-
-
-
Iqtisodiyot,
-
-
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
M.S.Salayeva, Sh.Y.Yusufzoda, M.R.Abdullayeva, S.A. Yo'ldosheva.,Pedagogika va metodikalar, -
-
Energetikaning boshqa tarmoqlari,
-
-
Mikroiqtisodiyot
B.U.Todjiyev, J.A.Atajanov, Z.B.Abdukarimova, J.E.Atayev, Sh.B.Ruzmetov, S.S.San`atbekov,Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot, -
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
Matematika o`qitish texnalogiyalri va loyihalash
Barakayev M., Tojiyev M., Yunusova D., Mamadaliyev K.,Maktabgacha tarbiya. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi, -
To'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari
A.E.Gulamov, N.M.Islambekova, A.P.Eshmirzayev, U.N.Azamatov,Umumiy texnologiya. Sanoat ishlab chiqarishning asoslari, -
Xom ashyo. Materiallar. Materialshunoslik,
-
Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
Umumiy texnologiya. Sanoat ishlab chiqarishning asoslari,
-
Ona tili. Akademik litsey 2-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, T. X. Xoljurayev, O. S. Usmanova, S. Y. Gazibekova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, F. X. Namozova,Adabiyot, -
Adabiyot. Akademik litsey 2-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, O. S. Usmanova, T. X. Xoljurayev, F. X. Namozova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, S. Y. Gazibekova,Adabiyot,
-
Kasbiy etika va etiket
T.Xudayshukurov,Darslikda fanning tushunchalari, predmeti, mutaxassislar tayyorlashdagi o'rni, kasbiy etiket turlari, xossalari, kasbiy etikaning asosiy kategoriyalari, korxonalarda munosabat vositalari va qoidalari, aholi va sayyohlarga xizmat ko'rsatadigan ovqatlanish korxonalarida so'zlashish etiketi, iste'molchilarga xizmat ko'rsatish, sohadagi mutaxassis-rahbar xodimlarning muomala qilish etiketi qoidalari, taomlar bilan xizmat qiladigan korxonalar xodimlari va rahbar mutaxassislarning kasbiy kiyimlariga va kiyinishiga qo'yiladigan talablar, ovqatlanish va xalqaro etiket qoidalarini o'z ichiga oluvchi masalalar ko'rib chiqilgan.
-
Ma`naviyat asoslari
Nosirxo`jayev S., M.F.Lafasov, M.Z.Zaripov,Ushbu darslik akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, o‘qituvchilari, shuningdek, ma’naviyat masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo`ljallangan. Unda «Ma'naviyat asoslari» fanining yosh avlodni milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasi ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati, ma'naviyatning bashariyat taraqqiyoti mahsuli ekanligi; ma'naviy meros va qadriyatlar, din va ma’naviyat, islom dini ta'limotida barkamol inson masalasi; jamiyatning siyosiy hayoti, ma'naviyat, mafkura va ma'rifat — shaxs ma'naviyatining asosiy mezonlari ekanligi; oila ma'naviyati, mahalla, shaxs ma'naviyatining nafosat bilan munosabati, marosimlarning ma'naviy tarbiyadagi ahamiyati va Markaziy Osiyo xalqlari ma'naviyati yoritilgan. Ushbu darslik ilk bor nashrga tavsiya etildi.
-
Банк терминларининг французча-русча-ўзбекча луғати
И. Каримова, С. Султонсаидова,Мазкур луғат банк ходимлари, иқтисодчилар, таржимон ва олий ўқув юртларининг талабалари ҳамда банк терминлари билан қизиқадиган кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган бўлиб, катта аҳамиятга эгадир. Унда ҳозирги кунда банклар фаолияти билан боғлиқ бўлган французча-русча-ўзбекча зарур терминлар берилган. Луғат уч тилда тузилганлиги ва анча кенг атамаларни қамраб олганлиги учун ҳам китобхонларга керакли қўлланма бўлиб хизмат қилади
-
XXI asr psixologiyasi
N.Salayeva S.D.Pirjonov,Mazkur darslikda "XXI asr psixologiyasi" fanining mavzulari boʻyicha asosiy ma'lumotlar keltirilgan. Barcha mavzular uchun seminar (amaliy) mashg'ulotlarni bajarishga qaratilgan nazariy materiallar va topshiriqlar berilgan. Darslik professor-o'qituvchilar, talabalar, ta'lim-tarbiya va inson ruhiyati bilan bog'liq masalalar bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
M.S.Salayeva, Sh.Y.Yusufzoda, M.R.Abdullayeva, S.A. Yo'ldosheva.,Mazkur darslik pedagogika ta'lim sohasi 60110500 Boshlang'ich ta'lim bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun mo'ljallangan boʻlib, u o'z ichiga "Tarbiyaviy ishlar metodikasi" fanini o'qitishning mazmuni va didaktik tamoyillari, mustaqil mashg'ulotlar, o'quv yuklamasini rejalashtirish, o'quv metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlar, o'quvchilar bilim, malaka va ko'nikmalarini baholash kabi masalalarni qamrab olgan.
-
Hozirgi o'zbek adabiy tili
A.Nurmonov, N.Mahmudov,Aziz o'quvchilar.Obod va ozod yurtimizning ertangi kuni,suyangan tog'i,ishonchi sanalgan baxtiyor yoshlar .
-
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning nazariy asoslari
K.R.Yakubov,Darslikda quyosh, shamol, biogazdan, vodorod, geotermal energiyadan va gibrid turdagi energiya manbalaridan foydalanishning nazariy asoslari va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishdagi xorij mamlakatidagi texnologiyalar, shu bilan birga, respublikamizdagi shu sohada qilingan va qilinayotgan amaliy ishlar keltirilgan.Darslik asosan, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va atrof-muhit fizikasi”, “Fizika” va “Energetika” yo‘nalishi magistrantlari va shu sohalarda o‘qiyotgan talabalariga “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning nazariy asoslari” va “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” fanlaridan noan’anaviy turdagi energiya olish usullari va vositalardan foydalanish to‘g‘risidagi tushunchalarni beradi.
-
Menejment
Abdullayev Farxod,Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, menedjment fanining nazariy hamda amaliy jihatlarini uyg‘un holda yoritadi. Unda menedjmentning rivojlanish tarixi, tashkilotlarni boshqarish tamoyillari, strategik rejalashtirish, qaror qabul qilish jarayoni, kadrlar siyosati va boshqa asosiy yo‘nalishlar tizimli bayon etilgan.Darslik talabalarda strategik va tahliliy fikrlash, tizimli yondashuvni shakllantirish, shuningdek boshqaruv qarorlarini amaliyotda samarali qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
-
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
O.R.Xujaniyozova,Darslik mazkur fanni oʻrganishning nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan. Darslikning maqsadi pedagogik va psixologik tafakkurni shakllantirish uchun dars oʻtishda qoʻllaniladigan asosiy metodlar bilan tanishtirish, maʼruza,amaliy, seminar darslarini tashkil etish, oʻquv jarayonini tashkil etish va uni takomillashtirish, Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi fanni oʻrganishning koʻrgazmali, information taʼminoti asosida talabalarda Maxsus fanlarni oʻqitish metodikasi fanlaridan dars oʻtish malakasini hosil qilish boʻyicha bilim berishdir.
-
Mikroiqtisodiyot
B.U.Todjiyev, J.A.Atajanov, Z.B.Abdukarimova, J.E.Atayev, Sh.B.Ruzmetov, S.S.San`atbekov,Mazkur darslikda 60410200–Buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishi talabalari mikroiqtisodiyot fani doirasidagi yangi bilimlarni egallashlari uchun o‘ziga xos usulidan foydalanishga harakat qilindi. Ushbu kitob talabalarning iqtisodiyot dunyosidagi bilimlarning kengayishiga, hozirgi o‘zgarib borayotgan shiddatli dunyoda ularning iqtisodiy dunyoqarashlarini shakllanishiga yordam beradi. Darslik mavzu doirasidagi asosiy tushunchalarning mazmun mohiyati, muqobillar orasidan maqbul variantni tanlash maqsadida test savollari, talabalarning fikrlash qobiliyatini oshirish maqsadida to‘g‘ri va noto‘g‘ri shakllardagi fikr bildirish uchun mulohazalar, talabalarning asosiy iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini anglab yetishi maqsadidagi moslashtirish savollari, masalalar, shu bilan bir qatorda iqtisodiyotga oid qiziqarli hikoyalarda ochiq holatda qolib ketgan jumlalarni to‘ldirish, aqlni charxlash maqsadidagi juda ko‘plab topshiriqlar to‘plamini va iqtisodiyot olamiga oid qiziqarli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
-
Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш
Исаев Р.И. Каримова У.Н.,Метрология бўйича – алоқа техникасида қўлланилиб келинаётган метрология асослари, ўлчаш усуллари, ўлчаш воситалари, ўлчашлар бирлилигини таъминлаш тизими, соҳанинг асос метрология хизматининг вазифалари, ўлчаш хатоликлари, ўлчаш ноаниқлигини баҳолаш, ахборот ўлчаш асбоблари ва тизимлари ва интеллектуал ўлчаш тизимлари ёритилган. Стандартлаштириш бўйича – давлат ва телекоммуникация ва ахборот-коммуникация технологиялари соҳасида стандартлаштиришнинг норматив – хуқуқий асослари ва тизимлари, норматив ҳужжатларнинг даражаси, тури, уларни жорий қилиш, текшириш, қайта кўриб чиқиш, ўзгартириш ва бекор қилиш, техник қўмиталар, асос стандартлаштириш ташкилоти, штрих кодлаш тизими ва унинг норматив – хуқуқий асослари ёритилган.
-
Materialshunoslik
Sh.X. Jaloldinova,Ushbu darslik 6001123-Texnologik ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Materialshunoslik" fani Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan o'quv dasturga muvofiq tayyorlangan.Ma'ruza matn, laboratoriya ishlari sarlavha, ishning maqsadi, nazariy qism, ish bajarish jihozlari, tartibi, tekshirish savollari, hisobot yozishdan iborat. Ma'ruza matn, laboratoriya ishlarini bajarish talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda tadbiq qilishni ta'minlaydi va mustahkamlaydi.
-
Кимёвий технологиянинг назарий асослари
Юсупбеков Н.Р.,Дарслик кимёвий технология, жумладан нефть ва углеводородларни чуқур қайта ишлашнинг назарий асосларига бағишланган. Кимёвий технология кимё ва унга алоқадор тармокларнинг асосий илмий-услубий асоси сифатида талқин қилинади. «Саноат 4.0» стратегияси асосида нефть ва табиий газни чуқур қайта ишлашнинг инновацион технологияларини яратишнинг илмий-назарий асослари шакллантирилган. Моддалар ва моддаларнинг кимёвий ўзгариши қонуниятлари кўрсатилган. Кимё-технологик жараёнларнинг термодинамик асосларини тақдим этишда термодинамиканинг биринчи ва иккинчи қонунларининг моҳияти очиб берилади ва уларнинг кимё ва кимёвий технологияда қўлланилиши кўрсатилади. Кимёвий термодинамиканинг асосий тенгламалари берилган. Эритмаларнинг турлари, уларнинг ҳосил бўлиш термодинамик шартлари, идеал эритма компонентларининг хоссалари ва характеристикалари акс эттирилган. Кимё-технологик жараёнлар ва тизимларни математик моделлаштиришда кимёвий кинетика қонуниятларидан фойдаланиш масалалари келтирилган. Кимёвий технологиянинг қурилмаларининг монанд моделларини яратиш услубияти асослаб берилган. жараёнлари ва Кимёвий реакторларни алгоритмлаш ва ҳисоблаш масалалари муҳокама қилинади, шунингдек якуний саноат маҳсулоти сифатининг виртуал анализаторларидан фойдаланган ҳолда мураккаб кимё-технологик жараёнлар ва ишлаб чиқаришларни аниқ-башоратли ва такомиллаштирилган бошқаришни таҳлил килиш ва синтезлаш масалалари келтирилган. Дарслик талабалар, магистрантлар, илмий-тадқиқот институтлари мутахассислари, конструкторлик бюролари, техника ва технология олий ўқув юртлари ходимлари учун мўлжалланган.
-
Matematika o`qitish texnalogiyalri va loyihalash
Barakayev M., Tojiyev M., Yunusova D., Mamadaliyev K.,Ushbu darslik pedagogika amaliy ta `lim muassasalarining "Matematika o`qiiish metodikasi bakalavriat yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`iib. unda matematika turkimiga kiruvchi fanlar o`quv jarayonini loyihalashda pedagogik texnotogiyaning o`rni. ilmiy asoslangan tarifi, pedagogik texnotogiya va uning tarkibiy qismi bo`lgan matematika o`quv jarayonini loyihalashning metodologik va nazariy asoslari, matematika o`quv jarayonini loyihalash asosi bo`lgan pedagogik texnotogiya tamoyillari, matematika o`quv mashg`ulotlarni loyihalash metodikasi va masalalari o`rin olgan.
-
To'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari
A.E.Gulamov, N.M.Islambekova, A.P.Eshmirzayev, U.N.Azamatov,Тўкимачилик маҳсулотлари технологияси ва жиҳозлари» (ипак маҳсулотларини ишлаб чикариш) фанидан тайёрланган дарсликда тут ипак қуртини ривожланиши боскичлари, пиллани дастлабки ишлаш ва қуритиш технологияси, пилла чувиш технологияси, табиий ва кимёвий ипларни эшиш, ипларни эшиш машиналари ва махсус соҳада қўлланиладиган эшилган иплар, йигирилган ипак ипларини ишлаб чикариш технологияси батафсил ёритилган. Шу билан бирга таянч иборалар ва фойдаланилган адабиётлар рўйхати келтирилган.
-
Xomashyoni to'qivchilikka tayyorlash
B.X.Boymuratov, A.D.Daminov,Ushbu darslikda to'quv dastgohlarida to'qima ishlab chiqarish uchun tanda va arqoq iplarini tayyorlash bo'limi uskunalari hamda texnologik jarayonlari bo'yicha savollar keng yoritilgan. Darslikda har bir texnologik jarayonlarning maqsadi, uskunalarning tuzilishi, ishlashi, rostlanishi, unumdorliklari, jarayonlar bo'yicha chiqindilar, texnologik omillar, o'ramalarning turlari va ularning shakllanishi kabi ma'lumotlar keng berilgan. Jarayonlar bo'yicha dunyo to'qimachiligida yetakchi bo'lgan va respublika korxonalariga o'rnatilayotgan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Darslik 5320900-"Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (to'qima)" ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavr talabalar uchun "Xomashyoni to'quvchilikka tayyorlash" fanini o'zlashtirishi uchun asosiy manba sifatida tayyorlangan bo'lib, undan magistr talabalar, soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Yigirish texnologiyasi
A. Pirmatov,Ushbu darslikda yigirilgan iplarni ishlab chiqarish texnolo-giyalari, texnologik jarayonlarning maqsadi, mohiyati hamda texnologik mashinalarning tuzilishi va ishlashi bayon etilgan. Yigirish texnologiyasi oʻtimlariga mansub xomaki mahsulotlarni tayyorlash usullari va jarayonlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
-
Tikuv buyumlari texnologiyasi
M.K.Rasulova,Ushbu o'quv qo'llanmada turli qomatlarga kiyim konstruksiyalash nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar bayon etilgan. Yelkali va bet kiyimlari konstruktiv asoslarini qurish usullari, tipaviydan farq qiluvchi qomatlarga kiyindari loyihalash xususiyatlari, trikotaj tabiiy va sun'ly mo'yna, tabiiy va sun'iy charından zamonaviy kiyimlarni konstruksiyalash sususiyatlari, kiyimlarni loyihalashes avalashtirish masalalarini yechish usullari keltirilgan.
-
Ona tili. Akademik litsey 2-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, T. X. Xoljurayev, O. S. Usmanova, S. Y. Gazibekova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, F. X. Namozova,Mazkur ona tili fani uchun moʻljallangan darslik oʻzbek (oʻz ona tili) tilida soʻzlashuvchi guruhlar uchun tuzilgan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur va namunaviy oʻquv reja asosida tuzilgan. Darslik oʻquv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni oʻz ichiga qamrab olgan. Unda barcha fanlarga aloqador ilmiy va didaktik matnlar orqali oʻquvchining nutqiy konpetensiyalarni rivojlantiradigan mashq va topshiriqlardan foydalanish koʻzda tutilgan.Soʻz boyligini oshirish va mantiqiy savodxonlikka alohida urgʻu berilgan. Mumtoz va zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti durdonalari hamda bugungi kundagi dolzarb mavzular bilan bevosita bogʻliq matnlar oʻrin olgan
-
Adabiyot. Akademik litsey 2-bosqich o'quvchilari uchun
N. S. Sulaymonova, O. S. Usmanova, T. X. Xoljurayev, F. X. Namozova, M. Yu. Karimova, S. R. Botirova, S. Y. Gazibekova,Mazkur darslik adabiyot fani uchun ta’lim oʻzbek tilida olib boriladigan guruhlarga moʻljallangan , Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur va namunaviy oʻquv reja asosida tuzilgan. Darslik oʻquv kursi boʻyicha reja asosida barcha mavzularni toʻliq qamrab olgan. Darslikda oʻzbek va jahon adabiyotining yirik vakillari hayoti, ijodi va sara asarlaridan namunalar keltirilgan. Asarning mazmun-mohiyatini anglash, mantiqiy fikr yuritishga undaydigan savollar va topshiriqlarga alohida urgʻu berilgan. Mumtoz va zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti durdonalarini bugungi kun bilan solishtirib, oʻquvchining mustaqil fikrini oʻstirishga qaratilgan dolzarb mavzular bilan bevosita bogʻliq badiiy asar parchalari berilgan