-
-
Yengil sanoat ishlab chiqarishi,
-
-
Тўқимачилик материалшунослиги
Т.А.Очилов , М.Қулметов , С.А.Ҳамроева , Ш.Усмонова , Т.А.Тойирова , Ж.Р.Мухтаров, Б.Т.Тўрақулов,Yengil sanoat ishlab chiqarishi, -
Anatomiya (Odam a'zolarining tuzilishini zamonaviy raqamli rentgen texnologiyalarida olingan tasvir va shakl chizmalari asosida tayyorlangan rentgen anatomiyadan darslik)
Nishonov Yu., J.T. Mamasaidov,Odam biologiyasi. Antropologiya, -
Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari
N.R.Ochilova, G.S.Muratova, A.N.Asatullayev,Jismoniy tarbiyaning tibbiy va biologik asoslari, -
-
Mikrobiologiya,
-
Faoliyat ayrim turlarining psixologiyasi. Tarmoq (amaliy) psixologiyasi,
-
-
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi,
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya
M.N.Valixonov, S.N.Dolimova, G.B.Umarova, P.Mirhamidova,Umumiy biologiya, -
-
-
-
-
-
-
-
-
Fizik kimyoviy tahlil usullari
Babaxonova.Z.A,Darslikda fizik kimyoviy tahlil qilish usullari, materiallar struktura va xossalarini ta’m inlashda fizik kimyoviy usullami o’mi va mohiyati, xomashyo va materiallaming kimyoviy-mineralogik tarkibi, struktura tuzilishi, optik, termik, spektral, magnit, elektrik va boshqa xossalami aniqlashda optik va elektron mikroskop, diffraktometr, infra qizil va ultrabinafsha spektrometr, atom absorbsion spektrometr, YM R va EPR spektrometr kabi jihozlami yaratilish tarbd va rivojlanish tendenstiyasi, tuzilishi va ishlash tartibi, shuningdek zamonaviy ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot ishlarida fizik-kimyoviy tahlil usullaridan foydalanish borasida nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan.
-
Paxta yigirish texnologik jarayonlarini loyihalash
Jumaniyazov Q., Polvonov Y.,Darskikda qurilayotgan va qayta jihozlanayotgan paxtani yigirish korxonalarining texnologik jarayon-larini loyihalashda xom ashyo tan-lash va asoslash qoidalari, o'rnatilaoytgan xorijiy uskunalarning tavsiflari, pakovkalar massalari, tezliklarni hisoblash kabi masalalarga qo'shma korxonalar tajribalari asosida yondoshilgan.
-
Metrologiyaga kirish
Avezov Nodirbek Egambergonovich,E'tiboringizga havola etilayotgan "Metrologiyaga kirish" fanidan darslikning har bir mavzu mazmuni, nazorat uchun savollar, nazariy ma'lumotlar va adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. Shuningdek, mazkur oliy ta'lim muassasalarida hamda o'rta maxsus professional ta'limida dars beruvchi o'qituvchilar uchun ham foydali deb hisoblaymiz.
-
Тўқимачилик материалшунослиги
Т.А.Очилов , М.Қулметов , С.А.Ҳамроева , Ш.Усмонова , Т.А.Тойирова , Ж.Р.Мухтаров, Б.Т.Тўрақулов,Ушбу дарслик 5310900-Метрология, стандартлаштириш ва маҳсулот сифати менежменти (пахта, тўқимачилик ва енгил саноат) таълим йўналишидаги бакалаврлар учун «Тўқимачилик материалшунослиги» фанидан тузилган бўлиб, унда тўқимачилик материалшунослиги фанининг ривожланиши ва аҳамияти, табиий ва кимѐвий толаларнинг олиниши, тузилиши ва хусусияти, намуна олиш услублари, толаларнинг механик, биологик шикастланиши, бурамдорлиги, тола ва ипларнинг чизиқий зичлиги, тола ва ипларнинг нуқсонлари, толаларнинг узунлигини аниқлаш усуллари, тола ва ипларнинг механик хоссалари, Халқаро тизимда тола сифатини аниқлаш, сиқилиш деформацияси ва олинадиган кўрсаткичлар, газлама, трикотаж ва нотўқима матоларнинг физик-механик хоссаларини аниқлаш тўғрисида танишадилар.
-
Anatomiya (Odam a'zolarining tuzilishini zamonaviy raqamli rentgen texnologiyalarida olingan tasvir va shakl chizmalari asosida tayyorlangan rentgen anatomiyadan darslik)
Nishonov Yu., J.T. Mamasaidov,Ohirgi yillarda aniq tasliis qo’yish uchun tibbiyot amaliyotida keng qo’llanilayotgan yangi tehnologiyalar, ya’ni raqamli rentgen, kompyuter tomografiya, MRT, ultra tovush apparatlari, angiografiya, artroskopiya jihozlarida olingan natijalar asosida (tasvir va shakl chizmalar) odam a’zolarini tashqi va ichki tuzilishlarini talabalar tomonidan o’rganishida hamda to’liq o’zlashtirishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, Anatomiya -odam a’zolarining tuzilishini zamonaviy raqamli texnologiyalarida olingan tasvir va shakl chizmalari asosida tayyorlangan rentgen anatomiyadan darslik yaratildi. Ushbu darslikda tizim a’zolarini ko’rinishi va tuzilishini rangli rasmlar, rentgenologik tasvirlar hamda ulaming shakl chizmalari xalqaro nomenklatura talablariga mos ravishda lotincha va yunoncha atamalar bilan nomlanildi hamda a’zolami kasallanishdagi klinik nomlanishi ham keltirldi.Fan dasturida keltirilgan ayrim a’zolar tizimi (mushaklar, jinsiy a’zoiar, ichki sekretsiya bezlari va periferik nerv tizimi, ko’ruv va eshituv analizatorlari) ni rentgen anatomiyasini tasvirini ko’rsatish imkoniyati bo’lmaganligidan, ulami darslikda aks ettirilmadi. Ushbu darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlsh vazirligining umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash uchun mo’ljallangan 2018 yil 28 sentyabr BD 201- sonli va 2018 yil 2 oktyabr 564- sonli buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturining rentgen anatomiya qismi asosida tayyorlandi.
-
Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari
N.R.Ochilova, G.S.Muratova, A.N.Asatullayev,Ushbu darslikda jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari faniga kirish, fanning tarixi va rivojlanishi, fanning maqsad va vazifalari, jismoniy tarbiya va sportning gigiyenik asoslari, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishda shaxsiy va jamoa gigiyenasi, sport inshootlari gigiyenasi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning o`z-o`zini nazorat qilish, ovqatlanish gigiyenasi, salomatlik va kasallik to`grisida tushuncha, kasallik sabablari, reaktivlik, irsiyat va irsiy kasalliklar, stress, sportchilarning kasallanishi va jarohatlanishi, spotchilarda shifokor (tibbiy) pedagogik nazorat o`tqazish mazmuni va metodlari, o`quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishida shifokor nazorati, sportda ish qobiliyatini tiklash vositalari, davolash jismoniy tarbiya asoslari, o`quvchi-yoshlarni tibbiy guruhlarga taqsimlanishi, massajning fiziologik va gigiyenik asoslari hamda sport shikastlanishlarida qo`llanish xususiyatlari, jismoniy mashqlar biomexanikasi, fanining maqsadi hamda vazifalari to’g’risida bir qator ma’lumotlar keltirilgan. Darslikda tavsiflangan barcha ma’lumotlar magistrlar, o’quvchi-talaba yoki o’qituvchilarning amaliy faoliyati uchun foydali bo’ladi degan fikrdamiz. Darslik universitetlar va boshqa oliy yurtlarining 5112000 – Jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
-
O'simliklar introduksiyasi
Islomov B.S., Hasanov M.A.,Mazkur darslik bakalavriatning ―60812100 – Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi‖ va magistraturaning 70510101 Biologiya (fan yo'nalishi bo'yicha) va 70510103 Biotexnologiya ta‘lim yo'nalishlari talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o'quv reja va fan dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda o'simliklar introduksiyasining tarixi, asosiy tushunchalar, introduksion jarayon, qidiruv va baholash usullari, introdutsentlar bilan olib boriladigan tadqiqot usullari, botanika bog'larini o'rni va ahamiyati, oziq-ovqat, madaniy, dorivor, texnik, manzarali o'simliklar introduksiyasi, noyob va yo'qolib borayotgan o'simlik turlarini reintroduksiyasi xususiyatlari haqida bilim, ko'nikma va malakalarni berishi ko'zda tutilgan.
-
Mikrobiologiya immunologiya virusologiya
I.Muhamedov, E.Eshboyev, N.Zokirov, M.Zokirov,Ushbu darslik О 'zbekiston Respublikasida sog ‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturida qayd qilingan tibbiyot oliy о‘quv yurtlarini о‘zbek tilidagi darsliklar bilan ta ’minlash zaruriyatini inobatga olgan holda yozildi. Darslikda mikrobiologiya, immunologiya va virusologiyaga oid umumiy va xususiy tushunchalar, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarida so 'nggi yillarda kо‘proq uchraydigan yuqumli kasalliklaming bakteriologik, immunologik va serologik diagnostikasi yoritildi. Unda 100 dan ortiq rasm, jadval va sxemalar berildi. Darslik tibbiyot institutlarining talabalari, shu sohada ilmiy va amaliy ish olib borayotgan mutaxassislar uchun mo‘Ijallangan.
-
Boshqaruv psixologiyasi
O.E.Hayitov,“Boshqaruv psixologiyasi” - psixologiya fanining shunday tarmog'iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolami, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyalini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o'rganadi. Oxirgi yillarda inson omiliga e’tiboming ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda ijtimoiy psixologiyaning maxsus bo‘limi - boshqaruv psixologiyasi paydo boldi. Ushbu darslik 5A610501 - Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) va 5A610502 - Jismoniy tarbiya va sport menejmenti mutaxassisliklari tala- balari uchun mo'ljallangan bo‘lib, undan psixologiya sohasiga qiziqqan talabalar, doktorantlar, sport ta’limi muassasasi rahbarlari ham foydala- nishlari mumkin.
-
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Z.Sh. To'xtayeva,Mazkur darslikda O'zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy modeli mujassamlashgan ta'lim va uning talablari asosida zamonaviy mutaxassis tayyorlashning huquqiy asoslari, o'quv-me'yoriy hujjatlar, maxsus fanlarning o'quv-uslubiy ta'minoti, ilmiy-tadqiqot metodlarini qo'llash va o'qitish uchun tavsiya qilish mumkin
-
Paxta xom ashyosini quritish
A.Parpiyev, M.Axmatov, A.Ucmonqulov, M.Mo`minov,Mazkur darslikda paxta xomashyosini quritish haqida tushunncha nam havoni quritish agenti sifatida paxtaning quritishini nazariyi asoslari quritish jarayoniga ta'sir etuvchi asosiy omillar keltirilgan.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya
M.N.Valixonov, S.N.Dolimova, G.B.Umarova, P.Mirhamidova,Darslik oliy o'quv yurtlarining 5140400-Biologiya va 5110400-Biologiya o‘qitish rnetodikasi bakalavriyat ta’iim yo‘nalishlari talabaiari uchun rro‘ljallangan bo'lib, DTS va biologiya fani dasturiga muvofiq yozilgan. Darslikda oqsillar, DNK va RNK ning strukturaviy tashkillamsh tamoyillari, replikatsiya, transkripsiya, translyatsiya jarayonlarining mexaniznii ko‘rib chiqilgan. Darslikda hujayralarning strukturaviy tashkillanishining va hayot faolyatining molekulyar asoslari, oqsil biositezining boshqarilishi, gen muhandisligi, molekulyar patologiya muammosining zamonaviy holati.yoritilgan.
-
PAXTAGA BIRLAMCHI ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
M.T.Tillayev,Darslikda chigitli paxtaning turlari, navlari, uni tayyorlash, ya’ni qabul qilish, tashish saqlash va tozalash, chigitli paxta va undan olinadigan mahsulotlar va ularning sifat ko’rsatkichlarida oid masalalar yoritilgan. Chigitli paxtada dastlabki ishlov berish texnologiyasi va paxtani qabul qilish maskanlari hamda paxta tozalash korxonalarida ishlab turgan texnologik mashinalarning tuzilishi, transport vositalari, sermehnat operatsiyalarni mexanizatsiyalash batafsil ko’rib chiqilgan. Chigitli paxtani quritish-tozalash, jinlash, chigitni linterlash, tola va lintni tozalash, tola, lint va tolali chiqindilarni toylashning nazariy asoslari bayon qilingan.
-
Texnologik jarayonlarni loyihalash
Babadjanov Malik Azimxanovich,Darslikda paxta sanoati korxonalarining loyihalash asoslari, chigitli paxtani saqlash, quritish, tozalash, tolasi va momig`ini ajratish hamda tolali mahsulotlarni toylash bo`limlarining ishlab chiqarish texnologiyasi variantlarini tanlashda kerakli hisoblash usullar berilgan. Bundan tashqari asosiy ishlab chiqarish sexlarining texnologik jarayonlarini tahlil qilish, ularning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash yo`llari yoritilgan.
-
Zoologiya (umurtqasiz hayvonlar)
O. Mavlonov, K. Saparov, N. Toshmanov,Ushbu darslik 5110400 - biologiya o‘qitish metodikasi bakalavr ta ’lim yo‘nalishi talabalari uchun m o’ljallangan bo‘lib, darslikda umurtqasiz hayvonlaming barcha asosiy sistematik guruhlariga tavsif berilgan. Undagi o‘quv materiallari solishtirma evolyutsion nuqtainazardan tahlil qilingan, hayvonlaming tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati keng yoritilgan
-
Sahna nutqi
Alimjonova Z., To'laganov A.,Mazkur kо‘llanma sо‘z san’ati muallimlarini kо‘p yillik ish tajribalarining hosilasidir. Mualliflar sо‘z, talaffuz, vazifasi va uning о‘rnini anglatish bilain birga, unga qanday erishish yо‘lidagi izlaiishlar, oddiylikdan murakkablikka о‘tish mashqlari haqida bayon qiladilar.
-
Organik kimyo 1-qism
M.O'.Yusupova,Darslikda organik birikmalarning eng muhim sinflari, ularning tuzilishi va reaksiyaga kirishish xususiyatlariga oid materiallarga zamonaviy ilmiy-nazariy darajada berilgan. Organik birikmalarning xilma-xilligi va ularning o'zaro ta'sirini tushunish uchun yagona nazariy tamoyillar qo'llaniladi
-
Psixodiagnostika va Psixometrika asoslari
Olimov L.Ya.,Mazkur darslik 5210204-Psixologiya (oila psixologiyasi) ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasidagi “Psixodiagnostika va psixometrika asoslari” fani dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, ushbu darslikdan o‘qituvchi va talabalar, shuningdek, ta’lim muassasalari, psixologik xizmat markazlari, sud-psixologik ekspertizasi komissiyasi psixologlari, sotsiologlar, psixologik bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan pedagoglarning amaliyotda foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.
-
Биологик химия
Николаев А. Я.,Биохимия курсининг мақсади студентларга организмнинг химиявий таркиби ва молекуляр жараёнлари тўғрисидаги билимларни норма характеристикалари ва патология белгилари сифатида уқиб олиб, буларни кейинги фанларни ўзлаштириб боришда ва врачлик касби фаолиятида татбиқ эта билишга ўргатишдир.
-
Jahon adabiyoti.
X.Ismoilov,«Jahon adabiyoti» fanidan tuzilgan ushbu darslik san’at va madaniyat oliy о‘quv yurtlari talabalari uchun mо‘ljallangan. Unda 2800 yillik jahon adabiyotining eng nodir durdonalari turli manbalardan organildi, yangi ma’lumotlar bilan boyitildi va darslik shular asosida yozildi. Darslikda antik davrdan boshlab XXI asrgacha bо‘lgan davrdagi jahon adabiyoti bilan tanishish vazifa qilib qо‘yildi. Bu davrlardagi adabiy turlar va janrlarning xususiyatlari hamda ularning san’at va madaniyat sohalari turlari va janrlariga aloqasi haqida sо‘z yuritiladi. Ushbu ulkan tarixiy davrda rivojlangan adabiyot xronologik tarzda izchil bayon etildi. Bu fandan dastur barcha yo‘nalishlar ikkinchi kurs talabalariga bir о‘quv yili davomida tahsil berishni nazarda tutadi. Qadimdan boshlab hozirgi davrgacha bо‘lgan adabiy yо‘nalishlarga mansub adiblarninggina ijodi о‘rganildi va ular yaratgan asarlarning jahon adabiyotiga ta’siri, uning taraqqiyotidagi о‘rni kabilarga baho berildi. Ushbu fan har bir san’at va madaniyat sohalarining о‘ziga xos jihatlariga moslangan holda о‘qitiladi.