-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Badiiy,
-
Chinor
Asqad Muxtor,Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo‘shilishib muallif olis safarga chiqadi. Mana shu o‘ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz.
-
Бегонa
Альбер Камю,Альбер Камю - XX аср француз адабиётининг йирик намояндаларидан бири, адабиёт бўйича Нобель мукофотининг соҳиби, моҳир адиб, драматург, файласуф, “Тубанлашув”, “Вабо”, “Сизиф ҳақида асотир”, “Калигула”, “Асотир ва қиёфа”, “Исёнкор одам”, “Бегона” каби асарлар муаллифи. А.Камю ўз асарларида Иккинчи жаҳон уруши даҳшати оқибатида пайдо бўлган инсоний тақдирнинг абсурд ҳиссиётларини куйлаган. Альбер Камюнинг “Вабо” ва “Бегона” асарлари Аҳмад Аъзам томонидан моҳирона таржима қилинган. “Ҳикматлар", “Ён дафтарчалар” асарлари эса И.Бек томонидан ўзбек тилига ўгирилган. Асар кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Vatan uchun jon fido qilgan qahramonlar
Mavlon SHukurzoda,Ushbu mo'jazgina kitobda Buxoroyi sharifda tug'ilib, hayotining asosiy qismini O'zbekistonda o'tkazgan, keyinchalik Ozarbayjonda yashab, mamlakat mustaqilligi, uning hududiy yaxlitligi va ona zamin yerlarini bosqinchilardan himoya qilishda janglarda ko'rsatgan shaxsiy jasorati, mardligi va botirligi uchun «Ozarbayjon Milliy Qahramoni» unvoni va «Oltin yulduz» medali sohibi katta leytenant Aznaurov Iskandar Sahrab o'g'lining qisqa va shu bilan birga sharafli hayot yo'li haqida gap boradi. Mazkur mo'jazgina kitobda Iskandarning urush maydonida misli ko'rilmagan qahramonligi, ona Vatanga, oilasiga, do'st-u birodarlariga bo'lgan cheksiz hurmati hamda muhabbati aniq dalil va misollarda ko'rsatilgan. Kitob ikki fasl va yetti qismdan iborat. Birinchi faslda Iskandarning O'zbekistonda o'tgan jo'shqin hayoti haqida so'z boradi. Ikkinchi faslda Iskandarning Krasnodar (Rossiya) va Ozarbayjonda kechgan hayoti bayon etilgan.
-
Kattalashtirilgan surat
Butssati Dino,„Ikki haydovchi“ hikoyasida esa onasini qabristonga kuzatayotgan yolg‘iz o‘g‘ilning iztiroblari bayon etilgan. Yozuvchi dunyodagi eng aziz va mehribon inson - onalaming hayotimizda tutgan o‘rnini mahorat bilan tasvirlab beradi.
-
Ikki eshik orasi
O'tkir Hoshimov,E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O'tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o'quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o'z ichiga olgan, bir qancha chi-gal va murakkab taqdirlar misolida, o'z xalqining urush davrida bosh-dan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat'i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog'lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo'lgan boshqa sababni o'zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg'ulari bilan bezamoqchi bo'lgani holda urush hukmiga tobe bo'lib qolgan insonlar qisma-tini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so'ng bugungi o'tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona ay-tasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin
-
Sarkash daryo
V.Y.Shishkov,Taniqli rus yozuvchisi Vyacheslav Shishkovning «Sarkash daryo» romanidagi voqealar Oktabr inqilobiga qadar Sibirda sodir bo'ladi. Ro-manning bosh qahramoni Proxor Gromov bo'lib, butun voqea-hodisalar asosan uning atrofida ro‘y beradi. Avvaliga soddadil, samimiy yigit Pro-xor oiladagi muhit, ijtimoiy vaziyat ta'sirida odamgarchilikdan chiqib, oltinga hirs qo'yadi, xudbin, takabbur bo'lib ketadi.
-
Атиргулнинг тикони
Собиржон Ёқубов,Ушбу китоб бир неча йиллар бадалида топиб танланган, сараланган, зўp ҳавас ва ҳафсала билан ўзбекчага ўгирилиб, кўплaб нозиктаъб мухлисларнинг эътирофига сазовор бўлгaн чинакам дурдоналардан таркиб топтан. Мавзуси, ифодавий шакли, услуби ва борингки, жўғрофиясига кўра ранг-баранг, лекин хар бири ўзгача дурдона бўлмиш мазкур ҳикоялар бир муқова ичига жамланиб, ажиб адабий дунё воқеа касб этганки, уларни ўқиган китобхон нечоғлик ноёб маънавий мулкка эга бўлади.
-
Куйган кўнгил фарёди
Цвейг, Стефан,Улуғ австрия ёзувчиси Стефан Цвейгнинг асарлари аёл қалбининг нозик кечинмаларини ҳаққоний ва бор мураккаблигича тасвирлаб бериши билан ажралиб туради. Бу хусусият айниқса унинг «Мураббия», «Номаълум аёл мактуби», «Бир аёл ҳаётидан йигирма тўрт соат» каби новеллаларида яққол кўринади.
-
Номаълум аёл мактуби новеллалар ва афсоналар
Степан Цвейг,Улуғ австрия ёзувчиси Стефан Цвейгнинг асарлари аёл қал-бининг нозик кечинмаларини ҳаққоний ва бор мураккаблигича тасвирлаб бериши билан ажралиб туради. Бу хусусият, айниқ-са, унинг «Мураббия», «Номаълум аёл мактуби», «Бир аёл ҳаётидан йигирма тўрт соат» каби новеллаларида яққол кўринади.
-
Шайтанатнинг жин кўчалар
Тоҳир Малик,Ўзбекистан халқ ёзувчиси Тоҳир Малик жиноят оламини «Шай- танат» — шайтонлар етовидаги олам деб атаган. Сиз, азизлар бу асарни ўқигандирсиз. Ёзувчи бу мавзуни давом эттириб, «Шайта- нат»нинг турфа олами» рукнида яна бир неча асарлар ёзди.
-
-
Tushda kechgan umrlar
Hoshimov O'.,Ushbu nashrning o'ziga xos jihatlaridan biri, bu nashri hozirgi o'zbek tilining imlo qoidalariga to'liq moslangan shaklda berildi.
-
Yulduzli tunlar
Qodirov Pirimqul,Milodiy 1494-yilning yozi. Sar'aton issig'ida Farg‘ona vodiysining osmoniga chiqqan quyuq bulutlar kuni bo‘yi havoni dim qilib turdi-yu, kechki payt birdan jala quyib berdi.
-
-
Nur va Soyalar
Rabindranat Tagor,Qo‘lingizdagi ushbu majmuaga Hindistonning buyuk adibi Rabindranat Tagorning bir juft hikoyasi, rus shoiri Sergey Yeseninning turkum sherlari, shuningdek, atoqli ozbek ijodkorlari - To‘ra Sulaymon, Muhammad Yusufsherlaridan namunalar jamlandi. Inson, uni anglash, uning qalbini qogbzda aks ettirish mazkur so‘z sanatkorlarning bosh mavzusi, asosiy go'yasidir.
-
-
Танланган асарлар
Саид Аҳмад,Ўзбекистон Қаҳрамон, халқимизнинг севимли адиби Саид Аҳмаднинг "Танланган асарлар"и 2000 йилдан буён қайта-қайта нашр этиб келинмоқда. Вақт бешафқат дейишади. Машҳур адибимиз Саид Аҳмад ҳам уларнинг китобига сўз боши битган адабиётшунос олимимиз Озод Шарофиддинов ҳам бугун орамизда йўқ. Аммо уларнинг ёзган асарлари ҳали-ҳамон севиб ўқилади, уларда кўтарилган муаммолар бугунги кунда ҳам долзарблигича қолмоқда.
-
UFQ
Said Ahmad,«Ufq» trilogiyasi 0‘zbekiston xalq yozuvchisi, 0‘zbekiston Qaxramoni Said Ahmad ijodida alohida o‘rin tutadi. Trilogiyada XX asr o'rtalarida xalq boshiga tushgan urush musibatlari, hijron alamlari, odamlar ko‘ksidagi armonlar yozuvchi iste’dodiga xos ehtiros, zo‘r ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Nizomjon, Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan.
-
Ўзбек халқ ижоди. Юсуф ва Аҳмад
Мазкур достонда эзгулик, ботирлик, ватанпарварлик ғоялари тарғиб қилинади. Унда халқ ижоди намуналарига хос бўлган барча поэтик хусусиятларнинг жамулжамлигини кўриш мумкин.
-
Аср овози
Федирико Гарсиа Лорка, Нозим Хикмат, Агостиньо Нето, Пабло Неруда,Бу мажмуа шу кунгача ХХ аср Европа, Осиё, Африка ва Америка прогрессив шеъриятидан узбекчага таржима килинган озодлик, тинчлик, ижтимоий тенглик, инсонпарварлик каби улмас гояларни тараннум этувчи асарларнинг энг яхши намуналаридан иборатдир.