-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Otalar va bolalar
Mashhur rus yozuvchisi I.S.Turgenevning o‘z davrida katta shuhrat qozongan ushbu “Otalar va bolalar” romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining cho‘qqisi sifatida talqin etiladi. Adib bosh qahramon Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni asaming asosiy g‘oyasi sifatida talqin etadi. Kitobdagi voqealar o‘sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki poydevorini tagtugi bilan yo‘q qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko‘rsatib beradi. Turgenev Bazarovdagi nigilizmni (barcha narsalarni inkor qilish) tasvirlash orqali rus yoshlariga xos xaraktemi ham namoyon etgan. Kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilishga o‘rgatuvchi ushbu asar mutolaasi kitobxonga zavq bag‘ishlaydi, degan umiddamiz.
-
Ona lochin
Qahramonning ona lochin deb atalishi bejiz emas. Kitobni o'qish jarayonida uning temuriylar saltanatida yorqin iz qoldirgan, ma'naviy dunyosi boy, aql-zakovatda zamonning eng peshqadam ayollaridan biri bo'lganiga ishonch hosil qilamiz. Zarur chog'larda qattiqqo'l, lekin vujudi ipakdek mayin va mehribon Gavharshodbegimning temuriyzodalarni tarbiyalash, navqiron iste'dodlarni kashf etish, ularni mehr-muruvvat bilan onalarcha parvarishlash singari fazilatlari, ayniqsa, Mirzo Ulug'bek, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy bilan bo'lgan munosabatlarida yorqin gavdalantiriladi. «Ona lochin vidosi» Gavharshodbegim obrazi badiiy adabiyotda bu qadar keng va atroflicha gavdalantirilgan dastlabki asardir.
-
Jaloliddin Rumiy
Жалолиддин Румий - жаҳон адабиётининг муаззам сиймоларидан. Унинг "Маънавият денгизи", "Тасаввуф қомуси", "Дунёнинг китоби" каби номлар билан улуғланган олти дафтардан иборат "Маснавий маънавий" асари теран маъноли фикрлар, панд-насиҳатлар, комусий билим ва катта ҳаётий тажриба билан йўғрилган ҳикматли сўзларга бойлиги туфайли Шарқу Ғарб илму адаб аҳлини бирдай ҳайратга солиб келяпти. "Фиҳи мо фиҳи" (Ичиндаги ичиндадир) ваъзлар тўплами, "Девони Кабир" (Улуғ девон) шеърлар девони ҳам ҳаёт моҳияти ва умр мазмунини очиб берувчи фалсафий мулоҳазалар, пурмаъно ўгитларга сероб. Мутафаккир шоирнинг улкан ва ранг-баранг адабий мероси ичидан териб олинган ушбу тафаккур дурдоналари кенг ўқувчилар оммасининг маънавий дунёсини бойитиб, маърифий билимини оширишга хизмат килиши шубҳасиз.
-
Sarmoyador
Bir necha kunda millioner bo‘lish mumkinmi? Shu bilan insonning istaklari poyoniga yetarmikan? Qo‘lingizdagi kitob - “Sarmoyador”ning bosh qahramoni Frenk Kaupervud o‘zining savqi tabiiysiga quloq tutib, bir necha kunda chindan boyib ketadi. Unda o‘smirligidanoq atrofdagilar taʼsirida savdogar va birja o‘yinchisi ruhiyati shakllangandi. Tashabbuskor, iqtidorli va serg‘ayrat yosh yigit asta-sekin hech qanday tamoyilni tan olmaydigan, o‘z hukmini o‘tkazuvchi ochko‘z millionerga aylandi-qoldi. Ammo hayot bir tekis emas, uning uchun kutilmagan og‘ir sinovlar hali oldinda edi... “Sarmoyador” - amerikalik yozuvchi Teodor Drayzerning eng mashhur romanlaridan biri. Adibning "Istak trilogiyasi" dan joy olgan ushbu asari 1912 - yilda nashr etilgan. Unga amerikalik temir yo‘l korchaloni, millioner Charlz Yerksning hayot yo‘li asos qilib olingan. Kitobda konkret inson misolida tadbirkor qanday fikrlashi, xayolidan qanday o‘ylar kechishi, muammolarga qanday yechim topishi tasvirlangan. Bu asar chinakam tadbirkor xarakteriga berilgan chizgidir. Yagona kitob ko'rinishida!
-
To'xtating Samolyotni tushib qolaman
Efreim Sevela — sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi yozuvchisi, lekin umrining soʻnggi yillari Amerika Qoʻshma Shtatlarida va Isroilda kechgan. Uning Toʻxtating samolyotdan, tushib qolaman qissasi sovet tuzumining soʻnggi yillarida yozilgan boʻlib, unda yuksak mahorat bilan bu tuzumning turli-tuman nuqsonlari ochib berilgan. Qissa jiddiy masalalarga bagʻishlangan boʻlsa-da, hazil-mutoyibaga, yumorga, kinoya va pichinglarga juda boy. Gap kelganda otangni ham ayama degan gapga amal qilingan. Muallif qissaning biron oʻrnida pafosga berilmaydi, quruq va puch tasvirdan, balandparvoz gaplardan qochadi. Bu esa qissaga oʻziga xos rang va joziba bagʻishlaydi va maroqli, bir tekisda ravon va tez oʻqiladi.
-
Byuk Getsbi
Amerikalik yozuvchi Frensis Fisjerald jahon adabiyotida chuqur iz qoldirgan adiblardan biri hisoblanadi. Sizning eʼtiboringizga havola etilayotgan quyidagi “Buyuk Getsbi” romanida Amerika hayoti tasvirlanadi, Getsbi ismli yigit Dezi nomli qizni chin yurakdan sevib qoladi. Urush sababli sevgan qizini yoʻqotib qoʻyadi. Voqealar tizimi ularning ayrilishi va topishishi asosida kechadi. Ushbu roman asosida ishlangan badiiy film ham millionlarcha tomoshabinlar mehrini qozongani bois, mazkur jahon adabiyoti durdonasi oʻzbek kitobxonlariga taqdim etilmoqda.
-
Chol va dengiz
Chol qayiqda yolg‘iz o‘zi Golfstrimda baliq ovlardi. Dengizga chiqayotganiga mana sakson to‘rt kun ham to‘ldi, ammo hali bironta baliq tutganicha yo‘q. U bilan qirq kun bola birga bo‘ldi. Hadeganda qo‘li quruq qaytavergach, ota-onasi unga endi cholning o‘ta-ketgan Salao, ya’ni «o‘lguday omadi yurishmagan odam» ekanini aytib, bundan buyon boshqa qayiqda dengizga chiqish kerakligini qulog‘iga quydilar. Haqiqatan ham birinchi haftaning o‘zidayoq bu qayiqda baliq desa arziguday uchta baliq tutib kelishdi. Deyarli har kuni cholning dengizdan quruq qaytayotganligini ko‘rib bola ichichidan ezilar edi. U cholning uskunalari, changak, garpun va machtaga o‘ralgan yelkanlarini tashishga yordamlashgani qirg‘oqqa kelardi. Dag‘al matodan to‘qilgan yelkan yamalaverib, ola-quroq bo‘lib ketgan, o‘rog‘liq holda yaksoni chiqqan polkning yaloviga o‘xshardi.
-
Orziqib kutaman ertani
Америка ёзувчиси Сидни Шелдон 1917 йилда Чикагода туғилган. У иккинчи жаҳрн урушидан олдиноқ Голливудда киносценарист сифатида шухрат топди. Дарвоқе, С. Шелдон урушда АҚШ Ҳарбий Ҳаво Кучлари учувчиси сифатида иштирок этди. У урушдан кейин ҳам кинода ишлашни давом эттирди. Унинг қаламига мансуб олти пьеса Бродвейдаги театрлар репертуаридан жой олиб, шов-шувларга ҳам сабаб бўлди. Ёзувчи 1963 йилда ЭЙ-БИ-СИ корпорацияси билан ҳамкорликни бошлаб, икки юздан зиёд телевизион сценарийлар яратди. Бироқ С.Шелдонга жаҳон миқёсидаги шон-шуҳратни китоблари келтирди. Унинг асарлари бир юз саксондан ортиқ мамлакатда элликдан ортиқ тилда нашр этилди. Адибнинг қаламига мансуб элликдан ортиқ ўткир мавзули асарлари орасида «Ярим туннинг орқа томони», «Қонли қадам», «Фаришталар қаҳри», «Кўзгудаги дарбадар», «Тонг, кун, тун» каби романлари алоҳида ўрин тутади. С. Шелдон кўпдан-кўп адабий ва кино санъати соҳдсида бериладиган нуфузли совринларнинг, жумладан, Эдгар По номли ва Оскар мукофотининг соқиби бўлган. Адиб умрининг охирига қадар самарали ижод билан банд бўлди. Сидни Шелдон 2007 йил январ ойида 90 ёшида вафот этди.
-
Molxona
Жорж Оруэлл (ингл. Оеог§е Оте11, ҳақиқий исм-шарифи Эрик Артур Блэр) — инглиз ёзувчиси бўлиб, ғайрихаёлий «1984» романи ва «Молхона» ривоят-қиссасининг муаллифидир. Жорж Оруэлл «Молхона» асарини 1943 йилнинг ноябридан то 1944 йилнинг февралигача ёзган ва 1945 йилнинг августида эълон қилган. Китобни ҳар бир инсон ўқиши ва мулоҳаза қилиши лозим: нега бу дунёмиз шундай, у аслида қандай бўлиши керак. «Молхона» жаҳон адабиёти тарихидаги энг муваффақиятли ва баҳсли асарлардан бири ҳисобланади. Асар ғоясидан келиб чиқиб асосий намуна сифатида СССР олинганлигини фараз қилиш мумкин. «Молхона»ни ўқир экансиз, жуда таниш ҳодисаларни ўқиётгандай бир ҳис қамраб олади сизни - сотқинлик, воқеаларни ва фактларни сохталаштириш, ўз мақсадлари учун тарихни ўзгартиришга уриниш инсонлар жамиятининг ҳам одатий ҳолати, барининг остида ҳокимиятга интилиш ҳисси ётади. Ҳокимиятга интилиш ҳирси озодликка интилиш ниқобига ўранади, инсоннинг ҳокимиятидан қутулган, тецглик ва озодликка асосланган молхона қуришга жонланган жониворлар яна диктатурани - бир тоифа ҳайвонларнинг бошқа тоифа ҳайвонлар устидан ҳукмронлигини барпо этадилар.
-
Жан-Жак Руссо
Составители стремились к тому, чтобы данное издание заключало в себе все главные социально-политические сочинения Руссо, представляющие наибольший теоретический интерес.
-
Бахт ортидан кувиб
Ушбу китоб оркали сиз амалдаги тадбиркорнинг билим ва тажрибаларига эга буласиз. Албатта фаолият давомида бизнесни барбод килишга оид омиллар етарлича топилади. Ушбу китоб сизларни ана шу хатолар билан бирма-бир таништиради. Чунки тадбиркорлик фаолиятини юритаётган инсон ана шу хатоларга дуч келиши аник.
-
Рассказы о философах
При огромном и постоянно растущем интересе молодежи и, в частности, старших школьников к философии мы практически пока не можем предложить им популярных книг — своего рода введения в философию и философскую проблематику. А. Домбровский предпринял попытку в живой, очерковой форме дать своеобразное первоначальное представление о философах и философии. Философские истины он постарался изложить как живые размышления о/сивых и очень проницательных людей. В основу книги положены факты, хотя писатель, конечно, что-то немножко и придумал, чтобы показать своих героев — философов в конкретных жизненных обстоятельствах.
-
Миф-1976
Что такой миф автор начинает с рассмотрения известных ему теорий мифа и приходит к выводи что нельзя ответить на этот вопрос не определив предварительно место миф в истории человеческого сознан.
-
Литературоведение и критика Центральной и Юго-Восточной Европы конца ХХ-начала ХХI века
Новый исторический опыт обусловил изменение роли литературы в общественной жизни стран региона пересмотр прежних и возникновение новый эстетических мысли.
-
Muvozanat
Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” romanida bir necha ramziy obrazlar talqinida yaqin o‘tmishimiz, odatlangan turmush tarzimizdagi o‘zgarishlar ruhiyatimizda keskin o‘zgarishlar, evirilishlarni yuzaga chiqargan davrdagi muvozanatsizlik holati tasvirlanadi. Roman nomining o‘zidayoq shuni anglashimiz mumkinki, yangi davr ostonasida turgan inson ko‘nglidagi mezon davr va makon o‘zgarishlari natijasida ma’lum darajada izdan chiqdi, saqlab turilgan muvozanatning qalqib ketishi keng ko‘lamda ifodalab berildi. Yozuvchi bu asarida muvozanat tushunchasiga badiiy nuqtayi nazardan yondashadi va muvozanatning inson hayotining har bir tarzida, jabhasida, namoyon bo‘lishini muvozanatning buzilish holatlarini bir necha obrazlar orqali ko‘rsatib beradi.
-
Ichingdagi ichingdadir
"Ichindagi ichindadur" Mavlono Jaloliddin Rumiyning turli majlislarda bildirgan «o‘tlug» fikrlaridan tarkib topgan. Siz ushbu risolani o‘qib, inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, xayol va amal singari falsafiy tushunchalarning asl mohiyatini anglaysiz. Va hamma narsa O‘zingizda, hamma narsa O‘zingizdan ekanligiga yana bir bor iymon keltirasiz.