-
An'anaviy qonun cholg'usi ijrochiligi
Abdurahmon Xoltojiyev,Mazkur darslik qonun cholg‘usi ijrochiligi bo‘yicha saboq olayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda qonun cholg‘usi haqida tarixiy ma’lumotlar, cholg'ning tarkibiy tuzilishi, ijrochilik uchun muhim hisoblangan uslubiy tavsiyalar va amaliy dasturlar munosib o‘rin olgan.
-
Дутор дарслиги
М.А.Асилов, Ф.Н.Васильев,Дутор Ўрта Ўсиё халкларининг энг кўп тарқалган чолғу асбобларидан биридир. Дутор чалиб яхши хордиқ чиқариш, турли халқларнинг ашулалари билан рус ва чет эл классикларининг музика асарлари билан танишиш мумкин.
-
Шарқ мусиқий манбашунослиги (Х-ХIасрлар)
Зокиржон Орипов,Ушбу ўқув қўлланма Яқин ва Ўрта Шарқда мусиқа илмининг ривожидаги энг аҳамиятли даврлардан бири – X-XI асрлар араб тилидаги мусиқа адабиёти манбалари асосида юзага келди. Қўлланмада Абу Наср Форобий, Абу Али ибн Сино, Абу Мансур ибн Зайла, Абу Абдуллоҳ Хоразмий ва уларнинг мусиқага оид илмий ишлари ўрганилиши билан бирга, мусиқа илмига доир асосий манбалардан баъзи намуналар ва уларнинг таржималари берилган ҳамда арабча - русча - ўзбекча мусиқашунослик атамаларининг қисқача луғати илова қилинган.
-
Sharq xalqlari musiqa tarixi
Iroda Ganiyeva,Ushbu darslik O‘zbekiston davlat konservatoriyasi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Talabalar Sharq xalqlari musiqa tarixi sirlarini egallaydilar. Darslik Sharq xalqlari musiqa tarixi va madaniyati masalalari bilan qiziquvchilar keng doirasi uchun ham foydalidir.
-
Kompozitsiya
R.A.Xudayberganov,Mazkur o‘quv qo'llanma O‘rta maxsus o‘quv yurtlari Tasviriy san’at yo‘nalishidagi o'quvchilari uchun tuzilgan bo‘lib, tasviriy san’atning yetakchi bo‘g‘ini hisoblangan kompozitsiya bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni kengroq berishni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ushbu qo'llanma kompozitsiya fanidan tuzilgan dastur asosida yoritilgan. Qo'llanmada kompozitsiya ustida ishlash uslubiyati, kompozitsiya elementlari, mahobatli rangtasvir kompozitsiyasi to ‘g‘risida fikr yuritiladi. Kompozitsiya asoslari, rang, tus, devoriy rasm turlarining kompozitsiyasini ishlash qoidalari muhim bo‘g‘inlardan biridir. Mahobatli rangtasvir kompozitsiya eskizi, perspektiva va maket ashyoda ishlash kabi kompleks vazifalar bajarish bo‘lajak rassomlardan katta bilim va tajribani talab etadi.
-
Vokal texnikasi asoslari
Sherzod Pirmatov,Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbåkiston Davlat san’at instituti «Musiqiy fanlar va vokal» kafådrasida ko‘p yillar davomida qo‘shiqchilikka turli darajada layoqati bo‘lgan talabalar bilan ishlash natijasida vujudga kåldi. Odatda, oliy ta’lim muassasida tahsil olish uchun 17-18 yoshli yigit va qizlar kåladilar. Ulardan ko‘pchiligi musiqali drama tåatri aktyorligi va estrada qo‘shiqchisi kasbini egallashga o‘zida biroz layoqat tufayli o‘qishga kirsa, ayrimlari shunchaki ho-yu havas bilan kållib qoladi. Albatta, kåyingi toifadagi havaskorlar o‘zining yoshligi va shu sohada yåtarli ma’lumotga ega bo‘lmaganligi san’at ta’limining naqadar murakkabligini tasavvur ham qila olmaydi. Talabalar dastlab institutga qabul qilingan paytlarda, mazkur mutaxassislik uchun «ovozni yo‘lga qo‘yishi» muhim va zarur ekanligi haqida o‘ylab ko‘rmaganliklari tabiiy. Yaxshi qo‘shiq aytish uchun so‘zlarni, avvalo matnni aniq talaffuz qilib, matn mazmunini tinglovchiga yåtkazib bårish ham zarur bo‘ladi. Talabalarda yaxshi ovozga ega bo‘lishi bilan birga, «vokal» eshitish qobiliyati ham bo‘lishi, ovoz bilan «vokal usullari» yoki mashqlarni ko‘rsata olishi, buning uchun esa, o‘z ovozini to‘g‘ri boshqara olishi lozim. Talabalar bilan ishlash jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, musiqaga ma’lum iqtidori va tayyorgarligi bo‘lgan talabalarda ham odam anatomiyasi hamda nafas olish, gapirish, qo‘shiq aytish paytida inson tanasida ro‘y båradigan fiziologik jarayonlar haqida hatto tasavvurga ega emas. Ularda tovush madaniyati, ovoz gigiyånasi haqidagi eng oddiy tushunchalarning mavjud emasligi kishini o‘ylantirib qo‘yadi. Ba’zan bunday muammolar
-
An'anaviy xonandalikda o'qitish uslubiyati
Sh.Matyakubov,Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy musiqiy o‘quv yurtlari bakalavr bosqichining an’anaviy xonandalik mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada xonandalik uslubiyatining tarixi, qo‘llanilishi, ovoz turlari, ularda tovush hosil qilish, ijrochilik nafasi, ijro imkoniyatlari xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, an’anaviy xonandalar ansambllari, hamnafas– jo‘rovozlar ijro qiladigan mumtoz va bastakorlar yaratgan asarlar, O‘zbekiston an’anaviy xonanda o‘qituvchi va professorlari tomonidan yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanmalar va pedagogik repertuarlarga izohlar ham berilgan. Qo‘llanma muallifning ko‘p yillik izlanishlari samarasi sifatida yuzaga kelgan bo‘lib, umumuslubiyat masalalariga qaratilgandir. Kitob davlat ta’lim standartlariga binoan san’at yo‘nalishidagi o‘quv reja va dasturlar asosida tayyorlangan.
-
Мусиқа ўқитиш назарияси, методикаси ва мактаб репертуари (Мактаб репертуари: мусиқий таълимда инновацион ёндашув электрон таълим дастури асосида)
Қирғизов И., Султанов А.,Мазкур электрон ўқув дарслик умумтаълим мактабларда мусиқа ўқитиш методикасининг назарий асослари ва услуби амалиёти масалаларини ёритишга қаратилган. Ўқув қўлланма олий мусиқа таълими Давлат стандарти ва “Мусиқий таълим” йўналиши бакалавриат босқичи ўқув дастурига мос ҳолда тайёрланган.
-
Jahon musiqasi tarixi
Kasimxodjayeva S,Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston davlat konservatoriyasining San‘atshunoslik (musiqashunoslik) hamda barcha boshqa ixtisosliklar bo'yicha ta‘lim olayotgan talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanma davlat ta‘lim standartlari, namunaviy o'quv dasturi asosida yaratilgan
-
Musiqa va uni o'qitish metodikasi
G.Sharipova,Mazkur o'quv qo'llanmasi bo'lajak o'qituvchilarni aqliy, axloqiy, madaniy va ma'naviy jihatdan tarbiyalaydi, ilmiy-nazariy va amaliy bilimlar majmuasi bilan tanishtiradi hamda metodik ko'nikma va malakalar beradi. Mazkur o'quv qo'llanma musiqa ta'limi yo'nalishi bo'yicha bo'lajak o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
O'zbek musiqasi (Xalq musiqa ijodiyoti)
Sh.Ayxodjayeva,Mazkur darslik asrlar davomida oʻzbek xalqi bilan yonma-yon yashab kelayotgan hamda tarixi, e'tiqodi, madaniyat va ma'naviyat sohalari, shu jumladan badiiy ijodiyot shakllari ko'p jihatdan o'zaro mushtarak bo'lgan tojik, turkman, qozoq, qirg'iz, uyg'ur, qoraqalpoq xalqlarining musiqa merosi haqida talabalarga bilim berishga qaratilgan. Unda asosiy rivojlanish bosqichlariga tafsilot berilgan holda, musiqa hayotiga taalluqli manba va ma'lumotlar, shuningdek musiqiy cholg'ular va musiqa janrlari, ilmiy-nazariy meros masalalari, shuningdek musiqa san'ati ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan atoqli namoyandalarning ijodiy faoliyati ko'rib chiqiladi.
-
Рубоб прима чолғу ижрочилиги
Гочбакаров А.,Мазкур ўқув қўлланма олий ўқув юртлари ўқитувчи ва талабалари учун мўлжалланган бўлиб, рубоб прима чолғу ижрочилик масалаларига бағишланган. Унда рубоб прима чолғуси, товуш чиқариш ва уни бошқариш, ижрочилик маҳоратини такомиллаштириш, шунингдек созандалар хақида сўз юритилади. Қўлланмага олий таълим муассалари талаблари, ижро имкониятларига мос келадиган асарлар танлаб олинган.
-
Cholg'u ijrochiligi (rubob)
Abduazimov R.,Mazkur o‘quv qo‘llanmada 5150700 – Cholg‘u ijrochiligi (An’anaviy cholg‘ular)ga mos rubob uchun asarlar saralab olingan bo‘lib, Oliy ta’lim muassasalari uchun qolaversa, an’anaviy cholg‘u (rubob) ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan barcha mutaxassislarga mo'ljallangan.
-
Rubob ijrochiligi
O.Nazarov, A.Abduqayum,Xalq cholg'ularida ixtisoslik fani bo'yicha oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu qo'llanmada o'qitishning yuqori bosqichi talablariga javob beradigan ma'lumotlar jamlangan. Qo'llanmada o'zbek va uyg'ur rubob ijrochiligi borasida atroflicha so'z yuritilib, unda ruboblar turlari hagidagi to'liq ma'lumotlar, shuningdek har ikki xalq musiqasidan namunalar kiritilgan, hamda tahlil va talgin masalalan yunligar Qo'llanmadan shuningdek, akademik litsey va san'at kollejlarida iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashda ham foydalanish mumkin.
-
Rubob prima cholg'u ijrochiligi
Gochbakarov A.,Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, rubob prima cholg‘u ijrochilik masalalariga bag‘ishlangan. Unda rubob prima cholg‘usi, tovush hosil qilish va uni boshqarish, ijrochilik mahoratini takomillashtirish, shuningdåk sozandalar xaqida so‘z yuritiladi. Qo‘llanmaga oliy ta’lim muassalari talablari, ijro imkoniyatlariga mos kåladigan asarlar tanlab olingan.
-
Musiqiy mavzular va musiqiy ijro
Julian Xellabi,Musiqashunoslikdagi mavzularning asosiy maqsadi musiqiy asar ichida ma'no yuklovchi birliklarni aniqlash bo'lib, ular o'z davridagi tinglovchilar tomonidan tushunilgan, shuningdek, boshqa kontekstda keyingi avlod tinglovchilari tomonidan ham tushunilishi mumkin, biroq tarixdan xabardor bo'lgan holda tinglashni talab qiladi. Leonard Ratner 1980-yilda mavzular g'oyasini ilgari surganidan beri, uning nisbatan sodda fikrlari bir qator yetuk mualliflar tomonidan rivojlantirilib kengaytirildi.
-
An'anaviy cholg'u ijrochiligi (Rubob)
R.Qosimov,An'anaviy cholg'u ijrochiligi (rubob): O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika metodika va axborot markazi, O'zbekiston davlat konservatoriyasi: Musiqa va san'at kollejlari hamda oliy ta'lim muassasalari o'quvchi-talabalari uchum o'quv qo'llanma.
-
Зеб ичра зийнат
Пўлат Зоҳидов,Зеб ичида зийнати булган ноёб меъморий ёдгорликларни хар канча эъзозлаб ҳаржиҳатдан ўргансак арзийди.Қўлингиздаги китоб ана шу бебаҳо меъморий мерос тарихида доир қизиқарли турфа муаммоларни таҳлил ва талқин этишга бағишланган.
-
Анъанавий ижрочилик
Рифатилла ҚОСИМОВ,Ҳозирги кунда анъанавий мусиқа ижрочилиги соҳаси нақадар серқирра, сержило ва борган сари сайқал топаётганига гувоҳ бўламиз. Ана шундай анъанани давом эггириш учун қозирги авлод вакиллари бўлмиш ёшларимиз, ижрочи бўлишлари билан баробар, келгусида мутахассис ўқитувчи, яъни билимдон устоз сифатида камолга етишлари лозим.
-
Musiqa psixologiyasi
R.G'Qodirov,Musiqa psixologiyasi – psixologiyaning shunday sohasiki, u musiqaviy eshitish qobiliyati, eshitish sezgisining chegaralari, musiqaning lad, ritmikasini his qilish, sozni taktil (paypaslab) sezish, musiqaning anglanishi, yodda saqlanishi, ijro etilishi va undan bahramand bo‘lish kabi masalani qamrab oladi. Musiqiy iste’dod va zakovat o‘zining cheksiz imkoniyatlari, mo‘’jizaviy tabiati bilan bizni hayratga soladi va maftun etadi.