-
-
-
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
-
-
-
Чорвачилик
Дарсликда қишлоқ хўжалик ҳайвонлари ва паррандаларнинг биологик хусусиятлари, уларни боқиш, маҳсулдорлигини ошириш ва бошқа масалалар ёритилган.
-
Бетон ишлари технологияси
Китобда монолит бетон ва темир - бетон ишларини бажариш технологияси масалалари : бетон тайёрлашга керакли материаллар, қоришма тайёрлаш ва ташиш усуллари ёритилган. Қишда ва жазирама иссиқда бетонларнинг турлича усуллари ҳақида маълумот берилган. Турли механизация воситаларидан фойдаланиб, ишни оқилона ташкил этишга доир тавсиялар келтирилади. Китоб қурилиш ташкилотларининг инженер-техник ходимлари учун мўлжалланган.
-
Java tilida obyektga yo'naltirilgan dasturlash
Xozirgi paytda eng samarali ishlayotgan dasturlash tillaridan biri bu Java dasturlash tilidir. Java dasturlash tilini chuqur o'zlashtirish va uning imkoniyatlarini turli sohalarga qo'llay bilish AT mutaxassislarning mehnat bozoridagi mavqiyesini keskin oshiradi. Zamonga mos, raqobatbardosh mutaxassis bo'lib yetishish imkonini beradi.
-
Гармония
Мазкур дарслик умумий гармониянинг бошланғич қисми мавзуларини ўз ичига олган. Дарсликда назарий мавзулар амалий машғулотлар билан бирга қўшиб баён қилинган бўлиб, улар талабалар ўрганиши лозим бўлган назарий мавзуларни фортепианода чалиш учун берилган гармоник чизма ва секзенцияларни гармониялашга мўлжалланган куй ва гармоник тахлил машқларидан иборатдир.
-
Ilmiy tadqiqot asoslari
Ushbu darslikda o‘zlikni anglash uchun ilmiy tadqiqot metodologiyasi va uni egallashning zarurligi, yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan. Ilm barcha ezguliklarning onasi ekanligi asoslanib uning annotatsiya tezis, maqola, taqriz, referat, dissertatsiya, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma kabi yigirmaga yaqin ranglari o'rganilgan.
-
Логистика
В учебнике изложены современная концепция и задачи логистики, охарактеризованы участники логистического процесса, описаны методы, обеспечивающие повышение эффективности хозяйственной деятельности за счет рациональной организации материальных потоков.
-
Umumiy psixologiya
Umumiy psixologiya darsligi inson shaxsidagi psixologik xolatlar,xususiyatlar, jarayonlar haqidagi dastlabki bilimlar majmuasini berishga qaratilgan. Darslik psixologiyaga kirish, muloqot, faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari shaxsning hissiy-irodaviy motivatsion sohasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlari nomli bo`limlardan iborat. Darslikdan oliy o`quv yurtlari pedagogika va psixologiya yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o`qituvchilar, ilmiy xodimlar, umuman shu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.
-
Nazariy elektrtexnika 2-qism
Darslikning 2-qismida, nosinusoidal davriy toklar, chiziqli elektr zanjirlaridagi o`tkinchi jarayonlar, to`rtqutbliklar, elektr filtrlar, tarqoq parametrli zanjirlar, nochiziqli elektr zanjirlarni hisoblash usullari mavzulari batafsil yoritilgan.
-
Чорвачилик
Дарсликда қишлоқ хўжалик ҳайвонларини озиқлантириш асослари, қорамолчилик, қўйчилик, йилқичиликка доир масалалар ёритилган.
-
Демаграфический анализ
Фундаментальный учебник, являющийся базовым в большинстве западных учебных центров, объемлет практически всю проблематику дисциплины. Особое внимание уделено методологии и методике демографических данных и их интерпретации. Издание снабжено научным аппаратом и комментариями, содержит развернутое введение и заключение.
-
Adabiy tahrir
Mazkur darslikda adabiy tahrirning ilmiy asoslari bayon etiladi. Darslik 15 bobdan iborat bo`lib, ularda adabiy tahrir bilan bog`liq jarayonlar, adabiy tahrirning mantiqiy asoslari kompozitsiya, asos (faktik) materiallar, matn tahlili muallif va muharrir munosabati, muharrirning nashr jarayonidagi o’rni, ayrim tur adabiyotlar, matbuot, radio va telematnlar tahriri va boshqalar xususida so’z yuritiladi.
-
Axborot texnologiyasi va tizimlari
Ushbu darslikda axborotlashgan jamiyatni shakllantirishda axborot tizimlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etishning nazariy, ham amaliy asoslari, ya’ni texnologiya, axborot texnologiyasi, rivojlanish bosqichlari, axborot, axborot resurslari-iqtisodiy kategoriya sifatida, tizim, foshqaruv tizimi, axborot tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi, evolutsiyasi, ularning axborot, dasturiy, texnologik ta’minoti'’ MB va MBBT, masofaviy ta’Iim, multimediya vositalari, elektron tijorat, axborot xavfsizligi, avtomatlashtirilgan ish joylari va kompyuter tarmoqlari to'liq yoritilgan. tarmoqlari to'liq yoritilgan. Iqtisodiyotning statistika, buxgalteriya, bank, marketing sohalaridagi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari bayon etilgan.
-
Donchilik
Darslikda donli va dukkakli ekinlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, kelib chiqishi, ekin maydonlari, hosildorligi, umumiy xususiyatlari, morfologik belgilari, o‘sish va rivojlanish davrlari, kuzgi don ekinlarining biologik xususiyatlari, botanik ta’rifi, navlarining tavsifi hamda ushbu ekinlarni yetishtirish texnologiyalari yoritilgan. Ushbu darslik talabalar, magistrlar, aspirantlar, ilmiy xodimlar, qishloq xo'jaligida faoliyat yurituvchi mutaxassislar va kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari uchun mo'ljallangan.
-
Немис тили
Дарслик чет тилидан ихтисослик берадиган олий ўқув юртлари ва чет тиллар факультетларининг немис тили бўлими 1 курс ўзбек гуруҳи талабаларига мўлжалланган бўлиб, у кўп йиллик иш тажрибасига суянган ҳолда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан университетларнинг дастури асосида тузилди.
-
Чорвачилик асослари
Дарсликда чорва моллари анатомияси, физиологияси, конституцияси ва экстеръери, генетика асослари, молларни урчитиш ва наслчилик ишлари, ем-хашак турлари, уларнинг тўйимлилиги, едиришга тайёрлаш усуллари, ҳайвонларни меъёрда боқиш масалалари баён этилган.
-
Ijro ishi yuritish
Darslik «Ijro ishi yuritish» fani o‘quv dasturiga muvofiq va qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartish hamda qo‘shimchalar e'tiborga olingan holda tayyorlangan. Darslikda ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va predmeti; ijro ishi yuritishning umumiy qoidalari; ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar; ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asosi va choralari; undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishning xususiyatlari; undiruvni qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratishning xususiyatlari; qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish; qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga nisbatan undiruv; mulkiy xususiyatga ega bolmagan nizolar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish; sud ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritilgan.