-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Рўё ёхуд ғулистонга сафар.
Бу адибнинг ўзига хос бадий услубдаги фалсафий-рамзий романи бўлиб , унда қисса ичида қисса каби бадий усуллар қўлланилади.
-
Sotsiolingvistika
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili hamda o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘quv- uslubiy qo‘llanma “Sotsiolingvistika” fani bo‘yicha Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturi (2020-yil) asosida yaratildi.
-
Ixtisoslikka kirish (Yunon rum) 1-2-qism
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Yunon-rum kurashi ixtisoslikka kirish” fanidan universitet bakalavriat bosqichi talabalarini tayyorlashga qo‘yilgan talablarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u yunon-rum kurashi yo‘nalishida tahsil olayotgan sirtqi hamda kunduzgi ta’lim shaklidagi talabalar uchun nazariy kurs sifatida majburiy o‘quv manbasi hisoblanadi. Unda ushbu sport turining nazariy, metodik va amaliy asoslari keng yoritilgan bo‘lib, ixtisoslik yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar uchun o‘z bilimlarini chuqur o‘zlashtirish va kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish imkonini beradi. Talabalardan fanning nazariy va metodik jihatlarini puxta o‘zlashtirish, o‘qitish jarayonida metodik yondashuvlarni to‘g‘ri qo‘llay olish, kasbiy madaniyat, bilimdonlik, intizom, joziba va axloqiy poklik kabi fazilatlarni egallash talab etiladi. Mavzularni ijodiy tahlil asosida o‘rganish, olingan nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llash bo‘lajak mutaxassislarga sport sohasida mustaqil izlanishlar olib borish, o‘z tajribasini takomillashtirish va zamonaviy talablarga mos natijalarga erishish imkonini yaratadi.
-
O‘RTA OS1YO ARXEOLOGIYSI
Darslikm yozishda Respublikamizda nashr qilingan o'quv adabiyotlari diet el o‘quv adabiyotlari ilmiy va uslubiy tairibasidan keng foydalanib, asos qilib olindi.
-
Geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)
Ushbu kitob umumta'lim maktab o'quvchilari uchun 6 sinf darsligidir.
-
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI
Ushbu qo'lanma kasb-hunar kollejlarining barcha yo‘nalishlari uchun tuzilgan Davlat ta'lim standartlari o‘quv dasturi asosida va „Elektrotexnika va elektronika asoslari" predmeti kasb-hunar kollejlarining elektroenergetika asosiy bo'lmagan yo'nalish va mutaxassisliklari o‘quv dasturlariga muvofiq yozilgan. Qo'llanma kasb-hunar kollejlarining talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Shifokorninig nutq madaniyati va bemor bilan muloqot san'ati
Shifokorninig nutq madaniyati va bemor bilan muloqot san'ati o'quv qo'llanma
-
Ingliz tili o‘qitish metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanma ingliz tilini o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy asoslarini yoritishga qaratilgan bo‘lib, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanmada chet tillarni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi, zamonaviy kommunikativ yondashuvlar, til ko‘nikmalarini (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish) o‘qitishning psixologik, metodik va amaliy asoslari, shuningdek, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullar va texnologiyalar keng yoritilgan.
-
География тарихи
Китоб география фани тарихи билан қизиқувчи китобхонлар, ўқитувчилар, талабалар ва ўқувчиларга мўлжалланган.
-
ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA fanidan virtual laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma
Tavsiya etilayotgan uslubiy qo‘llanmada texnika sohasidagi kasb-hunar kolleglarida o‘qitiladigan «Elektrotexnika va elektronika» fanidan laboratoriya ishlarini kompyuterda sxemotexnik modellashtirish dasturi «NI Multisim 12.0» asosida virtual bajarishning nazariy va amaliy tartibi ko’rsatilgan. Texnika sohasidagi mutaxasisliklarda ta’lim olay‘tgan o‘quvchilar, kolleglardagi kompyuter va multimediya sinflarida «Elektrotexnika va elektronika» fanidan laboratoriya ishlarini virtual shaklda bajarish natijasida innovatsion kompyuter texnologiyalarini o‘rganadi.
-
Kvant mexanikasi ( 2-qism).
Darslikning ikkinchi qismida kvant mexanikasining bir qator fundamental bo‘limlari — «Mikrozarralarning markaziy simmetrik maydondagi harakati», «Qo‘zg‘alishlar nazariyasi», «Spin va ayniy zarrachalar tizimlari» hamda «Kimyoviy elementlarning davriy tizimi» masalalari keng qamrovli va tizimli tarzda yoritilgan. Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalarining fizika, fizika va fizikani o‘qitish metodikasi, shuningdek, fizika va astronomiya yo‘nalishlari bakalavriat talabalari uchun o‘quv adabiyoti sifatida tayyorlangan. Shu bilan birga, u qattiq jism fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, yarimo‘tkazgichli asboblar fizikasi, elektronika va mikroelektronika kabi mutaxassisliklar bo‘yicha magistratura va tayanch doktorantura mutaxassisliklariga ham oʻquv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi.
-
Kvant mexanikasi (1-qism).
Mazkur darslikning birinchi qismida kvant mexanikasining asosiy tushunchalari va nazariy asoslari yoritilgan boʻlib, unda kvant-mexanikaviy kattaliklarning batafsil tahlili amalga oshirilgan. Asar oliy ta’lim muassasalarining “Fizika”, “Fizika va fizika oʻqitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya” yoʻnalishlari bakalavriat talabalari uchun darslik sifatida yozilgan. Shuningdek, u qattiq jismlar fizikasi, yarimoʻtkazgichli asboblar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimoʻtkazgichlar fizikasi, elektronika va mikroelektronika yoʻnalishlaridagi magistratura hamda tayanch doktorantura talabalari uchun ham oʻquv adabiyoti sifatida tavsiya etiladi.
-
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK MAHORAT
0 ‘quv qo‘llanmada «Kadrlar tayoiiash milliy dasturi»dagi vazifalardan kelib chiqib oliy maktabda ta’lim jarayoni tahlil qilingan. Ta’limning mohiyati, tamoyillari va mazmuni asosiy nazariyalari ko‘rib chiqilgan. Oliy maktabda o'qishni tashkil qilish shakllari va metodlariga zamonaviy talablar hamda talabalaming bilim olish faoliyatlari o'rganiladi. Pedagogik texnologiyalar ilmiy-nazariy asoslariga alohida e’tibor qaratiladi, ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar beriladi. Pedagogik texnologiyalarni amaliyotda aniq foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati bilan bog‘lanadi. Pedagogik mahorat asoslari, o'qituvchining pedagogik faoliyati turlari, pedagogik munosabat va pedagogik madaniyat masalalari ochib beriladi. Oliy maktab magistraturasining barcha ixtisosliklari uchun tavsiya etilgan.
-
Menejmentga kirish
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Menejmentga kirish” asoslarini tizimli va izchil ravishda yoritib beradi. “Menejmentga kirish” kursi doirasida menejmentning mohiyati, tashkilotni tizim sifatida anglash, boshqaruvning asosiy funksiyalari hamda usullarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilish texnologiyalari, nizoli vaziyatlarda rahbarlik uslublari va boshqaruv jarayonining mazmun-mohiyati batafsil ifodalangan.
-
Matematik analiz (egri chiziqli integrallar, sirt integrallari va Furye qatori)
Mazkur qo‘llanma universitetning matematika, amaliy matematika va informatika hamda fizika yo‘nalishlari talabalari o‘quv rejalariga kiritilgan matematik analiz fani dasturlariga asosan berilgan mavzularni o‘z ichiga olgan. Unda matematik analiz fanining bir bo‘limiga oid mavzularning nazariy qismi berilib, ularga doir namuna sifatida misollar yechilib ko‘rsatilgan, o‘rganilganlik darajasini tekshirish uchun nazorat va test savollari berilgan hamda mustaqil yechish uchun misol va masalalar keltirilgan.