-
-
Bolalar adabiyoti,
-
-
-
-
-
-
Quyosh bilan gaplashdim
Qambar ota,Qadrli bolalar! Shoir Qambar otaning ijodi bilan ko'pchiligingiz yaxshi tanishsiz. Ushbu kitobda uning keyingi yozgan ma`naviy, tarbiyaviy, axloqiy she'rlaridan namunalar jamlandi. Bu she'rlar qalbingizga quvonch va huzur baxsh etadi, degan umiddamiz.
-
-
Gulgina I jild
Zamira Ibrohimova,Bola tarbiyasidek o'ta mas'uliyatli vazifani amalga oshirishingizda,shubhasiz, badiiy adabiyotning alohida o'rni bor. Qo'lingizdagi majmua sizning ushbu xayrli ishni bajarishingizda beminnat xizmat qiladi, deb umid qilamiz. Chunki unda farzandlaringizni ilk yoshidan boshlab go'zallikka oshno etuvchi, ezgulik, yaxshilikning nurli yo'llari bo'ylab yetaklovchi boy og'zaki ijodimiz va yozma adabiyotimizning eng yaxshi namunalari joy olgan.
-
O'zbek bolalar adabiyoti
B.S. Jamilova,O'quv qo'llanmada bolalar adabiyoti tushunchasi haqida ma'lumot, uning tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, bolalar folklori va umumadabiyot bilan mushtarak hamda farqli xususiyatlari, bolalar kitobxonligining ko'rinishlarilari yoritilgan.
-
Ҳали ҳаёт бор
Аҳмад Аъзам,Қисқа, новелла ва ҳикоялар тўпламидан иборат мазкур китоб муаллифнинг китобхонларга навбатдаги туҳфаси. Тўпламда замон руҳини теран ҳис қилган фаол инсонлар, уларнинг замон талабига мос ҳолда ҳаёт чигалликларини ечиб яшаётганларни турфа рангларда тасвирланади. Ўзбек миллий руҳиятининг турфа жиҳатлари таҳлили китобхонларда катта қизиқиш уйғотади, деган умиддамиз.
-
MIRKARIM OSIM
Mirkarim Osim,Ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashlari bir necha ming yillar oldin mag'rib va mashriqda afsonalarga aylangan, ular haqda ko'plab asarlar yozilgan. Ushbu kitobda Mirkarim Osimning mazkur mavzuga oid eng sara asarlari jamlandi. Aziz kitobxon, Vatanni sevgan, forslardan uni himoya qilgan, tinchligiga posbon bo'lgan massagetlar podshosi To'maris, cho'pon Shiroq, dunyo ilm-faniga beqiyos hissa qo'shgan ulug' alloma Abu Rayhon Beruniy boshidan kechirgan g'aroyib voqealar haqida, mo'gullarga qarshi kurashgan o'trorliklar hamda yengilmas bahodir Temur Malik jasoratidan hikoya qiluvchi qissalar mutolaasiga sho-shiling.
-
Bolalar adabiyoti
: O.Safarov, R.Barakayev, B.Jamilova,Mamlakatimizda so`nggi yillarda talim-tarbiya tizimi va ilm-fan sohasidagi integratsiya,uzviylik va uzluksizligini taminlash maqsadida qaror va farmoyiahlar chiqarilmoqda.