-
Tarix. Tarix fanlari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Ózbekstanniń eń jańa tariyxı
Oqıw qollanba ǵarezsizlik jilları Ózbekstan Respublikasında júz bergen áhmiyetli ózgerisler, túpkilikli reformalardiń mazmun mánisin kórsetiwshi tariyxın óz ishine aladı.
-
Botanika. Yem-xashak yetishtirish. Agronomiya asoslari
Ushbu darslik «Botanika», «Agronomiya asoslari» va «Yem-xashak yetishtirish» kabi uchta asosiy bo'limni o'z ichiga olib, qishloq xo'jaligi va zootexnika sohasidagi talabalar uchun mo'ljallangan. «Botanika» qismida o'simlik hujayrasi tuzilishi, o'simliklar sistematikasi, geobotanika va ekologiya asoslari yoritilgan. «Yem-xashak yetishtirish» qismida yem-xashak ekinlarini yetishtirish, ularning biologiyasi va hosildorligini oshirish texnologiyalari bayon etilgan. «Agronomiya asoslari» bo'limida esa tuproqshunoslik, dehqonchilik va agrokimyo fanlarining asosiy tushunchalari keltirilgan. Darslik qishloq xo'jaligi mutaxassislari, talabalar va aspirantlar uchun nazariy va amaliy bilim beruvchi qo'llanma hisoblanadi.
-
Biologiya (Botanika) 6
Ushbu darslik 6-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'simliklar dunyosi, botanika fanining asosiy bo'limlari, hujayra tuzilishi, o'simliklarning hayotiy jarayonlari, ularning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati hamda o'simliklar sistematikasi haqida fundamental bilimlar beradi.
-
Deutsch
O‘quv qo‘llanmada kiritilgan har bir darsda hozirgi zamon yangi pedagogik texnologiyalari keng qo‘llanilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi yangi mavzularni talabalarga intensiv usulda tushuntirib berish, talabalarning nemis tilida nutqini, ko‘nikma va malakalarini o‘stirish, fikrlash, hozirjavoblik, guruhlarga bo‘linib mustaqil ishlay olish, darsga ijodiy yondoshish imkonini beradi. Mustaqil ta'lim topshiriqlarining matnlari ham tabaqali berilgan.
-
Botanika 5
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, botanika fanining asoslarini, o‘simliklarning tuzilishi, hayoti, rivojlanishi, ularning tabiatdagi ahamiyati hamda inson hayotidagi o‘rni haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. Kitobda o‘simliklar olamini asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish va ekologik madaniyatni shakllantirish masalalari yoritilgan.
-
BOSHQARUV HISOBI
Mazkur darslik xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, ishlab chiqarish zararsizligining tahlili, budjetlashtirish, transfert bahoni shakllantirish, segmentlar bo'yicha hisob va hisobot kabi boshqaruv hisobining zamonaviy yo'nalishlariga bag'ishlangan. Darslik Davlat ta'lim standartlari asosida tuzilgan ishchi o'quv dasturiga muvofiq tayyorlandi. Unda rivojlangan davlatlarda qo'llanilayotgan va BMT tomonidan tavsiya etilgan boshqaruv hisobi tamoyillari hamda tashkiliy asoslaridan keng foydalanildi. Darslik iqtisodiy oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilari, magistrlari va yuqori bosqich talabalariga mo'ljallangan.
-
Borliq va yo'qlik.2-kitob
Nobel mukofoti sovrindori Ernest Xeminguey nomini eshitmagan kitobxon bo`lmasa kerak. Adibning "Chol va dengiz", "Alvido, qurol" nomli asarlari va bir qancha hikoyalari o`zbek tiliga tarjima qilingan Shularni hisobga olib, nashriyotimiz yozuvchining "Borliq va yo`qlik" romanini siz aziz kitobsevarlarga taqdim etmoqda. Ikki jildli mazkur asarda muallif o`zi yashagan davrdagi oddiy kishilarning og`ir hayotini haqqoniy tasvirlab bergan.
-
Kredit - modul sisteması
Bul oqıw qollanba joqari bilimlendiriw sistemasında kredit - modul tiykarında oqıw procesin shólkemlestiriwdiń teoriyalıq hám ámeliy tiykarların kórsetiwge arnalgan.
-
Bolalar adabiyoti
Ushbu darslik-majmua kasb-hunar kollejlarining "Maktabgacha ta'lim" bo‘limi o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, yosh xususiyatlariga ko‘ra kitobxonlik guruhlari, bolalarga estetik va axloqiy tarbiya berishda badiiy asarlarning o‘rni hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun badiiy matnlarga qo‘yiladigan talablar atroflicha yoritilgan.
-
BOLALAR ADABIYOTI
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining boshlang‘ich ta’lim va maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bolalar adabiyoti fanining nazariy asoslari, bolalar folklori, bolalar kitobxonligi muammolari, o‘zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va taraqqiyoti, shuningdek, jahon va qardosh xalqlar bolalar adabiyotining asosiy namunalari va tamoyillari yoritilgan.
-
BIZNES STRATEGIYASI
Ushbu darslikda zamonaviy bozor sharoitida korxonalarning strategiyasini ishlab chiqish bilan bog'liq nazariy va amaliy yondashuvlarning tahlili keltiriladi va asosiy e'tibor bu korxonalarning yuqori boshqarmasi tomonidan qabul qilinadigan strategik qarorlarning mazmuniga qaratilgan. Kengroq qilib aytadigan bo'lsak, mazkur darslikda strategik boshqaruv modellari, strategiya turlarining qiyosiy xarakteristikasi, M. Porterning raqobat strategiyasi, strategik rejalashtirishning mazmuni, portfelli tahlil konsepsiyalari, o'sish sur'ati va bozordagi nisbiy ulushning taqqoslanmasi: Boston konsalting guruhi (BKG) modeli; ko'rkamlik va raqobatbardoshlilik taqqoslanmasi: Mak Kinsey (GE/McKinsey) modeli; tarmoqning ko'rkamlik va raqobatbardoshlilik taqqoslanmasi: Shell/DPM modeli; bozor evolyutsiyasining tahlili: Hofer/Schendel modeli; tarmoq hayot siklining tahlili: Artur D.Littl (ADL/LC) modeli; biznesning strategik holatlarini aniqlash muammolari batafsil bayon etilgan.
-
Kartoshkachilik mashinalarining konstruksiyasi
O'quv qo'llanmada kartoshka haqida asosiy ma'lumotlar,kartoshka va uning pushtasi tuprog'ini fizik-mexanik xossalari hamda kartoshkachilik mashinalarining konstruksiyasi,texnologik ish jarayoni,ular ish organlarining nazariyasi hisobi keltirilgan.
-
Borliq va yo'qlik. 1-kitob
Nobel mukofoti sovrindori Ernest Xeminguey nomini eshitmagan kitobxon bo`lmasa kerak. Adibning "Chol va dengiz", "Alvido, qurol" nomli asarlari va bir qancha hikoyalari o`zbek tiliga tarjima qilingan Shularni hisobga olib, nashriyotimiz yozuvchining "Borliq va yo`qlik" romanini siz aziz kitobsevarlarga taqdim etmoqda. Ikki jildli mazkur asarda muallif o`zi yashagan davrdagi oddiy kishilarning og`ir hayotini haqqoniy tasvirlab bergan.
-
Biologiyani o‘qitishda pedagogik texnologiyalar
Ushbu darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlarining «Biologiya» bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda bo‘lg‘usi biologiya o‘qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini orttirish, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, pedagogik faoliyat uchun zarur bo'lgan zamonaviy metodik bilim, ko'nikma va malakalarni tarkib toptirishga imkon beradigan biologiya ta’limi jarayonida pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, o'qitishni differensiallashtirish va individuallashtirish, rivojlantiruvchi ta’lim, didaktik o'yin, muammoli, modulli ta’lim, hamkorlikda o'qitish, loyihalash texnologiyalaridan foydalanish, an’anaviy ta’lim texnologiyasini takomillashtirish masalalari o'rin olgan.
-
Biologiya
Ushbu darslikda biologiya fanining zamonaviy asosiy bo‘limlari yoritilgan bo‘lib, tirik mavjudotlarning umumbiologik hayot faoliyatlari, odam biologiyasi va uning biosferadagi o‘rni, odam ekologiyasining muhim jabhalari o‘z ifodasini topgan, umumiy genetika va odam genetikasi masalalariga keng o‘rin berilgan. Darslik tibbiyot institutlari talabalari uchun qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan bo‘lsa-da, u universitetlarning biologiya fakultetlari talabalari uchun ham foydali qo‘llanma bo‘la oladi.
-
Biologiya
Mazkur darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinfi hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda hayotning biogeotsenotik va biosfera darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar, organik olam filogenezi hamda biologik sistemalar, xususan, ekologiya asoslari yoritilgan.