-
Ijtimoiy siyosat. Iqtisodiy siyosat,
-
-
-
Transport asosiy masalalari,
-
-
-
-
Oliy ta’lim. Oliy ta’lim pedagogikasi. Bakalavr. Magistratura,
-
-
-
Birinchi Renessans allomalari
Xolmuradov R. I., Rahmatov M. Z., Zaripov B. Z., Abdullayev B. I., Abdullayev I. I., Saparov Q. A.,Madaniyatshunoslik nazariyasi, -
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
Marksheyderiyada geoaxborot tizimlari
S.S.Sayyidqosimov,Darslikda geoaxborot tizimlar (GAT) texnologiyalarga oid asosiy usullar, tushunchalar, qoidalar,dasturlar, modellar va vositalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bayon qilingan.Joyning raqamli modelini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan katta xajmdagi ma‘lumotlar to‘plamini ishlab chiqish, ma‘lumotlar bazasini loyihalash, tuzish va boshqarish tizimini yaratish masalalari ko‘rilgan. Topografik obyektlarning vektorli va rastrali modellarini va FOTOMOD dasturi misolida fotosuratlar negizida joy relyefining raqamli modelini tuzish muayyan misollarda ko‘rsatilgan. Mavjud geoaxborot tizimlar geologiya, marksheyderiya va konchilik ishlari nuqtai nazaridan tahlil qilinib, yer osti resurslaridan oqilona va bexatar foydalanish imkoniyatlari batafsil bayon qilingan. GATning zamonaviy dasturiy vositalari Map Info, Arc GIS, 3D Analiyst Spetial to‘g‘risida ham qisqacha ma‘lumotlar keltirilgan. Kitobni har bir bobining oxirida o‘rganilgan materiallarni takrorlash uchun nazorat savollari berilgan. Darslik oliy ta‘lim muassasalarining 5312300-Marksheyderlik ishi ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Undan geodeziya, kartografiya, geologiya, marksheyderiya va konchilik ishi xullas, yer bilan bog‘liq bo‘lgan fanlarni o‘rganadigan talabalar, shu soxalar olimpedagoglari va mutaxasislari ham foydalanishlari mumkin
-
Бахтини йўқотган гўзал
Бу дунёда хар бир инсон саодатли бўлишни истайди.Аммо кўпчилик ўз оёғи остидаги иқболни кўрмай уни узоқлардан излайди
-
O'zbek tili
Yuldasheva Sh,Mazkur adabiyot oliy ta’lim muassasalari filologiya fakultetlari “O‘zbek tilining amaliy grammatikasi” fanidan olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Unda asosan, hozirgi o‘zbek adabiy tili tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatish, ayrim lingvistik hodisalarning vazifaviy xususiyatlarini yoritish, o‘zbek tili fonetikasining o‘ziga xos xususiyatlarini, hamda tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, o‘zbek adabiy tili grammatik qiyofasining umumiy tasvirini berish asosiy vazifa qilib olindi. Darslik filologiya fakultetlari bakalavriatura yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan
-
Transport vositalarining tuzilishi nazariyasi
E.Z. Fayzullayev va boshqalar,Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tasdiqlagan Davlat standarti asosida ishlab chiqilgan dastur asosida yozildi. Darslikda avtomobil mexanizmi va sistemalarining vazifasi, umumiy tuzilishi, ishlash prinsipi va turlari bayon etilgan. Bu kitob, asosan, Toshkent avtomobil yo'llar institutining «Yer usti transport tizimlari», «Transport vositalaridan foydalanish», «Yo'l harakatini tashkil etish», «Avtomobilda yuk va yo'lovchilarni tashishni tashkil etish ixtisosligi talabalari uchun mo'ljallangan. Darslikdan, shuningdek avtomobil transporti kursi o'qitiladigan barcha oliy va maxsus o'rta texnika o'quv yurtlarining (kollej va litseylarining) talabalari, boshqa institutlarning talabalari va avtomobil transporti korxonalarida ishlaydigan injener-texnik xodimlar foydalanishi mumkin.
-
Қадимги дунё тарихи
Бойназаров Ф.,Мазкур китоб олий ўқув юртлари талабаларига дарслик вазифасини ўташи билан бирга, шу соҳа олимлари ва қадимги дунё тарихи билан қизиққан барча ўқувчилар ҳам керакли маълумотлар олиши мумкин. Унда муаллиф ўзининг илгари чоп эттирган «Антик дунё» («Меҳнат» 1989). «Ўрта Осиёнинг олтин даври» («Ўқитувчи» 1991). «Қадимги дунё тарихи» («Ўзбекистон», 2002) ва «Қадимги давр тарихи» («Сангзор».2002) китобларига киритилган маълумотлардан унумли фойдаланган
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
H.Jamolxonov,Hozirgi o'zbek adabiy tili darsligi universitet va pedagogika institutlarining o'zbek tili va dabiyoti fakultetlari talabalari uchun yaratilgan.
-
Dariy tili
X.Alimova, Yu.Xo'jaqulov, G.Kurbanova,Darslik hozirgi adabiy dariy tili va uning grammatik normalari asosida tuzilgan. Grammatik mavzular, ularga mo'ljailangan mashqlar dariy tili normativ grammatikasini o'zlashtirish, yozma matnni o‘qib uning mazmunidan foydalanish, og‘zaki va yozma tarjima qilish, o‘z fikrini yozma shaklda ifodalash hamda til egalari bilan erkin so‘zlashish ko‘riikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
-
Илмий тадқиқот методологияси
Н.А.Шермухаммедова,Дарслик магистратура мутахассислиги ўқув режасининг 1 умумметодологик фанлар блоки Ўқув адабиётлари туркумига киради ҳамда давлат таълим стандартлари ва намунавий ўқув дастурн мазмунига мос. Унда фаннинг ижтимоий маданий жараён сифатида ривожланиши, фаннныг билимнинг махсус шакли сифатидаги ўзига хос хусусияти, ижод, илмий тадқиқот ва билиш жараёни уйғунлиги, инновация ва новацияларнинг ўзаро алокадорлиги, методологик ёндашувлар хамда олимнинг ижтимоий масъулияти масалаларининг назарий асослари янгиланган тафаккур нуктаи назаридан кенг қамровли ёритиб берилган. Зеро, бугунги кунда инсоннинг ўзи ва дунени тушунишида, илмий фаолиятдаги зиддиятларнинг ечимини топкоида вз глобал муаммоларни хал қилишда олимнинг ижтимоий масъулиятини ошириш зарурлигининг илмий тахлили муҳим ахамият касб этади. Дарслик барча олий ўқув юргларида магистратура мутахассислари за умуман илмий тадқиқот ва ижод муаммолари билан шугулланувчи стажер тадкикотчи-изланувчилар, мустақил тадқиқотчилар, профессор-ўқитувчиларга мўлжалланган. Учебник входит в состав учебной литературы учебного плана 1-общеметодологического блока специальностей магистратуры и соответствует содержанию государственного образовательного стандарта и типовой программы. В нем всесторонне раскрываются развитие науки как социокультурный процесс, особенности науки как особая форма научного знания, соотношение творчества, научного исследования и познания, взаимосвязь инноваций и новаций, методологические принципы и социальная ответственность ученого с позиция нового мышления, Ибо, сегодня важную роль играет значение научного творчества в понимание человека самого себя и мира, в решение противоречий в научном творчестве и повышение социльной ответственности в решение глобальных проблем. Учебник предназначен всём спецнальностям магистратуры, а также стажерам исследователям, профессорам и преподавателям кого интересует проблемы творчества и научного исследования. The tutorial is part of the educational literature curriculum 1- block specialities of a magistracy and corresponds to the state educational standard and the model program. It comprehensively reveals the development of science as a social and cultural process, specific features of science as a special form of scientific knowledge, the ratio of creativity, scientific research and knowledge, the relationship of innovation and innovation, methodological principles and social responsibility of the scientist with the position of the new thinking. For today the important role played by the value of the scientific творчества in the conception of man himself and the world in the solution of contradictions in scientific work and increase of social accountability in the decision of global problems. The textbook is intended for all specialties in higher educational institutions, as well as trainees researchers, professors and teachers who are interested in the problem of creativity and scientific research.
-
Sirli xilqat
Oybek Mo`minov,Chexov hikoyalarida ma'rifatli rus ziyolilari bilan birga ruhiy qashshoq, tafakkuri, tuyg'ulari, qarashlari qolipga tushgan kishilar-ning qiyofasi juda ustalik bilan chiziladi. “Chexovona lirizm ortida hayotning shunaqangi tasqara nuqsi borki..." deydi yosh adabiyot-shunoslardan biri. Ushbu hajman qisqa hikoyalarni mutolaa qilsangiz
-
Qadimgi dunyo tarixi
R.Rajabov,Qadimgi dunyo tarixining Qadimgi Sharq,Yunoniston,Rim tarixi bo'yicha ushbu o'quv qo'llanma pedagogika institutlarining tarix fakultetlari 1-kurs talabalari uchun mo'ljallangan.Qo'llanma davlat ta'lim standartlari asosida tarix fakultetilarining umumiy tarix bo'yicha zamonaviy dasturlariga mos keladi
-
Birinchi Renessans allomalari
Xolmuradov R. I., Rahmatov M. Z., Zaripov B. Z., Abdullayev B. I., Abdullayev I. I., Saparov Q. A.,Ushbu o'quv qo'IIanma O'zbekiston zamini tarixda buyuk Uyg'onish davrlariga beshik bo'lgan, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' mutafakkirlarni yetishtirib bergani qalamga olingan. Ushbu "Birinchi Renessans allomalari" nomli o'quv qo'llanmasi uchta kitobdan iborat turkumning dastlabkisidir. U jonajon Vatani- mizning yangi tarixiga dastlabki chizgilar ekanligi bilan ham alohi- da ahamiyatga ega.
-
O'zbekiston tarixi
Qamariddin Usmonov,Mazkur darslik O'zbekiston Fanlar akademiyasi tarix instituti qoshidagi " Tarixiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash va chop etish bo'yicha Respublika ekspert guruhi" ning xulosasiga binoan nashr etishga tavsiya etilgan
-
Ўзбекистон тарихи (11-синф)
Жўраев Нарзулла,Мустақиллик даври воқеалари шўро даврида шаклланган тарихнавислик "анъаналари"га, фикрламаслик услубига унчалик ҳам мос келмайди.Муаллифлар оддий хабаркаш" ликдан,шунчаки маълуот беришлардан қоччиб,воқеалар атрофида фикрлаш,унинг мантиғи,фалсафаси,мазмун-моҳияти, келиб чиқиш сабаблари ва келтириб чиқаришни мумкин бўлган
-
San'at, arxitektura va shaharsozlik tarixi
T.F.Qodirova,Darslikda zamonaviy arxitektura va shaharsozlik: shaharlarning qayta tiklanishi, turar-joy va jamoat binolari, arxitektura yodgorliklari va arxitekturaviy majmualar, muhandislik inshootlarming shakllanishi va tarixi yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bunyodkorlik arxitekturasining ilg‘or yo‘nalishlariga alohida e’tibor berilgan. Darslikning asosiy maqsadi — talabalaming kurs va diplom ishlarini ishlab chiqishda zamonaviy arxitektura va shaharsozlikdagi nazariy yo'nalish va tajribalarni chuqur egallab, o‘z loyihalarini mustaqil hal etish uchun maxsus ma’lumotlar bilan boyitish va kasbiy salohiyatini yuksaltirishdan iborat. Mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarining arxitektura yo'nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Qurilish mexanikasi
S.A.Saidiy,Ushbu darslikda statik aniq va statik noaniq sistemalarni hisoblash usullari bayon etilgan.Ayrim boblarda zo‘riqish va ko‘chishlami aniqlash tenglamalarida matritsa usulidan foydalanilgan va hisoblashga doir misollar keltirilgan.Darslik oliy o‘quv yurtlarining qurilish yo'nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalariga mo‘ljallangan.Bino va inshootlami hisoblash va loyihalash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Marksheyderiya.
I.I.Inoganov,Darslik 5312300 “ Marksheyderllik ishi" ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo`jallangan bo'lib, unda “ Marksheyderiya” fani to'g'risida asosiy ma’lumotlar, rivojlanish tarixi, foydali qazilma konlarini qazishning hamma bosqichlarida bajariladigan marksheyderlik ishlari ta ’minoti, shuningdek, tog` jinslarining siljishi va deformatsiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Ўзбек диалектологияси
Тўйчибоев Б., Ҳасанов Б.,Ушбу китобда ўзбек тилининг кўп шевалилиги унинг бойлиги сифатида қайд этилиб, ўзбек лаҳжаларининг таснифи тарихига қисқача изоҳ, лингвистик географиясига эътибор қаратилади. Диалектологиянинг халқ ва тил тарихи билан узвий алоқада эканлиги таъкидланиб, масалалар ўша мезондан келиб чиққан ҳолда ёритилган.
-
Маркетингни бошқариш
Р.Алимов, Ж.Жалолов., И.Хотамов, Т.Акрамов,Мазкур дарсликда маркетингни бошқариш фанининг барча бўлимлари: маркетингни бошқаришнинг назарий асослари, уни ташкил этиш тизими, амалга оширишнинг техника ва технологияси, режалаштириш,бозорни тадқиқ этиш, маркетингда товар, баҳо, реклама сиёсатларини бошқариш ва унинг бошқа муаммолари батафсилёритиб берилган.
-
Yuristning nutq madaniyati
Sobir Usmonoy,Ushbu darslik «Yuristning nutq madaniyati» fani dasturiga muvofiq yozilgan bo‘lib, uning maqsadi - bo‘lg‘usi yuristlaming ijtimoiy-huquqiy faoliyatda shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini, turli yuridik vaziyatlarda professional nutqdan foydalanish malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirishdan iborat.
-
Konstitutsiyaviy huquq
O.T. Husanov,Mazkur «Konstitutsiyaviy huquq» fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta’lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda «Konstitutsiyaviy huquq» fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e’tiborga olingan. Darslik oliy o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.