-
-
-
-
-
-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
Kutubxonashunoslik va arxivshunoslik
-
-
-
ENG YANGI TARIX (1945-2010-yillar)
Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda va XXI asr boshlarida Yevropa va Amerika mamlakatlarining tashqi siyosati, o‘zaro munosabatlari, xalqaro maydondagi o‘rni va dunyo sahnasida gegemonlik qilishga intilishlari, ikki qutbli dunyo o‘rtasidagi kurash, sotsializm sistemasining yemirilishi hamda SSJIning parchalanishi bilan ko‘p qutbli dunyoning vujudga kelishi masalalari yoritiladi.
-
YANGI TARIX
XVIIasrga kelib insoniyat tarixidagi o'rta asrlar davri feodal yer-mulk munosabatlarining cheksiz hukmronligiga putur etdi. XVII-XVIII asrlarda qo'l mehnatiga asoslangan manufakturalar o'rnini mashinalashgan kapitalistik korxonalar egalladi.Sanoat to'ntarishi yuz berdi. Bu inqilobiy o'zgarish jamiyat hayotining barcha sohalariga-iqtisod, siyosat, ijtimoiy va madaniyat jabhalariga, kishilarning ongi va ruhiyatiga, mehnati va turmushiga ta'sir qildi. Angliyada vujudga kelgan va jahonning eng yirik mamlakatlarini qamrab olgan bu o'zgarishlar, kishilik jamiyati tarixida yangi davrni boshlab berdi.
-
ХХ аср иккинчи ярми жаҳон тарихи
Ушбу китобда муаллифнинг ХХ асрнинг иккинчи ярми жаҳон тарихи бўйича маърузалари жамланган. Маърузаларда айрим хорижий мамлакатларнинг ХХ асрнинг иккинчи ярмидаги ижтимоий- иқтисодий ва сиёсий ривожланиши жараёни баён этилган. Халқаро муносабатлар ривожланиши ҳамда Ғарб ва Шарқ мамлакатлари тараққиёти кўриб чиқилган. Ихтисоси мамлакатшунослик бўлган муаллифнинг бу асари АҚШ Таълим ва маданий алоқалар бюроси грантига сазовор бўлган. Маърузалар тўплами талабаларга, аспирантларга ва жаҳон тарихи борасида тадқиқот олиб борувчи мутахассисларга мўлжалланган.
-
БОРЕЛЕВСКИЕ МЕРЫ, ИНТЕГРАЛЫ И ПОТЕНЦИАЛЫ (10 лекций)
Здесь собраны лекции академика А.Садуллаева, прочитанные магистрантам и аспирантам в 2007-08 учебном году в Национальном университете Узбекистана. Лекции начинаются с напоминания интеграла Римана, классической меры Лебега в Rn, а затем определяется абстрактная мера и интеграл Лебега.
-
МИЛЛИЙ ТИКЛАНИШДАН МИЛЛИЙ ЮКСАЛИШ САРИ
Хукмингизга Давола этилаётган мазкур китобда Президент Шавкат Мирзиёевнинг асарлари ва маърузаларидаги жамиятимиз хаётининг барча сохаларини жадал ривожлантиришга яратилган асосий фикр-мулохазалари тегишли мавзуси буйича бобларга ажратилиб, тартиб берилган. Китоб рахбарлар, таргиботчилар, олим ва мутахассислар, шунингдек, кенг китобхонлар оммасига мулжалланган булиб, уларнинг амалий фаолиятларида мухим кулланма вазифасини бажаради, деган умиддамиз.
-
Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi
Diplоmatiya - davlat hukumat bоshliqlari va maхsus tashqi alоqa оrganlarining davlat tashqi siyosatining maqsad va vazifalarini, shuningdеk, chеt ellarda davlatning huquq va manfaatlarini хimоyalashni amalga оshirishga qaratilgan rasmiy faоliyati. Diplоmatiya-tashqi siyosatning, davlat хalqarо faоliyatining ajralmas qismidir.Diplоmatiya bu davlatning harbiy kuch ishlatmasdan, o’zarо mulоqоt yo’li bilan tashqi siyosatni amalga оshirish vоsitasidir. Diplоmatiya tushunchasi-muzоkaralar оlib bоrish san’ati dеgan ma’nоni ham anglatadi. «Diplоmatiya» so’zi grеkcha «diplоma» so’zidan kеlib chiqqan bo’lib, tashqi munоsabatlar to’g’risidagi fandir. «Diplоmatiya» so’zi birinchi marta muоmalaga Garbiy Еvrоpada XVIII asrning охirida davlatning tashqi munоsabatlar sоhasidagi faоliyatini bеlgilоvchi so’z sifatida kiritildi. O’zbеk diplоmatiyasining tariхiy ildizlari chuqur bo’lib, o’zbеk milliy davlatchiligining vujudga kеlgan, 3 ming yillar avvalgi davriga to’g’ri kеladi.
-
XALQARO MUNOSABATLAR VA DIPLOMATIYA TARIXI (qadimgi davr)
Mazkur ma’ruzalar to‘plami «Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi» fanidan dastlabki bilim va ko‘nikma olishiga xizmat qiladi. Unda tarixiy davrlashtirish asosida qadimgi davrdan o‘rta asrlar davrigacha bo‘lgan Sharq va G‘arbdagi ayrim davlatlarning tashqi siyosati va diplomatiyasiga, diplomatik xizmati va marosimlariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Undan tarix ta’lim yo‘nalishi talabalari, shuningdek shu sohaga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
O'ZBEKISTON TARIXI
O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritib, uni mustahkamlash va shuning asosida yangi huquqiy-demokratik jamiyat qurish yo'liga o'tdi. Mustaqillik tufayli respublikamiz ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy va siyosiy hayotida juda katta tub o'zgarishlar ro'y berdi. O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davr ichida milliy davlatchilikni barpo qilish, bozor iqtisodiga o'tish, xalqaro munosabatlarni yo'lga qo'yish va rivojlantirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, istiqlol xalqimizning ma'naviy uyg'onishi uchun to'la imkoniyat yaratdi. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o'zining bir qator risola va nutqlarida kishilar dunyoqarashi va jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning xususan, tarix fanining o'rni beqiyosligini ta'kidlab o'tdi. Jumladan, Prezidentimiz milliy mafkuraning shakllanish jarayonida tarix fanining o'rniga g'oyat yuksak baho berib: «Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba-bu haqqoniy yoritilgan tarixdir»,-deb ko'rsatdi. Darhaqiqat, o'zbek halqi mustaqillikka tinch yo'l bilan erishgan bo'lsa-da, istiqlol uchun olib borilgan kurashlarning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Mustaqillik sharofati bilangina bu kurashlar tarixini xolisona o'rganishga imkoniyat yaratildi va milliy tariximiz, ma'naviy boyliklarimizni sinfiy, partiyaviy to'siqlar bilan xalqdan ajratib qo'yishdek illatga barham berildi.
-
QONUN USTUVORLIGI VA INSON MANFAATLARINI TA’MINLASH - YURT TARAQQIYOTI VA XALQ FAROVONLIGINING GAROVI
Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulug' Yo'l- boshchimiz, muhtaram Islom Abdug'aniyevich Karimovning xizmati beqiyos ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi va butun hayotini tubdan o'zgartirgan ushbu muhim siyosiy hujjatni ishlab chiqishda Islom Abdug'aniyevichning konseptual ahamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin bo'ldi.
-
АРХИВШУНОСЛИК
Архив ҳужжатларидан фойдаланиш тартиб-қоидаси, одатда бир қанча амаллардан иборатки, буларнинг энг асосийлари сирасига ҳужжатларни қидириб топиш, муаллифи, санаси ва яратилиш шарт-шароитларини аниқлаш ҳамда уларни тарихшунослик нуқтаи назардан баҳолаш, қолаверса, ҳужжатлар билан бевосита ишлаш, яъни уларни тадқиқ қилиш, улардан фойдаланиш кабилар киради. Ушбу вазифаларни муваффақиятли амалга ошириш тадқиқотчидан ўз тадқиқот соҳаси бўйича орттирган билимларидан ташқари махсус архившунослик илмидан хабардорликни, архив ҳужжатлари билан методикасини эгаллаган бўлишни тақозо этади.
-
ARXEOLOGIYA ASOSLARI
O'quv soatlari hajmi doirasida tarixning muhim qismi hisoblangan O'rta Osiyo hamda jahon arxeologiyasiga bag'ishlangan. Mazkur ma'ruza matnida berilgan mavzular uzviylik va tarixiy davriylik ketma-ketligini o'zida mukammal aks ettirib, arxeologiya fani tarixning ajralmas qismi ekanligini, vatan tarixining qadimgi davridan o'rta asrlargacha bo'lgan moddiy va ma'naviy yodgorliklar haqidagi bilimlarni qamrab olgan. Talabalarga arxeologiya fanining tadqiqot usullari, tarixiylik, ilmiylik va xolislik tamoyillari haqida ma'lumot beradi. Ma'ruza matni bakalavriat ta'lim yo'nalishining o'quv hajmi soatlariga mos keladi va me'yoriy hujjatlarga muvofiq tayyorlangan.
-
QALAMTASVIR FANIDAN MUSTAQIL ISHLAR TO‘PLAMI
Ushbu metodik tavsiya 5150900- Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni, Landshaft dizayni) yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘llanmada “Qalamtasvir” fanidan talabalar bajaradigan individual mustaqil ishlash uchun namunalar keltirilgan. Har bir bajariladigan mustaqil ish uchun metodik ketma-ketlik taqdim etilgan.
-
MUZEYSHUNOSLIK VA ARXIVSHUNOSLIK
Muzey ishi- jamoatchilik faoliyatining fan, tarbiya va madaniyati bilan alokada bulib turadigan uziga xos bir kismi sifatida jamiyat tarakkiyotining umumiy tendentsiyalardan chetta kolmagan. Insonning xar tomonlama rivojlantirish ishida muxim axamiyatga ega bulgan muzey ishi darajasini ustirishda tuplagan tajribani nazariy tushunmasdan, xarakteristikasini, koidalarni urganmasdan turib erishib bulmaydi. Muzey ishini muammolarini umumlashtiruvchi, muzey amaliyotida foydalanadigan va maxsus adabiyotlarda uz aksini topgan bilimlar majmuasi – muzeologiya yoki muzeyshunoslik deyiladi. Bu termin XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bulganligi karamasdan juda kuplab jaxon kishilarga urnashib kolgan. Ilgari mavjud bulgan «Muzeografiya» termini muzeylarga tegishli bulgan barcha asarlarga XX – asrning urtalarida boshlab esa muzeylar tavsifiga nisbatan ishlatila boshlagan. Muzeyshunoslikning nazariy sistemasi tushuncha va metodlari XVI- asrdan boshlab shakllana boshlagan. Lekin fan sifatida sungi un yilliklarda shakllandi. Muzeyshunoslik – ijtimoiy axborotni saklash vositasiga anglash va etkazish jaraynini urganuvchi ijtimoiy fandir
-
Тарихий манбашунослик муаммолари Республика илмий-амалий анжумани материаллари (2003 йил 25 апрел)
Ушбу китобда Тарихий манбашунослик муаммолари Республика илмий-амалий анжумани материаллари жой олган.
-
Tarixiy tadqiqot metodlari va metodologiyasi
O’zbekiston Respublikasi eng qadimgi dinniy madaniy va ilmiy markazlardan biri xisoblanadi va shu sababli o’znek xalqi boy tarixga egadir. O’zbekiston Mavoraunnaxr Osiyo bilan Yevropani birlashtirib turgan ko’prik vazifasini o’tagan. Ikki daryo oralig’i orqali olib borilgan Osiyo – Yevropa iqtisodiy va madaniy aloqalari O’rta Osiyo umuman jaxon xalqlari taraqqiyotida katta rol uynagan. Bugunchi kunda Yevropa va Osiyo xalqlariga xizmat qilgan Buyuk ipak yo’li tarixini chuqur o’rganishga fuqarolarda katta qiziqish uyg’otmoqda. 1991 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlatchilikni ko’lga kiritganligi jumxuriyatimizni bugungi kuninigina emas, balki istiqbolini ham belgilab beruvchi asosiy omildir.
-
TARIXIY O’LKASHUNOSLIK
Ushbu kitob aynan shu muloxazadan kelib chiqqan holda yaratilgan. Ota-bobolarimiz, ajdodlarimizning aql-zakovati, oltin qo`li ila IX-XII asrlardayoq kishi aqli bovar qila olmaydigan darajada nafis va nozik qilib ishlangan naqshlar qadimiy va navqiron Samarqand, Buxoro va Xiva devorlarida o`zini ko`z-ko`z qilib turibdi. O`sha davr uslubi bilan yuksak mahorat ko`rsatib qurilgan muhtasham binolar va bu binolardagi SHarq uslubiga xos o`ymakorlik naqshlari o`z taraqqiyotining cho`qqisiga ko`tarilganligidan guvohlik beradi. Bunday o`ymakorlik naqshlari bilan bir qatorda islomiy uslubda ishlangan naqshlar, ya`ni gul va novdalarning murakkab uslubdagi naqshlari va hozirgi kungacha yaxshi saqlanib kelayotgan tillada qorilib o`yilgan boshqa bezaklar ajdodlarimiz yuksak san`atining timsoli sifatida bugun ham hammani lol qoldirib turibdi. Qadimgi va o`rta asrlar me`morchilik obidalarini saqlash, o`rganish va muhofaza qilish hozirgi zamon yosh avlodni, mehnatkashlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, xalqlarning baynalmilal do`stligini mustahkamlashda katta rol o`ynaydi. SHuning uchun ham o`tmish tarixiy va moddiy-madaniy yodgorliklarini o`rganish, muhofaza qilishning rolini oshirish muammolarini hal qilishga katta ahamiyat berilmoqda.