasi yig’ilishida (Bayonnoma №6, 2018 yil 9 noyabr) va Tabiiy fanlar fakulteti uslubiy kengashida (№3, 2018 yil 21 noyabr) ko’rib chiqilgan va UrDU o’quv-uslubiy kengashiga tavsiya etilgan. Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanma UrDU o’quv-uslubiy kengashida (Bayonnoma №3, 2018 yil 5 dekabr) va Xorazm Ma’mun akademiyasi Ilmiy kеngаshidа (Bаyonnоmа № 1, 2019 yil 31-yanvar) muhokama qilingan va chоp qilishga tavsiya
-
Inklyuziv ta'lim barkamol avlod tarbiyasida 1 jild
Keti Kologon, Zinniya Mavavalla.,Keti Kologon va Zinniya Mavavalla muallifligidagi "Inklyuziv ta'lim barka-mol avlod tarbiyasida" kitobi nogironligi bo'lgan bolalarning ta'lim olish huquq-lari yo'lidagi global kurashda yo'l ko'rsatuvchi, amaliy ahamiyatga ega qimmatli asardir. Bu kitob nafaqat mutolaa, balki tafakkur qilish va amaliyotga tatbiq etish uchun ham yozilgan. Asar sodda va tushunarli tilda yozilgan boʻlib, keng kitob-xonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'l-jallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi.
-
O‘zbek tili metaforalarining antropotsentrik lug‘ati
D.Xudoyberganova,“O‘zbek tili metaforalarining antropotsentrik lug‘ati” insonning tafakkuri, his-tuyg‘ulari va dunyoqarashi vositasida shakllangan metaforalarning ma’no va konseptual modellarini izohlaydigan ilmiy manba hisoblanadi. Ushbu lug‘atda o‘zbek tilidagi metaforalar inson hayoti, jamiyat, tabiat va madaniyat bilan bog‘liq konseptual modellar asosida tizimlashtirilgan.
-
Сирт юзаси ходисалари ва адсорбция
И.Д.Эшметов, Р.А.Пайғамов, Ҳ.И.Акбаров,Қўлланма университетнинг магистратура талабаларига мўлжалланган бўлиб, "Модда ва материалларнинг физик кимёси" фанини ўзлаштиришга ёрдам беради.Ўқув қўлланмада сиртда кузатиладиган жараёнлар, адсорбция назариялари ва механизмлари ва бошқалар баён этилган.
-
Алишер Навоий асарларида фалакиёт сирлари
Азизов С.,Ушбу китобда Алишер Навоий асарларидги астрономик маълумотларнинг манбалари ҳақида сўз боради. Китоб фан тарихи мутахассислари, олий ўқув юртлари ўқитувчилари, талабалари ва Марказий Осиёда астрономия фани тараққиёти билан қизиқувчи барча ўқувчиларга мўлжалланган.
-
An’anaviy cholg‘u ijrochiligi (dutor)
I. S. Toshpo'latova,Mazkur o‘quv qo'llanma O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg'ular)” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. “Shashmaqom” tarkibidagi dutor cholg‘u ijrochiligiga xos bo‘lgan 24 ta maqom kuylari cholg'uga mos holda notaga olingan va ulardan 4 yil mobaynida kontsert-pedagogik repertuarlarni boyitishda foydalanish mumkin.
-
Анъанавий ижрочилик
Рифатилла ҚОСИМОВ,Ҳозирги кунда анъанавий мусиқа ижрочилиги соҳаси нақадар серқирра, сержило ва борган сари сайқал топаётганига гувоҳ бўламиз. Ана шундай анъанани давом эггириш учун қозирги авлод вакиллари бўлмиш ёшларимиз, ижрочи бўлишлари билан баробар, келгусида мутахассис ўқитувчи, яъни билимдон устоз сифатида камолга етишлари лозим.
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
N.Bozorboev, X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov, V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov,Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, ushbu ikkinchi qismida bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish (qolgan qismi); binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi yoritilgan
-
Zаmonaviy shaharsozlik nazariyasi
ISAMUHAMEDOVA DILOROM UCHQUNOVNA , MIRZAYEV MURAT KUSHATOVICH,Ushbu o'quv qo'llanma kirish, 7 ta bob, xulosa, adabiyotlar ro'yxatdan iborat. Kirish qismida shaharsozlik nazariyasining shaharsozlik faoliyatidagi o'rni, boshqa turdosh fanlar bilan aloqasi, shaharsozlik nazariyasi maqsadi yoritilgan. I-bobda zamonaviy shaharsozlikning tug'ilishi, II-bob aholi joylashuvi va tumanni rejalashtirish, III-bob esa, shaharni tarhiy tashkil etishga bag'ishlangan. IV-bobda O'zbekiston zamonaviy shaharozligining xususiyatlari va muammolari ochib berilgan bo'lsa, V-bobda shaharning me‘moriy-badiiy kompozitsiyasi haqida so'z yuritiladi.
-
"Ақлли шаҳар" концепцияси
Хотамов А.Т, Муминов Н.Ш, Ахмедов Ш.А,Мазкур ўқув қўлланмада жаҳонда шаҳарларни ривожлантириш билан боғлиқ бўлган бугунгт кундаги глобал масалалар, ер танқислиши, шаҳарда транспортни ташкил этиш ва мазкур инфраструктура фаолиятини тубдан яхшилаш, санитар-гигеник ва экологик холатни яхшилаш масаласи, бунда муқобил энергия манбаларидан оқилона фойдаланишда илғор хориж тажрибалари келтирилган.
-
Shаhar yo'l-transport tarmoqlarini rejalashtirish
I.S.SODIQOV, Sh.B.AXMEDOV, A.G‘.YUNUSOV,Darslikda shahar yo‘l-transport tarmoqlarini rejalashtirishning nazariy asoslari, shaharlarni bosh rejaviy tuzilmasi va funksional mintaqalarga bo‘lishning nazariy asoslari, shaharlarning va shahar yo‘l-ko‘chalarining tasniflanishi, shahar transport tizimi va ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida yuk tashishni tashkil etish, shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini baxolash, shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida harakat jadalligini oshib borishini prognozlash, shahar yo‘llari va ko‘chalarining toifasidan kelib chiqib o‘tkazuvchanilik qobiliyati, shaharlarda piyodalar harakatini tashkil etish, shaharlarda transport vositalarining turar joylarini rejalashtirish, shahar ko‘cha va yo‘llaridagi chorrahalarda harakatni tashkil etish masalalari yoritib berilgan. Darslik 5340600-“Yo‘l muhandisligi” (Shahar yo‘llari va ko‘chalari) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavr talabalari uchun uchun mo‘ljallangan.
-
Shaharlarda transportni rejalashtirish
Abdixalilov Fitrat Abdixalil o‘g‘li,O‘quv qo‘llanmada shahar transporti infrastrukturasi haqida, xususan: shahar ko‘chalari, yo‘llari, ularning klassifikatsiyalari, ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining asosiy elementlari, zichligi, unga qo‘yiladigan talablar va ularni rejalash asoslari, ko‘cha-yo‘llarda transport harakatining nazariy asoslari, o‘tkazish qobiliyati, piyoda mintaqalari va maydonlari, chorrahalar, jamoat transporti harakati va yo‘lovchilar oqimini hisoblash, avtomobillar saqlanadigan joylar hamda avtoturargohlarni rejalashtirishga ta’sir qiluvchi omillar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari shahar ko‘cha va yo‘llarini yoritish va ko‘kalamzorlashtirish, ko‘cha va yo‘llarni qurish va ekspluatatsiya qilish, shahar ommaviy transoprt turlari va transport inshootlari va tarmoqni vertikal rejalashtirish bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi. Qaralayotgan savollar respublikamizning tabiiy-iqlimiy va boshqa hududiy xususiyatlarini hamda shaharni loyihalash me’yor va qoidalarini inobatga oladi.