-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumiy falsafa,
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Inter'yer va jihozlash: zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari
Qodirova Surayyo Adilovna, Raximov Lazizbek Shahnazarovich,Arxitektura, -
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Psixologiya,
-
Investitsion faollikni oshirishda moliya-kredit takomillashtirishning metodologik asoslari
Madaminov I.0.,Iqtisodiyot, -
БЮДЖЕТЛАРАРО МУТАНОСИБЛИКНИ ТАЪМИНЛАШДА СОЛИҚЛАР ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
ИСЛАМКУЛОВ АЛИМНАЗАР ХУДЖАМУРАТОВИЧ,Jahon iqtisodi, -
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
O‘simliklarning kasalliklari va ularga qarshi kurash (fitopatologiya),
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
-
-
Tasviriy san’at sohasida badiiy havaskorlik,
-
-
Qishloq xo‘jalik o‘simliklari va o‘rmonlarni zararkunandalar, kasalliklar va zararli meteorologik omillardan himoya qilish,
-
Yengil sanoat korxonalari chiqindilari va ularni qayta ishlash texnologiyasi
Xodjayev.Q.SH.,Ushbu uslubiy qo'llanma 60721400 jixozlari va 60721200- yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texniologiyasi Yengil sanoat texnologiyalari va yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda 15 ta amaliy mashg'ulotlar bajarish tartibi boʻyicha metodik tavsiyalar keltirilgan.
-
Falsafaning mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli
G'ulamov Obidjon G'ayratovich,Mazkur uslubiy qo'llanma Falsafaning mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli mavzusining tahliliga bag'ishlangan. Unda "Falsafa" atamasining kelib chiqishi, dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari, dunyoqarashning tarixiy shakllari, falsafaning jamiyatdagi ahamyati va roli yoki amaliy falsafa, hozirgi dunyoda falsafaning ahamyati tushunchalari bilan bog'liq ilmiy fikr-mulohazalar keltirilgan.
-
Сувоқчилик ишлари
А.М.Шепелёв,«Сувоқчилик ишлари» (русча асл номи: «Штукатурные работы») — таниқли қурувчи-муҳандис ва педагог Александр Михайлович Шепелёв томонидан ёзилган, қурилиш соҳасидаги энг машҳур ва фундаментал дарслик ва қўлланмалардан биридир. Бу китоб узоқ йиллар давомида собиқ Иттифоқ даврида, шу жумладан Ўзбекистондаги ҳунар билим юртлари (ПТЎ) ва қурилиш мактабларида асосий қўлланма сифатида ўқитилиб келинган.
-
Теплотехника ва гидравлика асослари
О.В.Черняк,"Теплотехника ва гидравлика асослари" китобида гидравлика, назарий термодинамика ва иссиқлик алмашинувига оид масалалар баён қилинган; иссиқлик алмашинув аппаратлари ҳақида тушунча берилган; Электр станциялар ва ёқилғининг барча турлари тўғрисида келтирилган; ўтхоналарнинг асосий турлари, шунингдек, қозон агрегатининг ишлаш принципи кўриб чиқилган.
-
Токарликнинг махсус технологиясига оид топшириклар
И.П.Максимов,Қўлланмада қирқиш режимини аниқлашга ва кескич асосий бурчакларини ҳисоблаш ҳамда танлашга, материалларга ишлов бериш технологиясига, станокларни созлаш ва тузатишга, асбоблар заготовкасининг геометрик параметрларини аниқлашга, ишлов бериш технологик жараёнини тузишга оид топшириқлар берилган.
-
Inter'yer va jihozlash: zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari
Qodirova Surayyo Adilovna, Raximov Lazizbek Shahnazarovich,Mazkur darslik zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari loyihalashda talabalarga oson tushunarli tarzda ma'lumotlar keltirilgan. Arxitekturaviy loyihalashda "Interyer va jihozlash" boshlang'ich me'moriy asos bo'lib, zamonaviy va me'yoriy qoidalarga asoslanib tushuntiriladi. Barchamizga ma'lumki, har qanday ichki tuzulishini zamonaviy va me'yoriy qoidalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ya'ni arxitekturaviy loyihalashda "Interyer va jihozlash" bosqichma-bosqich amaliy ravishda to'liq o'tilishi natijasida yangi ichki tuzilishlar yuzaga keladi.
-
Марказий осиё меъморчилигида интерьер
Д.А.Нозилов,Мазкур монографияда маданий,диний обидалар ва турар жой хоналари интерьери-ички кўриниши ҳақида фикр юритилади. Интерьер вазифасини белгиловчи қисмлари, жиҳозлари,уларнинг хона кўринишига таъсири ҳамда махобати санъат асарлари мавзуси, композияси ва бадиий безакларнинг рамзий ифодасини ёритишга ҳаракат қилинган.
-
Moyli ekin mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Boyjanov N.I.,Mazkur uslubiy qo'llanma 60810700 "Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi" (mahsulot turlari bo'yicha) ta'lim yo'nalishi talabalari uchun laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo'ljallangan.
-
Stress psixologiyasi
Iskandarov E.G'.,Stress psixologiyasi insonning tashqi va ichki omillarga nisbatan bildiradigan ruhiy hamda fiziologik reaksiyalarini, stressning yuzaga kelish mexanizmlarini va shaxsning emotsional barqarorligiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganuvchi psixologiya fanining muhim yo'nalishlaridan biridir. Ushbu soha stressorlarning tabiati, ularning kognitiv baholanish jarayonlari, shaxsning moslashuv strategiyalari hamda stressni boshqarish usullarini ilmiy asosda izohlaydi. Stress psixologiyasi shaxsning psixik salomatligini mustahkamlash, stressni kamaytirish va sog'lom moslashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi nazariy hamda amaliy tamoyillarni yoritadi. Mazkur qoʻllanmada stressning psixologik jarayonlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinib, ularni samarali boshqarish bo'yicha zarur bilimlar bayon etilgan.
-
O'smirlik davrida aybdorlik hissi namoyon bo'lishning psixologik xususiyatlari
Atamuratova Z.I.,Mazkur monografiyada o'smirlik davrining o'ziga xos psixologik xususiyatlari, tadqiqotlarda oʻrganlik holati va o'ziga xosligi ilmiy-nazariy manbalar yordamida tahlili, o'smirlik davrida aybdorlik hissi namoyon bo'lishi, uning kichik va katta o'smirlik yosh davrida emperik o'rganish natijalari, tadqiqotning metodologik asosi va metodikalar tavsifi, o'smirlarda aybdorlik hissining psixodiagnostik tahlili keltirilgan.
-
Investitsion faollikni oshirishda moliya-kredit takomillashtirishning metodologik asoslari
Madaminov I.0.,Ushbu monografiyada investitsion faollikni oshirishning moliya-kredit mexanizmlarining iqtisodiy mazmuniga bo'lgan qarashlar evolyutsiyasi, moliya-kredit dastak va vositalarining o'rni, xorijiy davlatlar amaliy tajribasi va uni mamlakatimizga qo'llash jihatlari, investitsion faollikni oshirishda moliyaviy dastak va vositalari ta'siriga bo'lgan uslubiy yondashuvlari, investitsion faollikka ta'sir etuvchi moliya-kredit omillari va ularning ko'rsatkichlar tizimini yangicha talqini, investitsion faollikni oshirishga qaratilgan moliya siyosatining joriy holati tahlili, O'zbekiston Respublikasida investitsion faollikni ta'minlashga yo'naltirilgan kredit siyosatini tahlili, moliya-kredit vositalarining boshqa manbalari holati, global miqyosda investitsion faollikni oshirishda yashil moliyalashtirish yo'nalishlari, hududlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashda investitsion faollikni baholash uslubiyotini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar va magistrantlar uchun mo'ljallangan.
-
БЮДЖЕТЛАРАРО МУТАНОСИБЛИКНИ ТАЪМИНЛАШДА СОЛИҚЛАР ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
ИСЛАМКУЛОВ АЛИМНАЗАР ХУДЖАМУРАТОВИЧ,Глобаллашув шароитида давлат молиясини бошқариш соҳасида олиб борилаётган илмий тадқиқотларда бюджет тизими бюджетлари даромад манбаларини илмий асосланган ҳолда белгилаш, солиқлар воситасида бюджетлараро муносабатларни тартибга солиш, турли даражадаги бюджетлар ўртасида солиқларни тақсимлаш, бюджет трансфертларини ажратишда ҳудудларнинг бюджет билан таъминланганлик даражасини оширишга катта эътибор қаратилмоқда. Солиқлар тизимини такомиллаштириш оркали бюджетлараро мутаносибликка эришиш, маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг мустақил бюджет-солиқ сиёсатини юритишини ташкил этиш, маҳаллий бюджетларнинг молиявий мустақиллиги даражасини ошириш, давлат бюджети даромадлари ва қўшимча манбаларини шакллантиришга оид самарали фискал сиёсат юритиш, бюджетлараро муносабатларда солиқларни улушли тартибда тақсимлаш каби йўналишларда илмий тадқиқотлар олиб борилмоқда.
-
Бошкарув кадрлари ва давлат хизматчиларининиг касбий ўсишини бошқариш маркази фаолиятининг концепцуал ва илмий-назарий асослари
Исламкулов А,Бошкарув кадрлари ва давлат хизматчиларининиг касбий ўсишини бошқариш маркази фаолиятининг концепцуал ва илмий-назарий асослари
-
Ғўза касалликлари
М.А.Каримов,Қишлоқ хўжалиги олий ўқув юртларининг студентлари учун ғўза касалликларига доир адабиёт кам бўлганлигини хисобга олиб,мазкур қўлланмани нашр эттириш зарурати туғилди Қўлланмада ғўзада учрайдиган барча касалликлар ва уларга қарши кураш чоралари батафсил ёритилган.
-
Ekonometrika-2
Abdullayeva D.K.,Regression tahlil – bu eng avvalo keng ma’noda omilli tahlildir. Iqtisodiy omilli tahlil deb, dastlabki omillar tizimidan (natijaviy ko‘rsatkich) pirovard omillar tizimiga o‘tish, natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazuvchi to‘g‘ri miqdoriy o‘lchanadigan omillarning to‘liq to‘plamini o‘rganib, ochib berish tushuniladi.
-
Ғўзани суғориш
Н.Ф.Беспалов,Турли тупроқ шароитида суғориш режимини мақсадга мувофиқ ташкил этиш пахтачиликдаги долзарб масалалардан биридир.Бу китобда ишлаб чиқариш тажрибалари асосида республикамиз жанубий районларида ўрта ва ингичка толали ғўза навларининг суғориш режими баён қилинади.Сув танқис шароитда зовур сувларидан фойдаланиш бўйича илмий асосланган маслаҳатлар берилади.Гидромодул районлар бўйича суғориш режими илова қилинади.
-
Kambag'allar
F.Dostoyevskiy,F.Dostoyevskiyning "Kambag'allar" romani - XIX asr Sanktpeterburginingijtimoiy tanazzuli va inson sha'nini tasvirlovchi teran psixologik asardir.Roman yolg'iz yozuvchi Makar Devushkin va uning qarindoshi Varvara Dobroselova o'rtasidagi maktublar orqali rivojlanadi.
-
Diniy va ziyorat merosi
M.Jumaniyazova, U.I.Abdullayev, I.Nurmetov.,Ushbu darslik zamonaviy turizm tizimida muhim yo'nalishlardan biri bo'lgan diniy va ziyorat merosining mazmun-mohiyati, tarixi, o'ziga xos xususiyatlari hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Darslikda diniy ziyoratlar tarixi, ularning turizm sohasidagi o'rni, dunyo va O'zbekistondagi asosiy ziyorat obyektlari, ularni boshqarish va rivojlantirish usullari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, darslikda ziyorat turizmining madaniy merosni saqlash, milliy an'analarni asrab-avaylash va yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashda tutgan o'rniga alohida e'tibor qaratilgan. Turizm industriyasida xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, ziyoratchilar uchun qulay muhit yaratish, ilmiy asoslangan marketing va menejment usullarini qo'llash bo'yicha tavsiyalar ham berilgan. Mazkur darslik turizm, madaniyat va dinshunoslik yo'nalishlarida tahsil oluvchi talabalar, ilmiy izlanuvchilar hamda amaliyotchilar uchun mo'ljallangan boʻlib, ularga diniy va ziyorat turizmining nazariy asoslari hamda amaliy qirralarini puxta o'zlashtirish imkonini yaratadi.
-
Хоразм эртаклари поэтикаси
Жумабой Юсупов,Мазкур монография Хоразм халк эртакларини регионал ўрганиш,яъни муайян ҳудудда яратилиб,ўша жойнинг тарихий-этнографик хусусиятлари билан узвий алоқадорликда таҳлил этишни кўзда тутади.Бу-ўзбек фольклоршунослигида ҳалигича амалда қўлланилмаган ижодий тажриба сифатида муайян илмий аҳамият касб этади.
-
Ўсимликлар физиологияси ва микробиология асосларидан амалий машғулотлар
Г.Д.Мустақимов,Бу китобда ўсимликларнинг ўсиш ва ривожланиш процесслари,табиатда учрайдиган зарарли ва фойдали микроорганизмлар,улар устида олиб бориладиган амалий машғулотлар ҳамда бу машғулотларни бажариш вақтида ишлатиладиган буюм ва реактивлар қисқача ва тушунарли қилиб баён этишга ҳаракат қилинади.