-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Ontologiya va bilish nazariyasi (rivojlanish falsafasi)
"Ontologiya va bilish nazariyasi (rivojlanish falsafasi)" o'quv qo'llanmasi talabalarni borliqdagi rivojlanish jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur boʻIgan bilimlar, rivojlanish, taraqqiyot, tanazzul, rivojlanish konsepsiyasi, uning yo'nalishlari va shakllari, dialektika kategoriyalari, ta'limot va rivojlanish, o'zaro aloqadorlik qonuniyatlari kabi bilimlar bilan qurollantiradi. Bunda faylasuf talabani dialektika tushunchasining mohiyati va mazmuni, bahs va dialektika, qaramaqarshilik, umumiy o'zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari, bilish, obyektivlik, umumiy aloqa va rivojlanish tamoyillari, dialektik dunyoqarash va binar tafakkur madaniyatini oshirishga ahamiyatli ta'sir koʻrsatadi. Oʻquv qo'llanmada berilgan mavzularda hozirgi zamonda rivojlanish falsafasining umumnazariy muammolari tahlil qilingan. Talabalarda rivojlanishning ontologik mazmunini o'rganish va bilish, dialektika metodologiyasining asosiy tushunchalarini, qonunlarining tasnifi haqida tasavvurga ega boʻlishga yo'naltirilgan. Oʻquv qoʻllanma bakalavriat falsafa yo'nalishi talabalari uchun konseptual-metodologik material bo'lib xizmat qiladi.
-
Концепты русской культуры в классической литературе
Учебное пособие для магистрантов и студентов высших учебных заведений, содержащее теоретический материал, вопросы для самопроверки, темы для рефератов и самостоятельной работы по курсу «Лингвокультурология». В настоящее время в Республике Узбекистан вопрос об образовании и развитии науки приобретает исключительную важность. Узбекистан XXI века – это государство, в котором созданы все условия для изучения и сохранения многовековых культурных ценностей, углубленного исследования литературного наследия.
-
Детская литература
Детская литература: учебное пособие раскрывает понятие «детская литература» на материале устного народного творчества, русской и переводной литературы. Впервые представлены очерк истории науки о детской литературе, обзоры литературы ранней русской эмиграции, постсоветского периода и начала XXI века, а также введение в историю детских литератур народов России. Пособие предназначено для студентов высших филологических и педагогических учебных заведений. Может быть полезен для специалистов, изучающих культуру детства, — психологов, литературоведов, историков, всех работников детской книги. В данном пособии изложены основы курса, которые при необходимости могут быть расширены в том или ином направлении, заданном конкретной учебной программой.
-
Jamol Kamolning badiiy mahorati
Monografiyada lirik janrlar tipologiyasidagi rang-baranglik, uslubiy-shakliy o 'ziga xoslik, lirik janr va shakllarning kanonlari, o'zbek she'riyatida janrlarning yangilanish tendensiyasi, badiiy oʻlchamlari, dinamik va statik qonuniyatlari, genezisi, Sharq va G‘arb she'riyatining ilg'or an'analari tutashuvi natijasida universal lirikaning hosil boʻlganligi, barmoq va erkin vazn hukmronlik qilgan XX asr she'riyatida aruz vaznini qayta badiiy iste'molga olib kirish asnosida milliy janrlar barhayotligini ta'minlash, badiiy g'oya va lokanizm, lirik xronotop konsepsiyasi, individual uslub poetikasi kabi nazariy muammolar Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol Kamol she'riyati negizida yoritib berilgan.
-
ALISHER NAVOIY IJODIDA INSON KAMOLOTI MUAMMOLARI
Ushbu oʻquv qo`llanmada Sharq mumtoz dostonchiligida katta ahamiyatga ega bo`lgan xamsanavislik an'analari, xususan Alisher Navoiyning «Xamsa» asari tarkibidagi dostonlar hamda «Lison ut-tayr» dostonida komil inson masalasining tasvirlanishi tahlil va talqin etilgan. Shuningdek, xamsanavis shoirlar - Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylarning «Xamsa»lari tarkibidagi dostonlarida komil inson timsoli tasviri o`zaro qiyosan tahlil qilingan.
-
Shredinger tenglamasi va kvant sonlari
Ushbu uslubiy ko‘rsatma universitet hamda pedagogik oliygohlarining talabalariga, Kvant mexanikasi kursidagi Shredinger tenglamasiga doir chiziqli masalalar va bunday masalalar natijasida hosil boʻladigan xulosalar qarab chiqilgan. Vodorod atomi uchun sferik simmetrik potensial maydondagi Shredinger tenglamasining yechimi atom fizikasidagi muhim hisoblanadigan kvant sonlarni hosil qiladi. Bir guruh masalalarning batafsil yechimlari hamda talabalar mustaqil bilimini oshirishi uchun masalalar va ularning javoblari keltirilgan. Mazkur uslubiy koʻrsatma oliy oʻquv yurtlarining fizika mutaxassisligida tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari hamda yosh pedagoglarga moʻljallangan.
-
Dispers sistemalar kimyosining termodinamik va kinetik asoslari
Ushbu o'quv qo'llanma 60710100-kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo'yicha) bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Unda mavzuga doir nazariy ma'lumotlar, laboratoriya ishlarini bajarish tartibi, nazorat savollari va mustaqil ta'lim uchun topshiriqlar berilgan. Kolloid kimyo fani dispers sistemаlar va sirt hodisalarining fizik va kimyoviy xossalari haqidagi fandir. Dispers sistemаlar kimyosi kimyoviy jarayonlarning texnika va inson faoliyatining turli sohalarida juda katta o‘rni, nazariy va amaliy materiallarning to‘planishi tufayli u mustaqil ilmiy fanga aylandi. Uning tadqiqot ob’ektlari - fazalardan biri yuqori dispers (parchalangan) holatda bo‘lgan geterofazali sistemаlardir. Dispers sistemаlar yoki kolloid jarayonlar ishlatilmaydigan inson faoliyatining biron bir sohasini nomlash qiyin. Kimyoviy texnologiyaning maydalash, granulyatsiya qilish, quritish, filtrlash, flotatsiyalash, sinterlash, yelimlash, bo‘yash kabi jarayonlari asosida sirt hodisalari (ho‘llanish, adgeziya, adsorbsiya, koagulyatsiya, cho‘kish va boshqalar) yotadi.
-
Yadro texnologiyalari va yadro energetikasining fizikaviy asoslari
Darslikda atom yadrosining bo`linishi va bo`linishda energiya ajralib chiqishi, yadrolar bo`linishining asosiy qonunlari, uran va plutoniy izotoplarining boʻlinishi, yadro reaktorlarining turlari hamda ishlash tamoyili yoritilgan. Reaktorlarning aktiv zonasi, issiqlik energiyasining ajralib chiqishi, zanjir reaksiyasi, yadro yoqilgʻilari, AES tuzulishi, xavfsizlik masalalari hamda chiqindilar va ularni bartaraf qilish usullari yoritilgan. Darslik bakalavriyat va magistrlar uchun tavsiya etiladi.
-
Libro de profesor
El manual propuesto esta diseftado para una amplia gama de principiantes que aprenden a espanol. Puede tambien utilizarse en institucioDes de educacion superior para el aprendizaje del espanol como segunda [engua oomo svj lexico-gramatical minimo oorresponde al programa de las facultades humanitarias
-
Забонҳои Шарқ
Китоби дарсии “Забонҳои Шарқ (арабӣ)” барои донишҷӯёни бахши тоҷикии куллияи филологияи Донишгоҳи давлатии Самарқанд муқаррар шудааст. Он дар асоси дастури фаннии “Забонҳои Шарқ (арабӣ)”, ки аз ҷониби Вазорати таълими олӣ, фан ва инноватсияҳои Ҷумҳурияти Ӯзбекистон тасдиқ карда шудааст, мураттаб гардида, барои омӯхтани забони арабӣ дастурамали муҳим ба шумор меравад.
-
Artishokning bioekologik xususiyatlari
Monografiya ilmiy tadqiqotchilar, biolog mutaxassislar, oliy o'quv yurtlarining biologiya va ekologiya yo'nalishidagi o'qituvchilari va talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Jing'il (LYCIUM L.) turkum turlarining morfobiologiyasi va foydalanish istiqbollari
monografiyada Jing`il (Lycium L.) turkum turlarning tarqalishi, morfologik, biologik va ekologik xususiyatlari keng yoritilgan. Lycium L. turkumi turlarining vegetativ va generativ organlarining morfologik xususiyatlari, o'zgaruvchanligi, urug'lari va qalamchalaridan ko'paytirish usullari, ontogenezi davr va bosqichlari, fenologik fazalari, sutkalik gullash dinamikasi, urug' mahsuldorligi, mevalarining kimyoviy tarkibi to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Monografiya biolog mutaxassislari, oliy oʻquv yurtlari talabalari, magistrantlar, doktorantlar, tabiatni muhofa qilish, oʻrmonchilik, dorivor oʻsimliklarini etishtirish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar hamda tabiatshunoslar uchun moʻljallangan.
-
Topinambur
Monografiyada topinamburga oid adabiyotlar keng koʻrib chiqildi, tadqiqotning metodologiyasi, oʻrni va shartlari tavsiflandi. Topinamburning biologik xususiyatlari va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Ildiz tizimining o'sishi va rivojlanishining xususiyatlari oʻrganilgan. Topinamburni ekishning maqbul muddati, stolonlari va tuganaklari shakllanishi, topinamburning yer usti organlarining oʻsishi va rivojlanishi xususiyatlari, yer usti organlarining qayta oʻsishi aniqlandi. Topinambur gullashining biologiyasi va ekologik xususiyatlari ochib berildi, gulning morfologiyasi, gulchanglarning morfologiyasi va sifati, antekologiyasi oʻrganildi. Topinambur yem-xashak mahsulotlarining hosildorligi va kimyoviy tarkibi aniqlandi. Ushbu monografiya ma'lumotlaridan biologiya va oʻsimliklar introduksiyasini oʻrganish tizimida, shuningdek, tegishli profildagi universitetlarda biologiya va ekologik fanlar boʻyicha umumiy va maxsus kurslarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
-
Botanika fanlaridan mustaqil ta`lim topshiriqlari
Oʻquv qoʻllanma biologiya yo`nalishining bakalavr talabalariga botanika fanlaridan mustaqil ishlarni bajarishda yordam beradi. Nazoratlarning namunaviy rejalari keltirilgan, ular talabalarga nazorat ishlariga tayyorgarlik koʻrishga yordam beradi.
-
Mahmud Koshg'ariyning DEVONU LUG'ATI-T-TURK asaridagi olamning lisoniy manzarasi
Mazkur monografiya antroposentrik paradigma tamoyillariga tayanib toʻng'ich turkologimiz Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug 'ati-t-turk" asarida ifodalangan "inson", “goʻzallik", “sog ʻlik”, "turarjoy" hamda bolalar dunyosining lisoniy manzarasiga oid konseptlarni lingvomadaniy va lingvokognitiv metodlar asosida tadqiq qilishga bag ‘ishlangan. Monografiya til materialini zamonaviy tilshunoslikning lingvomadaniy va lingvokognitiv aspektlari tadqiqiga hamda millat va til tarixi, xususan, Mahmud Koshg'ariyning“Devonu lug'ati-t-turk” asariga qiziquvchi ilmiy izlanuvchilar, magistr va doktoranrlarga mo 'ljallangan.
-
O‘zbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlili (ko‘z, qo‘l va yurak komponentli iboralar misolida).
Ushbu monografıya o‘zbek tilidagi somatik iboralarning shakllanishi, ularning idrok etish jarayonidagi o‘rnini aniqlash, bunday iboralarning falsafiy-gneseologik asoslarining belgilanish tarixini ko‘zdan kechirish, bunday birliklarning matnda qo‘llanish xususiyatlarini semantik-pragmatik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan. Shuningdek, ishda o‘zbek tilida faol qo‘llanuvchi inson tana a’zolari bilan bog‘liq somatik frazemalarning pragmatik, lingvokulturologik, kognitologik, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ko‘z, qo‘l va yurak komponentli somatik frazemalar misolida ochib berilib, muayyan ilmiy xulosalarga kelingan. Mazkur monografiya oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlari bakalavr talabalari, magistrantlari, ilmiy tadqiqotchilari hamda o‘zbek frazeologiyasi muammolari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.