Umumiy biologiya

Kitob mualliflari G'ofurov A.Т., Nishonboyev K.N., Hamidov J.,

Siz organik olam evolutsiyasi to‘g‘risidagi ta’limot, evolutsiya dalillari, hayotning paydo bo‘lishi, organik olamning rivojlanishi, ana shu jarayonda odamning kelib chiqishi bilan tanishasiz. Shuni ta'kidlash lozimki, Yer yuzida odamning paydo bo'lishi tirik va o‘lik tabiat rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Odamzot paydo bo‘lgandan boshlab uning ko‘p ming yillik faoliyati tufayli xilma-xil o‘simlik navlari, hayvon zotlari yaratildi, dehqonchilik, chorvachilik taraqqiy qildi. Odamzot daryolarni jilovladi, bog‘-rog‘lar yaratdi, cho‘llarni 0‘zlashtirdi. Shu bilan bir vaqtda, sanoatning jadal rivojlanishi, transport vositalarining keskin ortishi, aholi sonining ko'payib borishi tufayli tabiatga, uning boyliklariga kattagina putur yetmoqda. Yillar o‘tgan sari o'rmonzorlar kamayib, tuproq sho‘rligi, eroziyasi kuchaymoqda. Tuproq, suv, havoning har xil chiqindilar bilan ifloslanishi ortib boryapti.

Fan yoʻnalishi: | Umumiy biologiya |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: Sharq
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-00-127-5
Kitob nashr qilingan yili: 2007 Yil
Betlar Soni: 160
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH