-
Umumiy biologiya,
-
-
-
-
-
-
-
Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi
L.S.Kuchkarova, Sh.Q.Qurbonov,Darslikda odam va hayvonlar hazm tizimi tuzilishi , umumiy va xususiy fiziologiyasi , makro va mikroelementlarning inson organizmda quvvat sarfi va aholi turli guruhlarining ratsional ovqatlanish mezonlari haqida so`nggi ma`lumotlar keltirildi.
-
Hujayra biologiyasi
Abdulov I.A., Halbekova H.U.,Ushbu darslik Biologiya yo'nalishi bo'yicha 5141000 -Biologiya ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi bakalavrlar uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ushbu darslikdan Genetika mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan magistr va tadqiqotchi-izlanuvchilar ham foydalamshlari mumkin.
-
Biotexnologiya
SH.S.Tashmuxamedova, Z.A.Kadirova,Darslik "Biotexnologiya" fani dasturiga muvofiq yozilgan bo'lib, unda ushbu fanning maqsadi va vazifalari, tadqiqot usullari va uning asosiy yo'nalishlari yoritilgan
-
Biotexnologiya
Tashmuhamedova Sh. S., Kadirova Z. A,Darslik “Biotexnologiya” fani dasturiga muvofiq yozilgan bo`lib, unda ushbu fanning maqsadi va vazifalari, tadqiqot usullari va uning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, fanning boshqa turli sohalardagi muammolarni yechishda tutgan o‘rni, turli sohalarda ishlatiladigan fermentlaming o‘ziga xos xususiyatlari, o‘simlik va hayvon organlaridan fermentlar ajratib olish usullari, biospetsifik sorbentlar haqida tushuncha va ular asosida yaratilgan texnologik jarayonlar, organizm (in vivo) gen injenerligi, genlar tuzilishi va ekspressiyaning boshqarilishi, rekombinant DNK olish texnologiyasi, o‘simlik va hayvon gen muhandisligi haqidagi ma’lumotlardan iborat.
-
ORGANIK MAHSULOTLAR YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ушбу қўлланма "Агробанк” АТБ муассислигида тайёрланди ҳамда нашр эттирилди. Билдирилган фикр-мулоҳаза, хулоса ва тавсияларга тузувчи муаллифлар масъулдир. Ижтимоий лойиҳалар билан аграр соҳага сармоя киритиш доира-сида "Агробанк" АТБ томонидан 100 та китобдан иборат қўлланмалар тўплами тайёрланди. Тўпламда қишлоқ хўжалиги соҳаси, жумладан, мева-сабзавот ва полиз экинлари, ғаллачилик, чорвачилик, балиқчилик, асаларичилик каби тармоқларнинг энг илғор тажрибаларига оид ривожланган давлатлар ва юртимизда эришилган кенг қамровли илмий ва амалий маълумотлар қамраб олинган. Тўплам мазкур йўналишдаги биринчи нашр бўлиб, келгусида ушбу лойиҳани давом эттириш мақсадида билдирилган фикр-мулоҳазалар ва таклифлар асосида янада бойитиб бориш кўзда тутилган. Қўлланма соҳа мутахассислари, фермерлар ва кенг жамоатчилик учун мўлжалланган.
-
Одам ва ҳайвонлар физиологияси
Алматов К., Алламуратов Ш.,Дарслик, одам ва ҳайвонлар физиологияси умумий курсини уни- верситетларда ўқитиш дастури асосида ёзилди. Дарсликдан одам ва ҳайвонлар физиологияси курси ўқитилаётган тиббиёт, педагогика, ветеринария, аграр ва жисмоний тарбия олий ўқув юртлари талабалари ҳам фойдаланса бўлади. Telegram Facebook Linkedin Email Twitter
-
GENETIKA
A.T.G'ofurov, S.S. Fayzullayev, J. Saidov,Darslik tasdiqlangan genetik dasturi asosida yozilgan bulib, unda genetikaning mazmuni, rivojlanish tarixi, tadkikot metodlari, organizmlar kupayishining tsistologik , biokimyoviy asoslari,jinssiz va jinsiy kupayishga, uruglanish irsiyat konunlari va jins genetikasi va jinsga boglik xolda irsiylanishi irsiyatning xromosomasi nazariyasi, allel bulmagan genlarning uzaro ta’sirida belgilarning rivojlanishi, tsitoplazmatik irsiylanish, o‘zgaruvchanlik, uning tiplari, ontogenez genetikasi, populyatsiya, xulk atvor genetikasi, odam genetikasi, genetik ijeneriya biotexnologiya xamda genetikaning nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan.
-
Gistologiya
E/Qodirov,Malumki, shu vaqtgacha «Gistologiya» kursidan dastur asosida darslik yozilgan emas. Shuni nazarda tutib, ushbu darslikda umurtqalilardan amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar to‘qimalarining gistologik tuzilishiga oid ma’lumotlar zamonaviy usullardan foydalanib, hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada yoritilgan. Darslik universitetlar va pedagogika institutlarining biologiya fakultetlari talabalariga mo‘ljallangan.