-
Tuproqshunoslik,
-
-
-
Tuproq unumdorligi va uni boshqarishning ilmiy asoslari.
R.K. Kuziyev, N.Yu. Abduraxmonov,Monografiyada tadqiqot ob'yektining qisqacha tavsifi, tuproq unumdorligini qayta tiklash va uni modellashtirish bo'yicha tadqiqotlarning hozirgi holati, tuproq unumdorligini keng takroriy qayta tiklash, tuproq unumdorligi va uni modellashtirish, tuproq unumdorligi parametrlari hisoblangan gumus va oziqa elementlar, tuproqlarning agrofizik xususiyatlari, bioekologik va genetik-geografik sharoitlari hamda tuproq unumdorligi modellari to'g'risidagi ma'lumotlarning tavsifi berilgan. Bundan tashqari, sug'oriladigan tuproqlarning sifatini baholash tamoyillari va uslublari, ularning sifat ko'rsatkichlari hamda intensiv dehqonchilik tizimida sug'oriladigan tuproqlarning unumdorligini saqlash va qayta tiklashning ilmiy asoslari yoritilgan. Kitob tuproqshunoslar, agrokimyogarlar, qishloq xoʻjaligi mutaxassislari, tuproqshunoslik va agrokimyo yo'nalishi mavjud Oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrlari hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.
-
TUPROQ KIMYOSI
G‘.YULDASHEV, T.ABDRAHMONOV, Z.AJABBAROV,Tuproq tirik mavjudot hayot-mamoti negizidir, deb aytgan edi o‘z zamonasida Abu Ali Ibn Sino. Hozir ham bu fikr o‘z kuchi va qiymatini yo‘qotgani yo‘q. Tuproqni kimyoviy nuqtayi nazardan o‘rganish eng avvalo uning unumdorlik darajasini oshirishga qaratilmog‘i darkor. Bu boradagi qilingan ilmiy ishlar ko‘p. Biroq ular hozirda aniq bir tizimga muhtoj. Har bir fan o‘z nazariyasi, uslubiyoti va tarixiga ega bo‘lgani kabi tuproqlar kimyosi ham o‘z tarixiga ega. Bu tarix o‘z navbatida bevosita tuproq xususiyatlari, uning sifat belgisi bilan bog‘liq bo‘lib, tuproq fazalarining kimyoviy tarkibi, jarayonlari va ulami boshqarish yoTlarini o‘rganadi. Tuproq kimyosining o‘rganilish tarixi qadimdan boshlangan boTib, u o‘z ichiga bir qancha davrlarni oladi.
-
Тупроқшунослик
Махсудов Х.М., Раупова Н.Б., Камилов Б.С., Намозов Х.Қ.,Дарслик қишлоқ хўжалик олий ўқув юртларида бакалавр таълим йўналишида ўқиётган талабалар учун мўлжалланган. Ўшбу дарслик тупроқшунослик фанининг мақсад ва вазифалари тупроқшунослик фан сифатида ривожланиши фан сифатида ривожланиши бунда рус ва ўзбек тупроқшунослик олимларнинг тарихий кашфиётлари, умумий тупроқшуносликнинг асослари тупроқ пайдо бўлиш жараёнларининг умумий схемаси, тупроқнинг таркиби ва хоссалари, унинг беосферадаги, шунингдек, қишлоқ хўжалигидагироли ва функцияларикаби масалалар батафсил баён этилган.