-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Dasturiy ta'minot loyihalarini boshqarish
Xidirova Ch.M., Doshanova M.YU., Mirzayeva N.S.,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Dasturlashdan misol va masalalar to'plami
Xaldjigitov A. A., Zaynalov N. R., Qarshiyev A. B., Yakubdjanova D. K.,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
C++ tili asoslari
Boltayev B.J., Azamatov A.R., Raximov A.D., Azamatov B.A., Asrayeva D.T., Qambaraliyev Sh.Z.,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Иқтисодий ахборотларни ЕҲМда ишлашни автоматлаштириш
Р.Абдуллаев, М.Аббасов, В.Абдукаримов, Н.Иброҳимов, К.Ўразов,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
English for computers
G.Yu. Xujaniyazova, F.R. Adambayeva, F.N. Sapayeva,Ushbu o'quv qo'lianma "English for Computers " deb nomlanib. axborot texnologiyalari sohasi talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma talabalarning mustaqil axborot faoliyatiga tayyorligi va kompyuter savodxonligini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu sohadagi savodxonlikning ajralmas qismi tushuncha va atamalarni yaxshi o'zlashtirishdir.
-
IMS asosida multiservisli tarmoqlar
A.A.Muradova,Ushbu darslikda NGN tarmoqlarining tuzilishi; SIP protokolining tuzilishi; ISM asosida multiservisli tarmoqlarning tuzilish prinsiplari, xizmatlar, protokollar; ISM arxitekturasi - satxlarining tarkibi va vazifasi; transport, boshqaruv tekisligi, elementlarning vazifasi; ilovalar satxi batafsil ko'rib chiqilgan.
-
Kompyuterni tashkil etilishi
Z.A. Hakimov, S.I. Hamrayeva,Ushbu oʻquv qoʻllanma 5330500-“Kompyuter inginiringi (Kompyuter inginiringi, AT-servis)”, 5330600-“Dasturiy inginiring”, 5350100- “Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar)”, 5350400-“Axborot kommunikatsiyalari sohasida kasb ta’limi” yoʻnalishlari talabalari uchun asosiy va boshqa mustaqil o’rganuvchilar uchun qoʻshimcha qoʻllanma sifatida foydalanishlari mumkin
-
Sun`iy intellekt
Q.A.Bekmuratov,O`quv qo`llanma fanning mazmuni, tasnifi maqsadi, vazifalari, sun`iy intellektning asosiy tushunchalari va rivojlanish bosqichlari, sinflari va arxitekturasi, Tyuring testlari, intellektual agentlar, mulohazalar mantiqi hamda predikatlar mantiqi asosida mantiqiy modellashtirish va xulosalash, noaniqlikni modellashtirish va noravshan mantiqiy xulosalash, Bayesli yondashuv, neyronli to'rlar, rivojlanish istiqbollari va yo'nalishlari qaralgan.
-
Aloqa texnologiyalari: nazariya va amaliyot
Akira hanako,Aloqa texnologiyalariga bag'ishlangan mazkur kitob dasturiy ta'minot va apparat vositalarini aloqa va ma'lumot almashish amaliyotiga tatbiq etish bilan bog'liq mavzularini tahlil qiladi.
-
Dasturiy injiniring mahsulotlari
Yan Sommervil,Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti profefessor-o'quvchilari, doktorantlar, magistrantlar talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatidagi foydalanishi uchun mo'ljallangan.
-
Axborot nazariyasi va kodlash
Ganiyev Salim Karimovich, Gulomov Sherzod Rajaboyevich,"Axborot nazariyasi va kodlash" fani boyicha darslik tayanch oliy oquv yurti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU ning "Axborot xavfsizligi" kafedrasi professor-oqituvchilari tomonidan tayyorlangan bolib, unda informatsiya, informatsion jarayonlar, sistemalar, texnologiyalar; informatsiyaning miqdoriy baholash, entropiya; shartli entropiya va birlashma entropiya; nisbiy entropiya va xabarlarining ortiqchaligi; xalalli va xalalsiz aloqa kanalarri boyincha informatsiyani uzatish tezligi va aloqa kanalining otkazish qobiliyati; Xemming va Siklik kodlash, ularni kodlash usullari va vositalari; uzluksiz va zanjir rekurrent kodlash xususida malumotlar berilgan.
-
Kriptoanaliz
Axmedova O.P., Xudoykulov Z.T., Allenov O.M., Boyquziyev I.M.,Mazkur o'quv qo'llanma 70610301- Kriptografiya va kriptoanaliz mutaxasisligi talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada kriptoanaliz asoslari, kriptoanalizning universal usullari, klassik shifirlash algoritmlarining kriptoanalizi, simmetrik blokli algoritmlarining kriptoanalizi, xesh funksiyalarining kriptoanalizi, ochiq kalitli kriptotizimlarning kriptoanalizi masalalarining nazariy va amaliy asoslari muhokama etilgan.
-
Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
Ergashev A.Q, Akdaraliyev B.B, Yusupova Z.Dj,O'quv qo'llanma dasturiy ta'minot ishlab chiqishni zamonaviy metodologiyasining asosi bo'lgan ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlarga bag'ishlangan. Mazkur o'quv qo'llanmada abstrakt ma'lumotlarni standart turlari va ular ustidagi amallar abstrakt ma'lumotlar tuzilmasi va ulardagi amallar, qidiruv va saralash algoritmlari, xesh funksiya va xeshlash algoritmlari, va rekursiv algoritmlar, sinf va funksiyalarning shablonlari, dasturlash tilindagi sinflar, standart ma'lumotlar tuzilmasi kutubxonasi bo'yicha ma'lumotlar, ro'yxat ko'rinishidagi ma'lumotlar tuzilmasi, ommaviy xizmat ko'rsatish va uning amalga oshirish yo'llari, daraxtsimon va ko'ptarmoqli mal'umotlar tuzilmasi, dasturiy ta'minotni testlash va tekshirish bo'yicha ma'lumotlar keltirib o'tilgan.
-
Dasturiy ta'minot loyihalarini boshqarish
Xidirova Ch.M., Doshanova M.YU., Mirzayeva N.S.,O'quv qo'llanmada dasturiy ta'minot loyihalarini boshqarish masalalari batafsil ko'rib chiqilgan, shunungdek, dasturiy ta'minotni loyihalash jarayonini tashkil qilish, dasturiy loyiha resurslarini boshqarish, dasturiy loyihani baholash usullari yoritilgan. O'quv qo'llanmada dasturiy ta'minot loyihasining tartibini ishlab chiqish keltirilgan, shuningdek dasturiy ta'minot loyihalarini boshqarish tizimlari, axborot texnologiyalari loyihalari turlari, dasturiy ta'minot loyihalarininig hayotiy davri, dasturiy ta'minot loyihalarininig sifatini boshqarish, dasturiy ta'minot loyihalarininig smetalari va byudjetlari, dasturiy ta'minot loyihasini kalendar rejalashtirish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
Mobil ilovalarini ishlab chiqish
Doshanova M.Yu.,Oquv qollanma Android va IOS operatsion tizimlarida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun mobil ilovalarni ishlab chiqishga bagdarlangan. Oquv qollanma oliy talim muassasalarining 60610600-Dasturiy injiniring, 60611300-Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb talimi va 60610500-Kompyuter injiniringi talim yonalishlari talabalari hamda mobil qurilmalar uchun dasturlash bilan shugullanuvchilar uchun moljallangan.
-
BIG DATA
I.T.Usmonov,Darslik katta hajimdagi ma'lumotlar omborini loyihalash va qurishning barcha bosqichlari, ma'lumotlarni analitik tahlil qilish, katta hajimdagi ma'lumotlarning amaliy muammolarini aniqlash, ma'lumotlarni qidirishda qarorlar qabul qilish usullari tadbiq qilish, katta hajimdagi ma'lumotlardaklasterlash algoritmlarni va bilimlarni ifodalash, katta hajimdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, hamda yaratilgan katta hajimdagi ma'lumotlar bazalarini avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida tadbiq etish bo'yicha amaliy ko'ikma hosil qilishga qaratilgan.
-
Tarmoq xavfsizligi
Elmurodova E.B,Mazkur o'quv qo'llanma TATU Qarshi filiali "Axborot xavfsizligi" kafedrasi mudri B.E.Elmurodova tomonidan tayyorlangan bo'lib unda Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati, tarmoq xavfsizligiga zamonaviy tahdirlar, tarmoq xavsizligiga oid standartlar, tarmoq qurilmalari himoyasi, autentifikatsiya, avtorizatsiya va ma'murlash, tarmoqlararo ekran texnologiyalari, hujumlarni aniqlash va bartaraf etish, himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari asoslari, tarmoqni kanal va seans sathda himoyalash usullari, "Bulutli" hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligi masalalari ko'rilgan.
-
Mukammal dasturlash 1- kitob HTML va CSS
Javlon Abdullo,Ushbu kitob zamonaviy dasturlashni o'rganmoqchi bo‘lganlar, dasturlash bilan shug‘ullanadiganlar, hatto dasturiy ta’minot yaratish bo‘yicha yetuk mutaxassislar uchun ham moljallangan bo‘lib, ilm olish va mustahkamlash uchun eng kerakli bilimlami o‘zida jamlagan hamda sodda, tushunarli tilda bayon etilgan, ortiqcha ma’lumotlar o‘miga o‘n yildan ziyod amaliy ishlash jarayonida orttirilgan hayotiy tajribalardan kelib chiqqan holda foydali ko‘rsatmalar samarali tarzda va to‘g‘ri keltirilgan mukammal qollanmalaming ilk qismidir. Shuning o‘zi ham unda yoritilgan bilimni o'zlashtirgan kishining yetuk veb dizayner sifatida keng faoliyat yuritishiga yetarli zamin yaratadi.
-
Python дастурлаш тили
Мусаев Х.Ш., Каюмов А.М.,Python дастурлаш тили юқори даражали интерактив ва объектга йуналтирилган дастурлаш тилларидан бири ҳисобланади. Ушбу қўлланма Python дастурлаш тилини бошловчилари учун кенг қўлланиладиган содда маълумотлардан ташкил топган.
-
Dasturlashdan misol va masalalar to'plami
Xaldjigitov A. A., Zaynalov N. R., Qarshiyev A. B., Yakubdjanova D. K.,Mazkur o‘quv qo‘llanma “Dasturlash I” o‘quv fani dasturi asosida yozilgan, unda dasturlashga doir har xil murakkablikdagi masalalar yoritib berilgan. Asosiy maqsad qilib har qanday masalani yechimini uning algoritmini yaratishga va uni batafsil tahlil qilishga qaratilgan. Keltirilgan masalalaming PascalABC va C++ dasturlash tillaridagi yechimi ham keltirilgan. Shu bois talabalar ushbu tilni oddiy imkoniyatlarini bilgan holda kelgusida murakkab dasturlar yaratishlari mumkin bo‘ladi. 5330300-Axborot xavfsizligi, 5330500-Kompyuter injiniringi, 5330600 -Dasturiy injiniring, 5350100-Telekommunikasiya texnologiyalari, 5350200-Televizion texnologiyalar, 5350300-Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment, 5350400-“Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan.
-
Kiberxavfizlik sasoslari
S.K.G'aniyev, A.A.Ganiyev, Z.T.Xudoyqulov,O'quv qo'llanmada kiberxavfizlik va uning asoslari tushunchalari, axborotning kbertografik himoyasi, foydalanishni nazoratlash, tarmoq xavfsizligi, foydalanuvchilikni taminlash usullari, dasturiy vositalar xavfsizligi, axborot xavfsizligi siyosati va rizklarini boshqarish kiberjinoyatchilik, kiberhuquq, kiberetika hamda inson faoliyati xavfsizligining nazariy va amaliy asoslari muhokama etilgan.
-
C++ tili asoslari
Boltayev B.J., Azamatov A.R., Raximov A.D., Azamatov B.A., Asrayeva D.T., Qambaraliyev Sh.Z.,Ushbu qo'llanmada C++ dasturlash tili va elementlari, dastur tarkibi va tavsifi, unda dasturlash imkoniyatlari va usullari, tuzilmalar mohiyati erkin tarqatiladigan Codeblocks IDE asosida ochib berishga qaratilgan. Shu bilan birga, umumiy va nazariy ma ’lumotlar, dastur namunalaridan tashqari takrorlash va mustaqil ishlash uchun ко ‘p sonli vazifalar keltirilgan. Keltirilgan vazifalarni hal etishda turli yondashuvlar va usullarning mohiyati ochib berishga harakat qilingan. Ma ’lumotlar va vazifalar “oddiydan murakkabga ” mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan. Vazifalar qiyinlik darajasi bo ‘yicha А, В, С va D turkumlarga ajratilgan.
-
Иқтисодий ахборотларни ЕҲМда ишлашни автоматлаштириш
Р.Абдуллаев, М.Аббасов, В.Абдукаримов, Н.Иброҳимов, К.Ўразов,Социалистик экономикани жадаллаштириш изига ўтказиш ишлаб чиқаришни интенсивлаштириш, бошқариш формаларини такомиллаштиришга асосланади. КПСС ХХVII съездида ишлаб чиқаришни фан-техника тараққиёти, экономикани таркибий қайта қуриш, бошқарувнинг самарали формалари, меҳнатни ташкил этиш ва рағбатлантириш асосида ҳар томонлама интенсивлаштириш зарурлиги қайд этилган.
-
Телекоммуникация узатиш тизимлари
Исаев Р.И., Атеметов Р.К., Раджапова Р.К.,Телекоммуникация сигналлари назарияси, уларнинг сифат кўрсаткичлари, телекоммуникация узатиш элементлари, уларни ишлаш принциплари, узатиш тизимларини тузилиш назарияси ва ишлаш принциплари, аналог ва рақамли телекоммуникация каналлари, трактлари ва улар орқали телекоммуникация тармоқларини тузиш асослари, плезиахрон ва синхрон рақамли узатиш тизимларининг тузилиш ва ишлаш принциплари, телекоммуникация узатиш линияларини лойиҳалаш ва уларнинг ишончлилиги, хавфсизлиги, телекоммуникация тизимлари ва тармоқларини синхронизациялаш ва замонавий телекоммуникация узатиш тизимлари ҳамда тармоқларига оид масалалар ушбу дарслик китобига киритилган.