-
-
-
-
-
-
-
-
Neft-gaz va kimyo sanoati qurilmalarini ta'mirlash va montaj
H.S.Nurmuhamedov, Z.K.Babayev, K.F.Karimov, Sh.K.Matchonov, E.T.Mavlonov, S.SH.Abdullayeva, A.U.Abdurahimova,kimyo, -
-
Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari
N.R.Yusupbekov., H.S.Nurmuhamedov.S.G'.Zokirov,kimyo, -
-
-
-
Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar fizik kimyosi
Alimjonova J.I., A. A. ISM A T O V,kimyo, -
-
Саноат хом ашёси ва материаллари товаршунослиги
И.У.Акимов,Дарслик мавжуд "Ишлаб чиқариш воситаларининг товаршунослиги" курсининг дастурига мувофиқ ёзилди.
-
BOG`LOVCHI MODDALARNING KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI
T.A. OTAQO`ZIYEV, E.T. OTAQO`ZIYEV,Darslikda ohak, gips, magnezial bog'lovchi moddalar va turli sementlar tayyorlashning texnologik chizmalari, ular olinadigan xomashyolar hamda bu materiallaming tavsifi, ularning sinflanishi haqida eng yangi ma’lumotlar keltirilgan, bog'lovchi moddalar, xususan, sementning qotishida ro‘y beradigan jarayonlar talqin etilgan va ularga xos fizik-mexanik xossalar hamda ularni ishlatish sohalari yoritilgan.
-
Tezkor bosish jarayonlari texnologiyasi
A.K.Bulanov, M.M.Abdunazarov,Ushbu kitob Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi ta`lim yo`nalishidagi bakalvrlar uchun mo`ljallangan bo`lib kitob, risola, jurnal va boshqa turdagi matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun tezkor bosish jarayonida qo`llaniladigan zamonaviy uskunalar, ularning ishlash prinsiplari va tuzilish shakllari, mahsulotlar sifatiga qo`yiladigan talablar bajariladigan jarayonlarni ketma-ketligi atroflicha yoritilgan
-
Уруғ тайёрлаш технологияси
ожиев М.Т, Туйчиев Т.О,Ушбу қўлланмада Уруғлик чигит тайёрлаш технологик жараёнида тукли уруғлик чигитни тозалаш ва саралаш,уруғлик чигитларни туксизлантиришда фойдаланиладиган технологик машиналарнинг тузилиши ва ишлаш тартиби, туксизлантирилган уруғлик чигитларни қайта тозалаш ва саралаш ускунлари, уруғлик чигитни узунлиги бўйича ҳам маълумотлар берилган.
-
Bosma qolip tayyorlash texnologiyasi
Bulanov A.K.,O'quv qo'llanmada hozirgi davr uchun dolzarb bo'lgan bosma qoliplar tayyorlash jarayonlari texnologiyalari batafsil yoritilgan. Shu bilan birga Respublikamiz matbaa korxonalaridagi qo'llanilayotgan bosma qoliplar turlari va ularni yozish uslublari, yuqori, ofset va fleksografik bosma usullari uchun fotoqoliplar tayyorlash texnologiyalari o'z aksini topgan.
-
Qog`oz texnologiyasining asoslari
Rahmonberdiyev G`.R,Ushbu darslikda qog'oz olish texnologiyasining asoslari yoritilgan: xomashyo, qog'oz massasini tayyorlash, qog'oz polotnosini shakllash, uni quritish, ishlov berish, olingan mahsulotlarning sifat ko'rsatkichlari hamda qog'oz olishda qo'llaniladigan suvning turlarini tayyorlash, suv sarfini kamaytirish usullari, oqova suvlarni tozalash yo'llari keltirilgan. Kimyo texnologiya mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga va selluloza-qog'oz olish korxonalarida xizmat qilayotgan muhandis-texnik xodimlariga mo'ljallangan. Shu bilan birga «Kimyoviy texnologiya» va «Sanoat ekologiyasi» fanlaridan pedagogika institutlari talabalari va o'qituvchilari uchun ham foydali hisoblanadi.
-
Analitiik fizikaviy va kolloid kimyo
N.Sh.Raxmatova,Ushbu darslik analitik kimyo fanini sifat va miqdoriy tahlil qilish usullari to'g'risida bo'lib, undagi analitik kimyo fani vazifalari hamda usullari mazmun mohiyati yoritilgan.
-
Neft-gaz va kimyo sanoati qurilmalarini ta'mirlash va montaj
H.S.Nurmuhamedov, Z.K.Babayev, K.F.Karimov, Sh.K.Matchonov, E.T.Mavlonov, S.SH.Abdullayeva, A.U.Abdurahimova,Zamonaviy kimyo, neft va neft-gani qayta ishlash korxonalari mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan xilma-xil mahsulotlarni olish uchun mo'ljallangan murakkab texnologik qurilma, mashina va uskunalar majmuasini aks ettiradi.
-
Kasb mahorati
Xojiyev M. T., Salimov A. M., Tadjiyev U. S.,Ushbu о`quv qо`llanma oliy о`quv yurtlari talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari va paxta tozalash sanoati xodimlari uchun mо`ljallangan bo`lib, unda paxtachilikni rivojlanish bosqichlari, chigitli paxtani qabul qilish jarayoni va uni boshqarish yо`llari, paxtani g`aram maydonlari va yopiq omborlarda saqlash, paxta tozalash korxonalari va paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida ishlatiladigan paxta tasish vositalari, chigitli paxtani quritish va iflos aralashmalardan tozalash jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida jinlash va linterlash jarayonlari, tola tozalash jarayoni va paxta tozalash korxonalarining mexanika bо`limi bо`yi-cha malumotlar keltirilgan
-
Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari
N.R.Yusupbekov., H.S.Nurmuhamedov.S.G'.Zokirov,Darslikda kimyoviy texnologiya asosiy jjarayonlari,ularning nazariyasi,tipik qurilmalar konstruksiyalari va ishlash prinsiplari hamda ularni hisoblash uslublari bayon etilgan.
-
Kimyo
Rafikov A. S., Abdusamatova F. F, Karimov Sh., Tulaganov A., Karimov S.,Ushbu darslik bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish-tеxnik soha; ta`lim sohasi: 320000 – Ishlab chiqarish tеxnologiyalari; ta`lim yо`na-lishlari: 5111000 – Kasb ta`limi (5320900 – yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi), 5311000 – Texnologik jara-yonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (paxta, tо`qimachilik va yengil sanoati), 5320300 – Texnologik mashinalar va jixozlar (tо`qimachilik, engil va paxta tozalash sanoati), 5610600 – Xizmat kо`rsatish texnika va texnologiyasi (tо`qimachilik, yengil va pax-ta tozalash sanoati), 5320800 – Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi, 5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ish-lash va texnologiyasi, 5321200 – Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi, 5321900 – Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (paxta, tо`qimachilik va yengil sanoati) uchun “Kimyo” fan dasturi asosida tayyorlangan. Undan texnika oliy о`quv yurt-larining boshqa bakalavriat yо`nalishlari talabalari ham foydalanishlari mumkin. Darslik chet el adabiyotlari, jumladan “Rose Marie Gallagher, Paul Ingram “Complete Chemistry” for Cambridge IGCSE®, second edition, OXFORD University press. 2011” kitobidan foyda-lanib tayyorlangan. Darslik 18 bobdan iborat bо`lib, kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari, moddalar va aralashmalar, atom va molekula tuzilishi, kimyodagi miqdoriy munosabatlar, reaksiya tenglamalari bо`yicha hisoblar, noorganik moddalarning asosiy sinflari, kimyoviy termodinamika va kinetika asoslari, elektrokimyoviy jarayonlar, metallar, metalmaslar va ularning birikmalari, organik kimyo-ning nazariy masalalari, tо`yingan, toyinmagan va aromatik uglevodorodlar, funksional guruhli organik moddalar bо`yicha nazariy mate-riallarni о`z ichiga oladi.
-
Вино тайёрлаш технологияси
Ушбу китобда вино ишлаб чиқаришнинг умумий технологияси, вино маҳсулотлари тайёрлаш учун ишлатиладиган хом ашёлар ва уларнинг тавсифи берилган.
-
Inglizcha-O`zbekcha Ruscha kimyo terminlari lug`ati
M.Shokirova, Sh.Nurullayev,Ushbu lug`at 5000 dan ziyod kimyo terminlarini o`z ichiga oladi.
-
Kimyo o'qitish metodikasi
N.G'.Raxmatullayev H.T.Omonov SH.M.Mirkomilov,Ma'lumki, «Kimyo o'qitish metodikasi» fani kimyo o'quv fanlari asoslari bilimlarini o'zlashtirib olishning usullari va texnologiyalarini o'rgatadi. Har qanday fanni o'qitishning ta'lirniy masalalari bilan birgalikda jamiyatni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan tarbiyaviy masalalari ham mavjud. Kimyo fanini o'qitishda ham tarbiyaning ijobiy turlarini o'quvchilar ongida muvafIaqiyat bilan shaldlantirish mumkin. Bundan tashqari, kimyo asoslarini o'rgatib borish jarayonida o'quvchilarning bilimlarini har tomonlama rivojlantirib borish fanning asosi hisoblanadi
-
Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar fizik kimyosi
Alimjonova J.I., A. A. ISM A T O V,Ushbu darslikda talabalaiga silikat va qiyin eriydigan materiallarning tarkibi, tuzilishi, kristall, suyuq va shishasimon holati, oddiy va yuqori temperatura sharoitidagi xossalari, silikatlar ishtirokidagi 1,2,3,4 va ko'p komponentli sistemalarda fazalar muvozanati qonunlari, ulardagi asosiy birikmalarning xususiyatlari va silikatlar texnologiyasiga oid mavzular keltirilgan.
-
Kimyo
G.P.Xomchhenko , I.G.Xomchenko,Ushbu kitobda kirish imtihonlarida abituriyentlarga beriladi- gan kimyoning barcha turdagi nazariy asoslari, masalalar ishlash usullari hamda o'quvchilar bilimini baholashga yordam beradigan testlar yoritilgan. Kitob oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo kursini yakuniy takrorlash va bitirish imtihonlariga tayyorlanayotgan o‘quvchilar, shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollej- lari o‘qituvchilari hamda talabalari ham foydalanishlari mumkin
-
Tibbiy kimyo
S.M.Masharipov, X.S.Tadjiyeva, Sh.M.Masharipova,Ushbu qo'llanmada tibbiy kimyoning eng muhim nazariy masalalari. reaksiyalar mexanizmi biom anbalar asosida tahlil etilgan. Keltirilgan reaksiyalar mexanizmi haqidagi bilim va ko‘nikmalar kelgusida bevosita biokimyoviy jarayonlarni izohlash uchun kerak bo'ladi. Tibbiyot instituti talabalari shifokorlik kasbini mukammal egallashi va muvaffaqiyatli ishlashi uchun kimyo sohasidagi muayyan bilim va ko‘nikmalarga ega bo'lishi lozim, shu m a’noda qo'llanma bo'lajak shifokorlarga yordam beradi.
-
DORIVOR O'SIMLIKLARNI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI FANIDAN AMALIY MASHG'ULOTLAR
A.ABZALOV,Ushbu qo'llanmadan farmatsevtika instituti va qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlarining dorivor o'simliklarni yetishtirish bilan shug'ullanuvchi bakalavriatura va magistratura talabalari ham foydalanishlari mumkin. Mazkur qo'llanmada har bir o'simlikning botanik tavsifi, tarqalishi, kimyoviy tarkibi, tibbiyotda qo'llanishi va yetishtirish texnologiyasi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Talabalar mashg'ulot davomida markaziy nerv tizimini tormozlovchi va rag'batlantiruvchi, yurak-tomir tizimiga ta'sir etuvchi, nafas a'zolariga, me'da-ichak jigar faoliyatiga ta'sir etuvchi, qon oqishini to'xtatuvchi, vitaminlar saqlaydigan va gijjani tushirishda foydalaniladigan dorivor o'simliklar bilan tanishadilar va ularni yetishtirish texnologiyasi uslublarini o'rganadilar.