-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Integral tenglamalar.
Solohiddinov M,Darslikda integral tenglamalarning klassik nazariyasi bir o`lchovli funksiyalar sinfida bayon qilingan.
-
Institutsional iqtisodiyot
Berkinov B.B,Ushbu darslik "Institutsional iqtisodiyot" fani dasturiga muvofiq yozilgan bo`lib,unda ushbu fanning metodologik asoslari,predmeti va asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek,darslikda jamiyatda rasmiy va norasmiy institutlarning roliga, bozor instituti,shartnomalar,transaksiya xarajatlari,xufiyona iqtisodiyot, mulkchilik, firma, davlat va uy xo`jaligi rivojlanishining institutsional nazariyalarining asoslarini yoritishga keng o`rin berilgan.
-
Astrofizika 1-qism
Sattorov I.,Ushbu darslik universitetlar va pedagogika institutlari "fizika-astronomiya" bakalavriyat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan "Astrofizika" kursining 1-qismi bo'lib, u 7ta bobga bo'lingan va ularda hozirgi zamon astrofizik teleskoplarning turlari va ularni qo'llashdan maqsad, shuningdek, astrofizik tekshirish usullari bayon etilgan. 1-bobda astrofizikada qo'llaniladigan fizik fotometrik va spectral tahlil tushunchalari, ular bilan shunday astronomik tushunchalar orasidagi bog'lanishlar keltirilgan.
-
Umumiy astronomiya.
Mamadazimov M.,Darslikni Pedagogika oliy o`quv yurtlarining fizika, fizika va astranomiya ixtisosliklari talabalari uchun umumiy astranomiya kursidan o`quv materiallari o`rganishda ham undan muhim o`quv vositasi sifatida foydalanishlari mumkin.
-
Kvant mexanikasi
M. M. Musaxanov, A. S. Rahmatov,Mazkur darslik “Nazariy fizika kursi'’ darsliklar majmuasining III jildi bo‘lib, asosan norelyativistik kvant mexanikasiga bag‘ishlangan.Darslikda kvant mexanikasining asosiy g'oyalari, matematik apparati,bir o'lchamli va markaziy maydonlardagi harakatlar, g‘alayonlanish va sochilish nazariyalari,spin va atomlar nazariyalari keltirilgan.Mavzularni tanlash va ulani bayon qilishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Yadro va nazariy fizika” kafedrasida ishlab chiqilgan namunaviy o'quv dasturaga amal qilingan.Darslikda fizikaning zamonaviy yutuqlari o‘z aksini topgan. Har bir bobning masalalari va ularning yechimlari keltirilgan.
-
Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
O.Shermatov,Ushbu darslikda raqamli iqtisudiyot sharoitida agrosanoatda integratsiya munosabatlarining yanada takomillashuvi natijasida shakllanadigan agrosanoat majmuasining mohiyati, uning tarkibi, iqtisodiyotda tutgan o`rni, majmuaga kiruvchi sohalarning hozirgi holati, rivojlanish yo'nalishlari, ulaming iqtisodiy resurslari va ulardan foydalanish darajasi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari yoritilgan. darslikda agrosanoat majmuasining asosiy bo'g'ini hisoblanadigan qishloq xo'jaligi tarmog'ining уег-suv, mehnat, moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish masalalari, tarmoqda ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllariga oid mavzular batafsil yoritilgan.
-
Mintaqaviy iqtisodiyot
Yakubov I.О., Islomov A.A., Sunnatov M.N.,Darslik mazkur fan bo'yicha ma'ruza mavzularining konspekti, mustaqil ta'limga oid topshiriqlar, oraliq nazoratga oid o'quv loyihalarining namunaviy mavzulari, yakuniy nazoratga oid namunaviy savollar va topshiriqlar, fan bo’yicha videomaTuzalar va roliklar, har bir mavzu bo’yicha talabalarning mustaqil ishlashi uchun zarur bo’lgan adabiyotlar ro'yxatini hamda glossariylarni o‘z ichiga olgan. Darslik talabalarning amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
-
Molekulyar fizika
Karabayeva M.A,Molekulyar fizika bo'yicha taqdim etilayotgan ushbu darslik universitetlar fizika fakultetlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Kitobdan maqsad talabalar tomonidan termodinamika va molekulyar fizika asoslarini o‘rganish doirasida fizik hodisalarni ilmiy anglash usullarini ochishdir.
-
Ayirmali sxemalar nazariyasi
Normuradov Ch.B,Ushbu darslik matematik-fizika masalalarini yechishda keng qo`llaniladigan ayirmali sxemalar nazariyasining asosiy masalalarini tizimli bayon qilishga bag`ishlangan. Bunda asosiy e`tibor nazariyaning muhim jihatlarini yoritishga hamda hisoblash eksperimenti o`tkazish bosqichlarini to`liq qamrab olishga qaratilgan.
-
Moliya va soliqlar
B.A.Xasanov,Mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy islohatlar chuqurlashayotgan davrda, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo'lgani kabi moliya sohasida ham chuqur o'zgarishlarni amalga oshirish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
-
Ҳисоблаш методлари 2 қисм
Исроилов М,Мазкур дарсликда оддий дифференциал тенгламалар учун Коши масаласи ва чегаравий масалалар ҳусусий ҳосила дефферанциал ҳамда интеграл тенгламаларни тақбирий ечиш методлари ва шу кабилар атрофлича ёритилган.
-
Mikroiqtisodiyot
Salimov B.T., Muxitdinova U.S, Mustafaqulov Sh.I., Salimov B.B.,Ushbu darslikning asosini mualliflar tomonidan iqtisodiyot universitetida mikroiqtisodiyot fanidan o’qitilayotgan ma’ruzalar tashkil etgan. Darslikda iqtisodiyotning qo’yi pog’onasi, ya’ni bozorda to’g’ridan to’g’ri xarakat qiladigan sub’ektlaming iqtisodiy faoliyatining nazariy va amaliy tomonlari yoritilgan.
-
Ҳисоблаш методлари 1-қисм
М.М.Исроилов,Дарсликда биринчидан, олдинги нашрда учраган барчап матбаа нуқсонлари тузатилди. Иккинчидан, университетларнинг амалдаги дастурига мослаштирилган ҳолда айрим жойлари услубий томондан соддароқ қилиб қайта ёзилди.
-
O'zbek Mifologiyasi
M.Jo'rayeva, D.O'rayeva,O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi grifi bilan universitetlarning 5120100 - Filologiya va tillarni oʻqitish (o'zbek tili) bakalavr ta'lim yo'nalishining 4-kurs talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Аналитик геометрия
Бахвалов С.В,Дарслик университетларнинг физика-математика факультетлари учун тузилган программага мувофиқ ёзилган бўлиб, унда аналитик геометриянинг традицион масалалари, иккинчи тартибли чизиқлар ва сиртлар, чизиқли алмаштиришлар ва бошқалар баён этилган.
-
O'ZBEK DIALEKTOLOGIYASI
Ashirboyev Samixon,Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat yo‘nalishi ta'lim dasturida talabalarga o‘zbek shevalari to‘g‘risida ilmiy va amaliy bilimlami berish ko‘zda tutilgan. Ushbu darslikda o‘zbek dialektologiyasining nazariy asoslari aks ettiriigan. Darslik ma’ruza matnlari, amaliy mashg'ulot materiallari, mustaqil ishlar mazmuni, ushbu fandan malakaviy (o‘quv) amaliyoti dasturi materiallari hamda talabalar bilimini nazorat qilish bo‘yicha testlami o‘z ichiga olgan. Unda asosiy tushunchalar o‘zbek va ingliz tillarida berilgan. Darslikdan magistrantlar, ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
O'zbek tili tarixi
NASIMXON RAHMONOV , QOSIMJON SODIQOV,Mazkur darslik qadimgi turkiy tilning shakllanishi va taraqqiyoti bosqichlarini, tilning etnik jarayon bilan bog'liq jihatlarini va qadimgi turkiy laming yozuv xususiyatlarini, qadimgi turkiy tilning fonetik qurilishini, leksik qatlamini, morfologik tuiUishini, sintaktik-stilistik xususiyatlarini o 'z ichiga oladi. Shuningdek, turkiy tillar tarixini davrlashtirishga oidyangicha qarashlar ham mazkur darslikdan o ‘rin olgan. Turkiy xalqlar bir necha asrlar davomida istifoda etgan turkiy-run, eski uyg‘ur, moniy kabi qator yozuvlarning tarixiy taraqqiyoti, qadimgi turkiy tilning manbalari ham turkologiyaning keyingi yutuqlari asosida tahlil qilingan. Tel
-
Адабиётшунослик асослари
Т.Бобоев,Mazkur kitob muallifning "o'qituvchi" nashiriyoti tomonidan 1979 yilda chop etilgan adabiyotshunoslikka kirish kursi bo'yicha o'quv-metodik qo'llanmasining qayta ishlangan va to'dirilgan ikkinchi nashridir
-
Matematik analiz 1-qism
Turgunbayev R. M.,Ushbu darslikda matematik analizning analizga kirish, bir o`zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobiga oid nazariy materiallar to`liq berilgan. Nazariy holatlarni iochib beruvchi misol va masalalar keltirilgan.
-
Elektr tizimlarni loyihalash
N.T. Toshpo`latov,Darslik elektr tizimlari loyihalash fanining namunaviy dasturi asosida 5310200 elektrenergetikasi suv xo`jaligida bakalavr ta`lim yo`nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun yozilgan.