-
Ingliz, o‘zbek, nemis va rus tillarida hissiyotni ifodalovchi so`zlarning izohli lug`ati
Q. Xalliyeva, D. Yusupova,Tilshunoslik, -
-
-
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
Ingliz, o‘zbek, nemis va rus tillarida hissiyotni ifodalovchi so`zlarning izohli lug`ati
Q. Xalliyeva, D. Yusupova,Ushbu “Ingliz, o‘zbek, nemis va rus tillarida hissiyotni ifodalovchi so‘zlarning izohli lug‘ati”da so‘zlar ingliz, o‘zbek, nemis va rus tillaridagi tarjimalari hamda ularnnig izohlari bilan berilgan. Har bir his-tuyg‘uni ifodalovchi so‘zga mos emoji yoki tasvir, qisqa va tushunarli izohlari, so‘zlarning qo‘llanilishini aniqroq tushunishga yordam beradigan misollar va so‘zlar to‘rtta tilga (inglizcha, o‘zbekcha, nemischa, ruscha) tarjima qilingan, bu esa til o‘rganuvchilar yoki poliglotlar uchun foydalidir. Mazkur izohli lug’at tilshunoslar, talabalar, xorijiy tillarni o‘rganuvchilar va his-tuyg‘ular haqida chuqurroq bilim olishni istaganlar uchun mo‘ljallangan.
-
O`zbek toponimikasi
Alimova SH.M.,Mazkur oʻquv qo‘llanmada “O‘zbek toponimikasi” fanining maqsad va vazifalari, tavsifi haqida qisqacha ma’lumot berilib, asosiysi, fan doirasidagi ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun oʻquv materiallari berilgan. Oʻquv qo‘llanmada toponimika ilmining nazariy asoslari, vazifasi, maqsadi, nomlarning paydo bo‘lishidagi mintaqaviy va umumiy qonuniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, toponimikani o‘quv jarayonida qo‘llanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan. Unda ko‘plab nomlar haqida qiziqarli tahlillar va yangi topilmalar mavjuddir. Mazkur oʻquv qoʻllanma 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili), 60230700 – Amaliy filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun moʻljallangan.
-
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Yujin A. Nayda, Charlz R. Teyber,"Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kitobi tarjimonlarga nazariy qoidalar-ni egallash hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu kitobda til tizimlari bilan bog'liq tarjima muammolari ilmiy yondashuv, semantik tahlil va axborot nazariyasi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqilgan.
-
Муқаддамату-л-адаб. (Феъллар)
М. Замахшарий,асарининг феъллар қисми буюк ўрта аср олим Маҳмуд Замахшарий томонидан яратилган араб тили грамматикаси ва луғатига бағишланган машҳур қомусий асарнинг энг йирик бўлимларидан биридир.
-
Ўзбек тили дарслари
Х. Асалов,Хамдам Асалов — таълим бошқа тилларда (асосан рус тилида) олиб бориладиган мактаблар ва гуруҳлар учун ўзбек тилини ўқитиш методикаси соҳасига улкан ҳисса қўшган таниқли ўзбек олими, методист ва филология фанлари номзоди ҳисобланади.Унинг «Ўзбек тили дарслари» ва шу йўналишдаги услубий ишлари, айниқса, рус мактабларида ўзбек тилини тизимли ва коммуникатив тарзда ўргатишнинг илмий-амалий асосини яратиб берган.
-
Ўзбек тилида гапнинг коммуникатив турлар
А. Аҳмедов,Ўзбек тилида гаплар айтилиш мақсадига кўра (коммуникатив турлари бўйича) тўртта асосий турга бўлинади. Ҳар бир тур маълум бир вазифани бажаради ва ўзига хос оҳанг (интонация) билан айтилади.
-
"O'zbek dialektologiyasi" fanidan mustaqil ta'lim mashg'ulotlarini tashkil qilish
Sh. Norbayeva,Mazkur metodik qo'llanma mustaqil ta'limni samarali tashkil etish, να o'zlashtirish ko'nikmalarini talabalarning mustaqil izlanish shakllantirishga yo'naltirilgan. Unda mustaqil ta'lim mazmuni, shakllari, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari, baholash mezonlari hamda mavzular bo'yicha amaliy tavsiyalar bayon etilgan. Qo'llanma oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari hamda pedagogik yo'nalishda ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan. Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma o'quv jarayonini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etishda ham nazariy, ham amaliy manba bo'lib xizmat qiladi.
-
Matn lingvistikasi
D.A. Jumaniyazova.,Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining 70230101 Lingvistika (tillar bo'yicha) mutaxassisligida tahsil olayotgan 1-kurs magistrantlari uchun mo'ljallangan. Darslik "Matn lingvistikasi" fani bo'yicha o'quv dasturida ko'rsatilgan barcha mavzularni qamrab olgan. Mazkur mavzularning ilmiy-nazariy asoslari keng yoritilgan, hamda ma'ruza va seminar mashg'ulotlari uchun taqdim etilgan turli xil mashq va topshiriqlarda matnning amaliy tahlili uchun yetarlicha ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Fan bo'yicha tayyorlangan glossariy va testlar magistrantlar nazariy bilimlarini mustahkamlashda katta yordam beradi.
-
Стилистика русского языка
С.А.Рузметов, У.Р.Махмудов,Данное учебное пособие представляет собой издание,которое адресовано магистрантам и студентам, изучающим стилистику русского языка. В ней в логической последовательности приводится материал по следующим модулям указанной дисциплины: 1) Стилистика как наука: основные категории и понятия 2) Стилистика в аспекте уровней языка 3) Функциональные стили современного русского языка. Каждая предлагаемая тема в пособии содержит сжатый теоретический материал, контрольные вопросы и тестовые задания для самопроверки, опорные схемы и таблицы, ссылку на видеоматериал для закрепления темы и подборку интересных фактов в целях повышения мотивации.
-
Ilmiy ish asoslari
M.Jumanyazova, I.Rahimova, B.Sapayeva, O.Pirmatova,Mazkur darslik Oliy ta’lim muassasalarida "Filologiya va tillarni o'qitish (sharq tillari bo'yicha]” ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan. U o'z oldiga filologiyagek ulkan fan sohasida talabalarga ilmiy izlanishlar olib borish sirlarini o'rgatish, oldilariga savollar qo'yib, ularga javob izlash ko'nikmasini shakllantirish vazifasini qo'yadi. Qo'llanmada fan yangi bilim izlash jarayoni sifatida; ilm-fan tadqiqotchi xulqining shakli tarzida; fandagi axloqiy muammolar; ilmiy tadqiqot ishi - ilmiy izlanishning qayd etilagan natijasi sifatida kabi qator masalalar yoritilgan.
-
Ўзбек халқ шевалари луғати
Шоназар Шоабдураҳмонов,Мазкур луғат ўзбек диалектологияси соҳасидаги йирик жамоавий меҳнат маҳсули бўлиб, ўзбек халқ шеваларига хос бўлган лексик бойликни тизимли равишда тўплаган ва изоҳлаган фундаментал академик нашрдир. Китоб ўзбек тилининг ҳудудий ва лаҳжавий хусусиятларини, халқнинг жонли тилидаги сўзларнинг маъно нозикликларини ўрганишда асосий манба бўлиб хизмат қилади.
-
Ўзбек тилидан дарс типлари
О. Розиков,Мазкур методик қўлланма таниқли педагог ва олим, педагогика фанлари доктори, профессор Офоқ Розиқов томонидан тайёрланган бўлиб, умумий ўрта таълим мактабларида ўзбек тили (она тили) фанини ўқитишнинг энг муҳим назарий ва амалий масалаларига бағишланган. Китобда дарс жараёнини илмий асосда ташкил этиш, унинг самарадорлигини ошириш ва таълим сифатини назорат қилиш тизими тизимли равишда ёритилган.
-
Tanlangan asarlar. I jild.
Do'simov Z.,Har bir xalqning o'zligi, milliy tafakkuri va madaniy xotirasi bevosita uning tilida o'z aksini topadi. XX asrning oxirgi choragi hamda Mustaqillik yillarida Xorazm vohasida oʻzbek tilshunosligi maktabining shakllanishi va taraqqiy etishi, sohaning ilmiy-nazariy jihatdan yuksalishi, ko'plab yetuk ilmiy-pedagogik kadrlarning tayyorlanishi bevosita atoqli olim, filologiya fanlari doktori, professor, Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi Zaribbay Do'simov nomi bilan chambarchas bog'liqdir.
-
Tanlangan asarlar. II jild.
Do'simov Z.,Mazkur risola respublikamizda kam o'rganilgan soha nomshunoslikning toponimika yo'nalishiga bag'ishlangan. Unda toponimika ilmining nazariy asoslari, vazifasi, maqsadi, nomlarning paydo bo'lishidagi mintaqaviy va umumiy qonuniyatlar to'g'risida ma'lumotlar beriladi. Shuningdek, asarda toponimikani o'quv jarayonida qo'llanish bo'yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan. Unda koʻplab nomlar haqida qiziqarli tahlillar va yangi topilmalar mavjud bo'lib, keng kitobxonlar diqqatini jalb qilishi shubhasizdir.
-
Ўзбек тили
М.Акбаров, Э.Азларов, А.А.Клименко,Ушбу ўқув қўлланма педагогика институтлари (олий таълим муассасалари)нинг рус тилида ўқитиладиган гуруҳлари талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ўзбек тилини иккинчи тил сифатида тизимли ва чуқур ўргатишга хизмат қилади. Китобдан талабаларнинг ўзбекча нутқ маданиятини ривожлантириш, фонетика, лексика ва грамматика асосларини пухта ўзлаштириш ҳамда педагогик фаолиятда зарур бўладиган касбий мулоқот кўникмаларини шакллантиришга қаратилган назарий маълумотлар ва амалий машқлар ўрин олган.
-
Хоразм фольклори X том
С. Рўзимбаев,Мазкур кўп жилдлик илмий мажмуа ўзбек халқ оғзаки ижодининг энг қадимий ва ўзига хос йўналишларидан бири бўлган Хоразм фольклори дурдоналарини ўзида жамлаган. Тўпламдан воҳа ҳудудидан асрлар давомида куйланиб ва айтилиб келинаётган бетакрор бахшичилик мактаби намуналари, қаҳрамонлик ва ишқий-романтик мазмундаги халқ достонлари («Гўрўғли» туркуми, «Ошиқ Ғариб ва Шоҳсанам» ва б.), халфачилик қўшиқлари, урф-одат ва маросим фольклори ҳамда болалар оғзаки ижоди намуналари ўрин олган.
-
Practical English Grammar
R.X. Abidova,Ushbu “Practical English Grammar” nomli o‘quv qo‘llanma ingliz tili amaliy grammatikasini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarning sinfda olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirish uchun mustaqil tarzda o‘qibo‘rganish imkonini beradi.Qo‘llanma maktab o‘qituvchilari, mustaqil til o‘rganuvchilar, shuningdek, akademik litsey va oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda magistrantlar uchun qo‘shimcha o‘quv manba sifatida xizmat qilishi mumkin
-
Oʻzbek adabiyotida Abu Rayhon Beruniy obrazi talqinlarining qiyosiy tahlili
A.Allambergenov,Jahon adabiyotshunosligi nazariyasi va estetikasida tarixiy haqiqatni tiklash, shaxs falsafasi, zamon psixologiyasi va badiiy ifoda yo'nalishini ochib berish bo'yicha boy tajriba to'plangan. Shunday bo'lsa ham buyuk tarixiy siymolar hayoti va faoliyatini, xususan, ularning badiiy adabiyotdagi qiyofasini adabiyotshunoslik qonuniyatlari asosida baholash jahon va milliy adabiyotshunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
-
Диалектик материализм очерклари
Коллектив,Диалектик материализм — бу борлиқни моддий деб билувчи, табиат, жамият ва тафаккур ривожланишининг умумий қонуниятларини ўрганувчи фалсафий таълимотдир. У оламнинг моҳияти моддий эканлигини ва у доимий ҳаракатда, ўзаро алоқадорликда ҳамда ривожланишда эканлигини исботлайди.
-
Ўзбек техник терминологиясининг айрим масалалари
Ренат Дониёров,Мазкур монография ўзбек тили лексикасининг енг бой харакатчан ва ўта ўзгарувчан қатламларидан бирибўлмиш техник терминологиясини тадбиқ етишга бағишланган.