-
Mevali va yong'oq mevali daraxtlar, tsitrus, rezavor mevali butalar hamda tok kasalliklari va ularga qarshi kurash
O'zbekiston Respublikasida ilk bor chop etilayotgan ushbu o'quv qo'llanmada bog'larda, tokzorlarda uchraydigan urug'li, danakli, yong'oq mevali daraxtlar, tsitrus va rezavor mevali butalar hamda tok kasalliklarining tashqi belgilari, ularning keng tarqalishi va rivojlanishiga sabab bo'luvchi omillar, hosilga ta'siri, qo'zg'atuvchilarining tashxislari, ularning o'simliklarda rivojlanish tsikllari hamda kasalliklarga qarshi kurash choralari bayon etilgan.
-
Давлат ер кадастри
Ўқуv қўлланмада Ўзбекистон Республикасида давлат ер кадастрини юритишни ташкил қилиш ишларини ўрганиш ва давр талабига мослаштириш, ер ва бошқа турдаги кўчмас мулкларни рўйхатга олиш, ер участкасига кадастр рақамини бериш, кўчмас мулк объектларини ялпи хатловдан ўтказиш масалалари баён қилинган. Мазкур қўлланма олий ва ўрта махсус таълим муassasələri талаблари ҳамда соҳа мутахассислари учун мўлжалланган.
-
ТУПРОҚ БИОЛОГИЯСИ ВА МИКРОБИОЛОГИЯСИ
Ushbu o'quv qo'llanma tuproq biologiyasi va mikrobiologiyasi fanining rivojlanish tarixi, tuproqlarning paydo bo'lish jarayonlari, tuzilishi, tarkibi, biologik, biotexnologik, kimyoviy, agrokimyoviy va agrofizik xossalari hamda tuproq unumdorligini oshirish masalalariga bag'ishlangan.
-
Materiallar qarshiligi. 2-qism
O'quv qo'llanma tashqi kuchlar ta'sirida materiallar qarshiligini, tajriba natijalari bilan tasdiqlangan qonunlarini nazariy chiqarishni o'z ichiga oladi. O'quv qo'llanmada materiallar qarshiligining asosiy muammolari, fan va texnikaning hozirgi kun talablari darajasida yoritilgan. To'sinlarning to'g'ri ko'ndalang egilishi, kuchlanishlar, deformatsiyalar, murakkab qarshilik hamda konstruksiya elementlarining ustuvorlik qonunlari va dinamik yuklanishlar ta'siri bo'limlari o'zlashtirib olish uchun
-
Сборник практических задач по дисциплине «Технология машиностроения»
Учебное пособие содержит примеры и задачи с решениями по дисциплине «Технология машиностроения». Издание предназначено для выполнения практических работ студентами вузов машиностроительных специальностей.
-
Mashinasozlik texnologiyasi amaliy ishlar to‘plami
O'quv qo'llanmada “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” fanining barcha asosiy bo'limlarini qamrovchi hamda mashinasozlik rivojining zamonaviy tendensiyalarini hisobga oluvchi amaliy mashg'ulotlar, talabalar uchun individual topshiriqlar, ularni bajarish bo'yicha yo'riqnomalar va yechish uchun misollar keltirilgan.
-
Механика ва молекуляр физика
Mazkur ўқув қўлланма университетлар ва педагогиka институтларининг физика ва физика-математика факультетларининг умумий физика курси ва физика практикуми программаларига мослаштириб тузилган. Китоб физик механика асослари ва молекуляр физика ҳамда вакуум техникаси асосларига оид экспериментал масалалар ва уларнинг тавсифларини ўз ичига олади.
-
Микробиологиядан лаборатория машғулотлари
Ушбу ўқув қўлланма “Микробиология ва қишлоқ хўжалиги биотехнологияси” фани бўйича ўтиладиган амалий машғулотларнинг мавзуси, уни ўтказиш учун дастур, материал ва жиҳозлар, топшириқларнинг қисқача мазмуни, топшириқларни бажариш усули ва тартиби ҳамда олинган натижаларни муҳокама қилиш бўйича тушунча беради.
-
Dehqonchilik va melioratsiya fanidan laboratoriya ishlari va amaliy mashg'ulotlar
O'quv qo'llanma qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlarining qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tuproq fizik-suv xossalari, begona o'tlarga qarshi kurashish, almashlab ekish, sug'orish rejimlari va tuproq sho'rlanishini aniqlash kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
-
KARTALARNI LOYIHALASH VA TUZISH
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining «Geodeziya, kartografiya va kadastr» bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda kartalarni loyihalash va tuzishning nazariy asoslari, kartografik belgilar va tasvirlash usullari, kartografik generalizatsiya, shuningdek geografik karta va atlaslarni loyihalash hamda tuzish usullari bayon qilingan.
-
Elektr va magnetizm fanidan fizpraktikum
Ushbu uslubiy qo'llanma Fizika fakultetining fizika, astronomiya va tibbiyot fizikasi ta`lim yo'nalishlari talabalariga mo'ljallangan bo'lib, unda umumiy fizikaning 'Elektr va magnetizm' bo'limiga oid 14 laboratoriya ishlarini o'z ichiga oladi. Uslubiy qo'llanma bakalavriat ta'limi yo'nalishlari davlat ta'lim standartlari talablari asosida tayyorlangan.
-
Successful Writing
Successful Writing is a comprehensive guide designed to help students master various types of composition, including letters, articles, reports, and essays. Written by Virginia Evans and published by Express Publishing, it provides clear instructions, examples, and exercises on planning, structuring, and brainstorming for effective writing.
-
Mexanikadan praktikum
Mazkur uslubiy qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari bakalavriatining “Fizika” va “Fizika va astronomiya” yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Umumiy fizika” kursining “Mexanika” bo‘limiga tegishli laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada fizik qonun va hodisalarni chuqurroq o‘rganish, nazariy bilimlarni amaliyotda tekshirish hamda zamonaviy eksperimental usullarni o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
-
Қурилиш механикаси: Назарий механика. Назарий асослар, масалалар тўплами ва уларни ечиш учун ўқув қўлланма (1-қисм)
Қўлланмада назарий механиканинг статика бўлимидан масалалар келтирилган бўлиб, масалалар ечиб кўрсатилган ва мустақил ечиш учун масалалар мўлжалланган. Бу масалалар ўзининг тузилиши ва мазмунига кўра амалий машғулотларда талабаларнинг билимини текшириб бориш, талабаларнинг ўз-ўзини текширишлари ва мустақил ишларини бажаришлари учун фойдалидир.
-
DEFORMATSIYALANUVCHAN QATTIQ JISMLAR MEXANIKASI
Ushbu o'quv qo'llanma mexanika va matematik modellashtirish yo'nalishi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, elastiklik nazariyasi, plastiklik nazariyasi, polzuchest nazariyasi va emirilish mexanikasiga doir namunaviy masalalar va misollarning yechimlari, mustaqil ish topshiriqlari hamda test savollarini o'z ichiga oladi.
-
Tutash muhitlar mexanikasi
Ushbu o'quv qo'llanma mexanika va matematik modellashtirish yo'nalishi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, tutash muhit mexanikasi fani bo'yicha deformatsiyalanuvchi muhit kinematikasiga doir namunaviy masalalar va misollarning yechimlari, mustaqil ish topshiriqlari va test savollarini o'z ichiga oladi.