-
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Darslikka yashash muhiti va inson faoliyatiga taalluqli hamma masalalar, jumladan, mehnat qilishda aqliy va jismoniy mehnat asoslari, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaganda mehnat faoliyati muammolari, ob-havo sharoiti va uning mehnat qilishga va hayot faoliyatiga ta'sir darajasi, shuningdek, sanoat sanitariyasi, xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va zamonaviy vositalari, elektr xavfsizligi masalalari, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, favqulodda hodisalar va fuqaro muhofazasi hamda yong'in xavfsizligi masalalari kiritilgan.
-
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi
Fuqaro muhofazasining roli va vazifalari, zamonaviy konsepsiyasi va hozirgi davrdagi O'zbekiston respublikasining yer kurrasidagi hududiy joylanishining o'ziga xosligi, yer osti boyliklari, suv havzalari, sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilayotgan milliy boyliklarini saqlash borasida tabiiy, ekologik va texnologik xarakterga ega boʻlgan Favqulodda vaziyatlar oqibatlaridan himoyalashni oʻrganishda mazkur darslik muhim ahamiyatga ega.
-
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
Mazkur darslik hayot faoliyati xavfsizligi va favqulodda holatlardagi vaziyatlarni bartaraf etish haqida yoritilgan.
-
Gidromexanizatsiya vositalari
Darslikda suv osti va suv usti gruntlariga gidromexanizatsiya vositalari yordamida ishov beruvchi mashina va uskunalarining (gidramonitor, gidroelevator, toyqaso‘rgich va toyqaso‘rgich snaryadlari) tuzilishi va ishlash usullari, konstruksiyalari haqida ma'lumotlar berilgan.
-
English for translators (Инглиз тили дарслиги)
Мазкур дарслик республикамиз унверситетларида таржимонлик ва инглиз филологияси мутахассисликлари бўйича таълим олаётган 1,2 босқич талабаларига мўлжалланган бўлиб, унда талабанинг оғзаки ва ёзма нутқ кўникмаларини ҳамда таржима малакаларини ривожлантиришга қаратилган матн, машқ топшириқлар ўрин олган. Дарслик 3 асосий қисмдан иборат; Кириш курси, Асосий қисм, Оғзаки ва ёзма таржима учун матн ҳамда машқлар қисми. Дарслик талабаларнинг тил кўникма малакаларини ўстиришга луғат бойлигини оширув орқали эришишига ҳам эътиборини қаратилган,
-
Qurilish va melioratsiya mashinalarini loyihalash asoslari
Darslikda qurilish va melioratsiya mashinalarini loyihalash, yasash, sinash, ilmiy - tadqiqot ishlari va ularga qo‘yiladigan talablar, tajriba va tadqiqot ishlarni o ‘tkazish uslubiyati, ixtiro (patent) olish tartibi va unga qo‘viladigan talablar, ish jihozlarining kinematik hisobi, ish jihozining asosiy detallarini mustahkamlikka hisoblash, gruntlami qirqish, yumshatish va zichlashninmg nazariy asoslari, qurilish va melioratsiya mashinalarining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash, ulaming statik va dinamik (turg‘unlikka) va o‘tuvchanlikka hisobi, ish paytidagi tortish kuchini hisoblash, mashina gidroyuritmalarini hisoblash va tanlash, hamda quvvat muovazanati va mashinani ishlatishga sarflanadigan dvigatelning quvvatini aniqlash, shu asosda mashina bazasini tanlash, lozim bo‘lsa uni takomillashtirish haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan
-
Qurilish va melioratsiya mashinalari
Darslikda, suv xo‘jaligi va melioratsiya tizmida qo‘llaniladigan qurilish va melioratsiya mashinalarining sinflari, tuzilishi, konstruksiyalari, qo‘llanilishi, ishlash jarayonlari va mashinalarning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblashning nazariy asoslari yoritilgan.
-
Melioratsiya mashinalari
Darslikda melioratsiya mashinalarining sinflari, tuzilishi, konstruktiv asoslari, qo‘Ilanllishi, hisoblash nazariyalari yoritilgan. Shuningdek, turli ish jihoziga ega bo‘lgan mashinalarning asosiy ko‘rsatkichlarini, quvvat balansini, tortish kuchini, statik va dinamik hisoblashni uslubiyoti berilgan.
-
STATISTIKA
Darslikda statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati kabi mavzularga bag‘ishlangan bo‘limlar muammoli ma’ruzalar tamoyili asosida yozilgan. Variatsiya ko‘rsatkichlari, trendlarni aniqlash, dispersion, korrelyatsion va regression tahlil singari ko‘p hisoblash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni yoritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish zarurati va yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.
-
Pedagogika
Ushbu darslikda «Pedagogika» fanining maqsad va vazifalari, uning mohiyati va jamiyat uchun zarurligi, shaxsni tarbiyalashning qonun, qoida, uslub va vositalari, mutaxassisning yuksak ma’naviyati va axloqiy fazilatlari hamda o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqarish bo‘yicha bilimlar ko‘rgazmali vositalar shaklida keng yoritilgan.
-
VALELOGIYA ASOSLARI
<Valeologiya asoslari» o'quv predmeti talabalar «Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi o'quv fanining asosiy qoidalarini to'liq va mustahkam o'zlashtirganlaridan so'ng bakalavriatning II bosqichida oʻrganiladi. Talabalarning salomatlik masalasiga qiziqishini rivojlantirish, sog'lom turmush tarzi va salomatlik falsafasini shakllantirish ko'nikma-larini egallashlarida alohida ahamiyatga ega.
-
QURILISH MEXANIKASI
Uhbu darslikda statik aniq va statik noaniq sistemalrni hisoblash uslullari bayon etilgan. Ayrim boblarda zo'riqish va ko'chishlarni aniqlash tenglamalarida matritsa usulidan foydalanilgan va hisoblashga doir misollar keltirilgan.
-
Методы оценки и управления качеством промышленной продукции
В учебнике изложены теоретические основы, методы и приемы оценки уровня качества промышленных изделий. Показана взаимосвязь техничес-ких параметров и экономических показателей технического уровня машин, оборудования и другой техники.
-
QURILISHNI TASHKIL ETISH VA REJALASHTIRISH
Darslik qurilish yo'nalishida ta'lim oluvchi oliy o'quv yurtlari va fakultetlar talabalari uchun umumiy hisoblanadi. O'z-o'zidan, ushbu kitobning bir tomondan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va davlat boshqaruvi va shuningdek, axborot texnologiyalari va hisoblash texnikasining barcha boshqaruv sferalarini qamrab olishga intilishi bilan chambarchas bog'liqlikda, ushbu fan sohasi uchun betakror qimmatga ega bo'lgan fakt sifatida o'rin tutadi. Ushbu kitob barcha turdagi bino va inshootlarni qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarishning ilmiy va amaliy asoslari bo'lib yagona universal darslikdir. U ilmiy, loyiha, qurilish ishlab chiqarishi amaliyotida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar orasida ham keng doirada ommalanishi kutiladi.
-
-
0 ‘RTA OSIYO SHAHARLARI TARIXI
Ushbu metodik qo'llanmada 0 ‘rta Osiyoda shahar va shaharsozligi, O'rta Osiyo shaharlarining fortifikatsiyasida o'ziga xosliklari, V-XV asrlarda Buxoro,Urganch, Samarqand, Farg'ona, Andijon, Shosh, Iloq, O zbek xonlikiari davrida shaharlar va shaharsozlik,