-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Ўзбек тили ўқитиш методикаси
Ўзбек тили ўқитиш методикаси курси учун бакалавриат йўналишибўйича яратилган мазкур ўқув қўлланма "Кадрлар тайёрлаш миллий дастури", "Она тили таълими Концепцияси", "Она тилидан давлат таълим стандартлари" талабаларига мувофиқ талаба ва ўқувчиларнинг коммуникатив саводхонлигини ошириш, она тили машғулотларини янги педагогик технология асосида ташкил этиш, дарс самарадорлигиниҳозирги замон талаблари даражасига олиб чиқиш, тилнинг сатхлараро ҳамда фанлараро алоқадорлик хусусиятларига таянган ҳолда нутқий салоҳиятини шакллантиришнинг интерфаол усулларини таълим жараёнида қўллаш, матн яратишнинг босқичли тизими устида ишлаш ҳақида методик тавсиялар берилди.
-
-
Бошланғич синф математика таълими самарадорлигини оширишда тарихий материаллардан фойдаланиш
Олий ўқув юртлари талабалари ва бошланғич синф ўқувчилари учун мўлжалланган ўқув қўлланма йиғилган тажрибалар асосида ёзилган бўлиб, ҳозирги замон ўқитиш методлари, янги педагогик технологиялар, шарқ мутафаккирлари меросидан фойдаланилган.
-
Избранные хоровые произведения без сопровождения и в сопровождении фортепиано
Он постиг в совершенстве все наитруднейшие тонкости музыкального искусства Если со временем он направит свой творческий полет мысли в область той мощной силы которая представляется полным оркестром и хоровыми массами то мы увидим и услышим нечто гигантское по замыслу нечто небывалое по мощи и законченности.
-
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
Ushbu «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi, o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlashi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi, iqtisodiy islohotlar, ma’naviy va madaniy taraqqiyot, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati, yangilanayotgan O‘zbekiston: Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan.
-
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan labaratoriya mashg`ulotlari
Mazkur o`quv qo`llanma pedagogika universiteti, universitetlar va pedagogika insitutlarining "Boshlang`ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish" yo`nalishi bo`yicha tahsil olayotgan bakalavlariat talabalari uchun mo`ljallangan. "Boshlang`ich sinflarda matematikani o`qitish metodikasi" fanidan olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida foydalanishga tavsiya etiladi.
-
O'ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar hamda o‘zgarishlarni, ushbu davrda ro‘y bergan tarixiy voqeliklarni bevosita qamrab olgan. Ushbu darslik respublikada yuqorida nomi qayd etilgan fan bo‘yicha ilk bora tayyorlanib o‘quvchi eʼtiboriga havola qilinmoqda. Unda fan yuzasidan amalga oshirilgan innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot xulosalari bevosita o‘rin olgan.
-
Matematika o`qitish metodikasidan praktikum
Mazkur praktikum universitetlar va pedagogika insitutlari talabalari uchun "Matematika o`qitish metodikasi kursi" bo`yicha "Boshlang`ich ta`lim va tarbiyaviy ish" yo`nalishi mutaxassisligi uchun mo`ljallangan. Qo`llanma talabalarning matematikadan boshlang`ich ta`lim metodikasi bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda bajaradigan asosiy ishlarining tavsifini va namunalari o`z ichiga oladi.
-
MAXSUS FANLARNI OQITISH METODIKASI
Mazkur qo'llanma iqtisodiy fanlardan dars o’tishda qo’llaniladigan mavjud metodlar bilan tanishtirish, dars o’tishni tashkil etish va uni takomillashtirish, talabalarda iqtisodiy fanlardan dars o’tish malakasini hosil qilish singari vazifalami hal etish muammolarini qamrab oladi. Iqtisodiy fanlami o’qitishda qo’llaniladigan metodlar misollar bilan asoslanadi. Ma’ruza matnini tayyorlash namunalari va seminar darsi o’tishning uslubiy ko’rsatmalari berilgan. Qo’llanma iqtisodiy fanlardan dars o’tishni tashkil etish va o’qitishda hozirgi zamon interaktiv metodlaridan keng foydalanishni o’rganishga yordam beradi.
-
Ботаникадан ўқитувчилар учун қўлланма
Ботаника ўқитувчиларига мўлжалланган мазкур қўлланмада ўсимликларнинг ички ва ташқи тузилиши, ўсимлик тўқималари, илдизи, барги, меваси, озиқланиши, очиқ уруғлилар, ёпиқ уруғли ҳамда бир паллали ва икки паллали ўсимликлар синфи маҳаллий материаллар асосида баён этилган.
-
Ўсимликлар интродукцияси фанидан илмий-тадқиқот ишларини ўтказишга оид методик кўрсатмалар
Ушбу методик кўрсатмалар ўсимликлар интродукциясининг тадқиқот объектлари бўлган интродуцент ўсимликлар танлаш, дастлабки материалларни йиғиш, интродукцион синов тажирибаларини ўтказиш тадқиқ этиш интродуцент ўсимликлар онтогенезининг ўзига хос томонларини ўрганишга хизмат қилади.
-
Ҳаракатли ўйинлар
Ушбу қўлланма мактаб ислоҳоти талабалари ва умумий таълим мактаби I-XIсинфларида жисмоний тарбия бўйича комплекс дастур асосида ёзилган. Унда ўқувчилар билан ҳаракатли ўйинлар ўтказиш методикаси баён қилинган. Қўлланма мактаб ўқитувчилари, педагогика олий ўқув юртининг жисмоний тарбия факультетлари ва физкультура институти талабаларига мўлжалланган.
-
Signals and Systems
All trademarks are trademarks of their respective owners. Rather than put a trademark symbol after every occurrence of a trademarked name, we use names in an editorial fashion only, and to the benefit of the trademark owner, with no intention of infringement of the trademark. Where such designations appear in this book, they have been printed with initial cap
-
maktabgacha yoshdagi bolallarga ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari.
Mazkur qo'llanmada maktabgacha ta'lim yo'nalishidagi mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar tahlili, maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini o'ziga xos ijtimoiy psixologik xususiyatlari, bolalaming me'yoriy rivojlanish mezonlari, maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va tarbiyachi mahorati, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar ta'lim-tarbiyasida qo'llaniladigan o'yinlarnmg psixologik xususiyatlari, ular bilan o'tkaziladigan korreksion-rivojlantiruvchi o'yin-mashg'ulotlar, bolalami maktab ta'limiga tayyorlash hamda maktabgacha ta'limga oid asosiy tushunchalaming izohli lug'ati keltirilgan.
-
Fizika o`qitish uslubi asoslari
Qo`llanmada fizika o`qitish uslubining nazariy asoslari ko`rib chiqilgan bo`lib, unda ilmiy-uslubiy g`oyalar ochib berilgan. Bulardan tashqari qo`llanmada o`qitishning zamonaviy uslublari va o`qitish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani tatbiq etish, kompyuterlardan foydalanish va boshqa uslublar to`g`risida ham to`xtalib o`tilgan.
-
УСИМЛИКШУНОСЛИК
Мазкур укув кулланмада усимликшунослик фанининг назарий асослари, маданий усимликларнинг келиб чикиш марказлари ва улар генотип- ларининг шаклланиш шароитлари, биологик азот, усимликларнинг оптимал намлик билан таъминланиши, усимликларнинг фотосинтез фаолияти, аралаш ва кушиб экилган усимликларнинг мутаносиблиги, уругшунослик, дала экинларининг халк хужалигидаги ахамияти, тарихи, ботаник ва биологик хусусиятлари, етиштириш технологиялари сунгги йилларда мамлакатимиз кишлок хужалигидаги ислоуотлар, узгаришлар хамда фандаги ютуклар хисобга олинган холда ёритилган.