-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
Selluloza-qog'oz ishlab chiqarish korxonalari asbob-uskunalari
M.Primqulov.N.G`ulomova.,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
-
-
-
Farmatsevtik kimyo
Ubaydullayev Q. A., Azizov I. K.A.K.Saidvaliev.V.N.Abdullabekova.A.ATo`laganov.,Umumtexnikaviy fanlar, -
Georafik fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (Gidro, biogaz, vodorod va geotermal energiyalardan foydalanish)
Yakubov K. R.,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti,
-
-
-
-
Дунё мамлакатлари
Равшан Мамадалиев,Ушбу китобга бутун Дунё мамлакатлари ҳақида муҳим ва энг зарур маълумотлар киритилган. Ўқинг, баҳраманд бўлинг, азиз китобхон.
-
Kichik biznes va tadbirkorlikni soliqqa tortish
A.Mutalov,Iqtisodiy islohotlaming hozirgi bosqichida mamlakatimizda iqtisodiyotning eng samarali bo'g'ini hisobiangan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat ahamiyatiga molik bo'lgan birinchi darajali vazifa sifatida qaralmoqda. 2005-2006 o'quv yilidan boshlab 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish» yo'nalishi talabalarini tayyorlash bo'yicha o'quv rejasiga «Kichik biznes va tadbirkorlikni soliqqa tortish» fanining kiritilishini buning isboti tariqasida keltirish mumkin.
-
Yog'larni qayta ishlash texnologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari
Y.Qodirov,O'quv qo'llanmada yog'larni qayta ishlash texnologiyasining asosiy bo'limlari rafinatsiyalash, gidrogenlash, margarin mahsulotlari, glitserin va sovun ishlab chiqarish bo'yicha laboratoriya sharoitida bajariladigan amaliy mashg'ulotlar yoritilgan. Har bir bobga berilgan qisqacha nazariy tushuncha talabalarning bilimlarini yanada mustahkamlash va laboratoriya ishlarini o'tkazishdagi malakalarini oshirishga yordam beradi.
-
Organik kimyo
Z.SOBIROV,Mazkur kitobda organik birikmalarning tuzilishi haqida asosiy ma'lumotlar va ulaming tuzilishini kimyoviy xossalariga bog'liqligi keltirilgan. Kimyoviy reaksiya mexanizmlarini turlari va organik kimyo yutuqlarini amaliyotda foydalanishga ham ahamiyat berilgan.
-
Архитектура материалшунослиги
Қулдашев Х, Исроилов С, Шомирзаев Ғ,Ушбу ўқув қўлланмада архитектура материалшунослиги бўйича керакли маълумотлар берилган. Жумладан, архитектура материалларининг асосий хоссалари, ёғоч, табиий тош, қурилишбоп материаллар, бетон ва йиғма темирбетон буюмлар, полимерлардан тайёрланган материал ва буюмлар, лок бўёқ материаллари ҳақида керакли маълумотлар берилган.
-
Selluloza-qog'oz ishlab chiqarish korxonalari asbob-uskunalari
M.Primqulov.N.G`ulomova.,Ushbu o'quv qo'llanma selluloza va qog'oz ishlab chiqarish sohasida ta'lim olayotgan bakalavrlarga mo'ljallangan. Unda seluloza va qog'oz ishlab chiqarishda qo'llanadigan tehnologik asbob-uskunalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Геодезиядан практикум
З.охунов,Ушбу қўлланмада топографик карта ва планлар билан ишлаш, улар устида инженерлик геодезик масалаларни ечиш геодезик асбобларнинг тузилиши, уларнинг асосий тадқиқотлари ва текширишлари ҳамда улар билан ўлчашларни бажариш, ер майдонлари юзаларини ҳисоблаш, топографик сьёмкалар технологиясининг алоҳида жараёнлари баён этилган бўлиб, геодезик ўлчашларда қўлланиладиган аньанавий геодезик асбоблар билан бир қаторда янги замонавий электрон - оптик асбоблар тўғрисида ҳам маълумотлар келтирилган.
-
Dadbayev H. A., Xolmanova Z. T.
Dadbayev H. A., Xolmanova Z. T.,Mazkur qo`llanma "Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi" fanining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadida tuzilgan bo`lib, turkiy tillarning grammatik tizimi, umumturkiy taraqqiyot davri va hozirgi rivojlanish bosqichidagi fonetik-fonologik, leksik-semantik. struktur- grammatik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlami o‘zida jamlagan. Qo‘llanma o‘zbek tili, qardosh turkiy tillar va rus tilidagi mavjud adabiyotlar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning asosiy masalalarini qamrab oladi.
-
Tarjima nazariyasi
Ergash Ochilov, Nilufar Xodjayeva,"Tarjima nazariyasi” nornli o'quv qo'llanma ToshDShUning "Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika" kafedrasida mualliflar: E.Ochilov va N.Xodjayevalar tomonidan 5120200 - "Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari bo'yicha)" bakalavr yo'nalishi talabalari uchun “Tarjima nazariyasi" fani o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Jahon tarjimashunosligining eng so'nggi yutuqlari asosida yaratilgan ushbu qo'llanmada g'arb va sharq tarjima nazariyasining asosiy tamoyillari bilan bog'liq mavzular yoritilgan. Shuningdek, o'quv qo'llanma so'nggida fanga oid terminlarning kengaytirilgan lug'ati (glossariy) ham keltirilgari. Tarjima nazariyasiga oid qimmatli ma’lumotlar joy olgan ushbu qo'llanmadan bakalavriat yo'nalishi talabalaridan tashqari, magistrantlar, izlanuvchilar va o'qituvchilar, tarjima nazariyasi, tanqidi bian shug'ullanuvchi soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Ўзбек ёзма адабиётида фольклор аньаналари
Зиёда Машарипова,Мазкур уқув қулланма Олий ўқув юртларининг Ўзбек тили ва адабиёти факултети талабаларига мулжалланган.
-
Ўрта Осиё табиий географияси
П.Баратов, М.Маматқулов, А.Рафиқов,«Ўрта Осиё табиий географияси» ўқув қўлланмасининг биринчи қисмида Ўрта Осиё ҳудуди табиий унсурлари (геологик тузилиши, рельефи, иқлими, сувлари, тупроқ, ўсимлик қоплами ва (ҳайвонот дунёси) унинг ўзига хос томонлари, уларнинг бир-бирига боғлиқ алоқадорлиги, табиий ресурслари, улардан оқилона фойдаланиш ҳамда уларни муҳофаза қилиш йуллари таҳлил этилади.
-
Farmatsevtik kimyo
Ubaydullayev Q. A., Azizov I. K.A.K.Saidvaliev.V.N.Abdullabekova.A.ATo`laganov.,Amaliy qo‘llanma farmatsevtika instituti talabalari, dorixonalar va nazorat tahlil laboratoriyalarining farmatsev-tahlilchilari hamda dori vositalarini izlab topish va tibbiyot amaliyotiga qo'llash borasida izlanisli olib borayotgan aspirant va ilmiy xodimlarga mo'ljallangan. Farmatsevtik kimyo dori vositalarini izlab topish, ularning kimyoviy tuzilishini o`rganish, uzoq muddat saqlab turish muammolarini hal qilish kabi vazifalar bilan shug`ullanadi.
-
Аҳоли географияси ва демография асослари
Қаюмов А. А., Якубов Ў. Ш.,Мазкур қўлланмада аҳоли билан боғлиқ мъалумотларни ўрганишда статистик усуллардан фйадаланиш ҳамда уларнинг афзаллик хусусиятлари ёритилган.
-
Pedagogik web dizayn
Yoldoshov U., Mamarajabov M., Tursunov S. Q,Web-saytlarni yaratish va undan foydalanish ta'lim tizimida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'limda web-saytlardan nafaqat tijorat yoki namoyish vositasi sifatida, balki bilim berish maqsadlarida ham foydalaniladi. Albatta bunda ta'lim masofadan turib amalga oshiriladi. Bunday ta'lim berish jarayoni o'qituvchi va o'quvchi to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilmasdan olib boriladi. Buning uchun ta' lim beruvchi (oliy o'quv yurti. maktab va boshqaJar) o'qitiladigan predmetga tegishli ma'lumotlarni web-sahifalarga har xiI kO'rinishlarda (matn, rasm, jadval, animatsiya, tovushli ma'lumot va xatto video tasma kO'rinishida) joylashi kerak. O'quvchi esa dunyoning xohlagan joyidan turib Inte~net orqali bu ma'lumotlardan bilim olishi mumkin.
-
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (Gidro, biogaz, vodorod va geotermal energiyalardan foydalanish)
Yakubov K. R.,Qo'Hanmada gidroeneregiya, biogazdan, vodorod va geotermal energiyadan, shuningdek, bir qancha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishdagi xorij mamlakatidagi texnologiyalar, shu bilan birga, respublikamizdagi shu sohada qilingan va qilinayotgan amaliy ishlar keltirilgan. O'quv qo'llanma, asosan, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va atrof-muhitfizikasi", "Fizika” va “Energetika"у o'nalishimagistrantlarivashu sohalarda o'qiyotgan talabalariga “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari" va "Energetik resurslar" fanidan noan'anaviy turdagi energiya olish usullari va vositalardan foydalanish to'g'risidagi tushunchalarni beradi.
-
Ҳозирги ўзбек адабий тили
Жамолхохонов Ҳ.,Ушбу қўлланма мустақил равишда тайёрланиб олий ўқув юртларига кирувчилар учун мўлжалланган бўлиб, унда умумтаьлим мактаблари, касб ҳунар коллежлари ўқув дастурлари она тили фани бўйича ўзлаштирилиши лозим бўлган масалалар ҳақида фикр юритилади.
-
Агросаноат мажмуасида инфратузилма фаолиятини ташкил этиш
Р.Х.Пўлатова,Ушбу ўқув қўлланма ҳозирги бозор иқтисодиётига ўтиш шароитида хизмат кўрсатувчи инфратузилмалар фаолиятини ривожлантиришнинг назарий асосларини ишлаб чиқиш, талаб ва таклиф асосида шаклланган хизмат кўрсатувчи инфратузилмалар фаолиятидан кенгроқ фойдаланиш ушбу масалаларни илмий ва амалий жиҳатдан ўрганишга бағишланган.
-
Kasbiy pedogogika
A.I.Avazboyev, Y.U.Ismadiyarov,Mazkur o‘quv qollanmada O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘grisida»gi Qonuni va Kadrlar tayvoriash milliv dasturi talabiari asosida ta’lim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogikaning o‘rni va vazifalari; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi kadrlar tayyorlash jarayonidagi kasbiy-malakaviy o‘zgarishlar; kasb-hunar ta’limining rivojlanish tarixi; uzluksiz ta`limning maqsadi, mazmuni, tuzilishi; uzluksiz kasbiy ta’lim tushunchalari; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizi-mida kasbiy ta’limning maqsadi va vazifalari; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida kasblar va mutaxassisliklar klassfi-katsivasi, kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga talablar, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari; kasbiy ta’lim mazmuni, uni tanlash va tahlil qilishning ilmiy-usulik asoslari; kichik mutaxassislarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish qonuniyatlari; kasbiy ta’lim sohasida xalqaro tajriba; ta’limning dual tizimi; o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish to‘grisidagi asosiy me’yoriv-huquqiy hujjatlar; kasb-hunar ta’limi va ta’lim muassasalarini boshqarish va shu kabi masalalar yoritilgan. O'quv qo'lianma professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, kasb-hunar ta’limi sohalari bo’yicha tahsil olayotgan o'quvchi va talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Plastik anatomiya
Farhod Mannopov,Mazkur o'quv qo'llanma tasviriy va amaliy san'at yo'nalishida o'qiyotgan talabalarga hamda shu sohaga aloqador bo'lgan barcha mutaxassislarga mo'ljallangan. Ushbu qo`llanmada tasviriy san'atning asoslaridan biri bo'lgan plastik anatomiya fanining qisqacha yujudga kelish tarixi hamda inson skeleti, bosh suyagi va undagi muskullar haqida bayon etilgan. Xususan, odam bosh suyagi qismlarining nomlanishi va bo'lajak rassom ijodkorlarning badiiy obraz yaratishlari uchun bosh qismidagi mimik muskullarning harakat holati haqida batafsil ma'lumot berilgan.
-
Kasb mahorati
Xojiyev M. T., Salimov A. M., Tadjiyev U. S.,Ushbu о`quv qо`llanma oliy о`quv yurtlari talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari va paxta tozalash sanoati xodimlari uchun mо`ljallangan bo`lib, unda paxtachilikni rivojlanish bosqichlari, chigitli paxtani qabul qilish jarayoni va uni boshqarish yо`llari, paxtani g`aram maydonlari va yopiq omborlarda saqlash, paxta tozalash korxonalari va paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida ishlatiladigan paxta tasish vositalari, chigitli paxtani quritish va iflos aralashmalardan tozalash jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida jinlash va linterlash jarayonlari, tola tozalash jarayoni va paxta tozalash korxonalarining mexanika bо`limi bо`yi-cha malumotlar keltirilgan