-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Molekulyar fizika
Darslikda ko'chish hodisalari, sirt taranglik hodisalari, fazaviy o'tishlar va gazodinamikaning ayrim masalalarini ta’rif etishda nashr etilgan ilmiy ishlar o'z aksini topgan.
-
Nazariy mexanika. statika va kinematika 1
Mazkur darslikning statika qismida statikaning asosiy aksiomalari, tekislikda kesishuvchi kuchlar, parallel kuchlar, taqsimlangan kuchlar, ishqalanish va fermalar hisobi hamda fazoda kuchlar tizimlariga doir masalalar bayon etilgan.
-
Fizika va agrometeorologiya
Mazkur darslikda agrometeorologik oniillarning qishloq xo‘jaiigida ishlab chiqarish niahsuldorltgiga ta’sirini meteorologiya va iqlimshunoslikka bog‘lagan holda keng bayon etilgan. Darslikda atmosfera, quyosh radiatsiyasi, tuproq va havoning issiqlik, namlik va suv rejtmlari, qishloq xo‘jahgi uchun xavfli meteorologik hodisalar va ularga qarshi kurash tadbirlari, meteorologik stansiya va postlardagi asboblar yordamida o'lchashga doir m a’lumotlar, agrometeorologik kuzatishlar dasturi, kuzatish uchastkalarini tanlash taitiblari keltirilgan.
-
Moliya
Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi.
-
Сиёсий ва ҳуқуқий таълимотлар тарихи
Ушбу дарслик биринчи маротаба ўзбек тилида ёзилган. Унда қадим замонлардан то ҳозирги кунга қадар турли мамлакатларда турли цивилизациялардаги сиёсий ва ҳуқуқий таълимотларнинг ривожланиш тарихи ёритилган.
-
Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи
Мазкур дарслик қадимги даврлардан энг янги тарих давригача Ўзбекистонда давлат ва ҳуқуқ тарихини ўрганишга бағишланиб, унда ўқув курсининг дастурига мувофиқ ҳозирги Ўзбекистон худудида давлат ва ҳуқуқнинг вужудга келиши, ўзига хос хусусиятлари, қадимги даврдаги ҳуқуқ, ҳуқуқнинг юридик ва ўрганиш манбалари, уларнинг асосий белгилари, Мовароуннаҳр фиқҳ (ҳуқуқ) мактаби, унинг йирик вакиллари мерос қолдирган асосий асарларнинг ҳуқуқий мазмуни очиб берилган.
-
Moliya bozori
Mazkur darslikda moliya bozorining nazariy asoslari, pul bozori, obligatsiyalar bozori, aksiyalar bozori, ipoteka qimmatli qogʻozlari bozori, hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori, xorijiy valyutalar va kriptovalyutalar bozori, moliya bozori tahlili, moliya bozori risklari va portfelni boshqarish, fond bozori va uning faoliyat mexanizmi, moliya bozorida boshqa moliya institutlari ishtiroki, moliya bozorini tartibga solish kabilar yoritib berilgan.
-
Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Darslikda don, un, yorma, omixta yem, non, makaron, qandolatchilik, moy va yog'lar, qand, go'sht, sut, pivo va konservalangan mahsulotlar texnologiyasi ilmiy asoslari bayon etilgan hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo'llaniladigan xomashyo va materiallarning tavsifi keltirilgan.
-
Adabiyot o'qitish metodikasi
Mazkur "Adabiyot o'qitish metodikasi" darsligi amaldagi o'quv rejasi asosigi o'quv dasturiga tayanib yaratilgan. Unda adabiyot o'qitishning eng dolzarb masalalari bugungi kun talablari nuqtai nazaridan yoritib berilgan.
-
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI
Mazkur darslik (l-jild)da suv resurslari, suv xo'jaligi va uning tarmoqlari, gidrotexnika inshootlari haqida umumiy ma’lumotlar, ularning zaminlari va ishlash sharoitlari, gidrotexnika inshootlarining zaminlarda va qirg'oqqa tutashgan qismlaridagi filtratsiya, dimlovchi betonli gidrotexnika inshootlarini ustivorlikka va mustahkamlikka hisoblashning umumiy masalalari, kanallar va ulardagi gidrotexnika inshootlari, gidrotexnika inshootlarining mexanik jihozlari, o'zanlami rostlash, daryodan suv olish inshootlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
-
ELEKTR TEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
«Elektr texnikanig nazariy asoslari» darsligining 1-qismida elektr zanjirlarining elementlari va asosiy tushunehalari, o ‘zgarmas va o'zgaruvchan tok zanjirlarini tahlil qilishdagi asosiy qonunlar va hisoblash usullari hamda rezonans hodisalari, о ‘zaro induktivlik, uch fazali zanjirlar mavzulari batafsil yoritilgan.
-
O`zbekistonning eng yangi tarixi
Darslik O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bо‘yicha na'munaviy о‘quv dasturiga muvofiq, katta faktik material asosida, tarix fanidagi sо‘nggi yangiliklar, yutuqlarini hisobga olgan holda mavzular ochib berilgan. Darslikda talabalarning tarixiy va falsafiy jihatdan, vatanparvarlik, milliy–ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirish bо‘yicha asoslar berilgan. Darslikda bayon qilingan davr davlatchilik, fuqarolik jamiyati va uning rivojlanishiga omilbо‘lgan shart–sharoitlarni va uni belgilovchi holatlarni о‘zlashtirishga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish jarayonlari bayon qilingan.
-
Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti
Ushbu darslik “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” fanining predmeti va metodi, tadqiqot usullari, mazmuni va mohiyatini tushuntirish hamda Qishloq xo'jaligining iqtisodiy samaradorligining asosiy ko'rsatkichlari bilimlarini shakllantirish, agrosanoat kompleksi va uning rivojlanishi unda qishloq xo'jaligini o’rni, mohiyati va ahamiyati xususiyatlari shu bilan birga qishloq xo'jaligidagi bozor va bozor munosabatlari, yer resurslari, moddiy-texnika, mehnat va tabiiy resurslardan bozor sharoitida samarali foydalanish, investitsiyalar va kapital qo'yilmalar hamda innovatsiyalarni ko’paytirish, ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqarish tannarxi va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini izohlash, tushuntirish va voqeliklarni bashorat qilish imkonini beruvchi nazariya va amaliy metodologiyaga asoslangan. Fan sifatida umum iqtisodiy qonunlarni o’rganadi, aniqlashtiradi va shakllantiradi. Shu bilan birga tarmoq va sohalarda sodir bo‘ladigan voqealarni rejalashtirish, tahlil etish, hisob va hisobot ishlarini yuritish bo‘yicha zarur bilimlar bilan qurollantiradi hamda mamlakat ichida va xorijda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlarni bilishga imkon yaratib beradi.
-
Одам ва ҳайвонлар физиологияси
Физиология — бутун организмнинг ҳаёт фаолияти, уни ташқи муҳит билан ўзаро таъсири ҳамда ҳаётий жараёнлар тўғрисидаги фандир. Мазкур дарсликда одам ва ҳайвонлар физиологиясига оид асосий маълумотлар: фаолиятларнинг умумий механизмлари, аъзолар ва аъзоларнинг фаоллик тизимларини ҳусусий физиологияси баён этилган.
-
O`zbek tili
Mazkur darslik oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlarida ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan joriy etilgan “O‘zbek tili” fani dasturi asosida yaratilgan. Unda rus guruhlari talabalarining umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim tizimida o‘zbek tilidan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishi uchun fan bo‘yicha egallangan bilim hamda ko‘nikmalarini muloqot va ish faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini shakllantirish ko‘zda tutilgan
-
Iqtisodiy tahlil
Xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati, uning samaradorligi, moliyaviy ahvoli va natijaviyligi, ularning pul ishlab topish va kapitalni o’stirish imkoniyatlarini aniqlash muhim axborotlar oqimini shakllantirish bilangina hal etilmaydi. Ushbu axborotlar oqimi qayta ishlanishi, real holat aniq baholanishi, uning kelgusidagi kutilishlari oldindan bashorat qilinishi, turli tahlikalar hisobga olinishi talab etiladi. Faqat shu orqaligina samarali boshqaruvni yo’lga qo’yish va yuritish mumkin.