-
Қани менинг юлдузим
О.Хайит,Ушбу ктоб буржлар дунёсидаги узаро мутаносиблик муносабатларнииг мувофиқлиги ёки акс жараёнлар ҳақида маълумот беради. Сиз, аввало, маълум бурж вакили ҳақида умумий таъриф билан танишасиз. Ушбу бурж эгасииинг бошқа бурж вакилларига қанчалик муносиблиги эса турли жабҳаларда очиб берилади.
-
Баҳорнинг ўн етти лаҳзаси
Юлиан Семёнов,Ушбу китобда фаришталар империасининг охирги кунлари тасвирланган. Фаришталар ўзларининг ёзув ниятларини амалга ошира олмадилар. Лекин сўзсиз таслим бўлишга ҳам рози эмаслар. Бундай вазиятда жосуслар фаол харакат қиладилар. Рус жосуси Штирлиц (Максим Максимович Исаев) бундай холатда қандай ишларни амалга оширилганлигини ушбу китобни ўқиш давомида билиб оласиз.
-
Тирик қолиш буюрилган
Юлиан Семёнов,"Тирик қолиш буюрилган"деб номланувчи асарида гитлерчилар рейхининг ўлим олдидаги талвасасини, фашизм пешволарининг ўз ҳаётларини сақлаб қолиш йўлида ҳар қандай қабиҳликдан ҳам тоймай қилган беҳуда уринишларини тасвирлайди.
-
Magnit ayol
Nargiza Erkaboyeva,Mazkur kitobda ilk marta ayollik energiyalari va ularni uyg'otuvchi, oshiruvchi amaliyotlar berilgan.Kitob trening-kitob tarzida yozilgan bo'lib, nazariya bilan birga ko'plab amaliy mashg'ulotlardan tashkil topgan.
-
Bolalik xotiralarim
Oybek,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi <<<Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida»gi qarorida yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqa-rashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan. O'zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad O'g'li Oybekning «Bolalik xotirlarim» qissa mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma'naviy olami shunga yarasha boʻladi. Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so'z hamda iboralar yanada tushunarli bo'lmog'i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
-
Mehrobdan chayon
A. Qodiriy,Milliy tariximizda Abdulla Qodiriy siymosi haqiqat va jaso-rat timsoli sifatida tilga olinadi. Uning muhtasham asarlari esa badiiy didimizni, milliy o'zligimizni anglashda beqiyos xizmatlar qildi. Zero, Abdulla Qodiriy yaratgan Otabek, Anvar, Kumush va Ra'no kabi obrazlar sof milliy xarakterimizni tarannum etgan.
-
Меҳробдан чаён
Қодирий Абдулла,Туркистон феодалларининг кейинги вакили бўлган Худоёрнинг ўз хоҳиши йулида деҳқон оммаси ва майда хунарманд - косиб синфини қурбон қилиши, мамлакат хотин-қизларини истаганча тасарруф этиши, бунга қарши келгучилар тиласа ким бўлмасин, расмсиз жазо бериши румоннинг мавзуидир. Худоёрнинг бу йулдаги биринчи истинодгоҳи бўлган уламолар, уларнинг ички-ташқи аҳволи, ахлоқи, Мадраса ва оила ҳаёти, уламода инсоний ҳис битканлиги ва қолгани ҳам хабосат пардаси остида сезилмас даражага етканлини мундарижа сирдирран қаадар баён қилинадир.
-
O'zbek bobo
Sh.Xolmirzayev,O'zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sohibi Shukur Xolmirzayev o'zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo'shgan adiblarimizdan biridir.
-
Maugli
Jozef Redyard Kipling,Bolalik dunyomiz bilan bog‘liq shirin xotiralarni yodga olganda, beixtiyor qalbimiz sevinchga, yuragimiz haroratga to‘ladi. Uning har bir dami, har bir lahzasi shu qadar yodimizga muhrlanganki, o‘sha quvonchli fursatlarni farzandimiz yuz-ko‘zida ko‘rgimiz keladi. Bizning sevimli ertak qahramonimiz bugun bolamiz quvonchiga sabab. Maugli haqida hikoya qiluvchi mazkur kitobni ham aynan yosh kitobxonlarimiz qalbiga sevinch ulashish, suyumli multqahramonlari bilan satrlar orqali hamsuhbat bo‘lsinlar, degan niyat bilan nashrga tayyorladik. Unutmang, Maugli – o‘zgarmagan, uning boshdan kechirganlari, o‘rmondagi hayoti, sarguzashtlari ham o‘sha-o‘sha. Ammo u qalban sizga qanchalik yaqin? Uning yuragida nimalar pinhon? Bu savollarga aynan kitobdan javob topasiz.
-
Уч юз олтмиш тўрт кун
Султон Х.,Ушбу тўпламдан ўрин олган асарларда тасвирланган одамлар ниҳоятда аниқ, мукаммал образ даражасига етган бадиий қиёфалардир. Бу қиёфалар гўё моҳир рассом томонидан аслига қараб чизилган гўзал сувратлар каби таассурот қолдиради.
-
Komissar Megre
Jorj Simenon,Chunki ular shu tobda o'zlarini qiziqtirayotgan savolga baribir javob topa olmasliklarini biladilar. Xo'sh, Jorj Simenonning ushbu kitobini, aytaylik, Megre va vinofurush» romanini mutolaa qilgan o'quvchini birinchi navbatda nima qiziqtiradi? Sezib turibmiz, hozir siz: «Jilber Piguning keyingi taqdiri nima bo'ldiykin?» deb o'zingizcha bosh qotirmoqdasiz. Mabodo: «Bu savolga javob berishdan ojizmiz» desak, «Ana, aytmaganmidim!» deya chuqur uf tortasiz.
-
Бевалар
Зулҳумор Солиева,Ғарб мутафаккирларидан бири «менга бир аёлни изммига солишдан кўра, бутун Европани бўйсундириш осонроқ кечган бўларди», деб ёзганди. Дарҳақиқат, аёл, унинг табиати, дарди, қарашлари, мyҳaббaти, қуйингки, дунёни ушлаб турган гўзаллигининг сири нимада эканлиги ҳамон жумбоқлигича қолмоқда.
-
Хоразм бу ,ёронлар (шеърлар)
Абдушариф ДАВЛАТОВ,Отахон шоирнинг илк китоби қалбингиз ва китоб жавонингиздан муносиб ўрин олиб, Сиз азиз шеърият шайдоларини яхшилик, эзгулик оламига бошлайди, деган умиддамиз
-
Ғолиблик қонуниятлари
Шефер Бодо,Бу дафтарда сиз хаётда музаффар бўлиб яшаш, мақсад, интилиш, унга эришишдаги табиий ва сунъий ғовлар, уларни бартараф этиш қонунлари билан танишасиз. Хаётда фаровон турмуш асосларини барпо қилиш ёки ношудлик орқасидан қашшоқ яшаш - шахсан ўзингизга боғлиқ эканлиги рухий-фалсафий тарзда содда баён этилади.
-
Наполеонзода (тарихий роман)
Шарль Лоран,Асарда туғишганлар орасидаги адоват, шахсий ғаразлар буюк инсонлар ҳаётининг нақадар аянчли бўлганини кўрсатади.
-
Jadid adabiyoti durdonalari.Ibrat
Is’hoqhon To`ra,Kitobda kitobxon o`zini shu vatanning ongli fuqorasi, ongli ravishda o`zida vatanga bo`lgan, millatga bo`lgan ma`suliyatni sezadi.
-
Jadid adabiyoti durdonalari.Xitobnoma
MUNAVVAR QORI ABDURASHIDXONOV,1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug' kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi.
-
Ko‘hna dunyo.
Odil Yoqubov,G ‘arib kulbasi esa, garchi sulton Mahmud G ‘aznaviy qasrlar bilan tenglasha olmasa ham, dovrug‘i butun dorus-saltanaga' ketgan.Shu kuzatish mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, «Ko‘hna dunyo» romani polifonik xususiyatlari bilan o‘zbek prozasidagi izlanishlar ufqini ancha kengaytirdi. Adib ayni shu polifonik ifoda vositasida tarixiy haqiqatni, tarixiy shaxslar taqdirini, davr dramasini, davming ko‘pqirrali ziddiyatlarini, o‘tish saboqlarini yangicha, ta’sirchan ochishga, badiiy inkishof etishga muvaffaq bo‘ladi.
-
Jadid adabiyoti durdonalari.Go'zal Turkiston(she'rlar)
Abdulhamid Cho'lpon,1991-yil 1-sentyabr millatimiz taqdirida ziyo sari tub burilish sodir bo'lgan ulug kundir. Mustaqillik davriga qadar xalqimiz ma'rifatdan ayro saqlanib kelindi. Ko'plab ma'rifatparvarlarimiz boshiga turli savdolar yog'ildi va ularning nomi sun'iy tarzda o'chirilishga harakat qilindi. O'zbekning o'rni faqat paxta dalasida ekanligi, uning insoniyligi ham, qahramonligi ham yetishtirgan paxtasi bilan o'lchanishi borasidagi qarashlar xalqimizga zo'rlab singdirildi. Biroq Istiqlol sharofati ila tarixiy haqiqatlar tiklandi va biz o'zligimizni anglay boshladik. Nomi unuttirilgan ma'rifatparvarlar sha'niga yog'ilgan tuhmatlar olib tashlandi hamda ularning risolalari to'siqlarsiz kengroq tadqiq etila boshlandi. Bundan qirq-ellik yil muqaddam jadidlar nomi ko'pchilik uchun notanish bo'lgan bo'lsa, hozirda har bir yurtdoshimiz jadidlar va ular vujudga keltirgan ma'rifiy harakatlar haqida tobora ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lishmoqda. Jadidlar o'z vaqtida jamiyat tanazzulining asosiy sababi aholining ilm-ma'rifatsizligiga qarshi munosib kurash olib borishgan. Ularning har biri millatimiz qahramoni, ulardan qolgan har bir ma'naviy me'ros esa oltindan ham qimmatdir. Shu o'rinda ijodiy jamoamiz bilan bir qator jadid namoyondalari asarlarini nashr etishga qaror qildik.Ushbu to'plamda Abdulhamid Cho'lpon qalamiga mansub she'rlar o'rin olgan bo'lib,ularni mutolaa etish jarayonida siz ham jadidlarning o'sha vaqtlardagi maqsadlari ,orzu-niyatlari,dard-iztiroblarini yaqindan his etasiz degan umiddamiz.
-
Muhabbat masofasi
Reychel Lippinkot,Bemor cho‘kkan ko‘zlarini xiyol ochib, kechki shafaqda qizargan deraza pardasiga qaradi, uning yolqinida qora koiankaday b o iib turgan singlisi Marg‘ubani ko‘rib zaif,juda ham zaif tovush chiqardi. M arg'uba yugurib keldi,engashib qulog‘ini uning og‘ziga tutdi. Murod Ali boyagi zaif tovushga bor quwatini sarf qilgan boisa kerak, ko'zlarini yumdi, bir necha daqiqa kuch yiqqanidan keyin shu gapni necha b oiib aytdi: