-
Asror bobo
Abdullar Qahhor,Abdulla Qahhor o'zbek hikoyachiligini zamonaviy jahon hikoyachiligi darajasiga ko'tardi va o'zbek realistik hikoyachiligining asoschisi degan nom oldi. Uning hikoyalari, birinchi navbatda, samimiyligi, ishontirish kuchi bilan kishini hayratda qoldiradi. Yozuvchi tasviridagi hamma narsa hayot hodisasi, aynan bo'lib o'tgan voqea, real hayotning bir bo'lagi, epizodi bo'lib gavdalanadi Hikoyalarning ko'pchiligi real hayotiy asosga ega, ular adibning turmushda o'zi ko'rgan, eshitgan hodisalardan, tanish kishilar hayotidan olingan. Biroq ular hayotning aynan nusxasi emas. "Agar yozuvchilik turmushdan nusxa ko'chirishdan iborat bo'lsa, dunyoda bundan oson ish bo'lmas edi, deydi adib. Hayotdan aynan ko'chirish kitobdan ko'chirishday gap. Nusxa nusxa bo'lib qolaveradi. Bunday narsalardan originallik kutib bo'lmaydi. Originallik hayot haqiqatini dildan oʻtkazish, uni his qilish, unga o'ylab yurgan gaplarni singdirish, tilaklaringni qo'shib ifodalash bilan yuzaga keladi".
-
Garri Potter va ajal tuhfalari
J. K. Rouling,Yozgi ta'tilning dastlabki oyini sehrgarlar olamidan narida, magl qarindoshlari -Dursllarning uyida, qamoqda o'tirganday dunyobexabar o'tkazayotgan Garri bilan bezori xolavachchasi Dudliga kutulmaganda dementorlar hamla qiladi. Tabiiyki, Garri dementorga qarshi qo'llaniladigan, sehr-joduning eng oliy darajasiga mansub afsunlar turkumiga kiradigan, Himoyachi afsunini qo'llashga majbur bo'lib, o'zi bilan dementor o'rtasidagi to'siq vazifasini o'taydigan moddiy tusga ega Himoyachisini hosil qiladi.
-
Кутилмодим
О.Собиров,Ушбу тўпламда 30 йилдан ортиқ вақт давомида ўзининг бетакрор, ширали овози билан, лирик ва мумтоз ашулаларнинг моҳир ижрочиси сифатида халқ орасида танилган, “Ҳакимий” тахаллуси билан шеърлар ёзиб, куй басталаб, ўзи ижро қилиб келаётган Озод Собировнинг ижодидан намуналар келтирилган. Ундаги барча шеърлар Хоразм шевасида битилган. Китобдан, асосан, севги тараннуми, ота-онага ҳурмат, Ватанни ардоқлаш, дўстга садоқат руҳида яратилган лирик тароналар ўрин олган. Кўпгина шеърлари панд-насиҳат йўлида битилган. Қайси мавзуда бўлмасин, барча шеърлар қўшиққа мўлжаллаб ёзилган.
-
Ажал ўйини
Саид Равшан,Асарда, шунингдек, ҳар куни ажал билан юзма-юз келаётган юрт посбонларининг мардлик ва жасорати кенг ёритилган.
-
Тонг оғушида
Черкез-Али,Таниқли кримтатар ёзувчиси Черкез-Али ушбу асарида урушдан кейинги огир йиллар ҳақида, халки-мизнинг саноат ва қишлоқ хўжалигини қайта тиклаш борасидаги фидойилиги тўғрисида ҳикоя қилади. Эндигина урушдан қайтган коммунист Каштанов янги тузилаётган совхозга директор этиб тайинланади. Китобхон унинг ўз фаолиятида, дуч келган кийинчиликларни кўради, қаҳрамонларинг жуда жонли қилиб тасвирланган ҳис-туйгуларига ҳамдард бўлади.
-
Журбинлар
В.Кочетов,Егоров чекаётган папиросини ерга ташлаб, пошнаси билан эзди-да, одатича тўппонча қинини тўғрилаб, тор кўчадан милтиқ овози келаётган томонга қараб кетди. Тор кўчадаги деразалари очиб қўйилган уйлардан пате фон, гитара овозлари эшитилар, танца тушаётганларнинг шамолидан деразаларнинг тўр пардалари елпиниб турар ва байрам олдидан яхшилаб ювилган пол тахталарига баравар урилган поциналар зарбидан ёғоч уйларнинг де ворлари ларзага келарди.
-
Шуҳрат васвасаси
Собирова Дилфуза,Ушбу китобда футболчи йигит яхши натижалар кўрсатиб Ма-лайзияга трансфер бўлади ва у ерда ўқийдиган ўзбек қизи билан тани шиб қолади. Улар севишиб, турли тўсиқларни енгиб турмуш қуришади. Ҳаётини футболга бағишлаган йигитнинг кўзига бошқа нарса кўрин майди, у рақибларининг босими ва доим биринчи бўлиш истаги сабаб тушкунликка тушади. Ўзи истамаган ҳолда хиёнат қилган йигитни кечира олмаган қиз ўқишини бошқа шаҳарга кўчириб кетади. Иккаласи икки давлатда яшаса-да бир-бирини унута олмайди...
-
Оиласига нур киритган фарзанд
Жунайд Суави,Ушбу китоб фарзанд тарбияси ва унинг камолоти учун бефарқ бўлмаган ота-оналарга, устоз мураббийларга, қолаверса, инсониятнинг маънавий юксалиши йўлида жон куйдираётган фидойи, заҳматкаш зиёлиларга мўлжалланган
-
O'tkan kunlar
Abdulla Qodiriy,Sevgi kimlarni yig'latib, kimlarni kuydirmagan, deysiz. Sharq adabiyoti durdonalaridan hisoblanmish mazkur asarda muhabbat o'zgacha badiiy talqin qilinadi. Shuningdek, vatanparvarlik, olijanoblik, vafo va xiyonat, havas va hasad, zamon taloto'plari tilga olinadi. Ham tarixiy, ham adabiy chizgilar, shoirona go'zal so'zlar, betakror tasviriy ifodalar, asar qahramonlari tilidan aytilgan va bugungi kun yoshlarining tilida ham sevimli iboralarga aylanib qolgan otashin so'zlar... shubhasiz, asarni o'qimaslikning, qayta-qayta mutolaa qilmaslikning iloji yo'q.
-
Avlodlar dovoni
P. Qodirov,Yulduzli tunlarning davomi bo'lgan «Avlodlar dovoni» asarida shavkatli Humoyunning otadan qolgan meros Hindistondagi saltanatni boshqarishi, ichki va tashqi dushmanlar, muxoliflar bilan ayovsiz kurashi, ayrim qattiqqo'lligi, hayot va sharoit taqozosi bilan tutgan yo'riqlari, taxtning vafo-yu jafolarini boshdan kechirgan holatlari go'zal tasvirlanadi. Akbarni izlanuvchi, qiynaluvchi, ba'zan adashuvchi, lekin ota-bobolarga munosib ravishda oqil va donishmand qiyofada ko'ramiz. Butkul umrini Hindistondagi xalqlar boshini biriktirish yo'liga, tinchlikni barqaror qilishga sarflaydi. Buning uchun u jamiyatni boshqarish yo'rig'iga, urug'-aymoqlararo munosabatlarga qator islohotlar kiritadi. Turli diniy e'tiqodlarga mansub kishilarning ixtilofini bartaraf etishga jon kuydiradi. Hatto turli e'tiqodlarning mushtarakligini ta'minlovchi umumiy din bo'lishini orzu qiladi, Hind go'zali Rani Jodha Bayga uylanishi ana shu ulug' niyatlariga tutashib ketadi.
-
Akramning sarguzashtlari
P. Qodirov,Aksar taniqli yozuvchilarning ijodi o'zining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ular turli janrlarda, zamonaviy va tarixiy mavzularda, bolalar va kattalar uchun, turli xil uslublarda (izchil realistik, romantik, fantastik, sarguzasht va boshqalar) ijod etadilar. Pirimqul Qodirov asarlari ham mana shu yo'nalishdan mustasno emas. U uzoq yillar davomida izchil realistik uslubda ijod etdi va asosan, kattalar uchun asarlar yozdi. Taxminan, so'nggi o'n yillikda uning ijodida yangi qirralar ko'rinish bera boshladi. U kichik yoshdagi bolalarga bag'ishlangan bir qator asarlar e'lon qildi, sarguzashtlar yo'nalishidagi kitoblari bosilib chiqdi, hatto qissalaridan birini "Akramning sarguzashtlari" deb atadi. Bu qissani o'qir ekasnsiz, beixtiyor bolalik davringizga sayohat qilasiz. Shuningdek, ushbu kitobdan adibning yana bir necha qissa va hikoyalri o'rin olgan.
-
Sehrli tulpor
M. Abduvahobova, Y. Qosimov,Ozarbayjon xalqi - qadimiy og'zaki adabiyotga ega bo‘lgan, boy ma’naviy merosni avaylab-e’zozlab kelayotgan xalq. Xususan, ularning ertaklaridagi ko‘pgina syujetlar, qahramonlar o‘zbek xalq ertaklariga hamohangdir. Bu ertaklarda ezgulik va yovuzlik kurashi, adolat, haqiqat tantanasi haqidagi xalqning orzu-umidlari, muhabbat, vafo, sadoqat tuyg‘ularining tarannumi o‘z aksini topgan.
-
Қани менинг юлдузим
О.Хайит,Ушбу ктоб буржлар дунёсидаги узаро мутаносиблик муносабатларнииг мувофиқлиги ёки акс жараёнлар ҳақида маълумот беради. Сиз, аввало, маълум бурж вакили ҳақида умумий таъриф билан танишасиз. Ушбу бурж эгасииинг бошқа бурж вакилларига қанчалик муносиблиги эса турли жабҳаларда очиб берилади.
-
Баҳорнинг ўн етти лаҳзаси
Юлиан Семёнов,Ушбу китобда фаришталар империасининг охирги кунлари тасвирланган. Фаришталар ўзларининг ёзув ниятларини амалга ошира олмадилар. Лекин сўзсиз таслим бўлишга ҳам рози эмаслар. Бундай вазиятда жосуслар фаол харакат қиладилар. Рус жосуси Штирлиц (Максим Максимович Исаев) бундай холатда қандай ишларни амалга оширилганлигини ушбу китобни ўқиш давомида билиб оласиз.
-
Тирик қолиш буюрилган
Юлиан Семёнов,"Тирик қолиш буюрилган"деб номланувчи асарида гитлерчилар рейхининг ўлим олдидаги талвасасини, фашизм пешволарининг ўз ҳаётларини сақлаб қолиш йўлида ҳар қандай қабиҳликдан ҳам тоймай қилган беҳуда уринишларини тасвирлайди.
-
Magnit ayol
Nargiza Erkaboyeva,Mazkur kitobda ilk marta ayollik energiyalari va ularni uyg'otuvchi, oshiruvchi amaliyotlar berilgan.Kitob trening-kitob tarzida yozilgan bo'lib, nazariya bilan birga ko'plab amaliy mashg'ulotlardan tashkil topgan.
-
Bolalik xotiralarim
Oybek,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi <<<Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqa-rashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. O'zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad O'g'li Oybekning «Bolalik xotirlarim» qissa mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha boʻladi. Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so'z hamda iboralar yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
-
Mehrobdan chayon
A. Qodiriy,Milliy tariximizda Abdulla Qodiriy siymosi haqiqat va jaso-rat timsoli sifatida tilga olinadi. Uning muhtasham asarlari esa badiiy didimizni, milliy o'zligimizni anglashda beqiyos xizmatlar qildi. Zero, Abdulla Qodiriy yaratgan Otabek, Anvar, Kumush va Ra'no kabi obrazlar sof milliy xarakterimizni tarannum etgan.
-
Меҳробдан чаён
Қодирий Абдулла,Туркистон феодалларининг кейинги вакили бўлган Худоёрнинг ўз хоҳиши йулида деҳқон оммаси ва майда хунарманд - косиб синфини қурбон қилиши, мамлакат хотин-қизларини истаганча тасарруф этиши, бунга қарши келгучилар тиласа ким бўлмасин, расмсиз жазо бериши румоннинг мавзуидир. Худоёрнинг бу йулдаги биринчи истинодгоҳи бўлган уламолар, уларнинг ички-ташқи аҳволи, ахлоқи, Мадраса ва оила ҳаёти, уламода инсоний ҳис битканлиги ва қолгани ҳам хабосат пардаси остида сезилмас даражага етканлини мундарижа сирдирран қаадар баён қилинадир.
-
O'zbek bobo
Sh.Xolmirzayev,O'zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzayev o'zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo'shgan adiblarimizdan biridir.