-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Patologik fiziologiya
Mazkur darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, patofiziologiya fanining asosiy masalalari, kasalliklarning kelib chiqish sabablari va rivojlanish qonuniyatlarini yoritadi. Kitobda patologik jarayonlar, etiologiya, patogenez va sanogenez kabi tushunchalar zamonaviy ilmiy yutuqlar hamda Abu Ali ibn Sino merosiga tayangan holda tahlil qilingan. Shuningdek, darslikda eksperimental va klinik tadqiqot metodlariga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun qo‘llanma
Ushbu o‘quv qo‘llanma tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy va xususiy patofiziologiya masalalarini o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada patologik jarayonlarni modellashtirish, tajriba (eksperiment) o‘tkazish uslublari, shuningdek, asosiy o‘quv savollari va amaliy ko‘nikmalar batafsil bayon etilgan.
-
Gematologiya va transfuziologiya
Darslikda qon kasalliklarining sabablari, rivojlanish mexanizmlari, tashxisi, klinik manzarasi, davolash va profilaktikasi bo'yicha hozirgi zamon ma'lumotlari batafsil tavsiflangan. Shuningdek, donorlik, qon guruhi va rezus omilni aniqlash, gemotransfuziyadan keyingi asoratlar va transfuzyon terapiyaning asosiy tamoyillari yoritilgan.
-
Gematologiya
Darslikda qon kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, diagnostikasi, klinik ko'rinishi, davolash va profilaktikasi bo'yicha ma'lumotlar batafsil tavsiflangan. Kasalliklar anemiyalar, gemorragik diatezlar, gemoblastozlar bo'limlarida yoritilgan va alohida gemapoez tizimi, suyak iligining tekshirish usullari, qon ivish tizimining laborator diagnostikasi, transfuzyon terapiyaning asosiy tamoyillariga alohida boblar ajratilgan. Darslik gematologiya mutaxassisligi bo'yicha tibbiyot oliygohi talaba
-
Klinik gematologiya
O'quv qo'llanmada gemoblastozlarning patogenezi, gemostaz fiziologiyasi, gematologik sindromlar, shuningdek surunkali kasalliklar anemiyasi va qon ivish tizimining buzilishi to'g'risida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Kitob tibbiyot oliygohlarining davolash ishi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Biokimyo
Ushbu darslikda biokimyo va molekulyar biologiyaning asosiy tamoyillari bayon qilingan. Shuningdek, fundamental biokimyo tamoyillaridan tashqari, ba'zi patologik holatlarning biokimyoviy asoslari ham berilgan bo'lib, bu tibbiyot instituti talabalarini kasalliklarning klinik ko'rinishlari bilan tanishtirish imkonini beradi. Mazkur darslik tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.
-
Biokimyo I qism
Ushbu darslikda biokimyo va molekulyar biologiyaning asosiy tamoyillari bayon qilingan bo'lib, fundamental biokimyo tamoyillaridan tashqari, ba'zi patologik holatlarning biokimyoviy asoslari ham berilgan. Mazkur darslik tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.
-
Biokimyo
Tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu darslikda biologik kimyo fani, jumladan, fermentlar biokimyosi, vitaminlar, energiya almashinuvi, katabolizmning umumiy yo'llari, uglevodlar, lipidlar, oqsillar, nukleotidlar almashinuvi, molekulyar biologiya asoslari, gormonlar, qon va jigar biokimyosi batafsil yoritilgan.
-
MOLEKULYAR BIOLOGIYA
Mazkur darslikda genlarni manipulyatsiya qilish, o'zgartirish va izolyatsiya qilish imkonini bergan molekulyar biologiyaning asosiy usullari yoritilgan. Molekulyar biologiya organizmlar hayotining asoslarini makromolekulalar darajasida o'rganib, ularning tuzilishi va xossalarini bilish asosida roli va funksional mexanizmlarini aniqlashga qaratilgan.
-
Tibbiy biologiya va genetika
Darslik biologik tizimlarni molekulyar, hujayra va organizm darajasida tashkil etish masalalarini qamrab oladi. Tibbiy biologiya va genetika sohasidagi zamonaviy yutuqlarning tibbiyot rivojidagi ahamiyati hamda tibbiy parazitologiya va tibbiy araxnoentomologiyaga katta e'tibor qaratilgan.
-
Pediatriya. Gastroenterologiya
O'quv qo'llanmada tibbiyotga oid so'nggi nashrlar asosida pediatriyaning dolzarb masalalalaridan biri bo`lgan gastroenterologiyaga bag`ishlangan. Mualliflar tomonidan tayyorlangan ushbu o'quv qo'llanmada ovqat hazm qilish sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlari, ovqat hazm qilish a'zolarining Junktsional buzilishlari, o'tkir va surunkali kasalliklarining davolash va oldini olish chora tadbirlari keng yoritilgan.
-
Katta yoshdagi bolalar kasalliklari
Ushbu darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlarining pediatriya kafedralarida tahsil olayotgan talabalar, klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari uchun mo'ljallangan bo'lib, bolalar kasalliklari, ularning tasnifi, kelib chiqish sabablari, belgilari, tashxislash va davolash usullarini o'z ichiga oladi.
-
Bolalar kasalliklari
Ushbu darslik davolash fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, universitet tomonidan tasdiqlangan dastur asosida tuzilgan. Darslikda bolalar orasida ko'p tarqalgan kasalliklar haqida zamonaviy ma'lumotlar an'anaviy ketma-ketlikda, kasallikni aniqlash, uning tarqalishi va etiologiyasi, patogenezi, klinik ko'rinishi, tashxis, qiyosiy tashxis, davolash, prognoz va stasionardan keyingi dispanser kuzatuvi berilgan.
-
BOLALAR GASTROENTEROLOGIYASI
Darslik bolalarda ovqat hazm qilish tizimining eng keng tarqalgan kasalliklari haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Bolalikdagi gastroenterologik patologiyaning etiologiyasi, patogenezi, klinik ko'rinishi, diagnostikasi va davolash bo'yicha dolzarb ma'lumotlar umumlashtiriladi. Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlarining klinik ordinatorlari va 'Pediatriya' mutaxassisligi bo'yicha yosh mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
English Information Technology
English Information Technology Vocational English Course Book is a specialized textbook designed for learning technical English in the IT industry. It covers essential topics such as computer hardware and software, networking, websites, databases, e-commerce, and IT support. The book helps learners develop practical language skills for professional communication, job descriptions, schedules, and technical tasks.
-
Суд тиббиёти. Врач фаолиятининг ҳуқуқий асослари
Мазкур дарслик тиббиёт олий ўқув юртларининг стоматология таълим йўналиши студентлари учун мўлжалланган бўлиб, судга оид тиббий экспертизанинг қонунчилик асослари, ташкилий масалалари ва турли патологик ҳолатлар билан боғлиқ экспертизаларни ўтказиш тартиiblarini ўргатади. Шунингдек, тиббиёт ҳуқуқи соҳасидаги назарий билимлар, тиббий фаолиятнинг ҳуқуқий-норматив асослари ҳамда тиббий ёрдам нуқсонларининг олдини олиш масалалари ёритилган.