-
-
-
-
-
-
Turar joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari
X.M.Ubaydullayev, M M.Inog‘omova,Arxitektura, -
-
-
Турар-жой ва жамоат биноларини лойиҳалаш
М.Т. Абдужабборова,Ушбу дарслик икки қисмдан иборат бўлиб, дарсликнинг биринчи қисмида турар-жой бинолари лойиҳалашнинг умумий қоидалари, архитектура билан узвий боғланиш жараёни кўрсатиб берилган
-
Жамоат биноларини лойиҳалаш
Қодирова С.А,Ушбу дарслик икки қисмдан иборат бўлиб, дарсликнинг биринчи қисмида турар-жой бинолари лойиҳалашнинг умумий қоидалари, архитектура билан узвий боғланиш жараёни кўрсатиб берилган. Иккинчи қисмида жамоат биноларини лойиҳалашнинг умумий қоидалари, архитектура билан узвий боғланиш жараёни кўрсатиб берилган.
-
Shahar injenerlik inshootlari
Raximov B.X., Kasimova S.T., Shadjalilov Sh.,Darslik qurilish oliy o`quv yurtlari talabalari uchun yozilgan bo`lib, ularda injenerlik inshootlarining konstruksiyalari, transport inshootlari, shahardagi daryo bo`ylari, garajlar va avtomobil to`xtash joylari, minora, sport inshootlari, bozorlar va boshqa injenerlik obyektlari to`g`rida ma`lumot berilgan.
-
Биноларнинг энергия самарадорлигини ошириш
Махмудов С.,Ушбу дарслик “Биноларнинг энергия самарадорлигини ошириш” фани асосида яратилган бўлиб, унда биноларнинг лойиҳаланиши, қурилиши ва фойдаланишида энергия харажатларини камайтириш йўллари ҳамда замонавий усуллар ёрдамида Республика ҳудудида биноларнинг энергия самарадорлигини ошириш билан боғлиқ қурилиш меъёрлари ва қоидалари, илмий тадқиқотлар ва амалий масалаларни, 5А340201-“Бино ва иншоотлар қурилиши (энергия самарали бинолар)” мутахассислиги бўйича магистрлар, мустақил фаолиятида таҳлилий ёндошиш кўникмалари ҳосил қилишга зарур бўладиган ахборатлар билан таъминланган.
-
Temirbeton va tosh konstruksiyalari
Usmanov V. F.,Darslikda temirbeton va tosh konstruksiyalari uchun ishlatiladigan materiallarning fizikmexanik xarakteristikalari; temirbeton va tosh konstruksiyalarini chegaraviy holatlar bo'yicha hisoblashning nazariy asoslari; yassi temirbeton orayopmalar, poydevorlar, bir qavatli sanoat binolari, ko'p qavatli sanoat va grajdan binolari konstruksiyalarini loyihalashning umumiy jihatlari; temirbeton konstruksiyalari elementlarini loyihalashning amaliy masalalari yechimi; laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha ko'rsatm alar va kurs loyihasini bajarish tartibi keltirilgan. Darslik temirbeton va tosh konstruksiyalarini loyihalash bo'yicha amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tayyorlangan.
-
Turar joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari
X.M.Ubaydullayev, M M.Inog‘omova,Darslikda zamonaviy qurilish tajribasi tahlil qilingan, asosiy turar joy va jamoat binolari arxitekturasini shakllantirish qonuniyatlari aks ettirilgan.Asosiy e’tibor O‘zbekiston sharoitida shunday binolami qurish tajribasiga qaratilgan.Darslikning asosiy maqsadi — talabalaming bilimlarini kurs va diplom ishlarini ishlab chiqishda murakkab nazariy masalalami mustaqil hal etish uchun yetarli bo‘ladigan turar joy va jamoat binolarini loyihalash sohasidagi maxsus ma’lumotlar bilan boyitish orqali arxitektura ixtisosligi talabalarining kasbiy salohiyatini yuksaltirishdan iborat
-
Аҳолига ичимлик сув тайёрлаш технологияси
Зокиров Ў., Бўриев Э.,Ушбу дарслик шаҳар ва саноат корхоналарини ичимлиги сув билан таъминлаш технологияси табий сув манбаларининг турлари уларни тозалаш учун ишлатиладиган иншоотларини танлаш ҳисоблаш ва лойиҳалаш учун мўлжалланган. Сув таъминоти ва канализация сохаси шаҳар ҳўжалигида муҳим ўринга эга. Шаҳар аҳолисини сифатли ва зарур миқдорда таъминлаш шаҳарда ҳосил бўладиган оқава сувларни оқизиш ва уларни қайтадан сув ҳавзаларидан чиқазишдан олдин тозалаш иншоатларида талаб қилинган даражада тозалаш санитария- гигиена жиҳатдан аҳамияти.
-
San'at, arxitektura va shaharsozlik tarixi
T.F.Qodirova,Darslikda zamonaviy arxitektura va shaharsozlik: shaharlarning qayta tiklanishi, turar-joy va jamoat binolari, arxitektura yodgorliklari va arxitekturaviy majmualar, muhandislik inshootlarming shakllanishi va tarixi yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bunyodkorlik arxitekturasining ilg‘or yo‘nalishlariga alohida e’tibor berilgan. Darslikning asosiy maqsadi — talabalaming kurs va diplom ishlarini ishlab chiqishda zamonaviy arxitektura va shaharsozlikdagi nazariy yo'nalish va tajribalarni chuqur egallab, o‘z loyihalarini mustaqil hal etish uchun maxsus ma’lumotlar bilan boyitish va kasbiy salohiyatini yuksaltirishdan iborat. Mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarining arxitektura yo'nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.