-
Tuproqshunoslik,
-
Tuproqshunoslik,
-
-
Tuproqshunoslik,
-
-
Tuproqshunoslik,
-
-
-
-
ТУПРОҚШУНОСЛИК ВА АГРОКИМЁ
И.Ж.СУЛАЙМОНОВ А.Р.БАТОШОВ М.Х.ЭГАМБЕРДИЕВ И.К.ОДИЛОВ,Ушбу дарсликда, иккита бўлим бўлиб, биринчиси «Тупрокшу-нослик» бўлими, унда тупроқларнинг ахамияти, тупроқларнинг пайдо бўлиши, она жинси, республикамизда ва МД+ давлатларида тарқалган тупроқлар, уларнинг хоссалари, тупроқларни баҳолаш, бонитрофкаси, картограммаси бўйича маълумот берилган. Иккинчиси «Агрокимё» бўлими бўлиб, унда агрокимёнинг ўсимликлар хаётидаги ахамияти, ўсимликлар томонидан тупроқдан озиқа моддаларини ўзлаштирилиши, ўғит турлари, ўғитларни қишлоқ хўжалик экинлари учун меъёрларини ҳисоблаш, қўллаш муддатларини белгилаш, ўғитларни тупрокка ва атроф муҳитга бўладиган таъсирлари, фаннинг бугунги кундаги аҳволи, ютуклари хақида маълумотлар келтирилган. Дарслик 5411100-Доривор ўсимликлар етиштириш ва қайта ишлаш технологияси бакалаврият йўналишида таълим олаётган талабалар учун тайёрланган.
-
Тупроқларнинг техноген бузилиши ва уларнинг рекултивацияси
З.А.Жаббаров Б.Т.Жаббаров,Монография тупроқшунослик, агрокимё, биология, микробиология, экология,геология сохасидаги мутахассислар, олий таълим муассасаларининг талабалари, магистрлар, доктарант ва профессор-ўқитувчилар учун мўлжалланган.
-
Tuproqshunoslikka kirish
T.Abdraxmanov, L.Tursunov,Darslikda tuproqshunoslik yo‘nalishida kadrlar tayyorlash masalasi, yo‘nalishning ustuvor vazifalari va istiqboli, tuproqshunoslikning fan sifatida shakllanishi, tuproqshunoslikning yangi yo‘nalishlari va tarmoqlari, tuproq agrofizikasi va texnologiyasi yo‘nalishining shakllanishi, tuproq xossalarini boshqarish bo‘yicha ilmiy va amaliy izlanishlar, tuproqning agrofizik, fizikmexanik va texnologik xossalarini yaxshilashga doir tadqiqotlar, dehqonchilikka yangi resurs tejamkor va tuproq himoyalovchi texnologiyalar tadbig‘i, tuproq ekologiyasi va muhofazasi yo‘nalishining shakllanishi, tuproqning biosferadagi ekologik funksiyasining o‘rganilishi, tuproq ekologik holatining intensiv dehqonchilik ta’sirida o‘zgarishining tadqiq qilinishi, tuproqning ekologik holatini yaxshilash va muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish kabi masalalar chuqur yoritilgan
-
O`zbekiston tuproqlari va ularning evolutsiyasi
X.Q.Nomozov, Sh.M.Turdimetov,Darslik « 0 ‘zbekiston tuproqlari va ularning evolutsiyasi» fani dasturiga muvofiq tuzilgan bolib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 22 yanvardagi 26-sonli buyrug‘iga asosan 5141000-Tuproqshunoslik ta’lim yo'nalishi talabalari usun darslik sifatida tavsiya etilgan. Darslikda 0 ‘zbekiston Respublikasining tabiiy-tarixiy sharoitlari, tuproqlarning o‘rganilish tarixi, sistematikasi va tasnifi, choy, bo‘z .va tog‘ mintaqasi asosiy tuproq tiplarining xossalari, genezisi, tarqalishi va ularning evolutsiyasi, Respublika Yer jamg'armasi, ulardan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan
-
Tuproq geografiyasi
Z.Z.Abdushukurova va b,O`quv qo`llanmada tuproqlarni geografik tarqalish omillari, tuproq-larni geografik tarqalishining qonuniyatlari va ilmiy asoslari, O`zbekis-ton Respublikasi tuproq qoplami, dunyo tuproqlarining geografik tarqalishi, dunyo yer resurslari va muhofazasi, O`zbekiston yer re-surslari va muhofazasi bo`yicha ma`lumot keltirilgan.
-
TUPROQ UNUMDORLIGI VA UNI BOSHQARISHNING ILMIY ASOSLARI
R.K. Kuziyev, N.Yu. Abduraxmonov,Monografiyada tadqiqot ob'yektining qisqacha tavsifi, tuproq unumdorligini qayta tiklash va uni modellashtirish bo'yicha tadqiqotlarning hozirgi holati, tuproq unumdorligini keng takroriy qayta tiklash, tuproq unumdorligi va uni modellashtirish, tuproq unumdorligi parametrlari hisoblangan gumus va oziqa elementlar, tuproqlarning agrofizik xususiyatlari, bioekologik va genetik-geografik sharoitlari hamda tuproq unumdorligi modellari to'g'risidagi ma'lumotlarning tavsifi berilgan. Bundan tashqari, sug'oriladigan tuproqlarning sifatini baholash tamoyillari va uslublari, ularning sifat ko'rsatkichlari hamda intensiv dehqonchilik tizimida sug'oriladigan tuproqlarning unumdorligini saqlash va qayta tiklashning ilmiy asoslari yoritilgan. Kitob tuproqshunoslar, agrokimyogarlar, qishloq xoʻjaligi mutaxassislari, tuproqshunoslik va agrokimyo yo'nalishi mavjud Oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrlari hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Тупроқ деградацияси
Л.А.Гафурова, Т.А.Абдурахмонов.З.А.Жабборов.,Мазкур ўқув қўлланмада олий таълим муассасалари ва илмий тадқиқот иниститутининг илмий изланувчилари ва олимлари хам фойдаланишлари мумкин.
-
TUPROQ KIMYOSI
G‘.YULDASHEV, T.ABDRAHMONOV, Z.AJABBAROV,Tuproq tirik mavjudot hayot-mamoti negizidir, deb aytgan edi o‘z zamonasida Abu Ali Ibn Sino. Hozir ham bu fikr o‘z kuchi va qiymatini yo‘qotgani yo‘q. Tuproqni kimyoviy nuqtayi nazardan o‘rganish eng avvalo uning unumdorlik darajasini oshirishga qaratilmog‘i darkor. Bu boradagi qilingan ilmiy ishlar ko‘p. Biroq ular hozirda aniq bir tizimga muhtoj. Har bir fan o‘z nazariyasi, uslubiyoti va tarixiga ega bo‘lgani kabi tuproqlar kimyosi ham o‘z tarixiga ega. Bu tarix o‘z navbatida bevosita tuproq xususiyatlari, uning sifat belgisi bilan bog‘liq bo‘lib, tuproq fazalarining kimyoviy tarkibi, jarayonlari va ulami boshqarish yoTlarini o‘rganadi. Tuproq kimyosining o‘rganilish tarixi qadimdan boshlangan boTib, u o‘z ichiga bir qancha davrlarni oladi.
-
Тупроқшунослик
Махсудов Х.М., Раупова Н.Б., Камилов Б.С., Намозов Х.Қ.,Дарслик қишлоқ хўжалик олий ўқув юртларида бакалавр таълим йўналишида ўқиётган талабалар учун мўлжалланган. Ўшбу дарслик тупроқшунослик фанининг мақсад ва вазифалари тупроқшунослик фан сифатида ривожланиши фан сифатида ривожланиши бунда рус ва ўзбек тупроқшунослик олимларнинг тарихий кашфиётлари, умумий тупроқшуносликнинг асослари тупроқ пайдо бўлиш жараёнларининг умумий схемаси, тупроқнинг таркиби ва хоссалари, унинг беосферадаги, шунингдек, қишлоқ хўжалигидагироли ва функцияларикаби масалалар батафсил баён этилган.