-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Ўзбекистон Республикасининг Конститутцияси
Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган.Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 15 октябрда қабул қилинган қонун билан Ўзбекистон Республикасининг Конститутцияси 105-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган.
-
Учебник немецкого языка для вузов туристического профиля
Учебник предназначен для изучения немецкого языка студентами, овладевающими профессиями индустрии туризма. Содержание учебника включает период обучения после коррекционного курса от расширенного изучения базового языка до фундаментального овладения специальном (профессиональным) языком.
-
Nazariy mexanika II qism
Bu kitob mazkur nazariy mexanika darsligining ikkinchi qismi bo'lib, dinamika bo'limidan iborat. U oliy texnika o'quv yurtlari uchun nazariy mexanikaning 1996 yil chop etilgan yangi namunaviy dasturi (120-136 soat hajmda) asosida yozilgan.
-
Gistologiya, sitologiya va embriologiya
Darslikda gistologiya, sitologiya va embriologiya asoslari bo’yicha zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Unda ma’lum ketma-ketlikda hujayra biologiyasi, umumiy va xususiy gistologiya hamda odam embrional taraqqiyotning asoslari yoritilgan. Amaliy tibbiyot vazifalaridan kelib chiqqan holda, darslikning barcha bo’limlarida o’ganiladigan strukturalarga funksional yondashishga va ularning tibbiyot uchun ahamiyatga alohida e’tibor qaratilgan. Darslik berilgan nazariy materialni o’zlashtirishni ancha yengillashtiruvchi rasmlar va sxemalar bilan jihozlangan. Darslikning mazmuni O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan umumiy amaliyot shifokorlari uchun gistologiya, sitologiya va embriologiya fanidan tasdiqlangan fan dasturiga to’la mos keladi.
-
Замонавий интенсив нок боғларини яратиш ва парваришлаш технологияси
Ушбу ўкув-кўлланмада такдим этилаётган материаллар ва атамалар Бирлашган Миллатлар Ташкилоти озиқ-овқат ва қишлоқ хўжалиги ташкилотининг (БМТ ФАО) бирон мамлакат, шаҳар ёки ҳудуднинг хуқуқий мақоми ёки ривожланиш даражасини ифода қилувчи ахборот маҳсули эмас.
-
Nafas organi kasalliklari
«Nafas organlari kasalliklari» darsligi nazariy va amaliy ahamiyatga ega. 0‘quv adabiyotida nafas olish organlari kasalliklarining tasnifi, ularning kelib chiqish sabablari va asoratlari tahlil qilib beriladi. Shuningdek, kitobda muallifning kasallikning oldini olish va davolashga doir ko‘rsatmalari ham diqqatga sazovordir.
-
Nazariy elektrotexnika 1 tom
Darslik ikki tomdan iborat bo’lib, uning birinchi tomida chizikdi elektr va magnit zanjirlari nazariyasi asoslari yoritilgan. U oliy o’quv yurtlarining energetika va elektromexanika mutaxassisligi talabalari uchun mo’ljallangan va eng zamonaviy o’quv dasturiga asoslangan. Darslikdan bakalavriat va magistraturada o’qiydigan talabalar, aspirantlar va muhandislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Ўсимлик маҳсулотлари етиштириш технологияси ва экологияси
Мазкур дарсликда кимё, физика, биология ва бошқа фанларга таянган ҳолда худди мана шу масалалар ҳақида сўз юритилган. Дарслик тупроқшунослик, деҳқончилик ва зироатчилик бўлимларидан иборатдир.
-
Картошкачилик
Ушбу дарсликда Ўзбекистонда картошкачилик ҳолати, муаммолари, ривожлантириш истиқболлари ва кўп тарқалган нав белгиларига таъриф берилган.
-
Кичик бизнесни бошқариш
Ушбу дарслик Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тасдиқланган «Менежмент» йўналиши бўйича бакалаврлар тайёрлаш давлат стандартлари асосида тайёрланган. Дарсликда асосий эътибор кичик бизнесни ривожланиши давр талаби эканлигига, муваффақиятли фаолият кўрсатишда бошқаришнинг ўрни беқиёслигига қаратилган. Дарсликда кичик бизнесни бошқаришнинг назарий ва методологик асослари атрофлича ёритилган, кичик бизнесни бошқаришнинг ўзига хос хусусиятлари, кичик бизнесни бошқаришда бизнес режа ўрни ўз аксини топган. Дарслик тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланувчи барча кичик бизнес ходимлари, олий ўқув юртлари, касб-хунар коллежлари талабалари ва бизнес мактаб тингловчилари ҳамда кенг жамоатчиликка мўлжалланган.
-
Сонли системалар
Ушбу дарслик педагогика олий ўқув юртларининг математика информатика йўналиши бакалавр бўлими ўқув режасига киритилган «Сонли системалар» фани давлат таълим стандартлари, ўқув дастурлари асосида ёзилган бўлиб, IV бобдан иборат. Бобларни ташкил этган параграфлар охирида такрорлаш учун саволлар ва машқлар келтирилган. Дарсликда мактаб, академик лицей, касб-ҳунар коллежлари математика курсида ўқитиладиган барча сонли системалар аксиоматик кўриб чиқилган. Дарсликдан педагогика олий ўқув юртлари талабалари, умумий ўрта таълим мактаблари, академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари ўқувчилари фойдаланишлари мумкин.
-
Kimyo tarixi
Ushbu darslik pedagogika oliy o’quv yurtlarining 5110300-Kimyo o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Kimyo tarixi” fani na’munaviy fan dasturida ko’rsatilgan barcha mavzularni qamrab olib, barcha mavzular keng va ketma-ketlikda yoritilgan bo’lib, talabalarning mustaqil ishlashlari uchun mavzular yuzasidan savollar, testlar, piza testlar, glossariy va bilasizmi rukni ham berilgan. Darslik kirish va o’nta paragrafdan iborat. Shuningdek, darslik ushbu yo’nalishdagi mutaxassisi va tadqiqotchilar uchun ham foydalidir.
-
Anatomiya II-qism
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy amaliyot shifokori tayyorlash o‘quv dasturi asosida yozildi. Unga kattalar anatomiyasi bilan birga a’zo va tizimlaming taraqqiyoti, bolalikning turli davrlarida kuzatiladigan yoshga xos o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Lotin atamalari xalqaro anatomik terminologiyaga mos. Darslik 2 jilddan iborat bo‘lib, II-jildiga siydik ta’nosili, ichki sekretsiya bezlari, yurak qon-tomir va nerv tizimlari a’zolari haqidagi ma’lumotlar kiritilgan. Darslik tibbiyot institutlarining barcha yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Учебник немецкого языка для высших учебных заведений заочного обучения. Часть I
Учебник построен по принципу тесной взаимосвязи в подаче лексического и грамматического материала и по принципу последовательности в подрастании трудностей.
-
Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash
Ushbu darslik «Mahsulotlar sifatin i aniqlash va sertifikatlash» fani bo`yicha tayyorlangan bo`lib, paxta va paxta mahsulotlarining sifat ko`rsatgichlarini, paxta mahsulotlarning sifatini baholash, paxtaning namligini aniqlash, paxtaning iflosligini aniqlash, paxtaning sanoat navini aniqlash, paxta tolasining sifatini aniqlash usullari, paxta va uning mahsulotlari uchun davlat standartlari, chgit va momiqning sifat ko`rsatgichlarini aniqlash usullari, tolali chiqindilar uchun texnikaviy shartlar va mahsulotlarni sertifikatlash bo`yicha malumotlar keltirilgan. Darslik oliy o`quv yurtlari talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari va paxta tozalash sanoati xodimlari uchun mo`ljal-langan.
-
Mutaxassislikka oid maxsus adabiyot tahlili
«Mutaxassislikka oid maxsus adabiyot tahlili» darsligi 5A 120101 Adabiyotshunoslik (koreys adabiyoti) mutaxassisligi magistrantlari uchun mo`ljallangan. Darslik o'zida juda ham keng qamrovli ma`lumotlarni olgan bo`lib, bu magistrantlarning zamonaviy koreys adabiyoti haqidagi tasavvurlarini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Darslik to`rt bobdan iborat. Muallif zamonaviy koreys nasri va nazmining shakllanishi, uning o`ziga xos xususiyatlari, janr o'zgarishlar haqida ma`lumot beradi. Ishda koreys tadqiqotchilari bilan birga mashhur rus koreysshunos olimlari Trotsevich A. Nikitina M. Konsevich A. Ivanova V. Soy I. Soldatova M. va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlariga tayanildi. Har bir davrning mashhur shoir va yozuvchilari ijodiga mansub asarlar asl matnda berildi. Shu bilan birga darslikda tayanch so`z va iboralar, nazorat savollari, mustaqil ta'lim uchun mavzular berildi.