-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Юридическая техника
В учебнике подробно рассматриваются юридическая техника — новая учебная дисциплина, изучаемая в юридических вузах, а также основные виды юридической работы и правила создания юридических документов (нормативных правовых актов, интерпретационных актов, договоров, актов судебного правоприменения и др.). Изложение материала сопровождается схемами, в каждой главе дается список литературы.
-
MA’MURIY HUQUQ
Darslikda “Ma’muriy huquq” fani va predmeti, ma’muriy-huquqiy normalar va munosabatlar, davlat boshqaruvi organlari, davlat xizmati va davlat xizmatchilarining huquqiy maqomi, fuqarolik jamiyati institutlari, jismoniy shaxslarning ma’muriy-huquqiy maqomi, davlat boshqaruvi faoliyatining ma’muriy-huquqiy shakllari va usullari, davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlash (kontrol va nazorat), iqtisodiyot, ijtimoiymadaniy, ma’muriy-siyosiy va tarmoqlararo sohalarda boshqaruvni ma’muriy-huquqiy tartibga solish, ma’muriy protsess, ma’muriy huquqbuzarlik va javobgarlik, ma’muriy jazo choralari, alohida turdagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish masalalari batafsil yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursant (tinglovchi)lari uchun mo‘ljallangan.
-
-
-
“Xorijiy til” (Ingliz tili)
Ushbu oʻquv qoʻllanma oliy o‘quv yurtlari barcha taʼlim yo‘nalishlari dasturi bo‘yicha ingliz tilini o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. Quyidagi oʻquv qoʻllanma 26 ta amaliy mashg‘ulot darslaridan iborat bo‘lib, u 72 auditoriya soatiga moslashtirilgan. U talabalar bilimlarini bosqichma-bosqich shakllanishi, tilni oson va samarali oʻrganishga yordam beradi. Ushbu oʻquv qoʻllanmada berilgan maʼlumotlar, grammatik mavzularni ketma ketlikda oʻrganish, har bir darsga berilgan mavzularga savol javob uchun berilgan maʼlumotlar oʻrganuvchining savodxonligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, oʻquv qoʻllanma talabalarga mustaqil taʼlim olishga ham qulay imkoniyatni yaratadi.
-
-
-
-
ISTIQLOL DAVRI OʻZBEK ADABIYOTINING NAZARIY MASALALARI
Ushbu metodik qoʻllanma Oliy ta’lim Magistratura boʻlimi 5111201- Oʻzbek tili va adabiyoti ta’lim yoʻnalishi mutaxassisligi magistrlariga moʻljallangan. Oʻquv rejada mazkur fan ma’ruzalariga 30 soat ajratilgan. Qoʻllanmada 1991-yildan soʻng oʻzbek milliy adabiyotida roʻy bergan adabiy-nazariy yangiliklar, oʻzgarishlar haqida fikr yuritiladi. Adabiy jarayonda yuz bergan ijodiy yangiliklar va ularning milliy adabiy jarayondagi ahamiyati hamda boshqa e’tiborga molik jihatlari boʻyicha muayyan ma’lumotlar berilgan. Bu davrda adabiy fakt sifatida tilga tushgan badiiy asarlar haqida, ularning badiiy-estetik saviyasi hamda ularga berilgan adabiy jamoatchilik fikrlari boʻyicha mulohazalar keltirilgan.
-
SAID AHMAD HAYOTI VA IJODI
Dasturda Said Ahmad hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uning qismlarida Said Ahmad hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, yozuvchi ilgari surgan g‘oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida adib tarjimai holi va asarlarining asosiy nuqtalariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g‘oyasi bilan hamohang jihatlarini singdirishga harakat qilindi. Ushbu dastur Said Ahmad hayoti va ijodini o‘rganish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan. Undan adabiy ta’limning boshqa bosqichlarida ham foydalanish mumkin.
-
Патентоведение
В учебнике изложены общие вопросы изобретательства рационализации и патентно-лицензионного дела.
-
MUTOLAA MADANIYATI VA IFODALI O‘QISH
“Mutolaa madaniyati va ifodali o‘qish” o‘quv qo‘llanmasi 60111600 – O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili bakalavr taʼlim yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan. Qo‘llanma talabalarni kitobxonlik, mutolaa madaniyati va ifodali o‘qish sanʼatiga doir nazariy va amaliy jarayonlardan xabardor etish, sohaga oid bilim, ko‘nikma va malakasini takomillashtirishga mo‘ljallangan. Qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlarining filologiya mutaxassisligi bo‘yicha taʼlim olayotgan talabalar, magistrlar, adabiyot o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilar foydalanishi mumkin.
-
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI TA’LIMIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
“O‘zbek tili va adabiyoti ta’limida zamonaviy axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ulardan foydalanish metodikasi haqida ma’lumot beriladi. O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrant, tadqiqotchi va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.
-
Tuproq monitoringi
Darslik 70810701 - Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar boyicha) mutaxassisligi magistrlarining Davlat ta'lim standarti va shu asosda tayyorlangan dastur talablari asosida tayyorlangan bo'lib, undo tuproq qoplami monitoringi, yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, yer fondining holatini kuzatish va baholash, miqdoriy va sifat o'zgarishlarini tahlil qilish, tuproq monitoringini o'tkazish, yerlarda ro'y berayotgan salbiy jarayonlarrxi aniqlash, ularning oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish kabi masalalar batafsil bayon etilgan.
-
Maktabgacha ta‘lim-tarbiyani tashkil etish
Mazkur darslik ―Maktabgacha ta‘lim-tarbiyani tashkil etish‖ fanini ifodalab, maktabgacha ta‘lim tashkilotida me‘yoriy hujjatlar va ularning yuritilishi, faoliyat turini tanlash, integratsion yondashuv va bolalarda soha kompetensiyalarini rivojlantirish, maktabgacha ta‘lim tashkilotida ta‘lim-tarbiya jarayonini rejalashtirish, atrof olam bilan tanishtirish mashg'ulotlarini o'tkazish texnologiyalari, tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlarini tashkil etish metodikasi, nutq o'stirish mashg'ulotlari metodikasi, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg'ulotlari tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini tashkil etish shakllari va metodlari, jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish usul va vositalari, bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodikasini takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda sensorikani rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish va maktabgacha ta‘lim tashkilotida ilg'or ish tajribalarni o‗rganish va kichik laboratoriyalar tashkil etish kabi mavzular o'z ifodasini topgan.
-
Un va yorma ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari
Darslikda donni qayta ishlab: un, yorma va yorma mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik jarayonlar ifodalangan. Qayta ishlanayotgan donlarni ob'ekt sifatida qaralib, ularning tuzilishi, sinflanishi va tayyor mahsulotlarning tavsiflanishi izohlangan.