-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
-
-
-
Matimatik mantiq va diskret matematika 2-jild.
Darslikning II jildida predikatlar mantiqi matematik nazariyalar algoritmlar matematik mantiqning texnikaga tatbiqi matematik funksiyalarni minimallashtirish gratlar nazariyasining elementlari tarmoqlari va tarmoqdagi oqimlar bayon bo`lib barcha oliy o`quv yurtlari talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Diyetologiya asoslari
Darslik diyetologiyadan ta`lim berishning rivojlangan davlatlar tajribasi va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yuqumli bo`lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4063-sonli Qarori, 2015 yil 29 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasi aholisining 2015-2020 yillarda to`g`ri ovqatlanishini ta`minlash Konsepsiyasi va chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash to`g`risida”gi 215-sonli Qarori asosida qabul qilingan zamonaviy o`quv dasturlariga muvofiq tuzilgan. Darslik tibbiyot OTM bakalavriatning davolash, kasbiy ta`lim, pediatriya, stomatologiya va tibbiy profilaktika fakultetlari talabalari, tibbiyot xodimlari kasbiy malakasini rivojlantirish markazlari, diyetologiya va nutritsiologiya sohasidagi magistratura, ovqatlanishning tibbiy muammolarini o`rganuvchi mutaxassislar, diyetologlar, bemor va sog`lom insonlar, shuningdek, parhez sohasida ishlovchi mutaxassislar uchun mo`ljallangan.
-
Tuproq bonitirovkasi va xaritalash
Darslik ikki qismdan tashkil topgan bolib, birinchi qismi tuproq bonitirovkasiga oid bo'lib, davlat kadastri tizimini yuritishda tuproqning sifati, unumdorlik darajasi, uning o'ziga xos tabiiy-iqtisodiy mintaqada joylashganligi bo'yicha ilmiy ma'lumotlar keltirilgan. Tuproqni bonitirovkalashning uslublari, bajarish bosqichlari yoritilgan. Sug'oriladigan hamda lalmikor yerlarni bazali bonitirovka shkalasi berilgan.
-
Anorganik kimyo
Mazkur darslikda farmatsevtika instituti talabalari uchun anorganik kimyoning nazariy asoslari berilgan. Talabalaiga qulay bo'lishi maqsadida avval kimyoning qonunlari, reaksiyalarining, energetikasi, tezligi eritmalari to'g'risidagi ta’limot, atom va molekular tuzilishi hamda elementlar kimyosi yoritilib, bu m a’lumotlar talabalarga o'qiladigan ma’ruzalarga mos kelishi, mavzuga tegishli nazariy savollar va masalan mustaqil ishlash uchun kerakli nazariy asoslar ham keltirilgan.
-
O‘zbek tili
Ma’lumki, o‘zbek tili ona tili, davlat tili, ikkinchi til va chet tili sifatida o‘qitiladi. Shuning uchun ularning o‘qitish tamoyil va usullari ham mushtarak bo‘lmaydi. Bizda ona (o‘zbek) tili o‘qitish metodikasi nisbatan ko‘proq o‘rganilgan. Uni davlat tili, ikkinchi til yoki xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari deyarli o‘rganilmagan. Bunda asosan ona tili ta’limi qolip va qoidalarga tayaniladi
-
Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш
Ушбу дарслик алоқа ва ахборотлаштириш сохасига оид метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш фани бўйича таълим стандартларига мос равишда ва фаннинг истиқболлари эътиборга олиниб тайёрланди. Метрология бўйича - алоқа техникасида қўлланилиб келинаётган метрология асослари, ўлчаш усуллари, ўлчаш воситалари, ўлчов бирлигини таъминлаш тизими, соҳанинг асоси-метрология хизматининт вазифалари, ўлчаш хатоликлари, ўлчаш ноаниқлигини баҳолаш, ахборот ўлчаш асбоблари ва тизимлари ва интеллектуал ўлчаш тизимлари тўғрисида баён этилади.
-
Физикавий кимё
Дарсликда физикавий кимёнииг асосий бўлимлари — молекулаларнинг тузилиши, термодинамиканинг уч бош қонуни, кайтар реакцияларда реакцияга (чиқимига) таъсир этувчи омилллар ва унумини ошириш чоралари,агрегат (фазалар) ҳолатларининг ўзгариши билан бўладиган жараёнларда моддаларнинг тақсимланиши, эритманинг (электролит эритмаларнинг,аралашмаларнинг) хоссалари ва электр ўтказувчанлиги, гальваник элементларда кимёвий энергиянинг электр энергияга айланиши, электролиз жараёнида электродларда моддаларнинг ажралиши, кимёвий реакциялар тезлигига таъсир этувчи омиллар ва реакция тезлигини ошириш чоралари баён этилган.
-
Органик кимё
Дарслик 17 бобдан иборат бўлиб, органик кимё курсининг ҳамма бўлимларини ўз ичига олган. Китобда органик кимё асослари изчиллик билан батафсил баён этилган. Айрим муҳим реакцияларнинг механизми тўлиқ ёритиб берилган. Органик кимё маҳсулотлари қишлоқ хўжалигида ва саноатда қўлланилишига алоҳида аҳамият берилган.
-
Analitik kimyo
Ushbu darslik oliy o'quv yurtlarining kimyodan boshqa ixtisosga o'qiydigan talabalari uchun mo'ljallangan, lekin undan o'rta maxsus o'quv yurtlarining talabalari hamda kimyoviy analiz bilan shug'ullanuvchilar ham foydalanishi mumkin.
-
Iqtisodchilar uchun matematika
Ushbu darslik iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Iqtisodchilar uchun matematika fan dasturiga moslashtirib yozilgan. Darslikda chiziqli algebra, analitik geomctriya, matematik tahlil, oddiy differensial tenglamalar va qatorlar nazariyasiga doir materiallar keltirilgan. Bu darslikka kirilgan materiallar ma’lum bir doiradagi iqtisodiy muammolarning matematik modellarini tuzish hamda ularning optimal yechimini topishda yordam beradi.
-
Stomatologik asbob va ashyolar
Stomatologiya fanining terapevtik bo‘limi og‘iz bo‘shlig‘ining bir qator kasalliklari (tish va parodont kasalliklari, og`iz bo‘shlig‘i shilliq qavati va til kasalliklari)ni o ‘z ichiga oladi.Mana shu og‘iz kasalliklarini o ‘rganishda, tashxislashda, davolash va profilaktika chora tadbirlarida stomotologik asbob va ashyolarning o ‘rni beqiyosdir. Bugungi kunga kelib, stomotologiyani zamonaviy bormashinalar, estetik va kosmetik talablarga to‘la javob beruvchi kompozit plomba ashyolari, ultratovushli skalerlar va boshqa bir qancha davrimiz talabidagi asboblarsiz tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
-
Me'morchilik. Sanoat binolari arxitektura
Darslikda arxitektura va qurilish ta'lim sohasining boshqa ta'lim hamda arxitektura fanidan dars mashg'ulotlarini olib boruvchi professor-o'qituvchilar ham foydalanishlari mumkin. Unda sanoat binolarini loyihalashning umumiy qoidalari, sanoat korxonalarining bosh rejasi, binolarning karkaslari, pardevor, eshik va zinapoyalar qurilmalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Turizm mamlakatshunosligi
Sizga havola qilinadigan darslik jahon turizmining muhim qirralaridan biri bo’lgan mamlakatlarda turizmni rivojlanish imkoniyatlari, ularda turizm uchun yaratilgan shart – sharoitlar, rivojlanish omillari, turizm industriyasi va infratuzilmasi holatlarini tahlil qilishga qaratilgandir.
-
Акушерство
В учебнике наряду с основополагающими принципами классического акушерства представлены современные, основанные на внедрении новых медицинских технологий достижения родовспомогательной помощи как в Беларуси, так и за рубежом. Расширены представления о патогенезе, диагностике, терапии и профилактике в отношении беременности, родов и послеродового периода, учтены изменившиеся взгляды и положения по тактике ведения беременности и родов при различной акушерской патологии и представлены самые последние достижения в области перинатальных технологий.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Darslikka yashash muhiti va inson faoliyatiga taalluqli hamma masalalar, jumladan, mehnat qilsihda aqliy va jismoniy mehnat asoslari, elektr xavfsizligi masalalari, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, favqulodda hodisalar va fuqaro muhofazasi hamda yong`in xavfsizligi masalalari kiritilgan.
-
Меъморчилик. Фуқаролик бинолари архитектураси
Ушбу дарсликда биноларни лойиҳалаш асослари (1-бўлим), турар-жой бинолари (2-бўлим), фуқаролик биноларининг конструкциялари (3-бўлим) ва жамоат биноларининг ўзига хос лойиҳа ва конструктив масалалари (4-бўлим) ёритилган.